cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Dilshodbek Rustamov | Rasmiy kanal

Andijon davlat chet tillari instituti rektorining rasmiy sahifasi Murojaatlaringizni quyidagi bot orqali shaxsan menga yuborishingiz mumkin👉 @adchtirektor_bot

إظهار المزيد
Tajikistan7 732لم يتم تحديد اللغةالتعليم66 080
مشاركات الإعلانات
346
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-67 أيام
-2730 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

🇺🇿 Кеча ёзганимдек, юртимизда Бутунжаҳон туризм ташкилоти (UWTO) нинг юбилей сессияси бўлиб ўтмоқда. 20 октябргача давом этадиган сессия доирасидаги тадбирларда турли халқаро доирадаги форум ва учрашувлар ўтказилиши режалаштирилган. Бундан ташқари, сессия мамлакатимиз туризм салоҳиятини намойиш этиш, халқаро ҳамкорларни топиш ва келишувларга эришиш, турли даражадаги мулоқотлар ўтказиш учун платформага айланди. ⏺Бугун "Ipak yo‘li" туризм марказида хорижий мамлакатлар туризм ва сайёҳлик вазирликлари ва қўмиталари вакиллари, туроператорлар ҳамда инвесторлар билан "B2B" форматидаги учрашувлар ўтказилмоқда. Андижон вилояти ҳокими бошчилигидаги вилоят делегацияси таркибида ана шундай учрашувлар ўтказмоқдамиз. Хусусан, ҳозирга қадар Италия, Сингапур, Грузия, Зимбабве, Чад, Венесуела, Қирғизистон мамлакатлари вакиллари билан турли доирада учрашувлар ўтказиб, уларни вилоятимизда мавжуд туризм йўналишлари билан таништирдик, турли йўналишларда сайёҳларни жалб қилиш, туризм таълими бўйича келишувларга эришдик. Ўйлайманки, бундай келишувлар вилоятимиз туризм салоҳиятидан тўлиқ фойдаланиш имкониятини яратиш билан бирга, биз тайёрлайдиган кадрларни билимини оширишга, меҳнат бозорида ўз ўринларини топишларида катта роль ўйнайди. ✅ @d_roostamov
إظهار الكل...
1
Бугун институтимизнинг бир гуруҳ ходимлари билан биргаликда Бутунжаҳон туризм ташкилоти Бош Ассамблеясининг юбилей 25 сессиясида иштирок этиш учун Самарқанд шаҳрига келдик. Ташкилотнинг асосий органи сессияси 20 октябрга қадар давом этиб, тадбир доирасида турли йиғинлар, форумлар ва учрашувлар ўтказиш кўзда тутилган. Бугун ушбу сессиянинг очилиш маросимида Муҳтарам Президентимиз Шавкат Мирзиёев кириш нутқини сўзлаб, тадбирни очиб берди. Ушбу нутқ бўйича ўз фикрларимни кейинроқ батафсил ёзаман. Биз ҳам ушбу сессия доирасида турли тадбирлар, хусусан, туризм соҳаси учун кадрлар тайёрловчи олий таълим муассасаси сифатида “Global Forum on Education: The Foundation of Building Tourism” таълим форумида иштирок этишни режалаштирганмиз. Бугун Самарқанддаги "Ipak yo‘li" туризм марказини кўздан кечириб, институтимизнинг "Гид ҳамроҳлиги ва туризм" таълим йўналишида таҳсил олувчи талабалари таълим жараёнида татбиқ этиш мумкин бўлган жиҳатларни ўргандик.
إظهار الكل...
