cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

XATIRCHI TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI (Rasmiy kanal)

Xatirchi tumani MMTBning rasmiy telegram kanali. Kanalda ushbu tizimdagi yangiliklar, o'zgarishlar hamda jarayonlar keng yoritilib boriladi. Takliflar va tavsiyalar bo'yicha @xatirchi_tumani_mmtb_admini ga murojaat qilishingiz mumkin

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedEducation45 480
Advertising posts
986
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Президент_совғаси #Fotoreportaj "PREZIDENT SOVG'ALARI" O'Z MANZILIGA YO'L OLDI 🔴 Bugun bir guruh jurnalistlar yangi o‘quv yili oldidan "Prezident sovg‘asi"ni hududlarga jo‘natish jarayonlarini yoritish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining "Ta’minot va logistika xizmati" DUK bazasida bo‘lishdi. ❕Fotolavhalarda "Ta’minot va logistika xizmati" DUKning Toshkent tumanida joylashgan bazasidagi jarayonlar aks etgan. 👉 Jonli efir havolasi: https://fb.watch/mpL_Yit8ZG/ Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Show all...
#Vazirga_murojaat #Bayonot_21 ⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR ✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz. ❗️Bugungi audiobayonotimizda: ➡️ 00:07 Maktab va bog‘chalarni kuz-qish mavsumida isitish qay tartibda amalga oshiriladi? Bunda quyosh panellari hamda elektr tejovchi qurilmalardan foydalanish borasida qanday ishlar olib borilmoqda?   ➡️ 02:36 Men maktabda fizika va matematika fanlaridan dars beraman. Hozirda faqat fizika fani uchun Direktor jamg‘armasidan ustama olaman. Eshitishimcha, tarifikatsiyadan o‘tgan barcha fanlarga ustama olish mumkin ekan. Men ushbu jamg‘armadan matematika fani uchun ham ustama olishim mumkinmi? ➡️ 04:17 Direktorlikka nomzodini qo‘yish uchun kamida 2 yil rahbar bo‘lib ishlash kerak, deyishyapti. Shu talab qanchalik to‘g‘ri? Kasbiy tajriba va erishgan yutuqlar inobatga olinmaydimi? ➡️ 06:30 Bog‘cha qorovullarining oyligi yaqinda ko‘tariladi, deb eshitdim. Bu qanchalik to‘g‘ri? Bog‘cha qorovullariga ham qo‘shimcha mukofot va sog‘ligini tiklash uchun moddiy yordamlar beriladimi? Bayonotlarimiz davom etadi. ______ ❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang! Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish 📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Show all...
Repost from Hilola Umarova
#Аnons #Ikkinchi_ustozlar_forumi 📣📣Aziz ustozlar! Sohangizda yangi marralarni egallashingiz uchun ajoyib imkoniyat! Joriy yilning 8-9-avgust kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda "Ikkinchi ustozlar forumi" tashkil etilmoqda. Ushbu forumdan ko‘zlangan maqsad: ✔️o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish hamda ✔️ yangi o‘quv yilida ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash yuzasidan muhim vazifalarni belgilab olishdan iborat. ❗️Bu hali hammasi emas! Tez orada forum sizning maktabingizga qadar yetib boradi: 📆 15-17- avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlarda, 📍22-24- avgust kunlari tuman va shaharlarda, 🏢 28-29 - avgust kunlari esa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etiladi. ⚡️ Ta’lim sohasining rivojiga birgalikda hissa qo‘shaylik!
Show all...
✅ Matbuot anjumani 07.08.2023 Mavzu: Maktabgacha ta’lim tizimida joriy yil o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar, oldinda turgan ustuvor vazifalar Vaqti: 12:00 Ishtirok etadi: Maktabgacha ta’lim agentligi rahbariyati va mutasaddilari Manzil: AOKA Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish 📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Show all...
Навоий вилояти сифатли таълим ва билим олиш учун қулай шароит яратиш бўйича намунали ҳудудга айланади 14:14 https://uza.uz/uz/posts/navoiy-viloyati-sifatli-talim-va-bilim-olish-uchun-qulay-sharoit-yaratish-boyicha-namunali-hududga-aylanadi_508618
Show all...
Навоий вилояти сифатли таълим ва билим олиш учун қулай шароит яратиш бўйича намунали ҳудудга айланади

