Olim fondi
Open in Telegram
2021-yilda "Easybooking kompaniyasi” bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Olim fondi” oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va to’lov shartnomani to’lashga qiynalayotgan barcha yoshlarga yordam berishga tayyor! @Olimfondi_bot
Show more833
Subscribers
-324 hours
+17 days
+11230 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+10
in 0 channels
August '26
+222
in 13 channels
Get PRO
July '26
+272
in 41 channels
Get PRO
June '26
+29
in 1 channels
Get PRO
May '26
+49
in 1 channels
Get PRO
April '26
+16
in 1 channels
Get PRO
March '26
+16
in 0 channels
Get PRO
February '26
+9
in 0 channels
Get PRO
January '26
+8
in 0 channels
Get PRO
December '25
+20
in 0 channels
Get PRO
November '25
+25
in 0 channels
Get PRO
October '25
+57
in 1 channels
Get PRO
September '25
+401
in 0 channels
Get PRO
August '250
in 8 channels
Get PRO
July '25
+7
in 53 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | +2 | |||
| 05 September | +1 | |||
| 04 September | +1 | |||
| 03 September | +1 | |||
| 02 September | +3 | |||
| 01 September | +2 |
Channel Posts
🎓 Olim fondi bitiruvchisi yana bir katta marrani zabt etdi! 🇵🇱
Biz uchun har bir bitiruvchimizning yutug‘i — alohida faxr va quvonch. Bugun ana shunday quvonchli yangiliklardan birini siz bilan bo‘lishmoqchimiz!
🌟 Xazratqulova Nazokat, Olim fondi bitiruvchisi, nufuzli Banach NAWA Scholarship Programme stipendiyasini qo‘lga kiritdi!
Ushbu xalqaro stipendiya dasturi Polsha Respublikasi tomonidan yosh va salohiyatli mutaxassislarga Polshaning yetakchi universitetlarida magistratura bosqichida tahsil olish imkoniyatini taqdim etadi.Nazokatning ushbu yutug‘i — bilim, izlanish, mehnat va katta maqsad sari intilishning yorqin natijasidir. 🌱 🗣️ Biz Nazokat bilan faxrlanamiz! Uning xalqaro miqyosdagi bu muvaffaqiyati nafaqat o‘zi uchun, balki Olim fondining barcha bitiruvchilari uchun ham ilhom manbai bo‘la oladi. ✨ Ishonamizki, bu hali boshlanishi. Oldinda yanada katta marralar, yangi ilmiy izlanishlar va ulkan imkoniyatlar kutib turibdi! 📌 Yasha, o'rgan, rivojlan!
| 2 | 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🇺🇿 Mustaqillik — buyuk imkoniyatlar va katta orzular sari yo‘l!
Aziz talabalar, qadrli yoshlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan Olim fondi jamoasi nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! 🎉
Mustaqillik — bu nafaqat erkinlik, balki har bir yoshning o‘z orzularini ro‘yobga chiqarishi, bilim olishi va kelajagini o‘zi qurishi uchun yaratilgan imkoniyatdir.
Sizlarga o‘qish va izlanishlaringizda katta muvaffaqiyatlar, yangi g‘oyalar, ulkan marralar va yorqin kelajak tilaymiz! 📚✨
Ishoning, har bir intilishingiz va har bir kichik qadamingiz katta natijalarga olib keladi. Olim fondi esa yoshlar bilan birga yurishdan, ularni qo‘llab-quvvatlashdan va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga hissa qo‘shishdan hech qachon charchamaydi. 🤝
Kelajak sizniki!
Orzularingiz katta, qadamingiz dadil, yo‘lingiz doimo ochiq bo‘lsin! 🇺🇿
Javoblar yaqin kunlar ichida chiqadi, sabrli bo’ling)
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Olim fondi jamoasi | 832 |
| 3 | 🇺🇿 AZIZ YOSHLAR, QADRLI TALABALAR!
Sizlarni xalqimizning eng ulug‘ va qadrli bayramlaridan biri — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Mustaqillik — bu bizga berilgan eng buyuk ne’mat, erkin fikrlash, bilim olish, o‘z orzu va maqsadlarimiz sari dadil intilish imkoniyatidir.
