Fulbright kundaligi
Open in Telegram
Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
641
Subscribers
-324 hours
-27 days
+29130 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+48
in 2 channels
August '26
+407
in 4 channels
Get PRO
July '26
+46
in 2 channels
Get PRO
June '26
+59
in 0 channels
Get PRO
May '260
in 1 channels
Get PRO
April '26
+11
in 2 channels
Get PRO
March '26
+64
in 1 channels
Get PRO
February '260
in 1 channels
Get PRO
January '26
+4
in 1 channels
Get PRO
December '250
in 0 channels
Get PRO
November '250
in 0 channels
Get PRO
October '25
+16
in 0 channels
Get PRO
September '250
in 0 channels
Get PRO
August '250
in 0 channels
Get PRO
July '250
in 0 channels
Get PRO
June '250
in 0 channels
Get PRO
May '250
in 0 channels
Get PRO
April '25
+2
in 0 channels
Get PRO
March '250
in 0 channels
Get PRO
February '250
in 0 channels
Get PRO
January '250
in 0 channels
Get PRO
December '240
in 0 channels
Get PRO
November '240
in 0 channels
Get PRO
October '240
in 0 channels
Get PRO
September '240
in 0 channels
Get PRO
August '240
in 0 channels
Get PRO
July '240
in 0 channels
Get PRO
June '24
+5
in 0 channels
Get PRO
May '240
in 0 channels
Get PRO
April '24
+71
in 1 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 10 September | +2 | |||
| 09 September | +1 | |||
| 08 September | +2 | |||
| 07 September | +1 | |||
| 06 September | +5 | |||
| 05 September | +3 | |||
| 04 September | +5 | |||
| 03 September | +4 | |||
| 02 September | +15 | |||
| 01 September | +10 |
Channel Posts
🌅 Ertalabki New York. Central Park.
“Uyda yolg‘iz” filmi suratga olingan joylardan biri...
New Yorkning har bir ko‘chasi go‘yo avvaldan tanishdek tuyuladi. Kinolarning ta’siri shekilli. “Uyda yolg‘iz” filmini yoqtirmagan odam bo‘lmasa kerak.
New Yorkda yaxshi xotiralar qoladigan bo‘ldi...
@fulbright_kundaligi
https://youtube.com/shorts/Jl8tTD6lXYo?is=wTkMgziGOlsNYqD5
| 2 | Bugun rasman e’lon qilishibdi. Bu ketma-ket to‘rtinchi marta Tableau Ambassador bo‘lishim.
Oldinda yana Tableau Community bilan qiziqarli bir yil kutib turibdi.
Global darajada Ambassador bo‘lish juda ko‘p grantlar, konferensiyalar va boshqa imkoniyatlarga yo‘l ochishi haqida gapirmasayam bo‘ladi...
Rasmiy ro‘yxatda 2026–2027-yilgi Ambassadorlar qatoridan yana joy olganimdan xursandman.
*Rasmda oʻzimni zoʻrgʻa topdim...
https://www.tableau.com/community/community-leaders/ambassadors#3006 | 193 |
| 3 | Ozodlik muzeyida “Ozodlik siz uchun nima?” deb yozilgan ekan. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, ozodlik siz uchun nima ekanligi haqida?
@fulbright_kundaligi | 196 |
| 4 | Bugungi nonushta - Ozodlik orolida...
@fulbright_kundaligi | 208 |
| 5 | Brooklyn Bridge. Quyoshning botishi... Tungi Manhattan...
@fulbright_kundaligi
https://youtube.com/shorts/khVjInPvV2g?is=CEXcmnBs88NMMDAL | 218 |
| 6 | Kunimiz "Central Park"da nonushta bilan boshlandi...
@fulbright_kundaligi | 220 |
| 7 | Bugun AQSHda Labor Day munosabati bilan dam olish kuni. 🇺🇸
Labor Day har yili sentyabr oyining birinchi dushanbasida nishonlanadi.
Bugun hamma joyda navbatlar uzun boʻladigan kun shekilli...
@fulbright_kundaligi | 235 |
| 8 | No text... | 262 |
| 9 | Biz 10 kunlik ta'tilga chiqdik va keyingi bir hafta davomida story'larda shu muzika boʻladi. Chunki going to New York...
@fulbright_kundaligi | 1 |
| 10 | Biror kun birortasini tutvosam kerak...
