ar
Feedback
Samarqand bandlik

Samarqand bandlik

الذهاب إلى القناة على Telegram

Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining rasmiy telegram sahifasi Instagram: https://Instagram.com/sam_bandlik Veb-sayt: https://samarqand.mehnat.uz

إظهار المزيد
2 197
المشتركون
+124 ساعات
-107 أيام
-2930 أيام
أرشيف المشاركات
📢 E’LON! Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev shu yilning 26-iyun kuni soat 08:00 dan boshlab Samarqand Davlat veterinariy
📢 E’LON! Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev shu yilning 26-iyun kuni soat 08:00 dan boshlab Samarqand Davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti xiyobonida Samarqand shahri aholisi uchun navbatdagi ommaviy sayyor qabul o‘tkazadi. Sayyor qabulda viloyatdagi barcha korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etadi. Sizni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalaringiz bo‘lsa murojaat qilishingiz mumkin. 📍 Manzil: Samarqand shahri Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi Samarqand Davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti xiyoboni 📞 Malumot uchun telefonlar: 1177, (66)230-42-68. *** 📢 ОБЪЯВЛЕНИЕ! 26 июня, начиная с 08:00 ч,  хоким Самаркандской области Адиз Бобоев проведет очередной массовый выездной прием для жителей Самарканда. Встреча состоится в сквере Самаркандского государственного университета ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологий. В приеме также примут участие руководители всех ведомств, предприятий и организаций региона. Если у вас есть нерешенные проблемы, жалобы или предложения, вы сможете озвучить их лично. 📍 Место проведения: г. Самарканд, ул. Мирзо Улугбека, сквер университета ветеринарной медицины. 📞 Телефоны для справок: 1177, (66)230-42-68. 🌍 Web-sayt|  📱 Telegram| 📱 YouTube   📱 Instagram| 📱 Facebook| 📱 Facebook

⚡️ Mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i R.Mahqul
+9
⚡️ Mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i R.Mahqulov tomonidan Bulungʻur tumandagi “Zarafshon”, “Gulzor” va “Mingchinor” mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganishlar davomida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, mikroloyihalarni hayotga tatbiq etish, shuningdek, ijara yer maydonlarida “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining holati bilan yaqindan tanishildi. Mas’ullar tomonidan mavjud imkoniyatlardan yanada unumli foydalanish, daromadli loyihalarni kengaytirish hamda ekinlarni parvarishlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Ulaning va ulashing: 📱Telegram 📱Instagram 📱YouTube • 📱Web-sayt •  📱Facebook

Bugun futbol bo‘yicha jahon chempionati doirasida O‘zbekiston va Portugaliya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi muhim va tarixiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda Samarqand shahridagi "Moʻjiza" amfiteatri uchrashuvni katta ekran orqali tomosha qilish,  milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bo‘lgan yurtdoshlarimiz bilan gavjum bo‘lmoqda. Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

⛔️ "Пенсиянгизни ошириб бераман", деган гап ҳар доим ҳам яхшиликка олиб келмайди. ❌ Воситачиларга ишонманг! 📞 Шубҳали ҳолатларда 1271 ишонч телефонига мурожаат қилинг. 🛡 Пенсия масаласида бегона одамларнинг ваъдаларига эмас, расмий манбаларга ишонинг.@osonish_uz

Hurmatli davlat xizmatchilari! Sizlarni 23-iyun — Davlat xizmati kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. Yangi O‘zbekistonda am
Hurmatli davlat xizmatchilari! Sizlarni 23-iyun — Davlat xizmati kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, aholiga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish hamda xalqparvar davlat barpo etish yo‘lidagi ulkan vazifalarni amalga oshirishda davlat xizmatchilari muhim o‘rin egallaydi. Mamlakatimizda hurmatli Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlarning hayotga samarali tatbiq etilishi, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, natijadorligi va xalq manfaatlariga xizmat qilishi, avvalo, sizlarning fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyatingiz va kasbiy salohiyatingiz bilan chambarchas bog‘liqdir. Davlat xizmati — bu nafaqat kasb, balki Vatan va xalq oldidagi yuksak mas’uliyat, taraqqiyot va farovonlik yo‘lida xizmat qilish sharafidir. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi yutuqlar hamda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Davlat xizmati kuni muborak bo‘lsin! 📱 Telegram  📱  Instagram   📱YouTube 🌐 Sayt