👍 1
02:11
Video unavailableShow in Telegram
Мамлакатимизда ёшларга оид давлат сиёсатини амалга ошириш, айниқса, ижтимоий ҳимояга муҳтож ёшларни қўллаб-қувватлаш, уларга тенг шароитлар яратиш борасида кўнг кўламли ишлар бажарилмоқда. Институтимизга бириктирилган "қизил" тоифага кирувчи ижтимоий ҳимояга муҳтож ёшлар билан учрашиб, уларнинг муаммоларини ўрганиш, қўллаб-қувватлаш менинг фаолиятимда ҳам муҳим йўналишлардан биридир. Куни кеча Сирмоқ МФЙда истиқомат қилувчи ёшлар билан яна учрашиш қилиш мақсадида Балиқчи туманига бордим. Улар билан мулоқот қилиб, фикрларини тингладим, ҳаётда ўз йўлларини топиш учун ўқишга, келажакда керакли инсон бўлиш учун интилишдан тўхтамасликка чорладим, аввалги учрашувларда айтганимдек, бу йўлда уларга қўлдан келганча ёрдам беришимни етказдим. Хусусан, аввалги мулоқотимизда Омадбек телефон тузатиш устахонаси очмоқчилигини, лекин бунга керакли жиҳозлар йўқлигини айтганди. Бу галги учрашувда унга керакли техник воситаларни совға қилдик. Энди Омадбек ўз устахонасида хизмат кўрсатиб, даромад топиши мумкин. Бундан ташқари ёшларга институтимиз номидан моддий ёрдам ва совғалар топширдим. 🕊 @d_roostamov
إظهار الكل...
6.65 MB
👍 12 3
Qadrli ustoz va muallimlar! Barchangizni, sizning timsolingizda yurtimizdagi hamma muallimlarni 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan chin qalbdan tabriklayman. Ustoz – inson hayotiga nur olib kirib, uning hayot yo’lini mash’ala kabi yoritadi. O‘qituvchilik eng yuksak ehtirom va e’tiborga loyiq, insonlar qalbiga ezgulik olib kiruvchi, uni komillik sari yetaklovchi sharafli kasbdir. Ustoz atalmish muqaddas kasb egalari murg’ak yoshlarga hayot uchun zarur bilimlar berish bilan birga, hayotiga ziyo olib kiradi – kelajagi uchun tamal toshini qo‘yadi. Shu tufayli, ustoz va murabbiylarni kelajak bunyodkorlari desak, sira adashmaymiz. Ushbu ulug‘ nom o‘zida donishmandlik va ulug‘vorlik, ijodkorlik hamda an’analarga hurmat, mehr-oqibat va kezi kelganda qattiqqo‘llikni mujassam etgan! Siz tufayli talabalar o'z iste'dodlarini namoyon etadilar, hayotda o'z yo'llarini topadilar va mustaqil ravishda qaror qabul qilishni hamda o'zlari uchun mas'uliyatni o'z zimmalariga olishni o'rganadilar. Siz haqiqatan ham yuksak martaba va sharafga loyiqsiz! Ayni damda Prezidentimiz ko’p bora ta’kidlaganlaridek, Uchinchi Renessans poydevorini qurish eng oliyjanob maqsadlarimizdan biridir. Bu sharafli va ayni damda juda mas’uliyatli vazifani amalga oshirishda eng katta yuk o’qituvchi va murabbiylarning zimmasida ekani, ularning mamlakatimiz hayotidagi o’rni naqadar yuqori ekanini ko’rsatib turibdi. O’zining yangi taraqqiyot yo’liga chiqib olgan va barcha sohalarda shiddat bilan odimlayotgan O‘zbekistonimizning keyingi taraqqiyoti aynan ta’lim tizimiga, xususan oliy ta’lim muassasalari yetishtirayotgan kadrlar sifatiga bog‘liq. Bu borada Andijon davlat chet tillari institutida ham islohotlarga hamohang tarzda amaliy ishlar olib borilmoqda va qator yutuqlarga erishilmoqda. Institutimiz o’z faoliyatini boshlaganiga endigina bir yil bo’lganiga qaramay, barcha sohalarda ko’plab yutuqlarga erishdi. Bularning bari aslida sizninh yutug’ingiz, siz azizlarning tajribangiz va bilimingiz, pedagogik mahoratingiz va ishga vijdonan yondoshishingizning mevasi desam, mubolag’a bo’lmaydi. O’tgan yil davomida barcha jabhalarda professor-o’qituvchilarimiz ilg’orlik bilan o’z salohiyatlarni namoyon etmoqdalar. Institutimizning ilmiy salohiyati ham o’sib, 15 ga yaqin professor-o’qituvchilarimiz o’z dissertatsiyalarini himoya qildilar. Yana ko’plab o’qituvchilarimiz himoya oldi jarayonlarida, ularga omad tilab qolamiz. Talabalarimiz qo’lga kiritayotgan yutuqlarda ham aynan Sizlarning xizmatlaringiz beqiyos. Yaqindagina Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan sohada fidoiylik bilan xizmat qilayotgan bir