@fulbright_kundaligi | 238 |
| 11 | 🇬🇧 Study UK Alumni Awards 2027
🎓 Buyuk Britaniyada tahsil olgan xalqaro bitiruvchilar uchun nufuzli mukofot
Study UK Alumni Awards Buyuk Britaniyada ta’lim olgan va o‘z faoliyati orqali jamiyat, soha yoki mamlakat rivojiga katta hissa qo‘shayotgan bitiruvchilarni e’tirof etadi.
🏆 Yo‘nalishlar
– Biznes va innovatsiyalar
– Madaniyat, ijod va sport
– Fan va barqaror rivojlanish
– Ijtimoiy tashabbuslar
🌟 Mukofot haqida
– Nomzodlar xalqaro Alumni Awards uchun ko‘rib chiqiladi
– 4 nafar g‘olib Buyuk Britaniyaga taklif qilinib, o‘zlari tahsil olgan universitetga tashrif buyuradi
🗓 Arizalar qabuli: 1-sentabr 2026-yildan boshlandi
📩 Savollar uchun: StudyUK.Alumni@BritishCouncil.org
🔗 Rasmiy manba
* Chevening grantiga hujjat topshirish muddati tugashiga 1 oy vaqt qoldi.
@fulbright_kundalik | 288 |
| 12 | Universitetda Muslim Community ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Haftalik uchrashuvlar haqida email yuborib turishadi. Juma namoziga boradiganlar ham juda ko‘p.
Xullas, diversity bu yog‘i...
@fulbright_kundaligi | 278 |
| 13 | Allohning ishida xatoliklar yo‘q,
Qayerdir anhorli, qayerdir soyli.
Zafar quchaversang bo‘lmaydi qiziq,
Hayot – yutqazishlar bilan chiroyli.
Hech narsa bir tekis etmaydi davom,
Gohida xachirlar otlardan o‘zar.
Joningni siqmagin qo‘ysang-chi, axir,
Mag‘lub bo‘lmoqlik ham aslida go‘zal.
Mudom yengaverish kibrga qadam,
Bu esa diyonat uchun xatarli.
Odamni hamisha yutishlar emas,
Ba’zan boy berilish qiladi baxtli.
Olqishlab kutilmas hamma qarorlar,
Kimdir ma’qullaydi, kim esa qarshi.
Dimog‘ing osmonga ko‘tarilgandan,
Kuragingning yerga tekkani yaxshi.
Hikmatsiz hech bir ish bo‘lmaydi sodir,
Yaxshi bor joylarda topilar yomon.
O‘zing istasang ham, istamasang ham,
Hayotga yengilib berasan, tamom!
(Muallifini topolmadim)
@fulbright_kundaligi | 379 |
| 14 | Rad javobini olganlar kayfiyatni tushirmasligi kerak. Qaytanga, yutib qolganlar “Qanday qilib yutdim?” deb hayron bo‘lishi kerak. Chunki rad etilish - normal holat.
Maqsadni kengroq qilish kerak. Qisqa vaqtda bo‘lmasligi mumkin, lekin uzoq muddatda albatta bo‘ladi.
Duo qilib so‘raganda, qasd qilib so‘rash kerak. Biz so‘rayotgan narsani berish Alloh uchun hech narsa emas. Hammasi yaxshilikka.
“Hayot - yutqazishlar bilan chiroyli” degan bir she’r bor edi. Topib qolsam, qo‘yaman.
@fulbright_kundaligi | 321 |
| 15 | Bu hafta ham bizda trip bor. Borishga tayyorgarlik ko‘rib tursam, kecha olgan vaksinam 2 kundan beri temperatura berib, o‘g‘rimagan joylarimni ham o‘g‘ritvordi. Health Center’ga borsam, birortayam dori berishmadi. “Ko‘p suv ichsangiz, o‘tib ketadi”, deyishdi. Lekin o‘tib ketgunchayam o‘sha vaqtga yetvolish kerak-ku...
U vaksina deganlari qaysidir virusdan juda kam miqdorda tanaga yuborish ekan. Hozir qaysidir virusga qarshi kurashayotgan ekanman. Yugursam, o‘tib ketar deb stadionga kevordim. Tuzalsam, yaxshi bo‘lib ketsam kerak...
