cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Kitobiston

Aloqa uchun: @shohsanam_hazratqulova

Show more
Tajikistan5 643The language is not specifiedBooks20 537
Advertising posts
281
Subscribers
-224 hours
-157 days
-4130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Kanalni yaratgan asosiy akkauntim hakkerlar hujumiga uchrab, vzlom bo'lib ketganligi sababli kanalni ko'chirishga qaror qildim. Men bilan shuncha vaqt bo'lganingiz uchun rahmayt, bundan keyin ham birga davom etsak xursand bo'laman: @baxtliklanish_biligi
Show all...
🔥 5
​​Bitta shoir kamaysa nima, Charx yaratar boshqa nusxasin. Choʻkib ketsa toʻfonda kema, Pishiqrogʻin yasar ustasi. Toʻfonlardan seskanma, qalbim, Qayiqlardek suzma qirgʻoqlab. Kemaman deb ummonga talpin, Yuz baloga oʻzingni chogʻlab. Qayiqlarda — ilinj va xohish, Kemalarda — orzu va maqsad. Bugun senda bir olam tashvish, Gal kelganda oʻzingni koʻrsat. YO tilib oʻt dovulning koʻksin, YO kemadek gʻarq boʻl izzatda. Unutmagil — qayiqlar choʻksa, Olinmaydi hatto roʻyxatga. . . Toʻfonlardan seskanma, qalbim! ©Anvar Obidjon @books_everything
Show all...
10🔥 4👍 3
Repost from The Stranger
Muhabbat kamdan-kam odamga nasib qiladi va ular bilan ham umrbod qolmaydi. Bu juda xudbin va oʻz qadrini biladigan tuygʻu. U hech kimning hayotida uzoq qolmaydi. U borligida yer quyosh atrofida aylanadimi yoki quyosh yer atrofidami, biz uchun ahamiyatsiz boʻladi. U ketgach esa hayot bilan yuzlashamiz. Katta maqsadlar qoʻyamiz oldimizga. Kasbiy faoliyatda yuksalamiz. Pulimiz, nufuzimiz oshadi. Qorin qoʻyamiz. Hamma narsaga erishamiz. Faqat ba'zida qandaydir muhim narsani boy berganimizni elas-elas his qilamiz. Nimadir kamday, koʻnglimizning bir cheti boʻm-boʻshday... Muhabbat – chiroyli kapalak! Qoʻrqaman shoʻrlikni tutgani. Kapalak quvganim yodimda. Yodimda yoʻq ammo yetganim. @salimov_blogi
Show all...
9👍 4🔥 3🥰 1
​YOMGʻIR Yomgʻir yogʻar. Borliq qunishgan. Bosliqadi yoʻllarning changi. Yomgʻir yogʻar. Sheʼr yozgim kelar. Goʻyo — yomgʻir yangi, sheʼr yangi. Yomgʻir yogʻar. Oʻylar oʻylayman, Tinglab samovotning mungin jim. Necha minginchi yomgʻirdir bu Va men shoir — necha minginchi. Yoʻq! Yoʻq! Faqat menga bu yomgʻir Va men bu yomgʻirga doirman. Ilk yomgʻirdir olamdagi bu Va men olamda ilk shoirman. Sharros jalalarni kuylayman Dabdabasiz, gʻarib sheʼrlarda. Aqlim yetmas, qanday sevarlar Yomgʻir yogʻmaydigan yerlarda. Yomgʻir yogʻar hayot baxsh etib Mening qaqroq eʼtiqodimga. Yomgʻir yogʻar. Hech kim sololmas Seni yomgʻirchalik yodimga. Iymanmas hech ochilmoqdan gul, Maysa boʻlmas unmoqdan izza. Takrorlanar har gal shu yomgʻir, Shu saodat, shu pok moʻjiza. Ezgin-ezgin halqoblar ichra Bedardliklar eriydi choʻkib. Limmo-lim koʻp paymonalarni Yomgʻir yogʻar toʻkib va toʻkib. Ogohmanki, toʻydirar jondan Bu olamda boʻlsa ne takror. Men betakror takror kuylayman, Yomgʻir yogʻar takror betakror. Sochiladi har bir tomchidan Son ming shuʼla, son mingta zar ruh, Yogʻar tuygʻu, yogʻar ehtiros, Yogʻar tavba, yogʻar tazarru. Yomgʻir yogʻar. Falak fosh etar Sirlarining toza-tozasin. Tutmoqchidek menga toʻldirib Mangulikning sabr kosasin. Yomgʻir yogʻar, alhamdulillah, Har tomchida ming xotiralar... Qutlugʻ boʻlsin har qaysi bitta Yulduzdan nur emgan qatralar! © Matnazar Abdulhakim @books_everything
Show all...