Мактабгача ва мактаб таълими вазири Ҳилола Умарова Навоий вилоятида бўлиб, ўқитувчи ва тарбиячилар сифат таркибини янада

#Vazirga_murojaat #Bayonot_20 ⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR ✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz. ❗️Bugungi audiobayonotimizda: ➡️ 00:07 O‘g‘lim joriy o‘quv yilida maktabga chiqadi. Ammo bog‘cha mudirasi iyun oyidan boshlab o‘g‘limni bog‘chadan chiqarib olishimni talab qilmoqda. Mudiraning ushbu harakati qonunan to‘g‘rimi?   ➡️ 01:16 Vazirlik huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan “Men sevgan adabiy qahramon” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tanlov ishlarini kimlar baholab borishdi, uning talab va me’yorlari nimalarga asosan belgilandi? ➡️ 02:27 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga Agentlik tasarrufidagi maktablarning bitiruvchilari 5 foiz qabul doirasida 100% lik grant olishlari mumkin ekan. Oddiy maktab bitiruvchilari bu imtiyozdan foydalana olmaydimi? ➡️ 04:10 Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga bu yilgi imtihon javoblari odatdagidan kechroq chiqar ekan, shu to‘g‘rimi? Bayonotlarimiz davom etadi. ______ ❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang! Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish 📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Show all...
MUAMMOLAR BARTARAF ETILMOQDA 📌“Sayyor qabul”lar davomida fuqarolarning turmushi, ishga doir, lavozimni tiklashga daxldor masalalari o‘z yechimini topayotgani bor gap. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova bugun Xatirchi tumanidagi “Paraxun” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. Unda fuqarolardan 15 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 2 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, 2 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 11 tasiga ijro etish uchun muddat belgilanib, qat’iy nazoratga olindi. ❇️Rahbar bir vaqtning o‘zida tumandagi aksariyat maktab rahbarlari bilan faoliyatga daxldor ustuvor vazifalar yuzasidan jiddiy gaplashib oldi. Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha kerakli topshiriqlar berildi.
Show all...
#Xorijiy_hamkorlik #Turkiya Vazirlik delegatsiyasi Ta'lim instituti vasiylik yig'ilishida ishtirok etmoqda ✅ Ayni paytda Turkiyaning Istanbul shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) huzuridagi Ta’lim instituti Vasiylik kengashining IV yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. ❗️Unda O‘zbekiston Respublikasi vakili sifatida Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi delegatsiyasi ilk bora ishtirok etmoqda. 📍Tadbirning birinchi kuni, 4-avgustda Vasiylik kengashi ekspertlari yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda tashkilotga a’zo davlatlar delegatsiyalari kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqib, fikr-mulohazalar almashishdi. Ekspertlar yig‘ilishidan so‘ng, delegatsiya rahbarlari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev Turkiya Milliy ta’lim vaziri, professor Yusuf Tekin bilan uchrashdi. ✔️ Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlat rahbariyati o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar hamda har tomonlama strategik sheriklik kundan-kunga mustahkamlanayotganligi va ta’lim sohasidagi hamkorlik eng muhim yo‘nalishlardan biri ekanligini alohida e’tirof etishdi. ⚡️Unda, xususan pedagoglar malakasini oshirish hamda ikki davlat yoshlari o‘rtasida almashinuv dasturlarini tashkil etish, maktab o’quvchilari o'rtasida fan olimpiadalarini va qardosh maktablar dasturini kengaytirish yo'nalishlari muhokama qilindi. 🔴 Hozirda anjumanning asosiy qismi - Vasiylik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish 📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Show all...
#Mushohada📌📌📌 Mushohada yuritmay turib, qancha ko‘p o‘qisangiz, shuncha ko‘p bilayotganga o‘xshayverasiz, agar o‘qiyotganda qanchalik ko‘p mushohada yuritsangiz, shu qadar oz narsa bilishingizni aniqroq his etasiz. F.Volter Xatirchi tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi matbuot xizmati.
Show all...
DIQQAT, SAYYOR QABUL! ✅Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R. Hayitovaning viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, joriy yilning 5-avgust kuni, soat 11:00 da Xatirchi tumanidagi 20-IDUMda tuman aholisi uchun jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari ishtirokida ommaviy sayyor qabuli o‘tkaziladi. ❇️Ushbu qabulda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid taklif, savol, shikoyat va boshqa murojaatlaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin. Xatirchi tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi matbuot xizmati.
Show all...