Siz, aziz talabalar — yurtimizning ertangi kuni, uning taraqqiyoti va kelajagini belgilaydigan avlodsiz. Har biringizning bilimga bo‘lgan intilishingiz, izlanishingiz va yutuqlaringiz biz uchun katta quvonch va faxrdir.
Ishonamanki, “Olim” fondi doirasida olayotgan bilim va tajribangiz kelajakda Vatanimiz ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shishingizga xizmat qiladi.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, o‘qish va ilmiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, ezgu maqsadlaringiz ro‘yobini tilayman!
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, osmonimiz musaffo, kelajagimiz buyuk bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Zuhra Sharipova | 791 |
| 4 | 🟦🟦🟦
🎉 Olim fondi Strategik rivojlantirish eksperti Azamat Akbarovni tavallud ayyomlari bilan chin dildan muborakbod etamiz!
⚡️ Yoshlar va talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kelajagi uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi tashabbuslaringiz va fidokorona mehnatingizni yuksak qadrlaymiz.
🔥 Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va barcha ezgu maqsadlaringizga erishishingizni tilaymiz!
🎉 Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Olim fondi jamoasi | 978 |
| 5 | 📊 OLIM FONDI — 2026 YILGI QABUL STATISTIKASI
Bu yilgi qabul jarayonida fondimizga katta qiziqish bildirildi. Quyidagi raqamlar buni yaqqol ko‘rsatadi:
👥 3 000 ga yaqin
Bot va saytimiz orqali ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni.
✉️ 750 ta
Fondga kelib tushgan jami arizalar soni.
✅ 459 ta
Talablar asosida ko‘rib chiqilib, qabul qilingan arizalar soni.
📌 Ya’ni, kelib tushgan 750 ta arizaning 459 tasi qabul qilindi.
Bizga bildirgan ishonchingiz va qiziqishingiz uchun tashakkur! 💙
❗️Javoblar yaqin kunlar ichida e’lon qilinadi! | 1 189 |
| 6 | 📣 MUHIM: Ushbu xabar avvalgi stipendiatlarimiz uchun!
Ushbu e’lon 2025–2026 o‘quv yilida Olim fondi stipendianti bo‘lgan va fond tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlangan talabalar uchun mo‘ljallangan.
❗️Yangi 2026–2027 o‘quv yili uchun ariza topshirgan talabalar ushbu baholash natijalariga kirmaydi. Ularning arizalari bo‘yicha qabul jarayoni alohida tartibda amalga oshiriladi.
📌 Natijalar tez kunlarda e’lon qilinadi. | 1 123 |
| 7 | 🟦🟦🟦🟦🟦
🎓 Olim fondi stipendiatlari baholash natijalari
O‘tgan davr mobaynida fond tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlangan talabalar faoliyati yakuniy baholashdan o‘tkazildi.
Fond ma’muriyati uchun stipendiatlarimizning nafaqat akademik natijalari, balki ilmiy faoliyati, fond hayotidagi ishtiroki, shaxsiy rivojlanishi va jamiyatdagi faolligi ham muhim ahamiyatga ega.
Shu maqsadda talabalarni xolisona baholash uchun hakamlar hay’ati tuzilib, tegishli soha ekspertlari jalb etildi.
📊 Baholash mezonlari:
• GPA ko‘rsatkichlari — 50 ball
• Ilmiy va innovatsion faoliyat — 15 ball
• Fond faoliyatidagi ishtirok — 10 ball
• Shaxsiy o‘sish — 10 ball
• Ijtimoiy faollik — 15 ball
📌 Baholash 100 ballik nisbiy tizim asosida amalga oshirildi.
🏆 Baholash natijalariga ko‘ra:
🎓 86 balldan yuqori natija ko‘rsatgan talabalar bilan keyingi o‘quv yili uchun 100% grant shartnomasi imzolanadi. Bunda kontrakt summasi to‘liq qoplab berilib, stipendiya ham ajratiladi.
🎓 70 balldan yuqori natija ko‘rsatgan talabalar bilan esa imtiyozli grant shartnomasi imzolanadi. Bunda kontrakt summasi to‘liq qoplab beriladi, biroq stipendiya ajratilmaydi.
❗️70 balldan past natija qayd etgan talabalar bilan esa fond hamkorligi yakunlanadi.
Bu qaror talabaning fond tomonidan qo‘llab-quvvatlangan davrdagi faolligi, rivojlanishi va belgilangan mezonlar bo‘yicha natijalari asosida qabul qilindi.
