Dilshodbek Rustamov | Rasmiy kanal
Open in Telegram
Andijon davlat chet tillari instituti rektorining rasmiy sahifasi Murojaatlaringizni quyidagi bot orqali shaxsan menga yuborishingiz mumkin👉 @adchtirektor_bot
Show more346
Subscribers
-124 hours
-67 days
-730 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
December '24
December '24
+18
in 3 channels
November '24
+21
in 2 channels
Get PRO
October '24
+17
in 1 channels
Get PRO
September '24
+42
in 3 channels
Get PRO
August '24
+17
in 5 channels
Get PRO
July '24
+3
in 0 channels
Get PRO
June '24
+19
in 3 channels
Get PRO
May '24
+11
in 5 channels
Get PRO
April '24
+22
in 4 channels
Get PRO
March '24
+227
in 3 channels
Get PRO
February '24
+71
in 5 channels
Get PRO
January '240
in 4 channels
Get PRO
December '230
in 5 channels
Get PRO
November '23
+3
in 3 channels
Get PRO
October '23
+19
in 2 channels
Get PRO
September '23
+90
in 0 channels
Get PRO
August '23
+18
in 0 channels
Get PRO
July '23
+167
in 0 channels
Get PRO
June '23
+3
in 0 channels
Get PRO
May '23
+8
in 0 channels
Get PRO
April '23
+1
in 0 channels
Get PRO
March '23
+35
in 0 channels
Get PRO
February '23
+2
in 0 channels
Get PRO
January '23
+7
in 0 channels
Get PRO
December '22
+31
in 0 channels
Get PRO
November '22
+35
in 0 channels
Get PRO
October '22
+13
in 0 channels
Get PRO
September '22
+131
in 0 channels
Get PRO
August '22
+97
in 0 channels
Get PRO
July '22
+242
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 21 December | +2 | |||
| 20 December | +1 | |||
| 19 December | 0 | |||
| 18 December | +1 | |||
| 17 December | 0 | |||
| 16 December | 0 | |||
| 15 December | 0 | |||
| 14 December | +1 | |||
| 13 December | +2 | |||
| 12 December | +1 | |||
| 11 December | 0 | |||
| 10 December | +1 | |||
| 09 December | 0 | |||
| 08 December | +6 | |||
| 07 December | 0 | |||
| 06 December | 0 | |||
| 05 December | +1 | |||
| 04 December | 0 | |||
| 03 December | +1 | |||
| 02 December | +1 | |||
| 01 December | 0 |
Channel Posts
🇺🇿 Кеча ёзганимдек, юртимизда Бутунжаҳон туризм ташкилоти (UWTO) нинг юбилей сессияси бўлиб ўтмоқда. 20 октябргача давом этадиган сессия доирасидаги тадбирларда турли халқаро доирадаги форум ва учрашувлар ўтказилиши режалаштирилган.
Бундан ташқари, сессия мамлакатимиз туризм салоҳиятини намойиш этиш, халқаро ҳамкорларни топиш ва келишувларга эришиш, турли даражадаги мулоқотлар ўтказиш учун платформага айланди.
⏺Бугун "Ipak yo‘li" туризм марказида хорижий мамлакатлар туризм ва сайёҳлик вазирликлари ва қўмиталари вакиллари, туроператорлар ҳамда инвесторлар билан "B2B" форматидаги учрашувлар ўтказилмоқда. Андижон вилояти ҳокими бошчилигидаги вилоят делегацияси таркибида ана шундай учрашувлар ўтказмоқдамиз. Хусусан, ҳозирга қадар Италия, Сингапур, Грузия, Зимбабве, Чад, Венесуела, Қирғизистон мамлакатлари вакиллари билан турли доирада учрашувлар ўтказиб, уларни вилоятимизда мавжуд туризм йўналишлари билан таништирдик, турли йўналишларда сайёҳларни жалб қилиш, туризм таълими бўйича келишувларга эришдик.
Ўйлайманки, бундай келишувлар вилоятимиз туризм салоҳиятидан тўлиқ фойдаланиш имкониятини яратиш билан бирга, биз тайёрлайдиган кадрларни билимини оширишга, меҳнат бозорида ўз ўринларини топишларида катта роль ўйнайди.
✅ @d_roostamov
| 2 | Бугун институтимизнинг бир гуруҳ ходимлари билан биргаликда Бутунжаҳон туризм ташкилоти Бош Ассамблеясининг юбилей 25 сессиясида иштирок этиш учун Самарқанд шаҳрига келдик.
