Jahon_tillari_rasmiy
Open in Telegram
Namangan davlat universiteti Jahon tillari fakulteting rasmiy telegram kanali! Fakultet va universitet to'grisida habarlar, yangiliklar, ma'lumotlar berib boriladi. https://t.me/worldlangufaculty
Show more280
Subscribers
+124 hours
-37 days
-830 days
Posts Archive
Repost from NamDU Registrator Ofis
⚡️E'lon. Ovozli chat
🔷 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug'iga binoan Namangan davlat universiteti rasmiy telegram kanalida bugun ovozli chat o'tkaziladi.
📌 Mavzu: 2024/2025-o'quv yiliga tayyorgarlik: o'quv jarayonlarining boshlanishi, talabalarni turar joy bilan ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar mavzusida.
🕐 Boshlanish vaqti: 15:00 da
🎙 Spikerlar:
Narimon Dexkanov - yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor;
Zarifjon Qayumov - talabalarni turar joy bilan ta'minlash sektori rahbari.
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:🌐Veb-sayt|📱Facebook|📱Instagram|📱YouTube
Repost from NamDU Registrator Ofis
✅✅✅✅
🧑💻 Yotoqxonaga eng birinchi o'rinda joylashtiriladigan talabalar bilan tanishing:
🗄 "Mehribonlik uylari" tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;
🗄 "Ijtimoiy himoya yagona reyestri", "Temir daftar" va "Ayollar daftari" ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;
🗄 I va II guruh nogironligi boʻlgan talabalar;
🗄 bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari;
🗄 xalqaro fan olimpiadalari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;
🗄"Yil talabasi" va "Talabalar teatr studiyalari" koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan talabalar;
🗄 oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinining respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;
🗄 talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar.
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:🌐Veb-sayt|📱Facebook|📱Instagram|📱YouTube
Repost from Камолиддин Раббимов
Парламентга сайлов тизими ўзгармоқда. Бу нимани англатади?
Ва ниҳоят, Ўзбекистонда депутатларни сайлаш шакли ўзгариши кутиляпти. Президент таклифига кўра, Қонунчилик палатасига бўладиган сайловлар ҳам мажоритар, ҳам пропорционал – аралаш тизимда ўтади. Хўш, бу нима дегани?
Шахсан мен, сиёсатшунос сифатида, жуда кўп йиллардан буён парламентга бўладиган сайловларни аралаш ёки пропорционал тизимга ўтказиш фойдали эканини айтиб келаман.
Батафсил
© Камолиддин Раббимов
Repost from Камолиддин Раббимов
Аралаш сайлов тизими: бу – Ўзбекистонда партиялар ўртасидаги рақобатни пайдо қила оладими?
Ўзбекистон сайлов тизими ўзгариши мумкин. Унга кўра, Қонунчилик палатаси депутатлиги учун сайловларни аралаш (мажоритар ва пропорционал) тизим асосида ўтказиш таклиф этилмоқда.
Kun.uz мухбири 10 октябр куни Олий Мажлис қонунчилик палатасининг навбатдаги йиғинида муҳокама қилинган ушбу масала юзасидан таҳлилий суҳбат ташкил қилди. Суҳбат меҳмонлари сиёсий таҳлилчилар – Фарҳод Толипов, Камолиддин Раббимов ва Қонунчилик палатаси депутати Дониёр Ғаниев бўлди.
📹 ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ КЎРИНГ
@Rabbimov_rasmiy
Repost from Komilxoʻja.uz
🔔 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda!
2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalararo talabalar o‘qishini ko‘chirish, tiklash (koʻchirib tiklash) bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2024-yil 15-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.
🗓 15-avgust soat 17:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.
❕ Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q.@Komilkhuja_uz
Repost from NamDU Registrator Ofis
+9
Seminar so'ngida seminarning yalpi yigʻilishi o'tkazildi.
