STEAM AKADEMIYASI
Open in Telegram
💡Kreativ yoshlar uchun ilmiy - fundamental platforma Bugunning olimi faqat bilimli bo‘lishi emas — balki fikrlashni boshqara olishi kerak. Ilmiy maslahatlar va konsultatsiya uchun quyidagi raqamlarga murojaat qiling: 979144484
Show more1 350
Subscribers
No data24 hours
-227 days
-11530 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+17
in 1 channels
August '26
+34
in 7 channels
Get PRO
July '26
+6
in 0 channels
Get PRO
June '26
+5
in 1 channels
Get PRO
May '26
+13
in 1 channels
Get PRO
April '26
+250
in 6 channels
Get PRO
March '26
+532
in 5 channels
Get PRO
February '26
+601
in 5 channels
Get PRO
January '26
+780
in 8 channels
Get PRO
December '25
+14
in 0 channels
Get PRO
November '25
+372
in 8 channels
Get PRO
October '25
+10 084
in 2 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 10 September | +1 | |||
| 09 September | +2 | |||
| 08 September | 0 | |||
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | 0 | |||
| 03 September | +1 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | +13 |
Channel Posts
🧠 Uxlashdan oldingi 10 daqiqa — xotirangiz uchun muhim vaqt!
📍 Neyrologlar e’tibor qaratadigan, ammo ko‘pchilik bilmaydigan oddiy strategiya bor.
Uxlashdan oldingi so‘nggi 10 daqiqada miyangizga bergan ma’lumotingizni shunchaki tasodifiy vaqt deb qaramang.
🎓 Shu paytda kun davomida o‘rgangan eng muhim ma’lumotlarni qisqacha takrorlash foydali bo‘lishi mumkin.
😴 Uyqu vaqtida miya kun davomida olingan ma’lumotlarni qayta ishlaydi va xotiraning mustahkamlanishida muhim rol o‘ynaydi.
Ayniqsa, chuqur uyqu bosqichlari xotira konsolidatsiyasi bilan bog‘liq.
📞 Shuning uchun uxlashdan oldin yana bir necha daqiqa telefon skroll qilish o‘rniga:
✅ Bugun nimani o‘rgandim?
✅ Qaysi ma’lumot men uchun eng muhim?
✅ Uni bir marta qisqacha takrorlab oldimmi?
Shu 10 daqiqalik odat o‘qiganlaringizni yaxshiroq eslab qolishga yordam berishi mumkin.
| 2 | No text... | 89 |
| 3 | No text... | 79 |
| 4 | No text... | 1 |
| 5 | #olimlar_uchun
2025-yildagi o‘sishning 73 foizini atigi 5 ta fan bergan.
2024-yilda OAK bazasida 4 138 ta, 2025-yilda esa 5 993 ta dissertatsiya himoyasi e’loni qayd etilgan. Bir yil ichidagi o‘sish — 1 855 ta.
Qizig‘i, shu o‘sishning 1 353 tasi yoki 72,9 foizi atigi 5 ta fan sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgan:
— pedagogika: 473 → 847 (+374);
— iqtisodiyot: 600 → 920 (+320);
— filologiya: 498 → 762 (+264);
— tibbiyot: 626 → 885 (+259);
— texnika: 645 → 781 (+136).
Demak, 2025-yildagi umumiy o‘sish barcha fanlarda bir xil kechmagan. Asosiy “drayver” aynan shu besh yo‘nalish bo‘lgan.
Eng katta o‘sish pedagogikada: bir yilning o‘zida 79 foizga yaqin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram | Instagram | Facebook | 112 |
| 6 | 💬Ilmiy izlanish, amaliy faoliyat va kreativ yondashuvni o‘zida mujassam etgan STEAM WEEK 4-mavsumi muvaffaqiyatli yakunlandi.