Ташкилотнинг асосий органи сессияси 20 октябрга қадар давом этиб, тадбир доирасида турли йиғинлар, форумлар ва учрашувлар ўтказиш кўзда тутилган.
Бугун ушбу сессиянинг очилиш маросимида Муҳтарам Президентимиз Шавкат Мирзиёев кириш нутқини сўзлаб, тадбирни очиб берди. Ушбу нутқ бўйича ўз фикрларимни кейинроқ батафсил ёзаман.
Биз ҳам ушбу сессия доирасида турли тадбирлар, хусусан, туризм соҳаси учун кадрлар тайёрловчи олий таълим муассасаси сифатида “Global Forum on Education: The Foundation of Building Tourism” таълим форумида иштирок этишни режалаштирганмиз.
Бугун Самарқанддаги "Ipak yo‘li" туризм марказини кўздан кечириб, институтимизнинг "Гид ҳамроҳлиги ва туризм" таълим йўналишида таҳсил олувчи талабалари таълим жараёнида татбиқ этиш мумкин бўлган жиҳатларни ўргандик. | 1 572 |
| 3 | Мамлакатимизда ёшларга оид давлат сиёсатини амалга ошириш, айниқса, ижтимоий ҳимояга муҳтож ёшларни қўллаб-қувватлаш, уларга тенг шароитлар яратиш борасида кўнг кўламли ишлар бажарилмоқда.
Институтимизга бириктирилган "қизил" тоифага кирувчи ижтимоий ҳимояга муҳтож ёшлар билан учрашиб, уларнинг муаммоларини ўрганиш, қўллаб-қувватлаш менинг фаолиятимда ҳам муҳим йўналишлардан биридир.
Куни кеча Сирмоқ МФЙда истиқомат қилувчи ёшлар билан яна учрашиш қилиш мақсадида Балиқчи туманига бордим. Улар билан мулоқот қилиб, фикрларини тингладим, ҳаётда ўз йўлларини топиш учун ўқишга, келажакда керакли инсон бўлиш учун интилишдан тўхтамасликка чорладим, аввалги учрашувларда айтганимдек, бу йўлда уларга қўлдан келганча ёрдам беришимни етказдим.
Хусусан, аввалги мулоқотимизда Омадбек телефон тузатиш устахонаси очмоқчилигини, лекин бунга керакли жиҳозлар йўқлигини айтганди. Бу галги учрашувда унга керакли техник воситаларни совға қилдик. Энди Омадбек ўз устахонасида хизмат кўрсатиб, даромад топиши мумкин.
Бундан ташқари ёшларга институтимиз номидан моддий ёрдам ва совғалар топширдим.
🕊 @d_roostamov | 1 783 |
| 4 | Qadrli ustoz va muallimlar!
Barchangizni, sizning timsolingizda yurtimizdagi hamma muallimlarni 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan chin qalbdan tabriklayman.
Ustoz – inson hayotiga nur olib kirib, uning hayot yo’lini mash’ala kabi yoritadi. O‘qituvchilik eng yuksak ehtirom va e’tiborga loyiq, insonlar qalbiga ezgulik olib kiruvchi, uni komillik sari yetaklovchi sharafli kasbdir. Ustoz atalmish muqaddas kasb egalari murg’ak yoshlarga hayot uchun zarur bilimlar berish bilan birga, hayotiga ziyo olib kiradi – kelajagi uchun tamal toshini qo‘yadi. Shu tufayli, ustoz va murabbiylarni kelajak bunyodkorlari desak, sira adashmaymiz.
Ushbu ulug‘ nom o‘zida donishmandlik va ulug‘vorlik, ijodkorlik hamda an’analarga hurmat, mehr-oqibat va kezi kelganda qattiqqo‘llikni mujassam etgan! Siz tufayli talabalar o'z iste'dodlarini namoyon etadilar, hayotda o'z yo'llarini topadilar va mustaqil ravishda qaror qabul qilishni hamda o'zlari uchun mas'uliyatni o'z zimmalariga olishni o'rganadilar. Siz haqiqatan ham yuksak martaba va sharafga loyiqsiz!