👍 4🔥 1
Bizda baxtli bo'lishga qo'yilmaydi. Hamma xohlagan ishini qilib baxtli bo'lishga haqqi borku. Kimdir kompyuter o'yinlariga qiziqsa tamom, shu ishi uni sevintirsa, xotirjam qilsa qilaversin. Yana kimdir she'r yozib baxtli bo'lsa, bo'laversin. Yigit kishi lk ovqat pishirish yoqadimi, pishirib baxtli bo'lsin. Hamma o'z senariysini yozishi kerak, lekin biznikilar o'ziniki qolib kimning senariysiga yuvilmagan qoshiq bo'lishni sevishadi. Aql o'rgatishadi. Hayotida hammasi risoladagiday bo'lmagan odamni inson o'rnida ko'rishmaydi. Ishi risoladagiday, taqvosi risoladagiday, kiyinishi risoladagiday, jamiyatdagi obro'li joyda o'qiydi, buyam risoladagiday, turmushi risoladagiday, turmush o'rtog'i risoladagiday(jamiyat tanlab bergan chunki) hammasini risoladagiday qilish uchun qancha iztirobni ko'tarib, o'zini ko'mib yurgandir balki, hayotini kuchli bosim bilan yashayotgandir. Bu bilan aql o'rgatib burnini hayotiga suqayotganlarning ishi yo'q. Nima o'zi u risoladagiday. Jamiyatning katta qismi oqayotgan daryomi. Ularning hammasi baxtlimi. Atrofimizdagi odamlar ana shu risoladagiday qolipi bilan bizni baxtimizdan judo qilishadi. O'zimizam bir qo'rqoqmiz, streotiplarga qulmiz. Qo'l siltay olmaymiz. Vos kecha olmaymiz. Ha Abdullajondagi rais aytgan gap: - Rais buva, xomush ko'rinasiz, nima bo'ldi? - E, so'rama, plan bo'lsa bajarildi, oyliklar oshdi, lekin baxt yo'q! Hammasi risoladagiday lekin baxt yo'q. Hayotimizni birovlar uchun yashashda davom etamiz. Risoladagiday... @books_everything
Show all...
👍 7 5🔥 3😢 2🤔 1
AYRILIQ Yana bu shaharda yuzma-yuz keldik, Naylaylik, boshqa bir shaharimiz yo‘q. Balki biz baxtiyor bo‘la olardik. Balki baxtiyormiz, xabarimiz yo‘q... Oradan necha yil o‘tdi yel kabi, Tanimay qolibman seni, kechirgil. Men sensiz o‘laman, deb o‘ylab edim, Va lekin o‘lmadim, meni kechirgil. "O‘lmadim" deymanu, so‘zlamoq og‘ir, Balki o‘lgandirman hijronda sensiz. Qabrsiz, kafansiz o‘lganman yolg‘iz, O‘limdan og‘irroq ayriliq axir... Na men avvalgiman, na sen endigi... Ayrildik, shaytonni kuldirdik u dam, Bu yilu bu oyning bu kuni yurgan Mana shu ko‘chada uchrashib turgan, Meni ham, seni ham o‘ldirdik u dam. ...O‘ngu so‘limizda odamlar to‘la, Qo‘l ushlashib erkak-ayollar o‘tar. O‘zidan xabarsiz, xayollar bilan O‘zini o‘ldirgan odamlar o‘tar. O‘tar o‘z qoniga botgan odamlar, Deysanki, qon qani? Dod, oh yo‘qdir... Hamma gunohkorlar dunyoda, ammo Dunyoda hech kimning gunohi yo‘qdir. Bizsiz yozilmishdir bu tole, bu baxt, Sopqondan otilgan juft toshdek beiz Balki bu dunyoda o‘n-o‘n besh yilmas, Ming yil bundan avval ayrilishdik biz... To‘g‘ri yo‘limizdan adashib nogoh, O‘zga yo‘llar bilan ketibmiz, ishon. Balki ming yil avval chekkandirmiz oh Ming yillik xatoga bo‘lganmiz qurbon... O‘rnini almashgan balki qish, bahor, Qorishgan dunyoda qishlog‘u shahar. Balki o‘z qornida o‘gay onalar O‘gay bolalarni ko‘tarib yurar. Umrim boshdan oxir yolg‘ondir balki, Toleim aslida boshqa bir doston. Hov yo‘ldan o‘tgan qiz onamdir balki, Balki o‘z o‘g‘limiz ana u o‘g‘lon. Bu yolg‘on umrimda ko‘rgan sen kimsan? Balki sevgilim ham emassan asli. Onamsan, opamsan, balki buvimsan, Bir Alloh biladi sen kimning nasli. Bizni kim qutqarar bu ayriliqdan, Dodimizga yetmas na yer, na samo, O‘liksan, tiriksan, har inson chida! Kel qo‘lingni o‘pay, g‘animat dunyo... ©Ramiz Ravshan @books_everything
Show all...
👍 11🔥 3 1
Oramizga kirmish tog'u dengizlar, Borolmayman deyman sen kel degaysan. Qor yog'mish yo'llarga, ko'milmish izlar Topolmayman deyman, sen top degaysan...
Show all...
