en
Feedback
Dr. Algorithm

Dr. Algorithm

Open in Telegram

Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali. Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot

Show more
4 726
Subscribers
+524 hours
-187 days
+37230 days
Posts Archive
Google ofisi, London. Azimjon, hammasi siz qoldirgandek turibdi. Bugun SI boʻyicha masterclass bor. Shuni koʻrgani kelgan edi
Google ofisi, London.
Azimjon, hammasi siz qoldirgandek turibdi.
Bugun SI boʻyicha masterclass bor. Shuni koʻrgani kelgan edim. Koʻramiz qanchalik hayratda qoldirishadi. Hozircha faqat havo hayratda qoldirmoqda.
33°C
26.05.2026 London @DrAlgorithm

Assalomu alaykum do‘stlar, Bir vaqtning o‘zida bir necha ishga ulgurish qiyin. Shu sababli ishlarimizni tartibga solish uchun tanaffus olib turamiz. Bu tanaffus vaqtida esa foydali ma'lumotlarni o‘rganish, ularni xalqimizga yetkazish haqida bosh qotiramiz.
UzTech UK jamoasi bilan kundalik hayotda SI dasturlaridan foydalanish haqida dars o‘tishni boshlagan edik.
Shu hafta 5-qismini namoyish qilmoqchimiz. Ko‘pchilik uchun foydali bo‘ladi degan umiddamiz. Loyiha maqsadi, dasturchi bo‘lmaganlar uchun ishlarini yengillashtirishga yordam berish. Ixtiyoriy soha odami bu darslarimizdan foydalanishlari mumkin. Darslarimiz videosi tayyor bo‘lganida uni ham alohida e'lon qilamiz. 20.05.2026 London @DrAlgorithm

Repost from UzTech UK
🇺🇿 UzTech - IT Hamjamiyati 🇬🇧 AI bilan ishlash bo‘yicha darslarimiz davom etadi. Bu safar Claude Code haqida gaplashamiz.
🇺🇿 UzTech - IT Hamjamiyati 🇬🇧 AI bilan ishlash bo‘yicha darslarimiz davom etadi. Bu safar Claude Code haqida gaplashamiz. Meetup davomida Saidolim Djuraev bilan: • Claude Code’dan unumli foydalanish • Ish jarayonini samarali tashkil qilish • Foydali usullar va tajribalar haqida suhbatlashamiz. 🗓 Sana: 22-May, Juma 🕕 Soat: 18:00 (London vaqti) 📍 Manzil: Online (Google Meet) 📱 Qatnashish uchun havola: https://meet.google.com/eak-erzp-hjp Agar AI vositalarini kundalik ish jarayoningizga qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, ushbu meetup siz uchun foydali bo‘ladi. 📱 @UzTechUK | 😎 @UzTechUK | 📱 @UzTech-UK

Avvallari: - Odam qilgan ishni odam qiladi lekin dasturchi qilgan ishni hammayam qilolmaydi Hozir: - Odam qilgan ishni odam qiladi, dasturchi qilgan ishni bo'lsa odam+SI qiladi

📚 Ijodiy yondashuv (Kreativ deyishadimi?) Ilm ulashishda kutubxona tuzish juda katta savobli ish. 42.uz jamoasidan yangi loyihani ko‘rib xursand bo‘ldim.
Menga eng yoqqani esa, uni qanday qilib taqdim qilishgani bo‘ldi.
42.uz, Qoyil! Davomli bo‘lsin! 11.05.2026 London @DrAlgorithm

