cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Zangiota tumani hokimligi

Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali

Show more
Uzbekistan16 500The language is not specifiedNews & Media23 182
Advertising posts
3 107
Subscribers
No data24 hours
-107 days
-4630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#targʻibot 🔰Zangiota tumani hududidagi barcha korxona- tashkilotlarida, mahallalarda tuman gaz va elektr taʼminoti korxonalari, mahalla boʻlimi va boshqa masʼul xodimlar boshchiligida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  "Yoqilgʻi -energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora- tadbirlari toʻgʻrisida" gi 204-sonli Qarori yuzasidan fuqarolarga targʻibot tadbirlari oʻtkazilib,  tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, bugun Zangiota tuman Prokuraturasi tomonidan tumandagi ishchi guruh a’zolari ishtirokida Qaror talablarini aholiga targ‘ibot-tashviqot qilish borasida bir necha korxona- tashkilot xodimlariga ham tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.
Jarayonlar videolavhada👆 Telegram | YouTube I Fecebook | Website Kanalga ulanish:👉 https://t.me/Zangiotatumanihokimligi
Show all...
Президент Шавкат Мирзиёев учинчи Тошкент халқаро инвестиция форумида иштирок этди Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
👍 1
#Aksiya Toshkent viloyati hokimligi, viloyat Deputatlar kengashi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi, Prokuratura, Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Milliy gvardiya bilan hamkorlikda “Farzandim uchun bitta kitob” aksiyasini eʼlon qiladi. Aksiyaga joriy yilning 1-may sanasidan start berildi va 25-mayga qadar davom etadi. Bundan koʻzlangan maqsad – oʻquvchilarning kitobga boʻlgan mehrini shakllantirish, maktab kitob fondini boyitishdan iborat. ⏺ Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi har bir muassasa kesimida talab yuqori boʻlgan kitoblar roʻyxatini tuzadi. Roʻyxat shahar va tuman gazetalarida chop etiladi. Ota-onalar kitob muqovasiga “Farzandimning nomidan maktabga sovgʻa” yozuvi bilan kitoblarni maktabga topshiradi. Maktab kutubxonasi har bir sovgʻa qilingan kitoblar boʻyicha roʻyxat shakllantiradi. ⏺ Viloyat boʻyicha oʻquvchilar soniga qarab, yaʼni oʻrtacha bir oʻquvchiga toʻgʻri keladigan kitoblarga koʻra, gʻolib maktablar aniqlanadi. Gʻolib maktablarning dastlabki 5 tasidan har biriga 200 million soʻmdan mukofot beriladi. ⏺ Yozgi taʼtil paytida yigʻilgan kitoblardan foydalanib, “Maktab kutubxonasi hamma uchun” aksiyasi oʻtkaziladi. Maktab kutubxona maʼmurlariga esa 3 million soʻmdan qoʻshimcha ish haqi toʻlanadi. Shu oʻrinda muhim eslatma! Aksiya doirasida ota-onalarni majburlash, oʻquvchilarga nisbatan bosimlar boʻlgan taqdirda maktab direktori va oʻqituvchilarga nisbatan qatʼiy chora koʻriladi. 🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
Show all...
🤮 1
#munosabat 🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent viloyati hokimi qaroriga ko‘ra tadbirkorga biriktirib berilgan Zangiota tumanidagi chiqindi xizmati ko‘rsatilishidan “O‘rta ovul” MFY, “Katta chinor” MFYda yashovchi aholi norozi" bo‘layotgani ta’kidlangan murojaat joylangan. ✅Ushbu holat masʼullar tomonidan nazoratga olindi. Chiqindilarni olib chiqib ketish reja-grafikka muvofiq tashkil qilingan va shu tartibda ishlar olib boriladi. Telegram | YouTube I Fecebook | Website Kanalga ulanish:👉 https://t.me/Zangiotatumanihokimligi
Show all...
👍 2
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Учинчи Тошкент халқаро инвестиция форумидаги нутқиВыступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на III Ташкентском международном инвестиционном форуме — Address by President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Third Tashkent International Investment Forum Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
Бизнинг асосий мақсадимиз – Ўзбекистонни хорижий инвесторлар учун ишончли ва узоқ муддатли ҳамкорга айлантиришдир”,
- деди Президент Шавкат Мирзиёев. Давлатимиз бозор муносабатларини ривожлантиришни, инвесторлар ҳуқуқлари ишончли ҳимоя қилинишини, қулай инвестиция ва ишбилармонлик муҳитини янада такомиллаштиришни, ҳалол рақобат учун янада кенг шарт-шароитлар яратишни, хусусий мулк дахлсизлиги ва суд тизимининг мустақиллиги таъминланишини ўз зиммасига олмоқда. Бу тамойиллар ўтган йили умумхалқ референдумида қабул қилинган янги Конституциямизда қатъий муҳрлаб қўйилди. Facebook|Instagram|X
Show all...
