en
Feedback
Samarqand bandlik

Samarqand bandlik

Open in Telegram

Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining rasmiy telegram sahifasi Instagram: https://Instagram.com/sam_bandlik Veb-sayt: https://samarqand.mehnat.uz

Show more
2 089
Subscribers
-424 hours
-247 days
-5930 days
Posts Archive
📢 E’LON Aziz Samarqandliklar! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasida 8-11-sentabr
📢 E’LON Aziz Samarqandliklar! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasida 8-11-sentabr kunlari viloyat hokimi o‘rinbosarlarining jismoniy va yuridik shaxslar vakillari uchun shaxsiy qabullari quyidagi tartibda o‘tkaziladi: 📅 8-sentabr, seshanba 🕙 16:00–18:00 — Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari -viloyat qishloq xo’jaligi boshqarmasi boshlig‘i  Jabbarov Botir Shukurovich: 📅 9-sentabr, chorshanba 🕙 10:00–12:00 — Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Tuxtayev Xusen Mirzayevich: 🕒 16:00–18:00 — Viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari  Karimov Bobur Boturovich: 📅 10-sentabr, payshanba 🕙 10:00–12:00 — Viloyati hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Saidova Zebo Behbudovna; 🕒 08:00–10:00 — Viloyat hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Raxmanov Navruz Mexriddin o‘g‘li: 📅 11-sentabr, juma 🕙 08:00–10:00 —  Viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Qobilov Rustam Rajabboyevich; 🕒 16:00–18:00 — Viloyat hokimining o‘rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Samiyev Xurshid Jamshidovich. ❗️Sizni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalaringiz bo‘lsa murojaat qilishingiz mumkin. 📍 Manzil: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi. Samarqand viloyati hokimligi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalar:
✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube

📢 E'LON! YANGI O'QUV MAVSUMIGA QABUL BOSHLANDI! "Qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazi"da yangi o‘quv mavsumi uchun qabul boshlandi! 🏗 Biz quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaymiz: ⛓️‍💥 Elektrogazpayvandchi 💡 Elektromontajchi 🔧 Santexnika ishlari ustasi 🚜 Traktor-Ekskovator haydovchisi 🚡 Kran mashinisti 🪚 Gipsokarton montajchi 🔨 Qoplovchi plitkachi 🩸 Bo'yoqchi bezakchi 🛠 Betonchi 🧧 Po'lat temir beton konstruksiyalar montajchi 🏷 Stropolshik ❗️ Talablar: 🔘 Sudlanmagan bo‘lishi 🔘 45 yoshdan oshmagan 🔘 Xorijga chiqishiga taqiq bo‘lmagan 🔘 Sog‘lom va mehnatga layoqatli bo‘lishi 🔥 O‘qishning afzalliklari: ➡️ Yotoq joy BILAN TA’MINLANADI ➡️ 3 MAHAL ISSIQ OVQAT ➡️ Haqiqiy qurilish ob’ektlarida AMALIY MASHG‘ULOTLAR ➡️ O‘qishni tugatgach, XORIJDAGI ISH BERUVCHILARGA TAVSIYA BERILADI 📝Ro'yxatdan o'tish ☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998973954499; +998913182373 📍 Samarqand shahar Kimyogarlar ko'chasi 5-uyda joylashgan 📑Telegram|🌐Xorijda ish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Сербия Александра Вучича отбыл в эту страну с официальным визитом. #Mirziyoyev #tashrif #Serbiya Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

"MAXSUS REPORTAJ" KOʻRSATUVI Muallif: Erkin Hasanov #samarqandmtrk Rasmiy sahifalar: ✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube

Repost from Zarnews.uz
Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament aʼzolari butunjahon konferensiyasi ishtirokchilariga tabrik
Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament aʼzolari butunjahon konferensiyasi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi ✅@Zarnews_uz

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurib, ushbu noyob madaniyat muassasida
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurib, ushbu noyob madaniyat muassasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Центр современного искусства в Ташкенте и ознакомится с условиями, созданными в этой уникальной культурной институции. Facebook|Instagram|X

Viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi ta
Viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi ta’kidlandi. Ular sentabr-dekabr oylarida 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish va yana 1 million aholining daromadini ko‘paytirish majburiyatini oladi. Shuningdek, yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi belgilandi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq mexanizm va harakatlar algoritmini ishlab chiqish, mahalla darajasida mas’ullarni belgilash zarurligi qayd etildi. Xitoy tajribasi asosida tuman va mahallada aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish topshirildi. Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi. Facebook|Instagram|X

Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi. Mehnatga layoqat
Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi. Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalarga “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paket uchun joriy yil 300 milliard so‘m ajratilgan. Bunday yordam olgan 11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oshgani qayd etildi. Bir haftada ushbu tizimni davom ettirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Kelasi yildan reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘lkirasi hamda oliygohdagi yotoqxona xarajati vaucher orqali qoplab beriladi,
– dedi davlatimiz rahbari. Vaucher 12 oy muddatga beriladi va ehtiyojmand oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham amal qiladi. Facebook|Instagram|X

Yig‘ilishda ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan yangi yondashuvlar belgilab berildi. Ijtimo
Yig‘ilishda ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan yangi yondashuvlar belgilab berildi. Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yil yakuniga qadar ehtiyojmand aholini “ijtimoiy reyestr”ga kiritish tizimini qayta ko‘rib chiqish topshirildi. Bunda aholi daromadi bilan birga surunkali kasallik, nogironlik, ko‘p bolalilik va oila a’zosining xorijda ishlayotgani kabi omillarni qamrab oladigan ko‘p o‘lchovli baholash tizimiga o‘tiladi. Respublikada kambag‘allik darajasi 3,9 foizga tushgan bo‘lsa-da, 3 yoshgacha farzandi bor oilalarda mazkur ko‘rsatkich o‘rtacha 6,5 foizni tashkil etmoqda.
Bola parvarishlayotgan ota-onalarni uyida yoki mahallada ishli va daromadli qiladigan tizimni yo‘lga qo‘yamiz,
– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X

Joylardagi tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalarini yuritish tizimi ham qayta ko‘rib chiqiladi. Hozir bu masalalar asosan vil
Joylardagi tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalarini yuritish tizimi ham qayta ko‘rib chiqiladi. Hozir bu masalalar asosan viloyat darajasida hal qilinayotgani ishlarning cho‘zilishiga sabab bo‘layotgani qayd etildi. Tumanni loyihalarning buyurtmachisiga aylantirish va mablag‘larni bevosita joylarga yo‘naltirish ishlarni tezlashtirishi ta’kidlandi. Og‘ir mahallalarda ish o‘rni yaratishga qaratilgan mahalliy mablag‘larga respublikadan 2-3 karra ko‘p resurs qo‘shib berish taklif qilindi. Endi tadbirkorlik infratuzilmasi uchun tumanga beriladigan mablag‘lar hisobidan loyiha ishlab chiqishga tuman shtabi rahbari mas’ul bo‘ladi. Tuman shtabiga loyihalash, qurilish va sifat nazoratini xususiy sektorga berishga ruxsat etiladi. Shu bilan birga, shtab rahbari obyektlarni belgilangan muddat va sifat talablari asosida foydalanishga topshirilishi uchun javobgar bo‘ladi. Facebook|Instagram|X

Mutasaddilarga ikki oyda o‘quv markazi tashkil etib, xorijdan mutaxassislar jalb qilish vazifasi qo‘yildi. Ushbu markazda hok
Mutasaddilarga ikki oyda o‘quv markazi tashkil etib, xorijdan mutaxassislar jalb qilish vazifasi qo‘yildi. Ushbu markazda hokim yordamchilari “loyihabay” ishlashga o‘qitiladi. Viloyat shtablari yil yakunida har bir tumandan eng yaxshi ikki nafar hokim yordamchisini Xitoy, Yaponiya va Turkiyaga malaka oshirishga yuboradi. Eng namunali hokim yordamchilariga alohida malaka darajasi berilib, 50 foizgacha ustama to‘lanadi. Mahalla bankirlarini ham shu tartibda o‘qitish va ularning xorijiy stajirovkasini tashkil etish topshirildi. Bosh prokuraturaga bankirlar va hokim yordamchilarining mustaqil qaror qabul qilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish vazifasi belgilandi. Facebook|Instagram|X