guruh professor-o’qituvchilarni “Oliy ta’lim a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirladi, ular orasida ikki nafar ustozimizning ham taqdirlanishi bizga ham faxr tuyg’usini berdi, ishga yanada shijoat bilan kirishishga undadi. Men ishonch bilan ayta olamanki, Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi erishayotgan barcha yutuqlar zamirida ham professor-o‘qituvchilarimizning mehnati, zahmati mujassam. Fursatdan foydalanib, ustoz-u talabalarni bayram bilan qutlar ekanman, sog‘lik va salomatlik, tashabbus va ijodkorlik, samimiylik va kamtarlik, adolatlilik va halollik tilab qolaman. Bayramingiz yana bir bor muborak bo’lsin! Sizga doimo ta’zimdaman! Dilshodbek Abduvohidovich Rustamov, Andijon davlat chet tillari instituti rektori 👉 @d_roostamov
إظهار الكل...

👍 13 5🔥 2
Institutimiz olimlari "Oliy ta'lim a'lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar 1-oktabr – "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan sohada fidoiylik bilan mehnat qilayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar "Oliy ta'lim a'lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Taqdirlanganlar orasida institutimizning ikki nafar jonkuyar ustozlari - nemis tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, professor Muxtorxon Umarxo‘jayev hamda ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi mudiri Sobirjon Solijonovlar borligi bizni juda ham shod qildi. Ustozlar Muxtorxon Umarxo‘jayev hamda Sobirjon Solijonovlar qariyb yarim asrdan buyon institutimizda samarali faoliyat olib borib, minglab yoshlarni yuksak bilim va malakali kadr sifatida tayyorlashda, institutimiz ilmiy salohiyatini oshirishda tinmay mehnat qilmoqdalar. Fidoiy ustozlarimizni ushbu yuksak e'tirof bilan qutlaymiz, yana uzoq yillar sharafli va mashaqqatli bo‘lgan ustozlik yo‘lini davom ettirib, ushbu nomni sharaflab yurish nasib etsin! Tan sihatligi, oilaviy baxt, kasblarida muvaffaqiyat yor bo‘lishini tilab qolamiz! ✅ @d_roostamov
إظهار الكل...
👏 16👍 4 2🔥 2
Avvalroq yozganimdek, bir guruh ta'lim tizimi xodimlari bilan birga Finlyandiya va Shvetsiyada malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqdaman. Malaka oshirish kursining Finlyandiyagi dasturi nihoyasiga yetkizib, Shvetsiyaning Stokholm shahriga yetib keldik. Tashrif davomida bizga O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchisi Nodirbek G‘aniyev hamrohlik qilib, hamkorlik aloqalarini o‘rnatishimizda katta yordam berdi. Dastlab, delegatsiyamiz tarkibida Shvetsiyaning nufuzli oliygphlaridan bo‘lgan Syodertyorn universitetiga bordik, universitet faoliyati bilan tanishdik. Tashrif davomida ushbu universiteti rektori, professor Gustav Amberg janoblari hamda universitet prorektori, professor Anna Mariya Yonsson xonim bilan hamkorlik masalasi bo‘yicha uchrashuv ham o‘tkazdik. Unda institutimiz kadrlarini Shvetsiyada malakasini oshirish va stajirovka dasturlarini tashkil etish, o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqot sohasida hamkorlikni boshlash, qo‘shma konferensiyalar tashkil etish va hamkorlikning boshqa yo‘nalishlarini muhokama qildik. Uchrashuv so‘nggida qator kelishuvlarga erishildi, Sypdertorn universiteti rektoriga o‘zimizning esdalik sovg‘alarimizni topshirdik. Bundan tashqari, universitet qoshidagi Boltiq va Sharqiy Yevropa tadqiqotlari markaziga ham bordik, markaz xodimlari va tadqiqotchilari bilan muloqot o‘rnatdik. Uchrashuvlarda bugungi kunda fin ta'lim tizimi bilan birga jahonda tan olingan shved ta'lim tizimining eng yaxshi tomonlarini institutimizda joriy etish imkonini beruvchi manfaatli kelishuvlarni amalga oshirdik. O‘ylaymanki, bu institutimizni yanada rivojlantirish va jahon mehnat bozorida qadrlanadigan kadrlash tayyorlash kabi maqsadlarimizni amalga joriy etishda juda muhim o‘rin tutadi. 👉 @d_roostamov
إظهار الكل...

