en
Feedback
Farkhod - AI PM

Farkhod - AI PM

Open in Telegram

Hi, I’m Farkhod Saydullaev, Product Manager at the UK fintech - Moneff. Website: www.farkhod.com Youtube: bit.ly/3opPKAt FB: facebook.com/iamfarkhod Insta: instagram.com/iamfarkhod/ LinkedIn: linkedin.com/in/iamfarkhod

Show more
Buy Ad
2 789
Subscribers
+2224 hours
+157 days
+730 days

Data loading in progress...

Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+45
in 2 channels
August '26
+117
in 2 channels
Get PRO
July '26
+86
in 1 channels
Get PRO
June '26
+123
in 7 channels
Get PRO
May '26
+94
in 0 channels
Get PRO
April '26
+217
in 7 channels
Get PRO
March '26
+236
in 1 channels
Get PRO
February '26
+249
in 5 channels
Get PRO
January '26
+454
in 2 channels
Get PRO
December '25
+124
in 0 channels
Get PRO
November '25
+560
in 8 channels
Get PRO
October '25
+31
in 0 channels
Get PRO
September '25
+38
in 1 channels
Get PRO
August '25
+63
in 2 channels
Get PRO
July '25
+155
in 4 channels
Get PRO
June '25
+47
in 1 channels
Get PRO
May '25
+82
in 5 channels
Get PRO
April '25
+18
in 2 channels
Get PRO
March '25
+35
in 2 channels
Get PRO
February '25
+42
in 0 channels
Get PRO
January '25
+23
in 0 channels
Get PRO
December '24
+44
in 3 channels
Get PRO
November '24
+41
in 1 channels
Get PRO
October '24
+52
in 8 channels
Get PRO
September '24
+82
in 1 channels
Get PRO
August '240
in 1 channels
Get PRO
July '240
in 0 channels
Get PRO
June '240
in 1 channels
Get PRO
May '240
in 2 channels
Get PRO
April '240
in 3 channels
Get PRO
March '240
in 0 channels
Get PRO
February '24
+23
in 2 channels
Get PRO
January '24
+9
in 0 channels
Get PRO
December '23
+2
in 0 channels
Get PRO
November '230
in 0 channels
Get PRO
October '23
+4
in 0 channels
Get PRO
September '23
+95
in 0 channels
Get PRO
August '23
+184
in 0 channels
Get PRO
July '23
+20
in 0 channels
Get PRO
June '23
+38
in 0 channels
Get PRO
May '23
+19
in 0 channels
Get PRO
April '23
+24
in 0 channels
Get PRO
March '23
+16
in 0 channels
Get PRO
February '23
+30
in 0 channels
Get PRO
January '23
+24
in 0 channels
Get PRO
December '22
+22
in 0 channels
Get PRO
November '22
+26
in 0 channels
Get PRO
October '22
+23
in 0 channels
Get PRO
September '22
+20
in 0 channels
Get PRO
August '22
+49
in 0 channels
Get PRO
July '22
+14
in 0 channels
Get PRO
June '22
+18
in 0 channels
Get PRO
May '22
+21
in 0 channels
Get PRO
April '22
+49
in 0 channels
Get PRO
March '22
+58
in 0 channels
Get PRO
February '22
+38
in 0 channels
Get PRO
January '22
+60
in 0 channels
Get PRO
December '21
+239
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
08 September+5
07 September+28
06 September+2
05 September+2
04 September+3
03 September+2
02 September+2
01 September+1
Channel Posts
Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif qildilar. U yerda Murodjon Normatov, Sardor o‘ga, Akrom Obidov, Hurshid Usmon, Amirbek Shomurodov va Saidolim Djurayev bilan to‘rtta fikr almashdik. Uchrashuvda – oila, farzand tarbiyasi, ish joyidagi muammolar, kimning ofisida kofe mashinasi borligi, qariganda soch to‘kilishi mavzularini umuman gaplashmadik. 80% vaqtimizni o‘sha hamma hozir gaplashadigan SUN’IY INTELLEKT mavzusiga sarfladik. Bahs bo‘ldi, hamma fikrini bildirdi, sun’iy intellektni ish jarayoniga integratsiya qilish haqida gaplashdik. Qiziq joylari: 🔸 Kompaniya egalari SI’ni o‘rganib olib, SI hammaning ishini qila oladi degan fikrda. Bu o‘z navbatida, xodimning tez ishdan charchashiga olib kelyapti, xodimdan 2–3 kishining ishini bir kishi qilish talab qilinyapti. 🔸 Hamma ichki ma’lumotlarni SI uchun jamlash bilan band. Kimdir RAG, kimdir kompaniyaning Wiki’si bilan, kimdir shunchaki o‘z tizimini quryapti. Maqsad – SI’da barcha ma’lumot bo‘lsin, hech kimni bezovta qilmasdan, bitta so‘rov bilan kerakli ma’lumotni olish. Undan tashqari, bitta xodimga bog‘liq bo‘lmaslik, ya’ni core jamoadan xodim ketsa, uning barcha tajribasi, qilgan ishlari ma’lumotlar bazasida tursin. 🔸 Kimgadir grill-me yoqadi, kimgadir superpowers. 🔸 Kimningdir kompaniyasida mahsulot menejeri “bottleneck”, kimdadir dasturlash. Bunga sabab SI kompaniyada pastdanmi yoki yuqoridan integratsiya boshlanganiga bog‘liq. Moneff’da mahsulot menejeri bottleneck, deb o‘ylayman. Ko‘p vazifalar mening yechim berishimga qarab turibdi. Shunaqa gaplar, ish haftangiz mahsuldor o‘tsin. ------- @farkhod_com

2
No text...
2 060
3
Assalomu alaykum, Farkhod aka! Youtubedagi darslaringiz va ulashgan bilimingiz uchun alohida rahmat aytmoqchi edim. Oʻzim tibbiyot institutida oʻqiyman, IT sohasida mutlaqo nol darajada edim. Darslaringiz sabab 1 oy ichida oʻzim uchun juda katta natijaga erishdim. Kunlik vazifalar va kunlik odatlarni nazorat qilib borish uchun, kechagi kunga nisbatan qay darajada o'sib borayotganini kuzatib borish uchun, bot yaratgan edim. @vazifalar_checklist_bot Boshida sodda qilib Google Sheets'ni ma'lumotlar bazasi qilib ishlatayotgan edim. Keyinroq arxitekturani rivojlantirib, Supabase'ga oʻtdim va backend qismini n8n orqali toʻliq avtomatlashtirdim. Eng quvonarlisi — hozirgi MVP holatigacha 0 soʻm harajat bilan chiqdim. Hozirda bot foydalanuvchilarning kunlik, haftalik, oylik va yillik vazifalarini tahlil qilib, Progress Bar bilan avtomatik hisobot yuboradigan darajaga keldi. Endi buni real foydalanuvchilarga tarqatib,test bosqichini boshlayapman. Hozirda o'zimni tanishlarimga bergandim , 40 ga yaqin user foydalanmoqda test rejimida. Noldan shu darajaga yetishimda darslaringiz va toʻgʻri yoʻnalish berganingiz juda katta poydevor boʻldi. Mehnatlaringizga rozi boʻling! Aka @vazifalar_checklist_bot foydalanib ko'rib feedback bersangiz xursand bo'lardim! Yana bir bor raxmat aka!