↗️Bir hafta davomida 300 nafar ishtirokchi STEAM yondashuvi asosida tashkil etilgan ta’limiy mashg‘ulotlarda qatnashib, fanlararo bilimlarni uyg‘unlashtirish, muammolarga tahliliy yondashish, mustaqil fikrlash hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha o‘z kompetensiyalarini rivojlantirdi.
📇Loyiha doirasida ishtirokchilar uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashga qaratilgan topshiriqlar, interaktiv mashg‘ulotlar, muhokamalar va jamoaviy faoliyatlar tashkil etildi.
🌎STEAM WEEK — yoshlarning ilmiy dunyoqarashi, kreativ fikrlashi va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy ta’limiy platforma. | 177 |
| 7 | STEAM WEEK | 4-MAVSUM YAKUNLANDI
Bir hafta davomida bilim, izlanish, tajriba va kreativ fikrlash uyg‘unlashgan STEAM WEEK 4-mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi.
Loyiha davomida 300 nafar ishtirokchi STEAM yondashuvi asosida tashkil etilgan ta’limiy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, fanlararo fikrlash, muammoni tahlil qilish, yangi g‘oyalar yaratish va amaliy yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirdi.
📚 Bir hafta davomida ishtirokchilar uchun yangi bilimlar, amaliy topshiriqlar, muhokamalar va interaktiv mashg‘ulotlarga boy ta’limiy muhit yaratildi.
STEAM WEEK — bu shunchaki bir haftalik loyiha emas, balki yoshlarning ilmiy tafakkuri, kreativ salohiyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ta’limiy platforma.
STEAM Academy — kelajakni bilim bilan quramiz. | 226 |
| 8 | #olimlar_uchun
226 ta ilmiy kengash: asosiy markazlar qayerda?
Tahlil qilingan ro‘yxatda 226 ta ilmiy kengash 128 ta tashkilotda faoliyat yuritgan. Eng ko‘p kengashlar:
— O‘zbekiston Milliy universiteti — 14 ta;
— Samarqand davlat universiteti — 10 ta;
— Buxoro davlat universiteti — 8 ta;
— Qarshi, Farg‘ona, Qoraqalpoq va Namangan davlat universitetlari — 6 tadan.
Qiziq jihati, 128 ta tashkilotning 94 tasida faqat bittadan kengash mavjud. Fan tarmoqlari bo‘yicha esa kengashlarning 51,8 foizi atigi 5 ta yo‘nalish — texnika, filologiya, tibbiyot, iqtisodiyot va kimyo hissasiga to‘g‘ri keladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram | Instagram | Facebook | 175 |
| 9 | Yosh olimlar uchun £400 000 gacha ilmiy grant!
Wellcome Early-Career Awards dasturi yosh tadqiqotchilar uchun navbatdagi qabulni ochdi.
Eng muhim jihati — O‘zbekiston grant olish huquqiga ega davlatlar ro‘yxatida. Demak, tadqiqotni albatta Buyuk Britaniyada olib borish shart emas — loyiha O‘zbekistondagi universitet yoki ilmiy tashkilot bazasida ham amalga oshirilishi mumkin.
Grant imkoniyatlari:
— tadqiqotchining to‘liq ish haqi;
— loyiha xarajatlari uchun £400 000 gacha mablag‘;
— odatda 5 yilgacha moliyalashtirish.
Kimlar uchun?
Asosan mustaqil ilmiy yo‘nalishini endi shakllantirayotgan yosh tadqiqotchilar uchun. PhDdan keyingi tadqiqot tajribasi odatda 3 yildan oshmagan bo‘lishi kerak.
Yo‘nalishlar:
Tibbiyot va biologiya bilan birga, inson salomatligi va farovonligiga bog‘liq:
— psixologiya;
— pedagogika;
— iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar;
— sun’iy intellekt;
— matematika va boshqa yo‘nalishlar ham mos kelishi mumkin.