Ayni damda Prezidentimiz ko’p bora ta’kidlaganlaridek, Uchinchi Renessans poydevorini qurish eng oliyjanob maqsadlarimizdan biridir. Bu sharafli va ayni damda juda mas’uliyatli vazifani amalga oshirishda eng katta yuk o’qituvchi va murabbiylarning zimmasida ekani, ularning mamlakatimiz hayotidagi o’rni naqadar yuqori ekanini ko’rsatib turibdi. O’zining yangi taraqqiyot yo’liga chiqib olgan va barcha sohalarda shiddat bilan odimlayotgan O‘zbekistonimizning keyingi taraqqiyoti aynan ta’lim tizimiga, xususan oliy ta’lim muassasalari yetishtirayotgan kadrlar sifatiga bog‘liq.
Bu borada Andijon davlat chet tillari institutida ham islohotlarga hamohang tarzda amaliy ishlar olib borilmoqda va qator yutuqlarga erishilmoqda. Institutimiz o’z faoliyatini boshlaganiga endigina bir yil bo’lganiga qaramay, barcha sohalarda ko’plab yutuqlarga erishdi. Bularning bari aslida sizninh yutug’ingiz, siz azizlarning tajribangiz va bilimingiz, pedagogik mahoratingiz va ishga vijdonan yondoshishingizning mevasi desam, mubolag’a bo’lmaydi.
O’tgan yil davomida barcha jabhalarda professor-o’qituvchilarimiz ilg’orlik bilan o’z salohiyatlarni namoyon etmoqdalar. Institutimizning ilmiy salohiyati ham o’sib, 15 ga yaqin professor-o’qituvchilarimiz o’z dissertatsiyalarini himoya qildilar. Yana ko’plab o’qituvchilarimiz himoya oldi jarayonlarida, ularga omad tilab qolamiz. Talabalarimiz qo’lga kiritayotgan yutuqlarda ham aynan Sizlarning xizmatlaringiz beqiyos. Yaqindagina Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan sohada fidoiylik bilan xizmat qilayotgan bir guruh professor-o’qituvchilarni “Oliy ta’lim a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirladi, ular orasida ikki nafar ustozimizning ham taqdirlanishi bizga ham faxr tuyg’usini berdi, ishga yanada shijoat bilan kirishishga undadi.
Men ishonch bilan ayta olamanki, Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi erishayotgan barcha yutuqlar zamirida ham professor-o‘qituvchilarimizning mehnati, zahmati mujassam.
Fursatdan foydalanib, ustoz-u talabalarni bayram bilan qutlar ekanman, sog‘lik va salomatlik, tashabbus va ijodkorlik, samimiylik va kamtarlik, adolatlilik va halollik tilab qolaman.
Bayramingiz yana bir bor muborak bo’lsin! Sizga doimo ta’zimdaman!
Dilshodbek Abduvohidovich Rustamov, Andijon davlat chet tillari instituti rektori
👉 @d_roostamov | 1 748 |
| 5 | Institutimiz olimlari "Oliy ta'lim a'lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar
1-oktabr – "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan sohada fidoiylik bilan mehnat qilayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar "Oliy ta'lim a'lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Taqdirlanganlar orasida institutimizning ikki nafar jonkuyar ustozlari - nemis tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, professor Muxtorxon Umarxo‘jayev hamda ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi mudiri Sobirjon Solijonovlar borligi bizni juda ham shod qildi.
Ustozlar Muxtorxon Umarxo‘jayev hamda Sobirjon Solijonovlar qariyb yarim asrdan buyon institutimizda samarali faoliyat olib borib, minglab yoshlarni yuksak bilim va malakali kadr sifatida tayyorlashda, institutimiz ilmiy salohiyatini oshirishda tinmay mehnat qilmoqdalar.
Fidoiy ustozlarimizni ushbu yuksak e'tirof bilan qutlaymiz, yana uzoq yillar sharafli va mashaqqatli bo‘lgan ustozlik yo‘lini davom ettirib, ushbu nomni sharaflab yurish nasib etsin! Tan sihatligi, oilaviy baxt, kasblarida muvaffaqiyat yor bo‘lishini tilab qolamiz!
✅ @d_roostamov | 2 179 |
| 6 | No text... | 1 667 |
| 7 | Avvalroq yozganimdek, bir guruh ta'lim tizimi xodimlari bilan birga Finlyandiya va Shvetsiyada malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqdaman.