1 623
4
Farhod aka bilan suhbatdan parcha: - CEO'lar AI'ni o'rganishi va hamma ishni AI'ga qildira olishini aytishi va majburlashi, xodimlarni burn-out'ga tushurib qo'yyabdi. Hamma ishlarni ham AI qila olmaydi, AI qila oladigan ishlar texnik tomonlarni egallay olishi mumkin, lekin mijozlar bilan gaplashish, hujjatlar bilan ishlash, ular bilan negotiate qilish uchun baribir odam kerak. AI ko'p ishlarni olib qo'yyabdi deb o'ylayabmiz, lekin ular aslida odam yechishi uchun yanada katta muammolarni keltiryabdi. Ya'ni, sizni mantiqiy fikrlashiz, foydalanuvchilarni his qilishiz va oldingidanda tezroq iterate qilishingizni talab qilyabdi. Kompaniyalar end-to-end(boshidan oxirigacha) mas'uliyatli odamlarni olishga haraka qilyabdi. Bu competitive advantage hozircha. Farhod aka bilan ertalabdan update'lar alishdik va nasib bo'lsa yangilikchalar qilamiz. Stay tune. AUT, 2026 Retake'dan oldin, ozgina fikrlarni eslab yozib qo'yyabman @elzodxon
1 527
5
Avgust oyida BRB banki bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydim. Bankning departament rahbarlariga, sun’iy intellektni ish jarayonida ishlatishni bo‘yicha shanba kunlari 4 soatlik seminar o‘tib beryapman. Bu xabarimda nega meni tanlashgani, 4 soat auditoriyaning e’tiborini ushlab turish va so‘rovnoma kuchi haqida bo‘lishaman. O‘zim ham o‘ylab qolaman, shuncha odam bor nega meni tanlashdi deb. G‘irt imposter sindrom. Bilasizmi, nimani tushundim? Hozir ko‘pchilik sun’iy intellektni yoki umuman qaysidir mavzuda ekspert lekin hamma ham bilimini to‘g‘ri bo‘lisha oladimi? Qiyin mavzuni oddiy qilib tushuntira oladimi? Menimcha, menda shu ko‘nikma yaxshi ketyapti va uni davom ettirishim kerak.  Nega meni tanlashganini boshqa sabablaridan biri bu Youtube’dagi darslarim. C-level'larning biri darslarim ko‘rishgan va shu yigit bilan ishlaymiz degan qarorga kelishgan. Youtube’ga chiqargan videolarim ish beryapti, ularni davom etish bo‘yicha o‘zim bilan savdolashyapman hozir. Keyingi masala bu 4 soatlik seminar. 4 soat Karl! Ha mayli, 4 soat tinimsiz emas, 2 ta tanaffus bor. Baribir auditoriyani e’tiborini ushlab turish oson emas. Auditoriyani esnashi bu xuddi metrika va esnash qancha kam bo‘lsa shuncha dars yaxshi ketyapti degani. Nimalar ish beryapti: 1. Har 15-20 daqiqada biron kichik amaliy mashg‘ulot. Shunchaki Claude yoki ChatGPT ro‘yxatdan o‘tish ham miyani eshitishdan harakat qilishga o‘tkazib ishlashga majburlaydi. 2. Ovoz monoton bo‘lmasligi. Qayerdadir sekin gapirib, qayerdadir baland ovozda. Bu masalada shu yigitni darslarini ko‘rib boraman https://www.youtube.com/@askvinh 3. Dars boshida eng “vau” narsalarni ko‘rsatib, auditoriyani 4 soat seminar qiziq bo‘lishiga ishontirish.   4. “Story telling”. Hammamiz qiziqarli voqea eshitishni yoqtiramiz. Har xil voqealarni “story telling” qadog‘iga o‘rab aytib berish ish berayotganini ko‘ryapman. Do‘stlarim hayotidan, o‘zimni hayotimdan 1-2 daqiqali tajribani yoki qiziq voqeani aytib beraman. Jonsiz narsaga jon qo‘shaman. Youtube’da bu masalda ham juda ko‘p videolar bor. Keyingi masala so‘rovnomalar. Birinchi darsda so‘rovnoma yo‘q edi. Dars qanday o‘tdi, auditoriya bilimi qanaqa darajada, tushunarsiz. To‘xta mahsulot ishlab chiqqanda ham auditoriya bilan gaplashaman-ku dedim-da anonim so‘rovnoma tayyorladim. Keyingi darslarda 2 ta so‘rovnoma qo‘shdim. Birinchisi – darsdan oldin sun’iy intellektni vositalarini ishlatishadimi, ha bo‘lsa qaysilarni va qay darajada. Bu menga auditoriya bilan qay darajada gaplashish kerak, qaysi vositalar ularga tanish ma’lumot beradi.  Ikkinchi so‘rovnoma esa – darsga va menga baho. Unda ham 3 ta kichik savol – o‘qituvchiga baho bering, nima yoqdi va nima yoqmadi. Bu orqali dars qanday o‘tganini, o‘zim sezmagan kamchiliklarni bilib olish. Juda foyda bo‘lyapti. Shunaqa gaplar do‘stlarim. ———- @farkhod_com
2 003
6
+6
No text...