Muhim shart. Ariza universitet, ilmiy institut yoki sog‘liqni saqlash tashkiloti orqali topshiriladi. Tashkilotdagi tajribali olim sponsor sifatida ishtirok etadi.
📅 Keyingi muddat: 10-noyabr 2026.
🔗 Rasmiy tanlov sahifasi:
https://wellcome.org/research-funding/schemes/wellcome-early-career-awards
🔗 O‘zbekiston eligibility ro‘yxatida:
https://wellcome.org/grant-funding/guidance/low-and-middle-income-countries
👉 Telegram | Instagram | Facebook | 173 |
| 10 | #Olimlar_uchun
Ilmiy darajasi tasdiqlanganlar: yilma-yil dinamika.
2019–2026-yillarda PhD va DSc ilmiy darajasi tasdiqlanganlar:
— 2019-yil: PhD — 1 135, DSc — 220 | Jami — 1 355
— 2020-yil: PhD — 1 397, DSc — 336 | Jami — 1 733
— 2021-yil: PhD — 1 948, DSc — 349 | Jami — 2 297
— 2022-yil: PhD — 2 570, DSc — 403 | Jami — 2 973
— 2023-yil: PhD — 3 071, DSc — 464 | Jami — 3 535
— 2024-yil: PhD — 3 454, DSc — 548 | Jami — 4 002
— 2025-yil: PhD — 5 379, DSc — 860 | Jami — 6 239
— 2026-yil: PhD — 1 564, DSc — 278 | Jami — 1 842*
Eng yuqori ko‘rsatkich 2025-yilda qayd etilgan — jami 6 239 ta ilmiy daraja, shundan 5 379 tasi PhD va 860 tasi DSc.
2019-yildagi 1 355 ta ko‘rsatkich bilan solishtirganda, 2025-yilda tasdiqlangan ilmiy darajalar soni 4,6 baravarga oshgan. | 159 |
| 11 | 🏆 AKADEMIK VIKTORINA G‘OLIBI!
STEAM Akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Akademik viktorina” loyihasida o‘z bilimini sinovdan o‘tkazgan ishtirokchilar orasidan Mahmudova Gulbahor g‘oliblikni qo‘lga kiritdi! 🎉
🎯 Natija — 20/20!
Barcha 20 ta savolga to‘g‘ri javob — ajoyib natija! 👏
G‘olibimizni ushbu munosib yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! 💚
🎁 Tez orada Gulbahorga loyiha tomonidan esdalik sovg‘alari topshiriladi.
Bilimga bo‘lgan qiziqishingiz va intilishingiz doimo sizni yangi g‘alabalar sari yetaklasin! ✨
STEAM Akademiyasi — bilim, izlanish va yangi imkoniyatlar maydoni! 🚀
#STEAM #STEAMAkademiyasi #AkademikViktorina | 150 |
| 12 | STEAM WEEK | 4-MAVSUM YOPILISH MAROSIMI
📈Bir hafta davomida turli yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarni boyitgan, yangi g‘oyalar va amaliy mashg‘ulotlarga boy STEAM WEEK 4-mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi.
Ushbu mavsum davomida ishtirokchilar fanlararo yondashuv, kreativ fikrlash, tahlil qilish va amaliy yechimlar ishlab chiqish orqali STEAM olamiga yanada chuqurroq kirib bordilar. Har bir mashg‘ulot, muhokama va topshiriq ishtirokchilar uchun yangi bilim va tajriba bo‘ldi.
Endi esa birgalikda o‘tgan mavsumni sarhisob qilish, faol ishtirokchilarni e’tirof etish va eng yorqin lahzalarni nishonlash uchun yopilish marosimida uchrashamiz!
🗓 5-sentabr, shanba
🕒⏱15:00
📥 Manzil: O‘zbekiston Ekologik partiyasi binosi
STEAM WEEK — yakun emas, yangi g‘oyalar va imkoniyatlar sari navbatdagi qadam!