Malaka oshirish kursining Finlyandiyagi dasturi nihoyasiga yetkizib, Shvetsiyaning Stokholm shahriga yetib keldik. Tashrif davomida bizga O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchisi Nodirbek G‘aniyev hamrohlik qilib, hamkorlik aloqalarini o‘rnatishimizda katta yordam berdi.
Dastlab, delegatsiyamiz tarkibida Shvetsiyaning nufuzli oliygphlaridan bo‘lgan Syodertyorn universitetiga bordik, universitet faoliyati bilan tanishdik.
Tashrif davomida ushbu universiteti rektori, professor Gustav Amberg janoblari hamda universitet prorektori, professor Anna Mariya Yonsson xonim bilan hamkorlik masalasi bo‘yicha uchrashuv ham o‘tkazdik. Unda institutimiz kadrlarini Shvetsiyada malakasini oshirish va stajirovka dasturlarini tashkil etish, o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqot sohasida hamkorlikni boshlash, qo‘shma konferensiyalar tashkil etish va hamkorlikning boshqa yo‘nalishlarini muhokama qildik. Uchrashuv so‘nggida qator kelishuvlarga erishildi, Sypdertorn universiteti rektoriga o‘zimizning esdalik sovg‘alarimizni topshirdik.
Bundan tashqari, universitet qoshidagi Boltiq va Sharqiy Yevropa tadqiqotlari markaziga ham bordik, markaz xodimlari va tadqiqotchilari bilan muloqot o‘rnatdik.
Uchrashuvlarda bugungi kunda fin ta'lim tizimi bilan birga jahonda tan olingan shved ta'lim tizimining eng yaxshi tomonlarini institutimizda joriy etish imkonini beruvchi manfaatli kelishuvlarni amalga oshirdik. O‘ylaymanki, bu institutimizni yanada rivojlantirish va jahon mehnat bozorida qadrlanadigan kadrlash tayyorlash kabi maqsadlarimizni amalga joriy etishda juda muhim o‘rin tutadi.
👉 @d_roostamov | 1 653 |
| 8 | #Xalqaro_hamkorlik
#taʼlim_sifati
Taʼlim safari: Finlandiya va Shvetsiya taʼlim tizimi keng o‘rganilmoqda
Ayni kunlarda O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi hamda Finlandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsulligi yordamida respublikamizdagi 10 ta pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalaridan 23 nafar professor-o‘qituvchi Finlandiya va Shvetsiyada xalqaro malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda.
Ushbu malaka oshirish kurslarida Oʻzbekiston delegatsiyasi Finlyandiyaning taʼlim ekspertlari koʻmagida maktablar faoliyati va oliy taʼlim tizimi bilan tanishmoqda.
Safar dasturiga koʻra, yetti kun Finlyandiyada, besh kun Shvetsiyada nufuzli oliy taʼlim muassasalarida taʼlim tizimi va maktablar faoliyatini oʻrganish, kelgusida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilgan.
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube | 254 |
| 9 | Bugun taniqli olim, jamoat va davlat arbobi, ustozimiz Muxtorxon Umarxoʻjayev oʻzining muborak 80 yoshini qarshi olmoqda.
Muxtorxon Umarxoʻjayevni favqulodda serqirra shaxs deb aytsak, mubolagʻa boʻlmaydi. Ustoz koʻp yillik faoliyati davomida ilmiy-pedagogik sohada, davlat va jamoat ishlarida juda samarali mehnat qildi. Olim oʻzbek, rus, nemis tillarida 200 dan ortiq asarlar, tarjimalar, darsliklar, ilmiy maqolalar eʼlon qildi.
Uning davlat, jamoat, ilm-fan oldidagi beqiyos xizmatlari yurtimiz ham xalqaro maydonda ham munosib eʼtirof qilingan. Xususan, ustoz davlat oldidagi xizmatlari uchun “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, olim Rossiya ijtimoiy va pedagogika fanlari Akademiyasi akademigi, Germaniyaning Leypsig universiteti faxriy professori, koʻplab milliy va xalqaro mukofotlar sohibi hisoblanadi.
Oʻzining 80 yoshida ham ishda gʻayrat koʻrsatish bobida ham, ilmiy-pedagogik faoliyat natijadorligida ham biz yoshlarga oʻrnak boʻlib kelmoqda.
Men turli masalalarda ustoz bilan suhbatlashar ekanman, hayot haqiqatini anglayman, donishmandlik bilan bergan maslahatlarini olaman. Ana shunday serqirra olim, jonkuyar rahbar, sergʻayrat xodim va donishmand ustoz bilan birga faoliyat yuritayotganim bilan faxrlanaman.