1 591
7
scrn.gallery O‘tgan oy Oleg bilan qo‘ng‘iroqlashdik. U ko‘pchilik ishlatadigan scrn.gallery loyiha asoschisi. Biz qilgan 4Riz
scrn.gallery O‘tgan oy Oleg bilan qo‘ng‘iroqlashdik. U ko‘pchilik ishlatadigan scrn.gallery loyiha asoschisi.  Biz qilgan 4Rize.com loyihasini bilar ekan, o‘zi shu bahona gaplashib qoldik. O'zim uchun eng qiziq bo'lgan joyi – Oleg ishdan ketib scrn.gallery ustida bir yil davomida tinimsiz ishlagan. Mana endi esa loyiha uni boqyapti. Agar ishdan ketib, 4Rize ustidan to‘liq ishlaganimda qaysi darajaga chiqar edim deb o‘ylab qolaman... Endi tushunyapman, nega investorlar asoschidan faqat bitta loyihaga to‘liq e’tibor qaratishini so‘rashadi. 2 ta ishni eplash mumkin, lekin aksariyat odamlar buni uzoq muddat qila olmaydi. ———— @farkhod_com
2 266
8
MCP xaqida eshitgan bo‘lsangiz kerak Turkiya havo yo‘llarini MCP’si bor ekan. MCP'ni Claude yoki o‘zingiz xar doim ishlatadigan SI’ga ulaysiz. Keyin – "manga Istanbul - Dalaman reysi uchun eng arzon chipta top" deysiz va sizga javob keladi. Yoki “Reys TK544 necha soatga kechikyapti” deb oddiy savol bilan murojaat qilasiz.  Eslatib o‘taman MCP bu Model Context Protokol. MCP'ni yana ham tushunarli aytadigan bo‘lsam biron loyiha/servis/startap bilan sun’iy intellekt tushunarli gaplashishi uchun ishlab chiqilgan aloqa yo‘li. MCP haqida video darsim ham bor https://youtu.be/ancB7E5Kcvw?si=DBSjzZO7MyDmkZGb Bu postim bilan aytmoqchimanki, kimda loyiha bo‘lsa, MCP qilish maqsadga muvofiq hozir kunda. API emas, aynan MCP. Sababi API ulash qiyinroq, MCP’ni esa ozroq kompyuterni tushungan kishi ulay oladi. Qani edi har bir davlat tashkilotining MCP’si bo‘lsa, shunda sun’iy intellekt ulash juda oson bo‘lgan bo‘lar edi.  P.s. Turkish Airlanes qanday qilib MCP ishlab chiqqani xaqida bu yerda o'qisangiz bo'ladi https://turkishtechnology.com/en/blog/revolutionizing-travel-ai-how-we-built-turkish-airlines ------- @farkhod_com
2 805
9
Sport targ’iboti 27.07.2026 London 🇬🇧 Stravaga qo’shiling https://strava.app.link/HCjWBXJkd5b
Sport targ’iboti 27.07.2026 London 🇬🇧 Stravaga qo’shiling https://strava.app.link/HCjWBXJkd5b
2 804
10
Online o‘qituvchi topish uchun platforma O‘tgan oy o‘g‘limga onlayn o‘qituvchi qidirdim. Al-Xorazmiy maktabiga tayyorgarlik ko‘rmoqchimiz. Kanalimda xabar qoldirdim. Xabarni ish va vakansiya kanallariga chiqarib yuborishdi. Taxminan 80 kishi yozdi, 80 kishi! Bilasizmi, nimani tushundim? Bu yerda bitta loyiha qilish kerak.Loyiha o‘qituvchi va o‘quvchini bog‘laydi. Masalan, Toshkentda to‘lov qobiliyati yuqori aholi ko‘p. O‘quv markaziga borishga vaqt ketadi, qolaversa, u har doim ham uyingiz yonida bo‘lavermaydi. Viloyatlarda esa malakali o‘qituvchilar ko‘p va xizmat haqi ham kissaga to‘g‘ri keladi. Platforma orqali ikki tomonni birlashtirib, to‘lov qilish va dars o‘tish uchun maydon yaratish kerakmi, deb o‘ylab qoldim. Bu yerda eng muhimi – yaxshi UX qilish. Mana sizga g‘oya. Ha, aytgancha, chet elda shunga o‘xshash platformalar ko‘p. Salomat bo‘ling. ----- @farkhod_com