Бугун, 23 июнь — Давлат хизмати куни! Ушбу сана муносабати билан Бошқарув самарадорлиги агентлиги ўзига хос видеоролик тайёрлабди. Унда давлат хизматчиларининг масъулиятли ва шарафли хизматлари яхши очиб берилган. Давлат хизмати — бу нафақат касб, балки Ватан ва халқ олдидаги юксак масъулият, тараққиёт ва фаровонлик йўлида хизмат қилиш шарафидир. Ушбу қутлуғ сана муносабати билан барчангизга мустаҳкам соғлик, оилавий бахт-саодат, масъулиятли ва шарафли фаолиятингизда янги ютуқлар ҳамда улкан муваффақиятлар тилаймиз. Каналга уланиш — @hrm_uzb

⚽️ 🇺🇿 Tarix yozishni davom etamiz! Bugun yigitlarimiz katta nomlar jam bo'lgan Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma ja
⚽️ 🇺🇿 Tarix yozishni davom etamiz! Bugun yigitlarimiz katta nomlar jam bo'lgan Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasiga qarshi maydonda saf tortishadi! Biz albatta butun millat Milliy terma jamoamizdan mo'jiza kutamiz! ⚽️ JCH-2026 | 2-tur 🇵🇹 Portugaliya ⚡️ O'zbekiston 🇺🇿 🗓 BUGUN 🕘 22:00 🏟 "Hyuston" stadioni, Hyuston
Rasmiy sahifalar:
✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube

💊 FARMATSEVTIKA KOMPANIYASIDA ISH | SAMARQAND Farmatsevtika kompaniyasi «Garmoniya Pharm» jamoaga mijozlar bilan ishlash bo‘
💊 FARMATSEVTIKA KOMPANIYASIDA ISH | SAMARQAND Farmatsevtika kompaniyasi «Garmoniya Pharm» jamoaga mijozlar bilan ishlash bo‘yicha operatorlarni (ofis-menejerlarni) ishga taklif qiladi. Agar siz odamlar bilan muloqot qilishni yoqtirsangiz, kompyuterda erkin ishlay olsangiz va barqaror kompaniyada karyera qurishni istasangiz - sizni jamoamizga taklif qilamiz! ✨ Biz taklif qilamiz: 🏢 O‘zbekistonning yirik farmatsevtika kompaniyalaridan birida ishlash 📄 Rasmiy ishga joylashish 💰 Barqaror oylik maosh, bonus va rag‘batlantirish tizimi 📈 Karyera o‘sishi va professional rivojlanish imkoniyati 🤝 Ahil jamoa va tajribali mutaxassislar ko‘magi 📅 Ish grafigi: • Dushanba–Juma: 09:00–18:00 • Shanba: 09:00–16:00 • Yakshanba — dam olish kuni 📞 Sizning vazifalaringiz: • Kompaniya mijozlariga telefon orqali maslahat berish • Kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar bilan ishlash (mavjud va yangi mijozlar bilan muloqot qilish) • Dori vositalarini korporativ tizim orqali bron qilish • Haydovchilar uchun yetkazib berish hujjatlarini tayyorlash • Mijozlar bazasi bilan ishlash va buyurtmalarni kuzatib borish 👩‍💼 Nomzodlarga talablar:20–35 yosh ✅ O‘rta-maxsus yoki oliy ma’lumot (farmatsevtika yo‘nalishidagi ma’lumot ustunlik beradi)O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilishWord, Excel va 1C dasturlarida ishlash ko‘nikmasi ✅ Savdo yoki mijozlar bilan ishlash tajribasi ustunlik beradi ❗️ Kunduzgi ta’limda tahsil olayotgan talabgorlar ko‘rib chiqilmaydi. 📞 Batafsil ma’lumot uchun: 📱 +998 937209001 Gulnoza 📱 +998 937209008 Aleksandra 🕘 Qo‘ng‘iroqlar: ish kunlari 09:00–18:00 💬 Agar qo‘ng‘iroq qila olmasangiz, SMS yoki Telegram orqali yozishingiz mumkin.

✨ 📢 📢 Mobil ilovamiz orqali tez va oson ish toping! 🚀 Osonish.uz mobil ilovasi ishga tushdi! 📊 Platformada hozirda: 💼 47
✨ 📢 📢 Mobil ilovamiz orqali tez va oson ish toping! 🚀 Osonish.uz mobil ilovasi ishga tushdi! 📊 Platformada hozirda: 💼 47 mingga yaqin ish o‘rni 👤 200 mingdan ortiq rezyume 🏢 32 mingga yaqin ish beruvchi mavjud. Endi ish topish yanada qulay! 📲 Bir necha daqiqada: ✅ Ro‘yxatdan o‘ting ✅ Rezyume yarating ✅ Doimiy, vaqtinchalik yoki masofaviy ishlarni tanlang. ⬇️ Vakant o‘rinlardan o‘zingizga mos ishni tezroq topish uchun ilovani yuklab oling: 🛒 Play market /🍏App Store Ushbu foydali maʼlumotni ish izlayotgan yaqinlaringizga ham ulashing. ✅ @osonish_uz — Bo‘sh ish o‘rinlariga oid eng so‘ngi ma’lumotlar kanaliga obuna bo‘ling!