Ustoz muborak 80 yoshingi bilan samimiy qutlayman, uzoq umr, tan sihatligi tilab, hozirgidek joʻshqinlik doim hamroh boʻlishini istab qolaman!
👉 | 2 131 |
| 10 | Xizmat safaridan fotolavhalar. | 1 597 |
| 11 | Finlandiya va Shvetsiya ta'lim tizimini o’rganamiz
Joriy yilning 11-sentabr kuni Finlandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsulligi va Xalqaro Nordik universiteti tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro malaka oshirish kursida ishtirok etish maqsadida Finlandiyaga yetib keldik.
Malaka oshirish kursi davomida Helsinki, Jyväskylä, Kareliya va JAMK amaliy fanlar hamda pedagogika institutlari hamda Shvetsiyaning Sodertorn universitetlari hamkorligida fin ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishib, uning o’ziga xos va Afzal jihatlarini o’rganamiz hamda uni yurtimizda, xususan, Andijonda joriy etish bo’yicha rejalarni ishlab chiqishga harakat qilamiz.
Dastlabki treningda Xalqaro Nordik universiteti prorektori Odiljon Qo‘ysinov va xalqaro ekspert Odiljon Kattayevlardan ta'lim sohasidagi globallashuv, innovatsion yondashuvlar, O‘zbekiston - Finlandiya o‘rtasidagi hamkorlik va ta'lim safarining maqsadi xususida ma'lumotlar oldik.
Shuningdek, Xalqaro Nordik universiteti bilan ta'lim integratsiyalashuvi doirasida hamkorlik memorandumini imzoladik.
Shundan so‘ng, Finlyandiya maktablari bilan tanishdik. Ulardagi ta'lim jarayoni, o‘quv dasturlari haqida tushunchaga ega bo‘ldik. O‘quv xonalari, ularni jihozlash, bolalarga munosabat, dars mashg‘ulotlarni tashkil etilishini ham kuzatdik.
Asosiy trening mashg’ulotlari va safarning muhim qismlari haqida yozib boprishga harakat qilaman.
https://telegra.ph/file/46ad785ac3a32d167e861.jpg | 1 604 |
| 12 | Assalomu alaykum!
Qadrli talabalar!
Hurmatli ustozlar!
Bugun yana bir oʻquv yili boʻsagʻasida turib Sizlarni boshlangan yangi oʻquv yili “Bilimlar kuni” bilan samimiy qutlayman!
Oʻz quvonchimni sizlar bilan boʻlishib, aytmoqchimanki, qadrli Andijon davlat chet tillari institutining oʻz faoliyatini birinchi yilida yillarga teng natijalarga erishdi.
Ayni damda Sizlarning yonib turgan koʻzlaringizga qarab, shijoatingiz hamda ilm olishga kuchli intilishni his qildim. Albatta, kelgusida aynan Siz azizlarimiz bilan birga buyuk kelajak quramiz. Safimizga yana 500 ga yaqin ana shunday talabalar qoʻshilganidan juda mamnun boʻldim.
Ushbu oʻquv yilida 1 bosqichga qabul qilingan talabalarni koʻplab raqobatchilar ichidan oʻz bilim va salohiyatlarini ishga solib, talabalik baxtiga muyassar boʻlganlari bilan tabriklayman!
Shu oʻrinda ularga ushbu imkoniyatdan yuqori darajada foydalanishga, ilm olishdan, izlanishdan toʻxtamaslikka daʼvat qilaman. Darsdan tashqari boʻsh vaqtlardan unumli foydalanishga, mustaqil bilim olishga ham aloxida eʼtibor qaratishingizni soʻrab qolardim.
Umuman olganda talabalik vaqtida tinimsiz bilim oling, uni mustahkamlang va raqobatbardosh kadr boʻlishga intiling! Zero, yurtimiz kelajagi bilimli va salohiyatli yoshlar qoʻlida!
Talabalarimizga ushbu yoʻlda misoli mashʼala kabi yoʻl koʻrsatuvchi boʻlgan aziz ustozlarimizga mashaqqatli faoliyatlarida cheksiz gʻayrat va kuch quvvat tilab qolaman!
Barchangizga mustahkam sogʻlik, farovonlik va zafarlar tilayman!