SI kim hukmron? Ajoyib raqamlarga ko‘zim tushdi. Rio de Janeiro (Braziliya) da 23-27 Aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ICLR 2026 ko
+1
SI kim hukmron? Ajoyib raqamlarga ko‘zim tushdi. Rio de Janeiro (Braziliya) da 23-27 Aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ICLR 2026 konferensiyasiga qabul qilingan maqolalarni tahlil qilib ko‘rishibdi. 1. Eng ko‘p maqolalar Xitoydan qabul qilingan. Ketidan 2-o‘rinda AQSh turibdi. 2. Keyingi davlarlar x10 marta kam natija bilan safda turishibdi. Xitoy va AQSh ixtiyoriy boshqa davlatlardan 5-10 marta ko‘p maqola bergan. 3. UKdagi universitetlar reytingi qiziq tuyuldi.
Hozirgi kunda O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga o‘qishga kelayotgan yoshlarimiz juda ko‘p. Ular orasida SI sohasida o‘qishga kelayotganlar ham bor. + Sizlarga tavsiyam, shu rasmlarni yaxshilab o‘rganing. + Sizning universitet bu yashil ro‘yxatda bormi?
Rank University               Maqola soni
  24 University of Oxford      104
  42 University of Cambridge    67
  57 Google DeepMind            49
  66 UCL                        40
  75 Imperial College London    36
  97 University of Edinburgh    26
 184 University of Manchester   12
 191 University of Surrey       11
 232 University of Bristol       8
 234 Queen Mary University of London  8
 278 University of Bath          6
 305 University of Birmingham    5
 326 University of Sheffield     4
 328 University of Warwick       4
 337 University of Southampton   4
 339 University of Exeter        4
 351 Lancaster University        4
 413 University of Glasgow       3
 416 University of Liverpool     3
Bu statistikani tekshirib ko‘rish uchun GitHubda loyiha bor: https://github.com/DmytroLopushanskyy/iclr2026-affiliations Shunaqa gaplar. Haftani barakali boshlab oling. 11.05.2026 London @DrAlgorithm

Vaqt ajoyib narsa, Ba'zida oʻtganini sezmaysan, Ba'zida esa kutib charchaydan.
Suhbatni oʻtkazib oldik. Mavzu qiziq, voqealar koʻp, lekin vaqt chegaralangan. Davomini qilamiz deb kelishdik. Foydali boʻlsa, hursand boʻlamiz.
Savollar bergan edingiz. Imkon qadar javob berdik. Agar kimning savoli ochiq qolgan boʻlsa, yozib yuboring.
Dam olish kuningiz maroqli oʻtsin. 09.05.2026 London @DrAlgorithm

Podkast boshlanishiga 2 soat qolibdi. Savol yuborgan do‘stlarimizga rahmat, yozib oldim. P.S. SI odam-podam emas ekan. Podkas
Podkast boshlanishiga 2 soat qolibdi.
Savol yuborgan do‘stlarimizga rahmat, yozib oldim.
P.S. SI odam-podam emas ekan. Podkast uchun rasm yasab ber desam, bizni stol atrofiga o‘tkazib, suhbatimizni ham tashkillashtirib beribdi. Eng hayratga solgani, ikkalamizning kanalimizdagi profil ostidagi fon saqlangan. Va Bu fonni bitta rasmga joylay olgan. Man bunday qil demagan edim. Ajoyib... Mayli, SI o‘z yo‘liga, biz bugun tarixni eslaymiz.
Tas-IX haqida gaplashamiz.
09.05.2026 Online

Buxgalterlarning boshini qotirdim Bu hafta hisobchi (buxgalter) va auditorlar tomonidan tashkil etilgan tadbirda qatnashdim.
+1
Buxgalterlarning boshini qotirdim
Bu hafta hisobchi (buxgalter) va auditorlar tomonidan tashkil etilgan tadbirda qatnashdim.
Tadbirda SIni buxgalteriya va moliya sohasida qo‘llash haqida gapirib berdim. Manga yangilik bo‘lgani: - SI va Excel birga ishlashni boshlaganiga ko‘p bo‘ldi, - lekin ishlatishmas ekan. - Oddiy web orqali SI da ko‘p masalalarni hal qilsa bo‘ladi, - kam foydalanishar ekan. - Gemini yordamida Email, hujjatlar, fayllar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlash mumkin, - bilishmagan ekan. - Eng qizig‘i, tekin SI ishlatadiganlar ham bor ekan. Shaxsiy ma’lumotlar, mijozlar ma’lumotlari sizib chiqishini eshitib, ko‘pchilik hayratda.
Bu O‘zbek bo‘lmagan auditoriyaga ilk chiqishim bo‘lsa kerak. Nasib qilsa yana tadbirlarga qatnashib, u yerdan olgan bilimlarimni ulashib turaman.
Dam olish kunlaringiz barakali o‘tsin. 09.05.2026 London @DrAlgorithm