📌 Bulung‘ur tumanida YAAMT va oson.ish platformalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi Bulung‘ur tumani sog‘liqni s
+5
📌 Bulung‘ur tumanida YAAMT va oson.ish platformalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi Bulung‘ur tumani sog‘liqni saqlash hamda maktabgacha taʼlim bo‘limi xodimlari uchun YAAMT va oson.ish platformalariga maʼlumotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida kiritish masalalariga bag‘ishlangan amaliy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga tizimlardan samarali foydalanish, maʼlumotlarni kiritish tartibi hamda amaliyotda uchraydigan muammolarni bartaraf etish yuzasidan batafsil tushuntirishlar va zarur tavsiyalar berildi. Uchrashuv yakunida xodimlarning savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar taqdim etildi.

SAMARQAND YANGILIKLARI | FAOL YOSH XODIMLAR UCHUN MA'RIFIY SAYOHAT TASHKIL ETILDI 19.06.2026-YIL
Rasmiy sahifalar:
✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube

🏆 “Yilning eng faol yosh xodimi” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaz
+9
🏆 “Yilning eng faol yosh xodimi” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng faol yosh xodimi” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi Samarqand shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida bo‘lib o‘tdi. Yoshlar oyligi doirasida 3 kun davom etgan mazkur tanlovda respublikaning barcha hududlaridan saralab olingan faol va tashabbuskor yosh xodimlar ishtirok etib, o‘z bilimlari, kasbiy mahorati hamda innovatsion yondashuvlarini namoyish etdilar. Tanlov davomida ishtirokchilar nafaqat o‘zaro bellashdilar, balki mamlakatning turli hududlaridan tashrif buyurgan tengdoshlari bilan tajriba almashish, yangi g‘oya va tashabbuslar yuzasidan fikr almashish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar. Shuningdek, tanlov dasturi doirasida yoshlar Samarqand shahrining boy tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, Imom al-Buxoriy majmuasi, Registon maydoni, Birinchi Prezidentimiz xotirasiga bag‘ishlangan maqbara, Shohi Zinda majmuasi hamda Bibixonim masjidiga tashrif buyurib, yurtimizning bebaho tarixiy obidalari va muqaddas qadamjolari bilan tanishdilar. Tanlov yakunlariga ko‘ra faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Eng muhimi, respublika bosqichida yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar Gruziya davlatida tashkil etiladigan xorijiy tajriba almashish va malaka oshirish dasturida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar. Mazkur tanlov yoshlarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish, ularni yangi marralar sari ruhlantirish hamda davlat va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

👉 Subsidiya va ssuda bir-biridan qanday farqi bor? Batafsil ma’lumot uchun: 💬 Telegram: @KQDMJ_chatbot ☎️ +998 71 238-6900 (ichki raqam 3359) Manba: @Kuranbayev_K 🌐 Facebook |🌐 Instagram |🌐 Telegram |👍 YouTube

#Kelajak_kasblari Mobil ilovalar dasturchisi 📱Bugungi kunda bank xizmatlari, onlayn savdo, ta’lim platformalari, taksi va da
#Kelajak_kasblari Mobil ilovalar dasturchisi 📱Bugungi kunda bank xizmatlari, onlayn savdo, ta’lim platformalari, taksi va davlat xizmatlarining aksariyati mobil ilovalar orqali taqdim etiladi. Ularning ortida esa mobil ilovalar dasturchilari mehnati turadi. 👨‍💻 Mobil ilovalar dasturchisi kim? Android va iOS uchun ilovalar yaratadigan, ularni sinovdan o‘tkazadigan hamda muntazam takomillashtirib boradigan mutaxassis. 🎯 Kerakli ko‘nikmalar: ☑️Java, Kotlin, Swift yoki Dart kabi dasturlash tillarini bilish; ☑️mantiqiy fikrlash va muammolarni tahlil qilish; ☑️qulay foydalanuvchi interfeyslarini yaratish; ☑️jamoada ishlash va doimiy o‘rganishga tayyor bo‘lish. 🚀 Nega bu kasb istiqbolli? Raqamlashtirish jadallashib borayotgan bugungi kunda mobil dasturchilarga talab tobora ortmoqda. Bu yo‘nalish masofadan turib ishlash, xalqaro loyihalarda qatnashish va hatto o‘z startapingizni yaratish imkonini beradi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X

