LIVE & LEARN
Open in Telegram
Don't wait, start!!! Advanced level Tutor, PhD in process Speaking 7.5 @mahliyomirzayeva96
Show more259
Subscribers
No data24 hours
+17 days
-330 days
Posts Archive
259
Qarorlaringizga aminmisiz?
Ba’zan hayot bizni shunday nuqtaga olib keladiki, oldimizda faqat ikkita yo‘l qoladi:
qolish yoki ketish, kutish yoki harakat qilish, kechirish yoki qo‘yib yuborish.
Va eng qiyini — qarorni boshqalar emas, o‘zingiz qabul qilishingiz kerak bo‘ladi.
“Qarorim to‘g‘rimi?” deb ko‘p o‘ylaymiz.
“Keyin afsuslanmaymanmi?” deymiz.
“Balki biroz kutishim kerakdir?” deb o‘zimizni yana ortga tortamiz.
Lekin bir narsani unutamiz:
Har bir to‘g‘ri qaror ham boshida xotirjamlik olib kelmaydi.
Ba’zi to‘g‘ri qarorlar og‘riqli bo‘ladi.
Ba’zilari esa bizni sevgan odamlarimizdan uzoqlashtiradi.
Ba’zilari esa eski “men”imiz bilan xayrlashishni talab qiladi.
Shuning uchun qaroringizga amin bo‘lish —
qo‘rqmayotganingizni anglatmaydi.
Amin bo‘lish — qo‘rqsangiz ham, nega bu yo‘lni tanlaganingizni unutmaslikdir.
Bir kun kelib, ortga qaraysiz.
Va ehtimol, “hammasi reja qilganimdek bo‘lmadi”, deysiz.
Ammo agar o‘sha paytda:
“Men o‘sha kuni o‘zimni tanladim. O‘z haqiqatimdan qochmadim.”
deya olsangiz — balki bu eng to‘g‘ri qaroringiz bo‘lgan.
259
Repost from Fulbright kundaligi
Allohning ishida xatoliklar yo‘q,
Qayerdir anhorli, qayerdir soyli.
Zafar quchaversang bo‘lmaydi qiziq,
Hayot – yutqazishlar bilan chiroyli.
Hech narsa bir tekis etmaydi davom,
Gohida xachirlar otlardan o‘zar.
Joningni siqmagin qo‘ysang-chi, axir,
Mag‘lub bo‘lmoqlik ham aslida go‘zal.
Mudom yengaverish kibrga qadam,
Bu esa diyonat uchun xatarli.
Odamni hamisha yutishlar emas,
Ba’zan boy berilish qiladi baxtli.
Olqishlab kutilmas hamma qarorlar,
Kimdir ma’qullaydi, kim esa qarshi.
Dimog‘ing osmonga ko‘tarilgandan,
Kuragingning yerga tekkani yaxshi.
Hikmatsiz hech bir ish bo‘lmaydi sodir,
Yaxshi bor joylarda topilar yomon.
O‘zing istasang ham, istamasang ham,
Hayotga yengilib berasan, tamom!
(Muallifini topolmadim)
@fulbright_kundaligi