Kredit, subsidiya va kompensatsiya shartlarini farmon va qarorlar bilan belgilash amaliyotidan voz kechilishi ma’lum qilindi.
Kredit, subsidiya va kompensatsiya shartlarini farmon va qarorlar bilan belgilash amaliyotidan voz kechilishi ma’lum qilindi. Endi Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy bank hududlar salohiyatidan kelib chiqib, moliyalashtirish mexanizmlarini har chorakda yangilab boradi. Tuman shtablari mahallalardagi hokim yordamchilarini “loyihabay” ishlash tizimiga o‘tkazadi. Buning uchun 8 ming 992 ta mahalladagi hokim yordamchilari vazifa bajaruvchi etib tayinlanadi, fidoyi va tashabbuskor kadrlar lavozimiga qayta tayinlanib, ishiga noloyiqlar yangilanadi. Facebook|Instagram|X

Kredit tarixida kechikish bo‘lgan ehtiyojmand aholining loyihalarini ham individual baholash asosida imtiyozli moliyalashtiri
Kredit tarixida kechikish bo‘lgan ehtiyojmand aholining loyihalarini ham individual baholash asosida imtiyozli moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi. Kambag‘allik jamg‘armasidagi 240 milliard so‘m, Bandlik jamg‘armasidagi 100 milliard so‘m va uchta “daftar”dagi 760 milliard so‘m mablag‘ tuman shtablari ixtiyoriga beriladi. Endi tuman shtabi subsidiya yoki foizsiz ssuda berish masalasini ham mustaqil hal qiladi. Tadbirkorlik kompaniyasining kompensatsiyalar uchun yil yakuniga qadar nazarda tutilgan 300 milliard so‘mlik qoldig‘i ham shtablar orqali ajratiladi. Shu tariqa tumanlar ixtiyoriga jami 3 trillion 200 milliard so‘m resurs yo‘naltirilib, mablag‘larning aniq natija berishiga alohida e’tibor qaratiladi. Facebook|Instagram|X

Tuman shtablari kimga qancha kredit berish, uni naqd yoki naqdsiz shaklda ajratish, mablag‘ni qaytarish muddatini uzaytirish
Tuman shtablari kimga qancha kredit berish, uni naqd yoki naqdsiz shaklda ajratish, mablag‘ni qaytarish muddatini uzaytirish va to‘lov grafigini biznes turiga moslashtirishni mustaqil hal qiladi. Shuningdek, inklyuziv moliyalashtirish masalalari ham shtablar vakolatiga o‘tkaziladi. Hozir oilaviy tadbirkorlik uchun 1 trillion 370 milliard so‘m, yoshlar tadbirkorligi uchun esa 450 milliard so‘m resurs mavjud. Tuman shtablariga mahalliy sharoit va loyihalarning samaradorligidan kelib chiqib, moliyalashtirish masalalarini mustaqil hal etish imkoniyati beriladi. Lider tadbirkor 10 ta oila bilan kooperatsiya qilsa, 500 million so‘mgacha, 100 ta oila bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ysa, 5 milliard so‘mgacha garovsiz kredit olishi mumkin bo‘ladi. Facebook|Instagram|X

