cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

ZUXRA MIRGAZIYEVA

Toshkent viloyati hokimi o'rinbosari - Mirgaziyeva Zuhra To'rayevnaning telegramdagi rasmiy sahifasi. Ushbu sahifada Toshkent viloyatiga oid yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin.

Show more
Advertising posts
1 147
Subscribers
-324 hours
-37 days
-1230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

01:22
Video unavailableShow in Telegram
Yangiyo‘l shahar "Alisher Navoiy gulshani" istirohat bog‘ida Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Mirgaziyeva, Yangiyo‘l shahar hokimi D.Sultanov, Mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi Sh.Xoshimov va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabul davomida 50 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Murojaatlar bo‘yicha bildirilgan muammolarning aksariyati joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Vaqt va o‘rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Xususan, qabulda nogiron, ijtimoiy muhofazaga muhtoj 2 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 3 nafar fuqaroga xadunok, 2 nafar fuqaroga hassa va qo‘ltiq tayoq, 4 nafar fuqaroga davolanishi uchun tibbiyot muassasalariga yo‘llanma, 3 nafar fuqarolarga esa oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Qabulga kelgan fuqarolar uchun bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi.
Show all...
MVI_5828_19.mp431.71 MB
👍 5👏 1
#Xushxabar Boʻka va Piskent tumanlarida birinchilardan boʻlib, pilla rejasi bajarildi Boʻka tumani pillakorlari tomonidan bu yil 3636 quti ipak qurti parvarishlandi, 215,1 tonna “kumush tola” yetishtirilib, viloyatda birinchilardan boʻlib rejani bajardi. Taʼkidlash joizki, tumandagi 556 ta fermer xoʻjaliklari va 651 nafar kasanachilar bilan “Tashkent Silk Pro” MCHJ korxonasi oʻrtasida pilla yetishtirish boʻyicha shartnomalar hamda fermer xoʻjaliklari bilan 3391 nafardan ziyod qurt boquvchilar oʻrtasida ichki mehnat shartnomalari tuzildi. Tuman boʻyicha qoʻshimcha yana 19 tonna pilla yetishtirish va rejani ortigʻi bilan bajarish yuzasidan zarur choralar koʻrilmoqda. Piskent tumani boʻyicha ham joriy yilda 2840  quti ipak qurti parvarishlandi. Bugun tuman pillakorlari 168, 1 tonna  davlat shartnoma rejasini uddaladi. Jarayonda 6 ming 130 nafar yoshlar ishtirok etdi. Yosh pillakorlarga bosh agronom Sanobar Joʻrayeva oʻz tajribalarini ayamadi. ✅Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Show all...
👍 4👏 1
Kuni kecha Oila va Xotin-qizlar boshqarmasi Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani "Oqila ayollar" jamiyati jamoatchilik tuzilmasi "Jamiyatimiz oqilalari -zamonamiz fidoiylari" rukni ostida “jamiyatda xotin-qizlar ijtimoiy- siyosiy faoligini oshirish, oilaviy ajrimlarning oldini olishda "Oqila ayollar” harakati yetakchilarining asosiy vazifalari" mavzusida o'quv – amaliy hamkorlik seminar-treyning o'tkazildi. Bunda Toshkent viloyatida jami 16085 nafar "Oqila ayollar" harakati a’zolari tashkil topdi. Ushbu "Oqila ayollar" harakati a’zolari har bir mahallalarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlarning ma’naviyatini yuksaltirishda,ularning jamiyatdagi faolligini yanada oshirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Tadbir soʻngida chorak davomida oʻz amaliy ishlari bilan fidoyilik bilan xizmat koʻrsatgan ayollarga estalik sovgʻalari hamda tashakkurnomalar topshirildi. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇 📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram
Show all...
👍 11🥰 1
02:25
Video unavailableShow in Telegram
#Zangiota_tumani #yoshlar_oyligi Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash – barchamizning burchimiz! 🔹O‘sib kelayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish hamda Vatanga sodiqlik, milliy qadriyatlarimiz bilan faxrlanish kabi tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Aloqa harbiy institutida "Yoshlar oyligi" tadbirlari doirasida Zangiota tumani 1-sektor faollari va yoshlar ishtirokida “RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” bo‘lib o‘tdi. 📌Uchrashuvda Zangiota tuman hokimligi vakillari, senator, O’zbekiston Xalq shoiri Iqboljon Mirzaaliyev va Toshkent viloyati hokim o’rinbosari Zuhra Mirgaziyevalar ishtirok etdi. 💠Mahalla yoshlari tadbir davomida institut faoliyati hamda o‘quv jarayonlari, shuningdek, kursantlarning ta’lim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. https://t.me/Zuxra_Mirgazieva
Show all...
41.57 MB
👍 2👏 1
02:25
Video unavailableShow in Telegram