👍 1
Президент Шавкат Мирзиёев учинчи Тошкент халқаро инвестиция форумининг ялпи мажлисида нутқ сўзламоқда. Давлатимиз раҳбари форум иштирокчиларини самимий қутлаб, йилдан-йилга яхши анъанага айланиб бораётган ушбу формат доирасида юртимизда дунёнинг барча қитъаларидан янгидан-янги ишончли ҳамкорлар жам бўлаётганини таъкидлади. Ўтган уч йил давомида мазкур форум икки ва кўп томонлама ҳамкорликни кенгайтириш, энг долзарб муаммоларни муҳокама қилиш, илғор ғоя ва ёндашувларни ишлаб чиқиш учун самарали мулоқот майдонига айланди. Бугунги тадбирда 93 та давлатдан икки ярим мингдан ортиқ хорижий меҳмонлар келгани ҳам форумнинг аҳамияти тобора ортиб бораётганини яққол тасдиқлайди. Бу ўз навбатида, мамлакатимизда ортга қайтмас тус олган ислоҳотларга, ўзаро манфаатли ҳамкорликни йўлга қўйишга бўлган улкан қизиқишдан далолат беради. Facebook|Instagram|X
Show all...
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида учинчи Тошкент халқаро инвестиция форуми бошланди. Форумнинг ялпи сессиясида БМТ Бош котиби ўринбосари Татяна Молчан, Қирғизистон Вазирлар Маҳкамаси Раиси Ақилбек Жапаров, Туркия вице-президенти Жавдат Йилмаз, Саудия Арабистони энергетика вазири Абдулазиз бин Салмон Ол Сауд, Сингапур Парламенти Спикери Сиа Киан Пенг, Европа тикланиш ва тараққиёт банки президенти Одиль Рено-Бассо, ОПЕК Халқаро тараққиёт жамғармаси президенти Абдулҳамид Ал-Халифа ҳам қатнашмоқда. Сессияга CNN телеканали журналисти Ричард Квест модераторлик қилмоқда. Айни дақиқаларда ялпи сессияда Президентимиз нутқ сўзламоқда. Facebook|Instagram|X
Show all...
#munosabat ✅Ijtimoiy tarmoqlarda "Zangiota tumanidagi dehqonlarga ekinlarni sug‘orish uchun  kanalda suv bo‘lishiga qaramay, kichik ariqlarga suvni ochishga ruxsat berilmayotgani" xususida tanqidiy fikr bildirilgan. ✅Murojaatchi manzilni aniq koʻrsatmagan boʻlsada ayni kunlarda tuman dala maydonlarida sug'orish borasida muammolar yoʻqligini bildiramiz. Telegram | YouTube I Fecebook | Website Kanalga ulanish:👉 https://t.me/Zangiotatumanihokimligi
Show all...
Repost from N/a
E-auksion.uz savdo platformasida 380 dan ortiq bo'lgan Avtotransport vositalarini sotib oling! 🔹Angren shaharida 114 ta (Ko'rish) 🔹Bekobod shaharida 49 ta (Ko'rish) 🔹Bo'ka tumanida 4 ta (Ko'rish) 🔹Bo'stonliq tumanida 4 ta (Ko'rish) 🔹Zangiota tumanida 9 ta (Ko'rish) 🔹Qibray tumanida 16 ta (Ko'rish) 🔹Nurafshon shahrida 24 ta (Ko'rish) 🔹Oqqo'rg'on tumanida 130 ta (Ko'rish) 🔹Olmaliq shahrida 3 ta (Ko'rish) 🔹Ohangaron tumanida 1 ta (Ko'rish) 🔹Ohangaron shahrida 6 ta (Ko'rish) 🔹Parkent tumanida 2 ta (Ko'rish) 🔹Piskent tumanida 1 ta (Ko'rish) 🔹Toshkent tumanida 3 ta (Ko'rish) 🔹O'rtachirchiq tumanida 2 ta (Ko'rish) 🔹Chinoz tumanida 3 ta (Ko'rish) 🔹Chirchiq shahrida 8 ta (Ko'rish) 🔹Yuqorichirchiq tumanida 2 ta (Ko'rish) 🔹Yangiyo'l tumanda 5 ta (Ko'rish) 🔹Yangiyo'l shahrida 1 ta (Ko'rish) Barchasini ko'rish 👇Xabardor bo'lish uchun👇 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Show all...
👍 1