🔈 Tashkilotlarda ish yuritish hujjatlarining holati qanday ✏️ Joriy yilning 16-19-iyun kunlari Samarqand viloyati hokimligi
+8
🔈 Tashkilotlarda ish yuritish hujjatlarining holati qanday   ✏️ Joriy yilning 16-19-iyun kunlari Samarqand viloyati hokimligi Ishchi guruhi tomonidan viloyatdagi 40 ga yaqin boshqarmalarda ish yuritish hujjatlarining “Davlat tili haqida”gi Qonuni hamda sohaga doir qonunchilik hujjatlarining ijrosi o‘rganildi. 📝 O‘rganish davomida aniqlangan xato va kamchiliklar yuzasidan boshqarmalar rahbar va xodimlariga kerakli tushunchalar hamda amaliy yordamlar berildi.   Sh.TEMIROV,     Viloyat hokimining maslahatchisi Rasmiy sahifalar: ✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

🇺🇿 RESPUBLIKA BOSQICHIGA START BERILDI! Bugun Samarqand shahridagi Yoshlar kreativ shaharchasida “Yilning eng yosh faol xodimi” respublika ko‘rik-tanlovining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tanlovning respublika bosqichida mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan eng faol, tashabbuskor va fidoyi yosh xodimlar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etadilar. Mazkur tanlov yoshlarning kasbiy mahoratini oshirish, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan faol yoshlarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Respublikaning eng iqtidorli yosh mutaxassislari jam bo‘lgan ushbu nufuzli tanlovning barcha ishtirokchilariga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

🇺🇿Bugun tarix yozilmoqda! ⚽🔥 Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini boshladi! Bugun millionlab yuraklar bitta maqsad uchun urmoqda — Vatan sharafini munosib himoya qilish! 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Olgʻa, Oʻzbekiston! Biz siz bilan faxrlanamiz! 🇺🇿💪 #Uzbekistan #BizBirgamiz #WorldCup2026 #OlgaUzbekistan #MilliyJamoa

❗️ Ertaga, 18-iyun kuni barcha davlat tashkilotlarida ish vaqti 10:00 da boshlanadi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, 18-iyun kuni jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi oʻyinini barcha bemalol, yuqori kayfiyatda koʻrishi uchun shunday qarorga kelingan. 🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling!

⚡️Zo‘r g‘oyangiz bormi? Uni yoshlar.gov.uz orqali butun O‘zbekistonga taniting! Endilikda faol yoshlar hamda mahallalardagi y
⚡️Zo‘r g‘oyangiz bormi? Uni yoshlar.gov.uz orqali butun O‘zbekistonga taniting! Endilikda faol yoshlar hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari “Yoshlar tashabbuslari marafoni” doirasidagi o‘z loyiha va tashabbuslarini bevosita yoshlar.gov.uz platformasi orqali taqdim etishlari mumkin. Yangi imkoniyatning asosiy afzalliklari: 🟢Tashabbuslar barcha uchun ochiq tarzda e’lon qilinadi; 🟢Foydalanuvchilar o‘zlariga manzur bo‘lgan g‘oyalarni “Like” orqali qo‘llab-quvvatlaydi; 🟢Eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalar maxsus “TOP” ro‘yxatdan joy oladi. “Yoshlar tashabbuslari marafoni”da faol ishtirok eting va o‘z g‘oyalaringizni hayotga tatbiq qiling! 👉 yoshlar.gov.uz Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

✨ 📢 YANGI IMKONIYAT 🚀 Osonish.uz mobil ilovasi ishga tushdi! 📊 Platformada hozirda: 💼 47 mingga yaqin ish o‘rni 👤 195 mi
✨ 📢 YANGI IMKONIYAT 🚀 Osonish.uz mobil ilovasi ishga tushdi! 📊 Platformada hozirda: 💼 47 mingga yaqin ish o‘rni 👤 195 mingdan ortiq rezyume 🏢 32 mingga yaqin ish beruvchi mavjud. Endi ish topish yanada qulay! 📲 Bir necha daqiqada: ✅ Ro‘yxatdan o‘ting ✅ Rezyume yarating ✅ Doimiy, vaqtinchalik yoki masofaviy ishlarni tanlang. ⬇️ Vakant o‘rinlardan o‘zingizga mos ishni tezroq topish uchun ilovani yuklab oling: 🛒 Play market /🍏App Store Ushbu foydali maʼlumotni ish izlayotgan yaqinlaringizga ham ulashing. 👉 Kanalga obuna bo‘ling va yangi ishlarni birinchilardan bo‘lib biling! https://t.me/mehnatvazirligi