✍️Barcha ishtirokchilarni 4-mavsumning yopilish marosimiga taklif qilamiz! | 89 |
| 13 | 👀 STEAM sizning sohangizda qanday ishlaydi — bilishni xohlaysizmi?
📊 Savol beraylik: iqtisodchi, shifokor yoki biologga STEAM nima uchun kerak?
Ko'pchilik STEAM'ni faqat "muhandislar va dasturchilar uchun" deb o'ylaydi. Aslida bu — noto'g'ri tasavvur. STEAM bitta kasb emas, balki fanlararo tafakkur usuli: turli sohalardagi bilimlarni birlashtirib, muammoni yangicha ko'rish va amaliy yechim topish.
Mana buning isboti — real misollar:
🩺 Shifokor uchun: Zamonaviy tibbiyot endi faqat biologiya emas. Yaqinda o'tkazilgan tadqiqotda sun'iy intellekt algoritmi orqali odamning oddiy chizgan chizig'ini tahlil qilib, Parkinson kasalligini 99% aniqlik bilan aniqlash imkoni topildi. Bu — Biologiya + Matematika (statistika) + Texnologiya (AI) ning bir nuqtada kesishishi.
💰 Iqtisodchi uchun: Iqtisodiy modellar — sof matematik tenglamalar asosida quriladi (ekonometrika), lekin bugungi kunda katta ma'lumotlar (Big Data) va mashinaviy o'rganish iqtisodiy bashoratlarni yanada aniqroq qilmoqda. Moliyaviy bozorlarni tahlil qilish endi dasturlash va statistikasiz tasavvur qilib bo'lmaydi.
🧬 Biolog uchun: Zamonaviy biologiya laboratoriyada probirka bilan cheklanmaydi. Genomni tahlil qilish uchun kuchli hisoblash algoritmlari (bioinformatika) kerak — bu Biologiya + Kompyuter fanlarining uyg'unligi.
🌊 Yana bir misol — muhandislik va tabiat: Olimlar okean tubida g'alati harakatlanuvchi baliqni kuzatib, uning harakat mexanizmidan robototexnikada foydalanish mumkinligini aniqladilar (bioinspired engineering). Bu — Tabiatshunoslik va Muhandislikning birgalikda ishlashiga yorqin misol.
🔎 Xulosa: STEAM — bu sizning kasbingizni "almashtiruvchi" emas, balki uni kuchaytiruvchi vosita. Har qanday soha vakili — bo'lsa iqtisodchi, shifokor, huquqshunos yoki dizayner — fanlararo tafakkur orqali o'z sohasida yangi imkoniyatlar topadi.
👇 Sizning sohangiz nima? Kommentda yozing — biz aynan sizning kasbingizga STEAM qanday tatbiq etilishini misollar bilan ko'rsatib beramiz! | 170 |
| 14 | 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Bugun xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli sanalardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanmoqda.
Mustaqillik — bu milliy o‘zligimiz, erkinligimiz, tinch va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. O‘tgan yillar davomida yurtimiz taraqqiyot, bunyodkorlik va yangilanish yo‘lida ulkan yutuqlarga erishdi.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, baxt-saodat va xonadonlariga fayzu baraka tilaymiz.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin!
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak!
Hurmat bilan, Nilufar Matkarimova | 184 |
| 15 | Xalqaro tajribada STEAM qaysi nuqtada haqiqiy natija bera boshlaydi?
Janubiy Koreya tajribasi juda qiziq.
Koreya Ta’lim vazirligi STEAM'ni 2011-yildan boshlab maktablarda joriy etish uchun STEAM o‘qituvchilari tadqiqot kengashlarini yaratgan. O‘qituvchilar boshqa o‘qituvchilar va mutaxassislar bilan birga dasturlar ishlab chiqishi uchun davlat tomonidan grantlar berilgan. Maqsad tayyor kontentni shunchaki tarqatish emas, balki o‘qituvchilarning o‘zlari STEAM mazmunini ishlab chiqish va tizimlashtirish qobiliyatini rivojlantirish bo‘lgan.