*Lekin kechagi "dori"ni ta'siri bilan yuribman haliyam.
@fulbright_kundaligi | 312 |
| 16 | Avgust oyi imtihonlar bilan o‘tib, 2 ta travelni o‘tkazib yubordim. Birinchisi Kaliforniyaga, ikkinchisi Chikagoga edi. Aslida, imtihondan tashqari boshqa sababi ham bor.
Ikkala joyga ham samolyotda borish kerak edi va menda o‘tgan yildan boshlab samolyotda uchishdan fobiya paydo bo‘lib qoldi. (Alohida biror kuni sababini yozaman.)
Amerikaga ham bir amallab kevoldim. Hozirdan O‘zbekistonga qanaqa qilib uchib ketishni o'ylasam asabiylashaman.
Javob topganingda savollar o'zgaradi deb shunga aytishsa kerak...
@fulbright_kundaligi | 314 |
| 17 | O‘zbekmiz-u, qachon aytilganini aytilganidek qilganmiz, to‘g‘rimi? Hech kimga tarqatmay turing deb email yuborishibdi. Lekin tarqatsam nima bo‘larkan deb sinab ko‘rmoqchiman... 😅
2026–2027-yil uchun ham Tableau Ambassador bo‘lib tanlanibman. Rasmiy ravishda keyingi hafta e’lon qilishar ekan.
Tableau bu data analitikasi uchun mo‘ljallangan dastur. Bosh ofisi Seattle shahrida joylashgan.
@fulbright_kundaligi | 311 |
| 18 | Bu yerda o'qishdan ham qiyinroq narsa bor. Bu kamroq ovqatlanish masalasi. Cheklanmagan miqdorda ovqatlanish imkoniyati turganda tiyilish juda qiyin. Bir ovqatlanishda bir kunlik kaloriyani yeb qo'yish juda oson. 10 kg vazn olishga 1 hafta ko'plik qiladi, lekin uni yo'qotishga 1 oy kamlik qiladi. Menyuga yashil sabzavotlar qo'shib o'zimni aldashga harakat qilishimniyam foydasi bo'lmadi. Matematik misollardan keyin miya energiya talab qiladi. Eng tez energiyani albatta shirinlik beradi. Xullas ...
Rasmda bir martada qoʻlimga sigʻgani. U yerda yana bir necha xil taomlar bor va miqdori cheklanmagan...
@fulbright_kundaligi | 313 |
| 19 | Fulbright interview javoblari chiqishni boshladi...
Rad etilganlar uchun chevening yaxshi imkoniyat boʻlishi mumkin.
@fulbright_kundaligi | 313 |
| 20 | 🇰🇷 KAIST International Student Undergraduate Scholarship 2027
🎓 Janubiy Koreyaning yetakchi universitetida bakalavr uchun to‘liq grant
Janubiy Koreyadagi KAIST universiteti xalqaro talabalar uchun bakalavr bosqichida to‘liq moliyalashtiriladigan grant dasturini taklif qilmoqda.
💰 Grant imkoniyatlari
✔️ To‘liq kontrakt to‘lovidan ozod qilish
✔️ Oyiga 238 AQSh dollari stipendiya
✔️ Tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplash
📋 Talablar va kerakli hujjatlar
– Xalqaro talaba bo‘lish
– Ingliz tili: IELTS 6.5, TOEFL iBT 83 yoki unga teng sertifikat
– Maktab/litsey/kollejdagi baholar
– SAT, ACT kabi standart test natijalari
– Nomzod va ota-onasining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari
– Moliyaviy manbalar haqida ma’lumot
– Tavsiyanoma — majburiy emas, ammo topshirish tavsiya etiladi (ko‘pi bilan 2 ta)
– Yutuq va mukofotlar haqidagi hujjatlar — mavjud bo‘lsa
– Ta’lim muassasasi haqida ma’lumot — topshirish tavsiya etiladi
🗓 Ariza muddatlari
– 22-sentabr – 22-oktabr 2026 — 2027-yil bahorgi yoki kuzgi semestr uchun
– 10-noyabr 2026 – 14-yanvar 2027 — 2027-yil kuzgi semestr uchun
🔗 Rasmiy manba
📌 Ariza topshirish bo‘yicha maslahat uchun: @said_tojiboev_13
@fulbright_kundaligi | 353 |