3 037
11
Inspiro.uz degan loyiha ishga tushirilibdi. Bu xuddi Mobbin, faqat mahalliy ilovalar bor. Bir yil oldin shunga o‘xshagan loyi
Inspiro.uz degan loyiha ishga tushirilibdi. Bu xuddi Mobbin, faqat mahalliy ilovalar bor. Bir yil oldin shunga o‘xshagan loyihamiz (4rize.com) PMF topmaganimiz uchun yopilgan edi. Inspiro loyihasi asoschilaridan biri Aleksandr, 4 oylar oldin menga aloqaga chiqqan edi. 4Rize adminkasini ko‘rsata olasizmi deb so‘ragandi va ko'rsatdim. Men qila olmagan loyihani kimdir eplasa, juda ham xursand bo‘laman. Shu kunlarda Aleksandr bilan onlayn qo‘ng‘iroq qilib, yaqinroqdan tanishdik. 4Rize’da qilgan xatolarimni aytib berdim. Aleksandrga aytdim – birdaniga mijozdan pul ol. Aks holda bepul xizmat taklif qilib, tuzoqqa tushib qolasan. Bu startap qiluvchilarning aksariyatidagi xatosi. To‘g‘ri, avval auditoriya yig‘ib keyin pul ishlaydigan loyihalar ham bor. Lekin buning uchun, ancha vaqt pul va vaqt yoqishga tayyor bo'lishingiz kerak. Aleksandrga omad tilab qolaman. Keyingi postim ScreenGallery asoschisi Oleg bilan gaplashganim haqida bo‘ladi. ----- @farkhod_com
2 715
12
Toza kontekst oyna va 40k token ishlatilgan Claude Code’da yangi sessiya ochdim. Hech narsa yozmasimdan 40k token bilan to‘lib qoldi. "Nimaga buncha token ishlatyapti?" deb ozroq tahlil qildim va sizga ham foydali bo‘lishi mumkin deb bo‘lishyapman. Claude Code’da savol berdim – "Jo‘rajon, yangi sessiya ochdim, lekin 35–40k token bilan to‘ldirib qo‘yding. Sababi nimada? Hammasini aniqlab, menga tahlil jadvalini ber." (Natija kommentda)  Menda Figma, Jira, Krisp, Mixpanel va Supabase MCP’lar ulangan edi. Shularning o‘zi taxminan 10k token atrofida ishlatar ekan. Hozircha o‘chirib qo‘ydim, hamma loyihada kerak emas. Keyingi ish, “loyiha qanday ishlaydi” degan dokumentni optimizatsiya qildim. Oldin hamma narsa ichida edi, misol uchun serverga ulanish, loglarni ko‘rish, fayllar va ma’lumotlar bazasi strukturasi. Ularni kichik fayllarga bo‘ldim va aytdim, agar kerak bo‘lsa, shu faylda ko‘rib olasan deb. Endi konteksda ko‘p ma’lumot ushlamaydi. Natija yaxshi, 27ming‘ga tushurdim.  Bilmayman, bunga e’tibor qilish kerakmi yoki yo‘q lekin $20 tarifda o‘tirganim uchun tokenlarga e’tiborliman. Yana sababi, biron vazifani qilish uchun bir nechta agentlarni ishga tushiraman.  ——— @farkhod_com
2 702
13