Bu tajribada juda muhim saboq bor:
STEAM'ni birgina metodik qo‘llanma bilan joriy qilib bo‘lmaydi. O‘qituvchi yoki mentorning o‘zi fanlararo fikrlay olishi kerak.
Koreyaning KOFAC statistikalarida maktablarda STEAM dasturlarining amaliy qo‘llanishidan foydalangan o‘quvchilar soni 2020-yildagi 8 536 nafardan 2021-yilda 9 379 nafarga, 2022-yilda 11 260 nafarga oshgani qayd etilgan.
Bu raqamning o‘zi STEAM muvaffaqiyatini isbotlamaydi. Lekin u bir narsani ko‘rsatadi: STEAM Koreyada alohida tajriba sifatida qolib ketmay, institutsional tizimga aylantirilgan. | 216 |
| 16 | 📊 Quiz Natijalari
👥 Jami ishtirokchilar: 46
📝 Jami urinishlar: 52
📊 O'rtacha aniqlik: 76.7%
⏱️ O'rtacha vaqt: 489s
Top 20:
🥇 1. 🌹 - 20/20 (100%) - 161s
🥈 2. Tsundoku - 19/20 (95%) - 108s
🥉 3. Fotimaxon - 19/20 (95%) - 122s
4. KARIMBEK - 18/20 (90%) - 184s
5. HAF!ZA SAMINJONOVA - 18/20 (90%) - 297s
6. Nodira - 17/20 (85%) - 107s
7. F.N - 17/20 (85%) - 130s
8. Behruz - 17/20 (85%) - 151s
9. Нигора Сайфуллаева 🪐 - 17/20 (85%) - 174s
10. Шахло Хамидовна - 17/20 (85%) - 252s
11. Саида - 16/20 (80%) - 240s
12. Ahatova Dilshoda Bahodir qizi 🇪🇺 - 14/20 (70%) - 63s
13. Sevinch Boboyorova - 14/20 (70%) - 106s
14. Shaxzoda🤍 - 14/20 (70%) - 367s
15. Iroda - 12/20 (60%) - 111s
16. 🦢 - 11/20 (55%) - 355s
17. Hilola - 11/20 (55%) - 1377s
18. Mahmudova... - 5/20 (25%) - 126s | 366 |
| 17 | Natijangizni shu post izohiga ulashing ⚡️ | 244 |
| 18 | ✅ Quiz Tayyor!
Sarlavha: STEAM haqida testlar
Qisqacha: Ushbu viktorina STEAM (Fan, Texnologiya, Muhandislik, San'at, Matematika) ta'limining asosiy tushunchalari, maqsadlari va ahamiyatini qamrab oladi. U STEAMning har bir komponenti, uning ta'lim jarayonidagi integratsiyasi va XXI asr ko'nikmalarini rivojlantirishdagi rolini sinovdan o'tkazadi.
📝 Quiz haqida:
Sarlavha: STEAM haqida testlar
⏱️ Vaqt chegarasi: 30 seconds per question
📝 Savollar soni: 20 | 276 |
| 19 | ✅ Quiz Tayyor!
Sarlavha: STEAM haqida testlar
Qisqacha: Ushbu viktorina STEAM (Fan, Texnologiya, Muhandislik, San'at, Matematika) ta'limining asosiy tushunchalari, maqsadlari va ahamiyatini qamrab oladi. U STEAMning har bir komponenti, uning ta'lim jarayonidagi integratsiyasi va XXI asr ko'nikmalarini rivojlantirishdagi rolini sinovdan o'tkazadi.
📝 Quiz haqida:
Sarlavha: STEAM haqida testlar
⏱️ Vaqt chegarasi: 30 seconds per question
📝 Savollar soni: 20 | 1 |
| 20 | Boshladik 😊 omad yor boʻlsin 🎉 | 236 |