Cem Adrian - Sen Gel Diyorsun (f f) 4cz7LNmfXPo.m4a4.41 MB
3
Ona qandoq o‘yin boshlab qo‘ydim men, Qandoq savdolarga boshimni berdim. Qandoq sahrolarda yurgandim ona, Qirq yil tovonimdan tikanlar terdim. Hayot egib borar mag‘rur boshimni, Boqsam yuragimda mislsiz dog‘lar.  Lekin havasimni keltirar mudom, Birovga suyanmay yuksalgan tog‘lar. Men axir tuproqdan kuch olgan qizman, Tuproqning ichida qotgan suyagim. Onajon, bu o‘xshash qismatni qara, Otamning qo‘lidek qadoq yuragim. Hamon bolaligim chorlaydi meni, Hamon turnalarga kelar havasim. Men mudom go‘dakka o‘xshayman ona, Oyning yog‘dusiga o‘xshar nafasim. Hanuz maysalarning boshini silab,  Shivirlab aytaman: Nurdek tozaman. Mudom kapalakka egizdir ruhim, Hamon yaproqlarga she’rlar yozaman. Biroq qandoq o‘yin boshlab qo‘ydim men. Bu qandoq janggohdir yeyar ruhimni. Har tongki ortimga qarab aytaman, Men bu olovlardan omon chiqdimmi? Tobora ruhimni ezar bir azob, Har lahza ruhimda chaqmoqda chaqin. Bo‘g‘zimga qadalib kelmoqda bir oh.  Tobora boshimga qilichlar yaqin, Onajon, men bir kun osmon bo‘laman, Sen ishon ruhimda gullaydi bog‘lar. Axir, havasimni keltirar mudom, Hech kimga suyanmay yuksalgan tog‘lar. P.s: muallifini eslolmadim. Bilsangiz yozib yuboring. @books_everything
Show all...
👍 5🔥 5 1
Shahodat Ulug' "Xaloskor Sulton Sayfiddin Qutuz" Xorazmshohlar sulolasiga barham bergan chingiziylar birin ketin boshqa musulmon o'lkalariga ham ko'z olaytira boshladi. Bu orada sulola shajarasini tiklashga harakat qilgan Jaloliddin Manguberdi ham Chingizxonni lol qoldirgan esa-da fojiali o'lim topdi. Movarounnahrni bosib olgan chingiziylar, xorazmiy malikalarni joriya sifatida sarkarda va chingiziy shahzodalarga bo'lib bergan bo'lsa, xorazmiy shahzodalarni beshikdagi go'dakka qadar qilichdan o'tkazishni diliga tugdi. Tadbirkor, shoh qizi Xonsulton o'g'ri Sayfiddinni xiyla bilan o'ldiga chiqarib ishonchli odamlar orqali qochirishga ulgurdi. Aynan mana shu Sayfiddin kun kelib mamluklik darajasidan Misr hukmdorigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tib, chingiziylarning musulmon olamiga o'qtalgan qilichini qayirib tashlaydi deb kim o'ylabdi deysiz? Roman xorazmshoh sulolasida bo'lgan Sayfiddinning xorazmdan chiqib ketishidan toki vafotigacha bo'lgan voqealar bag'ishlangan. Romanda deyarli badiiy to'qimalar uchramaydi, shuningdek badiiylik ham kam. Jang sahnalarida ayniqsa, yozuvchining bunday jarayonlarni tasvirlashga biroz mahoratsizligi sezilib qoladi. Lekin kitob bir tomondan salibchilar, ikkinchi tomondan chingiziylar iskanjasida qolgan musulmon olamiga achinish bilan bir qatorda, ko'tarinki ruh va ishonch bilan yozilgan. O'quvchida ham shunday taassurot qoldira oladi. Uni o'qib bo'lib, yurakda shijoat, matonat bo'lsa hammasini uddalashingizga ishonib ketasiz. Yozuvchi toza qon va qaytar dunyo masalariga ham urg'u bergan. Har qanday buyuklikni, ulug' davlatni ham xiyonat zavol toptirishini romanning bosh g'oyalaridan biri sifatidan ta'kidlagan. Menimcha, kitobni yanayam to'ldirish mumkin edi, unga mukammalroq muhabbat sahnalarini va Xonsulton, Xadichalarning fojiy taqdirlarini kiritish yanayam o'qishli qilardi. @books_everything
Show all...
👍 6🔥 4😁 3
Photo unavailableShow in Telegram
#mutolaadan Yiqilsang yuz karra kuchga do'nib tur. Zo'r zo'rni aqli va kuchi bilan yengajakdir. Ammo kimsaga birgina umidning o'zi kamlik qilur, o'g'lim, maqsadga o'lik umid bilanmas, tirik ishonch hamda matonat ila erishilur. Og'udan o'tkirrog'i, shamshirdan keskirrog'i yo'q deyishadi. Bu aslida nisbiydir. Zahardan o'tkiri, qilichdan keskiri aqldir. P.s: taqriz kutinglar) @books_everything
Show all...
👍 6🔥 4
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.