en
Feedback
Sultonova's blog

Sultonova's blog

Open in Telegram

Sultonova Sevinch Bekmurodovna TDYU Murojaat uchun: @Sultonovas_005

Show more
856
Subscribers
-424 hours
-127 days
-4530 days
Posts Archive
👍👍ADLIYA VAZIRLIGI STIPENDIYASI HAQIDA⤵️ 1️⃣ Stipendiya kimlar uchun? J: barcha (rus, o'zbek potok) 2-va 3-kursni bitirganlar uchun 2️⃣ Stipendiya kimlarga beriladi? J: fakultet ichida kursingiz bo'yicha eng top1 o'rindagi 1ta dona talabaga beriladi 3️⃣ Qachon va qanday aniqlanadi? J: har yili avgust oyining oxirida, ya'ni yangi o'quv yili boshlangunga qadar o'tgan bir o'quv yilida eng yuqori reytingni egallagan talaba aniqlanadi 4️⃣ GPA qanday hisobga olinadi? J: 2-kurs yoki 3-kurs davomidagi 1 o'quv yili (ya'ni 2ta semestr)dagi baho orqali 5️⃣ Ushbu stipendiyani yutishim uchun shunda nima qilay? J: 1 o'quv yili faqat o'qi, tamom. Hech qanday ortiqcha dokument talab qilinmaydi!

https://t.me/boost/Sultonovas_tsul Kanalni buyogʻiga rivojlantiramiz nasib

☕️ Odam suhbat qurib turishi kerak. Har xil insonlar bilan. Fikr almashadi, oʻrganadi nimadir, xulosa chiqaradi, hayotidan tashqari ham boshqacha misollar koʻra boshlaydi. Oʻzi singari fikrlovchi, oʻzidan boshqacha fikrlovchi, oʻzidan ham darajasi, ilmi yaxshiroq inson bilan suhbatlashish ta’sir koʻrsatadi. Vaholanki boshqaga oʻzi ham ta’sir koʻrsatadi, uning dunyoqarashiga, fikrlashlariga. Atrofdagi insonlar juda ham ta’sir qiladi. Atrofimizdagi insonlarga, suhbat quryotgan odamlarimizga e’tiborli boʻlishimiz oʻzimizga hali befarq emasligimizni, oʻzligimiz borligini koʻrsatadi. Kechagina yaqin bir insonim ancha suhbatlashdik. Suhbatimiz bir-birimizga juda ham mos keladi, mamnun boʻla olamiz. U mendagi oʻzim koʻrmayotgan jihatlarni koʻrishini aytsa, men ham uning har bir vaziyatga oʻzining xolis munosabatini bildira olishini sezaman. Lekin ba’zilar bilan esa hech suhbatim tushmaydi. Shundanmi balki juda suhbatdosh tanlaydigan boʻlib qolganman deb oʻylayman. Shu suhbatimiz orasida yana bir muhokama boʻlib qoldi. Jamiyatimizda insonlar oʻrtasidagi munosabatlar juda ham qolipda boʻlib qolgandek. Ijtimoiy tarmoq bir chiziq belgilab berdiki, hamma shu chiziqda boʻylab ketishga harakat qilmoqda goʻyo. U chiziqdan chiqqanlar esa goʻyo jamiyatning qoidalarini buzganday tuyiladi. Ammo boshqa bir millatlar, yoki sal oldingi oʻzbek adabiyotini (Oʻtkir Hoshimovlar payti) koʻrsak bunday qolip yoʻqday. Chiziqdan, shu qolipdan ham tashqari xolis fikrlab koʻrish kerak balki.

Recommendation Maqola yozishni o'rganib stipendiyaga harakat qilmoqchilar bo'lsa qatnashilar, 3-mavsumni e’lon qilibdilar.

#news📣📣📣 🗣Kutganmidinglar? ✍️ “Maqola yozishni 0 dan o‘rganing” 3-mavsum G‘afur G‘ulom, Xadicha Sulaymonova nomidagi stipendiyalar kabi maqola talab qilinadigan maxsus stipendiyalarga hujjat topshiruvchilar uchun ayni muddao! 🎯 Ushbu kurs sizga quyidagilarni beradi: ✅ Ommabop ilmiy-publitsistik maqola yozishni 0 dan o‘rganasiz ✅ 3 ta maqolangiz Xadicha Sulaymonova nomidagi maxsus stipendiya g'olibasi Shodiyeva Irisa tomonidan (25+maqolalar muallifi) tekshirib beriladi ✅ 1 ta maqolangiz chop etilishigacha doimiy ko‘mak (tahrir, format, tahlil) ✅ Boshqa ijtimoiy faollikka ham yo'l-yo'riq ko'rsatiladi ✅ Kursdan keyin yopiq Telegram guruhi saqlanadi – savollar, tarmoqlar, g‘oyalar almashinuvi davom etadi 🧠 Ishtirokchilar soni: cheklangan 📲 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 10.10.2025 23:59 gacha 👩🏻‍💻Qo'shimcha ma'lumot uchun: @Shodiyeva_Irisa ❗️ ISHTIROKCHILAR SARALAB OLINADI❗️
👉Ushbu kanal👈