Bugun biz fondimizning keyingi bosqichida birga davom etadigan talabalarni e’lon qilamiz. 🏆
Barcha stipendiatlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Biz bilan qolayotgan talabalarni esa yangi marralar sari dadil qadam tashlashga chorlaymiz! 🚀
Olim fondi — imkoniyat beramiz, natijani birga yaratamiz. 💙 | 1 625 |
| 8 | 📣 1-BOSQICH YAKUNLANDI!
Olim fondi 2026–2027 mavsumi uchun ariza qabul qilishning 1-bosqichi yakunlandi va qabul jarayoni yopildi. ✅
📌 Arizalarni ko‘rib chiqish jarayoni davom etmoqda. Keyingi bosqichga o‘tgan ishtirokchilar ro‘yxatini yaqin kunlarda e’lon qilamiz.
Yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatib boring! 🔔
Yasha, o’rgan, rivojlan! | 1 313 |
| 9 | 🟦🟦
Saytdan bemalol ariza holatini ko‘rishingiz mumkin.
🌐 olimfondi.uz | 1 318 |
| 10 | Saytdan topshirganlar diqqatiga!
Texnik nosozlik sabab ba’zilarga javoblar bormagan. Yaqin orada hammaga ariza javoblari boradi.
Mabodo kamchilik bo’lsa qayta yuborishga ham ulgurasiz.
Hurmat bilan Olim fondi jamoasi | 484 |
| 11 | 📣 SO‘NGGI ARIZALAR KO‘RIB CHIQILDI!
Sayt va bot orqali yuborilgan barcha so‘nggi arizalar ko‘rib chiqildi. Arizalarning bir qismi tasdiqlandi, kamchiliklari aniqlangan arizalar esa rad etildi.
⏰ Ariza topshirish muddati tugashiga atigi 2 soat qoldi!
Agar arizangiz rad etilgan bo‘lsa, kamchiliklarni to‘g‘rilab, muddat tugaguniga qadar qayta yuborishingiz mumkin.
⚡️ Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
bugun, 23:59 gacha! | 1 394 |
| 12 | 🟦🟦🟦
🔥 BUGUN — ARIZALAR QABUL QILISHNING OXIRGI KUNI!
Olim fondiga ariza topshirishga hali ulgurmagan bo‘lsangiz, shoshiling! ⏳
📌 Arizalaringizni bugun, 20-avgust 23:59 gacha yuborishingiz mumkin.
❗️Belgilangan vaqtdan so‘ng arizalar qabul qilinmaydi.
🚀 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
🕸 olimfondi.uz
🤖 @Olimfondi_bot | 1 170 |
| 13 | 🟦🟦🟦
Qabul tugashiga 2 kun qoldi!
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — arizangizni hoziroq yuboring! ⏳
📆20-avgust 23:59
🕸olimfondi.uz
🤖@Olimfondi_bot | 1 174 |
| 14 | 🟦🟦🟦
🎉 Olim fondi Kuzatuv kengashi a’zosi Odil Hasanovni tavallud ayyomlari bilan chin dildan muborakbod etamiz!
⚡️ Yoshlar va talabalar manfaatini doimo ustuvor qo‘yib, ularning kelajagi yo‘lida olib borayotgan tashabbuslaringiz va faoliyatingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
🔥 Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilaymiz!
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! 🎉
Hurmat bilan,
Olim fondi jamoasi | 1 373 |
| 15 | 🎓 1-KURSLAR DIQQATIGA ‼️
Olim fondiga ariza topshirish jarayonida hujjatlarni yuklashda quyidagilarga e’tibor bering:
📄 “Transkript” bo‘limiga — shahodatnomangizni yuklaysiz.
🎓 “Universitetdan ma’lumotnoma” bo‘limiga esa — mandat natijangizni yuklashingiz kerak.
❗️Hujjatlarni aynan shu tartibda yuklashni unutmang!
📲 Arizalarni quyidagi sayt va Telegram bot orqali yuborishingiz mumkin:
🌐 olimfondi.uz
🤖 @Olimfondi_bot
Rasmiy sahifalarimiz:
🕸Website || 🌐Telegram || 📷Instagram || 📺You tube | 2 240 |
| 16 | 🟦🟦🟦🟦🟦
📣 Ariza qabul qilish muddati uzaytirildi!