⚡️ 🇺🇿 Moneff uchun grafik dizayner qidiryapmiz (2–3 oylik kontrakt). Vazifa — ijtimoiy tarmoqlar uchun postlar dizaynini tayyorlash. Ish hajmi: Haftasiga o‘rtacha 2–3 ta vizual va 1-2 karusel uchun vizual Ish masofadan (remote) olib boriladi va uni asosiy ishingiz bilan bemalol birga olib borish mumkin. Kim bizga kerak: • Kamida 3 yil tajriba; • Yaxshi did va kuchli tipografika; • Yevropa uslubidagi dizaynni tushunishi; • Rus yoki ingliz tilida gaplasha olishi. Qiziqsangiz, anketani to‘ldiring https://forms.gle/9hudx4L7PLLr9UHB6 ------- 🇷🇺 Moneff ищет графического дизайнера на контрактную работу (2–3 месяца). Что нужно делать: • Создавать визуалы для социальных сетей. • Объём работы небольшой: в среднем до 3 визуалов в неделю и 1-2 карусель. Условия: • Удалённая работа; • Можно совмещать с основной занятостью. Требования: • От 3 лет опыта в графическом дизайне; • Хороший визуальный вкус и сильные навыки типографики; • Понимание современных европейских стандартов дизайна; • Разговорный русский или английский язык. Если вам интересно, заполните анкету по ссылке ниже. https://forms.gle/9hudx4L7PLLr9UHB6 ------- @farkhod_com
7 754
14
Tejamli vayb-koding Oldingi postimda kontekst oynasi va uning xotirasi haqida sizlarga aytib bergandim. Endi kontekst oynasi
Tejamli vayb-koding Oldingi postimda kontekst oynasi va uning xotirasi haqida sizlarga aytib bergandim. Endi kontekst oynasi qanchalik to‘lib qolgani va limitlar haqida qanday bilish mumkinligi bo‘yicha qo‘llanma beraman. Yuklangan rasmga e’tibor qiling. Prompt yozadigan joyning pastida menda doim loyiha nomi, GitHub branch’i, kontekst oynasi hajmi va uning qanchaga to‘lgani, 5 soatlik limitga qanchalik yaqinlashganim hamda model ko‘rinib turadi. Bu juda qulay. Qollanma: 1. Claude Code’da bu promptni yozamiz "Assist me to setup /statusline. Show me what I can see there." 2. Keyin bir nechta variantlar chiqadi, xohlaganingizdek sozlab olasiz. 3. Menda u quyidagicha: my-project [project name] | main [branch] | ctx 42k/18% [context window] | 5h 34% [5 hour limit] | Sonnet 4.6 [model] Eslatib o‘taman, kontekst oynasini har doim 100 ming token atrofida ushlab turishga harakat qiling, undan keyin model o'tlab ketadi degan fikr bor. Foydali bo‘lgan bo‘lsa, tanishlar bilan ulashib qo‘yamiz. ——— @farkhod_com
2 472
15
Amerika xuqumati Fable’ni o’chirishni talab qilibdi. Anthropic imkonsiz, uni hammaga o’chiribdi https://www.anthropic.com/news/fable-mythos-access ———- @farkhod_com
2 411
16
Sasha Rubtsov do‘stim bor. Mahsulot menedjerlik bo‘yicha kurs ochgan edi va birinchi guruh bitirishaydi.  Shu munosabat bilan bitiruvchilarni ishini hakamlik qilishga taklif qildi.  