👉 @d_roostamov | 2 508 |
| 13 | Qadrli yurtdoshlar!
Aziz talabalar!
Hurmatli hamkasblar!
Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan Siz azizlarni samimiy qutlayman!
“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!" shiori ostida o'tayotgan shunday ulug' bayram arafasida yurtimiz osmoni musaffo, xalqimiz farovon, barchamizning oilalarimiz tinch-totuv hamda barcha sog'-salomat bo'lishini tilayman!
Bugun dunyoda kechayotgan o‘zgarishlar davrida erk va ozodlikning bahosi qanchalar yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.
Eng muqaddas boyligimiz bo'lmish mustaqillikni asrash, uni keyingi avlodlarga yetkazish barchamizga nasib etsin! Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo'lida olib borayotgan mashaqqatli mehnat faoliyatingizda zafarlar yor bo'lsin.
Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin! | 2 287 |
| 14 | Koreys universiteti bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlandi
Xalqaro hamkorlik aloqalari institutimizning taraqqiy etishida juda muhim.
Rivojlangan davlatlar oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida turli forumlarning ahamiyati juda yuqori. Jumladan, O‘zbekiston - Janubiy Koreya oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida joriy yilning mart oyida o‘tkazilgan forumda institutimiz hamda Cheju Halla universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
Ayni kunlarda hamkorlik aloqalari ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida institutimizning bir guruh mas'ullari bilan birga Janubiy Koreya Respublikasida bo‘lib turibmiz.
Bugun Cheju Halla universiteti rektori janob Sung-Hun Kim boshchiligidagi universiteti xodimlari bizni samimiy qarshi oldilar.
Kutib olish marosimidan so‘ng o‘tkazilgan uchrashuvda ushbu universitet bilan akademik hamda ilmiy sohada hamkorlik aloqalari yuzasidan muhokamalar o‘tkazdik. Suhbat davomida kelgusida Andijon davlat chet tillari instituti professor-o‘qituvchilarini universitetga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish, talabalar almashinuvi dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, joriy yilning oktabr oyida institutimizda Cheju Halla universitetining koreys tili markazini ochilish marosimini o‘tkazish belgilandi.
Yana bir muhim yangilik, kelgusida Andijonda koreys tili bo‘yicha bilish darajasini baholovchi TOPIK testini topshirish imkoniyatini yaratish istiqbollari muhokama qilindi. Kelishuv amalga oshsa, viloyatimiz yoshlari ushbu darajani olish uchun poytaxtimizga borishlari shart bo‘lmaydi.
Uchrashuv so‘nggida mezbonlarga milliyligimizni aks ettiruvchi esdalik sovg‘alarini taqdim qildik.
Tashrif davomida Cheju Halla universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun “O’zbekiston ta’lim tizimining ustuvor tamoyilllari” hamda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi bo‘yicha ma'ruza qildim. Ma'ruza mashg‘ulotlari uch kun davom etishi belgilangan.
Samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun hamkor universitet rektori Sung-Hun Kim janoblariga o‘z tashakkurimni izhor etaman.
👉https://t.me/d_roostamov | 1 686 |
| 15 | No text... | 1 518 |
| 16 | Assalomu alaykum, qadrli bitiruvchilar, hurmatli ota-onalar!
Bugun, nafaqat Sizning, balki institutimiz hayotida ham muhim kun. Andijon davlat chet tillari institutini 85 nafar magistrlar hamda 1399 nafar bakalavr bitiruvchilar tamomlab, institutimizning yangi tarixida ilk bitiruvchilarga aylandilar.
Bu bilan barchangizni samimiy qutlab, kelgusidagi barcha ezgu rejalaringiz amalga oshishini tilab qolaman.
Hozirda Sizlar, taʼlimning yana bir bosqichini yakunlab, raqobatbardosh ilmiy-pedagogik kadr sifatida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, jumladan oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalarida ishlash imkoniyatiga ega boʻlasiz. Bunda Sizlarga institutimizning fidoiy ustozlari bergan bilim va koʻnikmalar asqatadi, albatta.
Soʻnggi yillarda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Oliy taʼlimga qamrov kvotalarni oshirilishi, yangi zamonaviy yoʻnalishlarni ochilishi, magistraturada xotin-qizlarning shartnoma pullari toʻlab berilishi, oʻquv dasturlarini yangilanishi va shu kabi koʻplab islohot va imtiyozlar oliy taʼlim tizimini yangi bosqichga koʻtardi desam, mubolagʻa boʻlmaydi.