Olim fondi 2026–2027-o‘quv yili mavsumi uchun dastlabki ariza qabul qilish muddatini 20-avgustgacha uzaytirganini ma’lum qiladi.
Dastlab arizalar qabul qilishning so‘nggi sanasi 15-avgust etib belgilangan edi. Biroq oliy ta’lim muassasalariga yangi qabul qilinayotgan 1-kurs talabalarining mandat natijalari hali e’lon qilinmagani sababli, ularni ham Olim fondi dasturiga qamrab olish maqsadida ariza topshirish muddatini uzaytirishga qaror qildik.
📌 Ariza topshirishning yangi so‘nggi sanasi: 23:59 20-avgust 2026-yil
Olim fondi — ta’lim olish yo‘lidagi imkoniyatingizni qo‘llab-quvvatlaydi. 🎓
🤖 Ariza topshirish: @Olimfondi_bot
🌐 Batafsil: olimfondi.uz | 7 421 |
| 17 | Qabul boshlanganidan buyon Olim fondi platformasidagi natijalar:
📊 Statistika:
👥 1000+ foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi.
📝 251 ta ariza kelib tushdi.
✅ 123 ta ariza muvaffaqiyatli tasdiqlandi.
“Ariza tasdiqlandi degani bu keyingi bosqichga o‘tdi deganimas! Shunchaki so‘ralgan ma’lumotlar to‘liq degani.”
Bu raqamlar kundan-kunga oshib bormoqda. Agar siz hali ariza topshirmagan bo‘lsangiz, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🚀 | 2 138 |
| 18 | 📌 Hurmatli talabalar va kuzatuvchilar!
So‘nggi paytlarda bizga eng ko‘p berilayotgan savollardan biri:
“Olim fondidan kontrakt yutganimizdan keyin pulni qaytarishimiz yoki ishlab berishimiz kerakmi?”
Javob aniq va ravshan — YO‘Q!
Olim fondi hech qanday tijoriy maqsadni ko‘zlamaydi. Bu kredit emas, qarz emas va foiz evaziga beriladigan mablag‘ ham emas. Fond faqat va faqat xayriya maqsadida, ta’lim olish istagidagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan.
Bugungi kunga qadar 60 nafardan ortiq stipendiatning kontrakt to‘lovi fond tomonidan to‘lab berilgan. Ulardan hech biridan mablag‘ni qaytarish talab qilinmagan va qilinmaydi.
Shuningdek, sizning ariza topshirish jarayonida taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlaringiz ham to‘liq maxfiy saqlanadi. Ular uchinchi shaxslarga berilmaydi va hech qanday shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanilmaydi.
Bizning eng katta maqsadimiz — imkoniyatga muhtoj, bilimli va intiluvchan talabalarga beg‘araz yordam berish.
Rasmiy sahifalarimiz:
🕸Website || 🌐Telegram
📷Instagram || 📺You tube | 2 279 |
| 19 | 🎓 Olim fondi 2026–2027 mavsumiga qabul boshlandi!
Agar siz bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bo‘lsangiz va kontrakt to‘lovini amalga oshirishda qiynalayotgan bo‘lsangiz, Olim fondiga ariza topshirishingiz mumkin.
Olim fondi iqtidorli va bilimli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning kontrakt to‘lovini qoplab beradi.
📌 Tanlov 3 bosqichda o’tkaziladi:
• Ariza topshirish
• IQ testi
• Suhbat
🗓 Arizalar 15-avgustgacha qabul qilinadi.
Ariza topshirish:
🌐 olimfondi.uz
🤖 @Olimfondi_bot
❗️Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Hoziroq ariza topshiring!
🌐 Batafsil ma’lumotlarni rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.
Rasmiy sahifalarimiz:
🕸Website || 🌐Telegram
📷Instagram || 📺You tube | 1 071 |
| 20 | Fond faoliyati yuzasidan qandaydir savolingiz bo‘lsa, iltimos, botning "Murojaat yuborish" bo‘limi orqali bizga yozing.
Turli "insider"lar yoki norasmiy manbalardan tarqalgan gap-so‘zlarga ishonib qolmang. Har bir murojaatingizga fond rahbariyati tomonidan shaxsan javob beriladi. | 1 220 |