Assalomu alaykum do‘stlar, Saud Abdulwahed bilan suhbat uyushtirmoqchimiz. Shanba, 7 May kuni 19:00da bo‘lishi reja qilingan. Mavzu: Tas-ix tarmog‘i. Agar sizga ham mavzu qiziq bo`lsa, savollaringizni shu xabar ostida qoldiring. Suhbat davomida inobatga olishga harakat qilamiz. Shanba kuni ko‘rishguncha. 07.05.2026 London @DrAlgorithm

Repost from Saud Abdulwahed
Shanba kuni kech soatlarda Saidolim a.k.a @DrAlgorithm bilan jonli efir bo'lib o'tadi. Mavzuni Tas-ix tarmog'i va ahamiyatini tushinishga atamoqchiman. Men uchun ochilmagan va juda qiziq mavzu. Uning ahamiyati va imkoniyatlari hamda O'zbekistondagi Internet dunyosi "tug'ilishi" jarayonlarini o'rganamiz.

Bank kartalari orasidagi o`tkazma komissiyasiz qilinar ekan.
Bu juda zo‘r taklif.
Buni davomini ham qilish kerak.
Bank o‘tkazmalari uchun ham tekin qilish kerak.
Aslida bank va boshqa to‘lov tizimlari xizmatlari uchun pul olishi kerak. Odamlarning to‘lovlarini ustiga o‘tirishi kerak emas.
Odam naqd pulni ishlatishi kabi bank hisob raqamini boshqarish qanchalik oson bo‘lsa, odamlar naqdsiz yo‘lga tez o‘tadi.
Ovqatlandingiz. 123,000 ni 4 kishi bo‘lishishingiz kerak. 30,750 dan tushadi. 250 qaytimni qayerdan olasiz? Agar bank mobil app yaxshi ishlasa edi, shuni odamlar mobil app orqali qilar edi.
Taklif zo‘r bo‘libdi. Qabul qilib, ishga tushib ketsa yaxshi bo‘ladi. Davomini ham qilishsa, yanada foydali edi.
05.05.2026 London @DrAlgorithm

Soʻrovnomada qatnashgan hammaga katta rahmat! Juda katta yordam berdingiz. Soʻrovnoma yopildi. 03.05.2026 London @DrAlgorithm

Assalomu alaykum do‘stlar, Bir tanishimiz O‘zbekiston to‘lov tizimlari bo‘yicha dissertatsiya yoqlash harakatidalar. Hozirda Angliyada magistraturada o‘qimoqdalar.
Bitta so‘rovnoma qilishlari kerak ekan, shunga yordam bera olamizmi?
👉 https://app.onlinesurveys.jisc.ac.uk/s/northumbria/fintech-adoption-trust-and-regulatory-challenges-in-uzbekistan- So‘rovnoma ingliz tilida. Payme, Click, Uzum va boshqa FinTechlarni ishlatish haqida fikringizni so‘ragan ekanlar.
Qatnashaningiz uchun katta rahmat!
03.05.2026 London @DrAlgorithm

Repost from Sariq Dev
Birinchi javobni o'ziyoq nuqtasiga urdi. Mutaxassislar bilgan narsasini samaraliroq bajarib, bilmagan narsasini tezroq o'rgan
Birinchi javobni o'ziyoq nuqtasiga urdi. Mutaxassislar bilgan narsasini samaraliroq bajarib, bilmagan narsasini tezroq o'rganishayapti. Ilmsizlarda esa bilim emas "bilim illyuziyasi" paydo bo'layapti. Ya'ni nimanidir o'rgandim (chunki bajardim) deb o'ylaydi, lekin nima bajarganini (va o'rganganini) o'zi tushunmaydi. Buning oldini olish haqida keyingi postlarda yana to'xtalaman. @sariqdev