Aziz bitiruvchilar! Ana shunday islohot va imtiyozlardan oqilona foydalanib, olgan bilim va salohiyatingizni koʻrsating hamda vatanimiz taraqqiyotiga oʻz xissangizni qoʻshing. Bu yoʻlda institutimiz hamda professor-oʻqituvchilarimiz hamisha koʻmakka tayyor!
Hurmatli ota-onalar! Sizlarga farzandingizga oliy taʼlim olib, hayotda oʻz oʻrnini egallashiga sharoit yaratib berganingiz, qolaversa, goʻzal tarbiya berib jamiyatimizning faol vakiliga aylanishida koʻmakdosh boʻlganingiz uchun institutimiz rahbariyati nomidan tashakkur izhor etaman! Bugungi quvonch hech qachon tark etmasligini, farzandingiz ortidan doimo mana shunday faxr tuygʻusini tuyib yurishingiz tilab qolaman.
Sizlarni yana bir bor magistr va bakalavr akademik darajasiga ega boʻlganingiz bilan tabriklayman! Doimo zafar va muvaffaqiyatlar yor boʻlsin!
Kelajakka ishonch va umid ramzi boʻlgan diplomlaringiz muborak boʻlsin, kelgusi hayotingizda jamiyatning qaysi nuqtasida boʻlishingizdan qatʼiy nazar, mazkur dargohda olgan bilimlaringiz va albatta, ota-onangiz bergan tarbiya bilan jamoangizda hurmat qozonishigizga ishongan holda, kelgusi ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qolaman. Barchangiza katta rahmat!
http://t.me/d_roostamov | 273 |
| 17 | No text... | 211 |
| 18 | Kuni kecha viloyatimizda 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi.
Viloyatdagi test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan 3 ta binodan biri sifatida Andijon davlat chet tillari instituti sport zali tanlangan. Bu yerda abituriyentlarning test sinovlarida ishtirok etishlari uchun qulay sharoit yaratilgan.
Bundan tashqari, test sinovlarida ishtirok etayotgan abituriyentlarning ota-onalariga ham qulay shart-sharoitlar yaratishga harakat qildik. Salqin joylarda tashkil etilgan ota-onalar kutish joylarida katta monitorlar orqali imtihon jarayonini to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn ravishda kuzatish imkoniyati mavjud.
Bugun ham abituriyentlarning ota-onalari belgilangan joylarda farzandlari test sinovlarini yakunlab chiqqunga qadar imtihon jarayonini kuzatib bordilar. Institut vakillaridan tuzilgan volontyorlar jamoasi esa, ulardan imtihonlarning tashkiliy qismi, mavjud imkoniyat va kamchiliklar haqidagi mulohazalari bilan tanishish hamda takliflarini o‘rganish maqsadida sotsiologik so‘rovnomalar oʻtkazildi.
Ushbu so‘rovnomalarni tahlil qilish orqali abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun sharoitlarni yanada yaxshilar choralarini ko‘rdik.
Shu o‘rinda, barcha abituriyentlarga imtihonlarda omad tilab, faqatgina bilimli va salohiyatli talabgorlar muvaffaqiyat qozonishlarini istab qolaman.
👉 http://t.me/d_roostamov | 217 |
| 19 | No text... | 206 |
| 20 | Xitoylik hamkorlar bilan qo‘shma ta'lim dasturi tashkil etiladi
Institutimizning xalqaro nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Yakunlangan haftada Xitoyning yetakchi oliygohlaridan bo‘lgan Nankin politexnika instituti vakillari bilan hamkorlik masalasida uchrashuvlar o‘tkazdik.
Ikki qismdan iborat muloqotlarda akademik hamda ilmiy hamkorlik qilish borasida takliflarni muhokama qilindi. Quvonarlisi, Andijon davlat chet tillari instituti hamda Nankin politexnika instituti o‘rtasida qo‘shma ta'lim dasturlari tashkil etish borasida kelishuvga erishdik.
Shartnomaga muvofiq kelgusida talabalar xitoy tili bo'yicha 2+2 shaklida ikki yil Andijon davlat chet tillari institutida, ikki yil Nankin politexnika institutida tahsil olish hamda o'qishni muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng qo'shma diplom olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Hozirda imzolangan shartnomalar tasdiqlash uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuborildi. | 1 874 |