👍 3
Repost from Edu.uz
#Xalqaro_hamkorlik #taʼlim_sifati Taʼlim safari: Finlandiya va Shvetsiya taʼlim tizimi keng o‘rganilmoqda Ayni kunlarda O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi hamda Finlandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsulligi yordamida respublikamizdagi 10 ta pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalaridan 23 nafar professor-o‘qituvchi Finlandiya va Shvetsiyada xalqaro malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda. Ushbu malaka oshirish kurslarida Oʻzbekiston delegatsiyasi Finlyandiyaning taʼlim ekspertlari koʻmagida maktablar faoliyati va oliy taʼlim tizimi bilan tanishmoqda. Safar dasturiga koʻra, yetti kun Finlyandiyada, besh kun Shvetsiyada nufuzli oliy taʼlim muassasalarida taʼlim tizimi va maktablar faoliyatini oʻrganish, kelgusida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilgan. 👉На русском 👉In English Bizni kuzating👇🏻 Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
إظهار الكل...
👍 1
Bugun taniqli olim, jamoat va davlat arbobi, ustozimiz Muxtorxon Umarxoʻjayev oʻzining muborak 80 yoshini qarshi olmoqda. Muxtorxon Umarxoʻjayevni favqulodda serqirra shaxs deb aytsak, mubolagʻa boʻlmaydi. Ustoz koʻp yillik faoliyati davomida ilmiy-pedagogik sohada, davlat va jamoat ishlarida juda samarali mehnat qildi. Olim oʻzbek, rus, nemis tillarida 200 dan ortiq asarlar, tarjimalar,  darsliklar, ilmiy maqolalar eʼlon qildi. Uning davlat, jamoat, ilm-fan oldidagi beqiyos xizmatlari yurtimiz ham xalqaro maydonda ham munosib eʼtirof qilingan. Xususan, ustoz davlat oldidagi xizmatlari uchun “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, olim Rossiya ijtimoiy va pedagogika fanlari Akademiyasi akademigi, Germaniyaning Leypsig universiteti faxriy professori, koʻplab milliy va xalqaro mukofotlar sohibi hisoblanadi. Oʻzining 80 yoshida ham ishda gʻayrat koʻrsatish bobida ham, ilmiy-pedagogik faoliyat natijadorligida ham biz yoshlarga oʻrnak boʻlib kelmoqda. Men turli masalalarda ustoz bilan suhbatlashar ekanman, hayot haqiqatini anglayman, donishmandlik bilan bergan maslahatlarini olaman. Ana shunday serqirra olim, jonkuyar rahbar, sergʻayrat xodim va donishmand ustoz bilan birga faoliyat yuritayotganim bilan faxrlanaman. Ustoz muborak 80 yoshingi bilan samimiy qutlayman, uzoq umr, tan sihatligi tilab, hozirgidek joʻshqinlik doim hamroh boʻlishini istab qolaman! 👉
إظهار الكل...

🎉 18👍 3 3🔥 1
Xizmat safaridan fotolavhalar.
إظهار الكل...
👍 16 4🤩 3🔥 2👏 2
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.