Quyida lohilar taqdim etiladi: ✦ Playfield — zerikarli video darslarsiz yangi bilim o‘rganish uchun AI-simulyator ✦ TaskFlow — kichik biznes uchun Telegram ichidagi vazifalarni boshqarish platformasi ✦ Nasab — shajara daraxti bilan oilaviy xotiralar platformasi ✦ Fashion Platform — kiyim-kechak marketpleysi ✦ Forma — kaloriyalarni hisoblash uchun ilova Hammasi kurs davomida yaratilgan. Sasha kanalinga qo‘yib yubor, balkim kimdir mahsulot menedjerlikni o‘rganaman degan bo‘lsa, qiziq bo‘lishi mumkin dedi.  So‘zlashuv rus tilida bo‘ladi, lekin Sasha sekin sekin o‘zbek tilini o‘rganyapti. 🗓 13-iyun, 12:00 📍Ground Zero (Kitob olami, Markaz 1), Toshkent. Tadbir bepul faqat ro‘yxatdan o‘tish kerak Kelib qolsangiz, netvorking bo‘ladi. Ko‘rishguncha.  ——— @farkhod_com
2 289
17
Anthropic Fable 5 – Bugundan boshlab 22-iyungacha Fable 5 hech qanday qo‘shimcha to‘lovsiz Pro, Max, Team va o‘rin (seat) aso
Anthropic Fable 5 – Bugundan boshlab 22-iyungacha Fable 5 hech qanday qo‘shimcha to‘lovsiz Pro, Max, Team va o‘rin (seat) asosidagi Enterprise tariflariga kiritiladi. – 23-iyundan boshlab esa Fable 5 ushbu tariflardan olib tashlanadi. Shundan keyin undan foydalanish uchun foydalanish kreditlari (usage credits) talab qilinadi. Agar tizim quvvati yetarli bo‘lsa, biz ushbu bepul foydalanish muddatini uzaytiramiz. – Keyinchalik, imkoniyat va quvvat yetarli bo‘lganda, Fable 5ni yana obuna tariflarining standart qismi sifatida qayta tiklashni rejalashtirmoqdamiz. Buni imkon qadar tezroq amalga oshirish niyatidamiz. https://www.anthropic.com/news/claude-fable-5-mythos-5 ------ @farkhod_com
7 601
18
Smart zone va dumb zone Bilasiz, AI bilan SaaS quryapman va olgan bilimlarim bilan bo‘lishmoqchiman. Claude Code, Codex bilan kod yozasizmi, ilova qurasizmi yoki shunchaki gaplashasizmi – unda kontekst oynasi degan tushuncha bor. Har bir modelda u har xil: Claude Opus 4.8'da – 1 mln token Claude Sonnet 4.6'da – 200 ming token GPT-5’da CLI orqali ishlaganda 400 ming token deb o‘qidim. O‘zi kontekst oynasi nima? 200 ming token degani qanday tushuniladi? Kontekst oynasi xuddi ish stoliga o‘xshaydi. Stolda 4 ta varaq ma’lumot bo‘lsa, uni ichidan kerakligini topish va ishlash oson. Endi bu varaqlar soni 50ta bo‘lsa-chi, adashasizmi? Ma’lumotlarni bir biriga bog‘lash qiyin bo‘ladi a? Yoki kerakli joyini ko‘rmay qolasiz.  Bitta A4 varaqda matn yozilganda u tahminan 600-800 ta token bo'ladi (kalkulyator) Endi, har kuni AI bilan kod yozadigan tajribali dasturchilar shuni aytishyaptiki, kontekst oynasining 40–70% oralig‘i “aqlli zona”. Agar undan oshsa, AI’ning sifati pasaya boshlaydi va u “dumb zone”ga kiradi. Lekin bu yerda bir gap bor. Opus 4.8 “menda 1 mln token kontekst oynasi bor” deyapti, ammo ko‘pchilik buni marketing deb ko‘radi. Sonnet bo‘ladimi yoki Opus ularning eng samarali ishlaydigan zonasi taxminan 100 ming token atrofida, deyishyapti dasturchilar. Opus’da “dumb zone” balki 200 ming tokendan keyin boshlanar, lekin baribir 1 mln tokenni to‘ldirib ishlash yaxshi amaliyot emas. Bunga e’tibor bermaslik nimalarga olib keladi? 