1 oy tekin ekan. 🧑‍💻 https://bytebytego.com Assalomu alaykum do‘stlar, Nodirjonga rahmat. Dasturlash bo‘yicha foydali kitob
+2
1 oy tekin ekan. 🧑‍💻 https://bytebytego.com Assalomu alaykum do‘stlar, Nodirjonga rahmat. Dasturlash bo‘yicha foydali kitoblarni tekinga o‘qish imkonini tavsiya etdilar.
Ishga kirishga tayyorlanayotganlar uchun foydali manba ekan.
Sizga ham ulashgim keldi. 30.04.2026 Toshkent @DrAlgorithm

Assalomu alaykum do‘stlar, UzGeeks tadbiri haqida maqola chiqibdi. Barcha tadqimotchilarning taqdimot fayllarini ham Telegramga yuklangan. Tadbir vaqtida taqdimotlarni so‘raganlar bor edi. Yuklab olishingiz mumkin. Yana rasm va video materiallar tayyor bo‘lganida xabar beraman. 27.04.2026 Toshkent @DrAlgorithm

Repost from EDU.DIGITAL.UZ
“UzGeeks Conf 2026” tadbiri oʻtkazildi ⚜️Joriy yilning 25-aprel kuni UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligi munosabati bilan “UzG
+9
“UzGeeks Conf 2026” tadbiri oʻtkazildi ⚜️Joriy yilning 25-aprel kuni UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligi munosabati bilan “UzGeeks Conf 2026” tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirni Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi direktori A. Eshankulov ochib berdi. ⬇️“UzGeeks Conf 2026”da malakali mutaxassislar oʻz chiqishlari bilan ishtirok etishdi:
➡️Startupni bozorga testlash, GTM da marketing usullari - Abduroziqov Safarmurod (AURA Digital, CEO); ➡️Klassik Product managementdan AI Startup Product managementning farqlari - Temur Ibroximov (Numeo AI - Senior Product manager); ➡️Mahsulot Menedjeri ishida AI. Real keyslar - Farhod Sayd (Moneff (UK), Product manager); ➡️Sunʼiy intellekt sizning ishingizni oladimi yoki yoʻqmi? - Ozodbek Ulmasov (Zarela.ai , CTO); ➡️Bizneslarni raqamlashtirishda IT kompaniyalarning 7 ta xatosi - Amon Olimov (Deep Vision, CEO); ➡️SI davrida Shaxsiy maʼlumotlarni himoyalash - Saidolim Djuraev (Moneff, CTO); ➡️Next Level: Senior to Digital Management - Qudrat Abdurahimov (GITA, CEO); ➡️Sunʼiy intellekt - Ertaga Kech! - Anvar Narzullaev (Mohirdev, CEO).
✅Taqdimotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. Tadbir suratlari esa bu yerda. ❕Maʼlumot uchun tadbir UzGeeks hamjamiyati, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Thinkland tomonidan tashkillashtirildi. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

+2
UzGeeks tadbirimiz boshlandi. Hech oʻylab koʻrganmisiz, UzGeeks qayday paydo boʻlgan? 25.04.2026 Toshkent @DrAlgorithm

Assalomu alaykum, Yoshlarga qoil qolaman. Shunday ajoyib so‘zlar bilan tilga olishadi, ko‘zga yosh keladi. Naxot-ki! - deging keladi.
UzGeeksning tashkilotchiligida xizmat qilayotgan barchaga katta rahmat.
Kanalimiz a'zolarini esa, ertaga kutib qolaman. Shu kunlarda kanalga maqola tayyorlay olmadim. Kelasi hafta uchun rejalar katta. Tadbirdan keyin yana maqolalarni doimiy yozib borishni davom ettiramiz. Birga ekaningiz uchun katta rahmat! 24.04.2026 Toshkent @DrAlgorithm