Angladim–bahorga atalmaganmiz, Kuzda tug'ilganman, demakki–kuzman. Eng soʻnggi yaprog'im toʻkilgungacha, Sen ketgan yoʻllardan koʻzimni uzmam. Sen ham bahorlarni axtarib yurma Behishtdan quvilgan nochor azizim, Boshqa fasllarning borligi roʻyo Bu dunyoda faqat kuz bor, Azizim.

Top Uni Camp 2026 ✅ Qanaqa qilib yutganim qiziqmi?? 🔥🔥

photo content
+7

photo content
+7

Koʻplab masalalarni shunchaki honest ochiq suhbat bilan hal qilib olish mumkin. davomi boʻladi

#DIQQAT #GRANTLAR #YAKUNIY_NATIJALAR 📢 HURMATLI TALABALAR! Toshkent davlat yuridik universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun
#DIQQAT #GRANTLAR #YAKUNIY_NATIJALAR 📢 HURMATLI TALABALAR! Toshkent davlat yuridik universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash jarayoni yakunlandi. 🏛 Maxsus komissiya tomonidan taqdim etilgan ta’lim grantlarini oluvchi talabalar ro‘yxati hamda unga tegishli hujjatlar Universitet Kengashida ko‘rib chiqilib, tegishli qaror bilan tasdiqlandi. 📋 Quyidagi grant turlari bo‘yicha talabgorlarning yakuniy natijalari e’lon qilinmoqda: 🔹 to‘liq ta’lim granti; 🔹 to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti; 🔹 qo‘shimcha davlat granti; 🔹 oliy ta’lim tashkiloti granti. 📎 Yakuniy natijalar bilan ushbu havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin. 🎓 Ta’lim grantiga sazovor bo‘lgan barcha talabalarni samimiy tabriklaymiz! 🌟 Bu yutuq — bilim, izlanish va fidokorona mehnatingizning munosib natijasidir. Yutuqlaringiz muborak bo‘lsin! 🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti

Muddat uzaytirildi. Ikkinchi masala: bunga oʻqishga endigina kirganlar ham topshira oladi. GPA oʻrniga maktab shahodotnomasi topshiriladi

Repost from Olim fondi
🟦🟦🟦🟦🟦 📣 Ariza qabul qilish muddati uzaytirildi! Olim fondi 2026–2027-o‘quv yili mavsumi uchun dastlabki ariza qabul qilish muddatini 20-avgustgacha uzaytirganini ma’lum qiladi. Dastlab arizalar qabul qilishning so‘nggi sanasi 15-avgust etib belgilangan edi. Biroq oliy ta’lim muassasalariga yangi qabul qilinayotgan 1-kurs talabalarining mandat natijalari hali e’lon qilinmagani sababli, ularni ham Olim fondi dasturiga qamrab olish maqsadida ariza topshirish muddatini uzaytirishga qaror qildik. 📌 Ariza topshirishning yangi so‘nggi sanasi: 23:59 20-avgust 2026-yil Olim fondi — ta’lim olish yo‘lidagi imkoniyatingizni qo‘llab-quvvatlaydi. 🎓 🤖 Ariza topshirish: @Olimfondi_bot 🌐 Batafsil: olimfondi.uz

Mandatda nima gapp??

Odam nimanidir haqiqatda qattiq xohlasa, qila oladi, toʻsiq deb bilganlarimiz aslida bahonalar.

photo content

Not bad, not good, but still enough. Hamd ✨ Writing 7🙈 actually my listening was pretty good, I just got confused on the exa
Not bad, not good, but still enough. Hamd ✨ Writing 7🙈 actually my listening was pretty good, I just got confused on the exam. Allohimga ming shukur, tinmay duo qilib turgan onamga rahmat. Va Jahongir Esanov ustozimga judayam katta rahmat aytaman. He is so cool.

Repost from N/a
Siz orzu qilishni bilasizmi? Ee yoʻq, siz buni bilmaysiz, haqiqiy orzu qilishni siz bilmaysiz. Meni orzu qilganimda qanday his qilishimni bilmaysiz. Butun ishonchim bilan, bor umidim bilan orzu qilolaman. Bunda hech voz kechish yoʻq. Alloh ham koʻnglimga bekordan bekor solmaganliliga toʻliq ishonib orzu qilaman. Qani agar siz buni his eta olganingizda edi, bu hisni mendan tortib olishni istardingiz.