Yig‘ilishda mahalla bankirlari va hokim yordamchilarining loyihalar bilan ishlash ko‘nikmalari tanqidiy baholandi. Ularning a
Yig‘ilishda mahalla bankirlari va hokim yordamchilarining loyihalar bilan ishlash ko‘nikmalari tanqidiy baholandi. Ularning aksariyati kimga kredit kerakligi, qaysi loyihani lizing, faktoring, kafolat, sug‘urta, aylanma mablag‘ yoki shartnoma asosida moliyalashtirish mumkinligini tushunmasligi qayd etildi. Bankirlar va hokim yordamchilari loyiha tayyorlashdan oldin hamon “Garovi bormi?” degan savolni qo‘yayotgani tanqid qilindi. Tadbirkorlarga kredit ajratishda byurokratik to‘siqlar saqlanib qolayotgani, kreditni qaytarish grafiklari esa biznes turiga moslashtirilmagani ko‘rsatib o‘tildi. Kreditlarni qaytarish muddatlarini dehqonchilik, savdo va boshqa biznes yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirish zarurligi ta’kidlandi. Oilaviy va yoshlar tadbirkorligi bo‘yicha imtiyozli kredit resurslarini boshqarish vakolati tuman shtablariga o‘tkazilishi belgilandi. Facebook|Instagram|X

Xorazm misolidagi tahlillar barcha viloyatlarga taalluqli ekani qayd etilib, kambag‘allik bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yang
Xorazm misolidagi tahlillar barcha viloyatlarga taalluqli ekani qayd etilib, kambag‘allik bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi belgilandi. Mazkur tizimga muvofiq, “mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar, viloyat va tuman hokimlari hamda banklar kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tadi. Har bir viloyat va tumanda hokim boshchiligida shtablar tashkil etiladi. Banklar va bandlikka ko‘maklashish idoralari ushbu shtablarga joylardagi masalalarni hal etishga ko‘maklashadi. Viloyat, tuman va shahar hokimlari butun iqtisodiy kompleks bilan haftada uch kun faqat kambag‘allik va bandlik masalalari bilan shug‘ullanadi. Facebook|Instagram|X

Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi. Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohid
Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi. Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emas. Viloyatning har bir tumanida kamida 1-2 tadan texnikum va 4-5 tadan o‘quv markazi faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi. Xorazmda kambag‘al oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarishi bilan band. Bunday oilalar farzandlarining bog‘cha qamrovi 75 foizga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi. 646 nafar kollej o‘quvchisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati bor. Shuningdek, kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali parvarish bilan band oila a’zolariga daromadli mehnat bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratish mumkinligi ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimi
Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimini o‘zgartirish bo‘yicha tahlil o‘tkazdi. Ikki hafta davomida viloyatdagi 81 ming kambag‘al aholi, ya’ni 19 ming oilaning holati o‘rganildi. Ushbu oilalarda 12 ming ishsiz va 10 ming daromadi past aholi borligi aniqlandi. Ayni paytda Xorazmdagi tadbirkorlar qurilish sohasiga 4 ming, xizmatlar sohasiga 3 ming va sanoatga 2,5 ming ishchi izlamoqda. Mas’ullarga ishsiz va kam daromadli aholini korxonalar talabi asosida kasbga o‘qitib, ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini ishga solish vazifasi qo‘yildi. Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va kasbga tayyorlash imkoniyatlaridan foydalanish orqali kambag‘al oilalardagi 10-15 ming nafar aholi daromadini oshirish mumkinligi qayd etildi. Facebook|Instagram|X

Davlatimiz rahbari ayrim hudud rahbarlari qo‘lidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni ishli qilishga bilimi
Davlatimiz rahbari ayrim hudud rahbarlari qo‘lidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni ishli qilishga bilimi yoki toqati yetmayotganini tanqid qildi. Ular zamonaviy iqtisodiyotdagi tebranishlar va tezkor o‘zgarishlarni to‘g‘ri anglamayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Hududlarda so‘nggi bir yilda tashkil qilingan 86 ming kichik korxonadan 15 mingtasi, ya’ni 17 foizi faoliyatini to‘xtatgan. Bankdan kredit olib, biznesini yurgiza olmagan 62 ming aholi kreditni qaytarishga qiynalayotgani qayd etildi. Buning sababi sifatida atigi 1 mingta mahalladagi hokim yordamchisi va mahalla bankiri “loyihaviy yondashuv” asosida ishlashni bilishi ko‘rsatildi. Facebook|Instagram|X