#Zangiota_tumani #yoshlar_oyligi Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash – barchamizning burchimiz! O‘sib kelayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish hamda Vatanga sodiqlik, milliy qadriyatlarimiz bilan faxrlanish kabi tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Aloqa harbiy institutida "Yoshlar oyligi" tadbirlari doirasida Zangiota tumani 1-sektor faollari va yoshlar ishtirokida “RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Zangiota tuman hokimligi vakillari, senator, O’zbekiston Xalq shoiri Iqboljon Mirzaaliyev va Toshkent viloyati hokim o’rinbosari Zuhra Mirgaziyevalar ishtirok etdi. Mahalla yoshlari tadbir davomida institut faoliyati hamda o‘quv jarayonlari, shuningdek, kursantlarning ta’lim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Telegram | YouTube I Bot | Fecebook | Website Kanalga ulanish:👉 https://t.me/Zangiotatumanihokimligi
Show all...
41.57 MB
⚡️ Bugun shahar hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i K.Usmanova hamda AT Xalq banki xotin-qizlarni tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari N.Mirzayeva bilan xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlisi 10-sonli bayonnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda xotin-qizlarga AT Xalq banki tomonidan ajratiladigan biznes loyihalar haqida tushuncha berilib, bank tomonidan taklif etiladigan 250 turdagi kreditlar haqida batafsil ma'lumot berilgan "Biznes loyihalar" uslubiy qo‘llanmasi topshirildi. 🌐 @ohangaronshahar
Show all...
👍 4👏 2
#Qibray_tumani #kinokarvon "Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!" Tumanda "Kinokarvon" loyihasi doirasida madaniy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi Tadbirda, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artistlar Fotima Rejametova, Zuhriddin Rejametov, aktyorlar Shavkat Komilov, Begzod Tajiyev va Bahodir Mirmaxsudovlar, yig'ilganlarga, bugungi kunda barcha sohalarda bo'lgani kabi kino va kinoijodkorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida so'zlab, o'z ijodlaridan qiziqarli ma'lumotlarni aytib o'tdilar. Tadbir yakunida, yurtimiz kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan, o'zbek xotin-qizlarining urush yillaridagi kechinmalariga aks etgan "O'zbek qizi" badiiy filmi namoyish etildi. ✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Show all...
#seminar Bugun Toshkent viloyati Zangiota tumanida "Ayollar biznesini qo'llab-quvvatlash" nomli uchrashuv o'tkazildi. Tadbirda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Mirgaziyeva, Vazirlar mahkamasi kotibiyat mudiri N.Do'smatov, Bojxona qo'mita raisi o'rinbosari O.Ibragimovlar qatnashib bugungi kunda xotin-qizlar tadbirkorligi uchun yaratilayotgan imkoniyatlari haqida nutq so'zladilar. Uchrashuv so'ngida seminar ishtirokchilar tadbirkor xotin-qizlar tomonidan tashkil qilingan ko'rgazmalar bilan tanishdilar. https://t.me/Zuxra_Mirgazieva
Show all...
👍 8👏 3🥰 2
02:06
Video unavailableShow in Telegram
#Ijtimoiy_loyiha #Eʼzoz Toshkent tumani hokimligi hamda xotin-qizlar boʻlimi tomonidan yangi bir loyihaga qoʻl urildi “Eʼzoz” - bu loyiha doirasida nogironligi boʻlgan shaxslar, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki onaga gʻamxoʻrlik koʻrsatiladi. Shu maqsadda, joriy yilning 29-30-may kunlari Boʻstonliq tumani “Oqtosh” bolalar oromgohida ana shunday xotin-qizlar tadbirga jalb etilib, bunda psixolog-motivatorlar tomonidan oilalarga yordamlar koʻrsatildi. Tibbiy koʻriklar tashkil etilib, turli xil madaniy - maʼrifiy tadbirlar, treninglar va konsert dasturlari namoyish etildi. Aytish mumkin, mazkur loyiha doirasi kengaytirilib, viloyat darajasida ommalashmoqda.Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Show all...
1.mp4303.63 MB
👍 6👏 1
#Eʼzoz_2024 "Eʼzoz" loyihasi doirasidagi tadbirlar jurnalistlar eʼtiborida 🔹“EʼZOZ” – Toshkent tumani xotin-qizlar boʻlimining “Ayoli eʼzozlangan yurt” tadbirlari doirasidagi “Ayollar daftari” 5- bosqichiga kiritilgan ehtiyojmand ayollar va ijtimoiy himoyaga muhtoj nogironligi boʻlgan xotin-qizlarni qamrab oluvchi loyihadir. ⛰Loyiha doirasida Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand yoki nogironligi boʻlgan xotin-qizlar uchun Toshkent viloyati Boʻstonlik tumani “Oqtosh” qishlogʻida joylashgan IIV tasarrufidagi “Oqtosh” bolalar oromgohiga 2 kunlik sayohat uyushtirildi. 📝Sayohat davomida ayollar uchun ochiq togʻ havosida madaniy-maʼrifiy tadbirlar, psixologik treninglarga, koʻngilochar oʻyinlar, sport musobaqalari va konsert dasturlari tashkil etildi.
Show all...
👍 12❤‍🔥 2
Go to the archive of posts