1. AI’dan olinadigan natija sifati pasayadi. 2. Juda tez token sarflaysiz. Bilasizmi, Claude Code’da kod yozayotganda tokenlar suvdek ketadi. Demak, kontekst hajmini boshqarib turing. Uni imkon qadar 100-150 ming token atrofida ushlang. Aks holda AI qo‘yga o‘xshab o‘tlab ketadi. Matt Pocock’ning bu mavzu bo‘yicha zo‘r master-klassi bor https://youtu.be/-QFHIoCo-Ko?si=kQhXqp9KbMB97WJC O'zi "Smart Zone" va "Dumb Zone" haqda Ilhom va Aziz aka Mirzayev dan eshitib, keyin o‘zim ham biroz izlanib o‘rgandim. Hozir toza Claude ishga tushirdim va bilasizmi nima? Kontekst oynasida allaqachon 13 ming token turibdi. Skrinshotni sharhda tashladim. Keyingi xabarda kontekst oynasi necha foiz to‘lganini qanday ko‘rish mumkinligini ko‘rsataman. —— @farkhod_com
2 754
19
Onlayn matematika va ingliz tili o‘qituvchisi qidirilmoqda. Assalomu alaykum! 3-sinfda o‘qiydigan o‘g‘limni Al-Xorazmiy yoki Prezident maktabiga tayyorlash uchun ustoz qidiryapman. Agar Prezident maktabi yoki Al-Xorazmiy maktabiga o‘quvchilarni tayyorlash tajribasiga ega, onlayn dars bera oladigan ustozlarni bilsangiz, iltimos, tavsiya qiling. Bog‘lanish uchun @iamfarkhad
1 584
20
Day #3 va #4 Yo‘q bo‘lib ketdi meni, dedingizlarmi? Ish juda qizg‘in ketdi, xabar yozishga ham vaqt bo‘lmadi. Loyiha holati: – Domen sotib olindi kleepio.com. Hozircha u yerda hech narsa yo‘q, sababi pastroqda; – MVP qurildi. Local’da ishlayapti, lekin serverga yuklaganimda sekin ishlayapti; – Contabo serverlaridan qoniqmayapman. Hetzner juda qulay, lekin afsus, hozir arzon serverlari yo‘q; – MVP bo‘lishiga qaramay, o‘zimga ishni qiyin qilib stage va prod degan tushunchalarni ham qildim; – Kecha to‘liq kunim DevOps bilan o‘tdi; – Docker kontayner boshqarish uchun Coolify ishlatdim, xayolimda server ancha kuchini olyapdi. @plovsplitbot uchun Dokku ishlatgan edim, u CLI va yengil – Bugun ish kuni. Ishdan qaytib debug qilib, nega sekin ishlayotganini aniqlashga harakat qilaman; – 2 ta montajer bilan gaplashdim. Bir kishi o‘zi ham shunga o‘xshash loyiha qurgan ekan, lekin u xohlagandek ishlamayapti. Ko‘ramiz, bozorni topa olamanmi. Xarajatlar: – Domen – 11 USD; – Server (Contabo) – 13 USD. Sababi, bir oyga olsam ham bir martalik to‘lov bor ekan. Keyingi oy 5 USD bo‘ladi; – Claude Pro – 22 USD. Shuncha ish qildim, faqat bir marta 5 soatlik limitga duch keldim. Menimcha, Ilon Maskning serverlari ishga tushgani uchun Claude limitlarni oshirgan, bu vaqtincha. 4 kun juda ham qiziq o‘tdi. AI bilan kod yozish umuman boshqa darajaga chiqibdi. Keyingi postlarimda Ilhom o‘rtog‘imdan va Aziz aka Mirzayevdan olgan tajribam haqida yozaman. Bugun ish kuni, endi ishga qaytamiz. ------- @farkhod_com
2 518