Yigʻilishda viloyat hokimi oʻrinbosari Gʻulomjon Murodxoʻjayev yangi oʻquv yilini munosib tayyorgarlik koʻrgan holda kutib olish, bu boradagi chora-tadbirlarni toʻlaqonli amalga oshirish yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtgan yigʻilishda taʼlim muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash masalasi ham muhokama etildi.
Mavzular doirasida sohaga daxldor mutasaddilarning hisobotlari va fikrlari tinglandi.
Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
Repost from NamDU Registrator Ofis
+9
Seminar qatnashchilari talabalarni turar joy bilan taʼminlash maqsadida tashkillangan maʼlumotlar markazi ishi bilan ham tanishdilar.
Ushbu markazning afzallik jihati shundaki, yangi oʻquv yili oldidan talabalarning sarson boʻlishlarining oldini olinadi. Ular onlayn ariza orqali murojaat qilib, maʼlumotlar markazi yordamida turar joyga ega boʻlmoqdalar.
Shu oʻrinda seminar qatnashchilari universitet hududidagi relaksatsion hududga taklif etildi. Bu yerda Namangan davlat universitetida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Aytib oʻtish joizki, yaqinda viloyat hokimi Sh.Abdurazzoqov universitetga tashrif buyurib, bu yerda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ommalashtirilish lozimligini taʼkidlagan edi. Viloyat rahbarining ushbu topshirigʻi ijrosi yuzasidan ham fikrlar bildirildi.
Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
Repost from NamDU Registrator Ofis
+9
Seminar ishtirokchilar universal axborot-resurs markazi hamda IT PARK faoliyati bilan ham tanishdilar
Bu yerda talabalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Talabalar dasturiy mahsulotlarni yaratish boʻyicha katta natijalarga erishmoqdalar. Universal axborot-resurs markazida faoliyatning zamonaviy usullari amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Oʻz navbatida, “Til oʻrganish markazi” va yangi oʻquv yiliga shay holatga keltirilgan talabalar turar joyidagi mavjud imkoniyat va sharoitlar bilan tanishgan seminar qatnashchilari bu borada ham ijobiy fikrlarni bildirdilar.
Ayniqsa, “Til oʻrganish markazi”da turli yoshdagi fuqarolarning qisqa vaqtda rus, ingliz, koreys, yapon, nemis va boshqa xorijiy tillarni malakali mutaxassislardan qisqa vaqtda oʻrganayotganliklari alohida eʼtirof etildi.
Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
Repost from NamDU Registrator Ofis
+9
Namangan davlat universitetida yangi oʻquv yilini munosib kutib olish masalalariga bagʻishlangan viloyat seminari boʻlib oʻtdi
Seminarda Viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari rektorlari va barcha prorektorlari, Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi va oʻrinbosarlari, shahar va tuman hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, shuningdek, viloyatdagi barcha professional taʼlim muassasalari direktorlari ishtirok etdi.
Seminar qatnashchilari dastlab Namangan davlat universitetida 3,8 gektar maydonda tashkil etilgan innovatsion “Ekobogʻ” bilan tanishtirildi.
Mazkur bogʻ hududiga erta bahorda yer yuzining 5 ta mintaqasidan keltirib oʻtqazilgan koʻchatlar ayni paytda baravj rivojlanmoqda. Ularning parvarishiga ilmiy jihatdan yondashilayotgani oʻzining kutilgan samarasini bermoqda.
Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
Repost from Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari
📌 Namangan viloyatida joylashgan oliy ta’lim muassasalarining Yilning eng tashabbuskor va samarali faoliyat olib borayotgan Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi kim?
Soʻrovnoma 12-Avgust soat 23:59 gacha davom etadi.
G'olib OTM yetakchisi statuetka, Diplom hamda qimmatbaho sovg'alar bilan tantanali ravishda taqdirlanadilar.
❗️Eslatma: Ushbu so'rovnomada xolis fikr bildirishingizni iltimos qilib qolamiz.
🔊🔊Ovoz berish!
Yaqinlarga ulashing⤵️
https://t.me/OTM_Minbari
Repost from RENESSANS NamDU
🟥🟥🟥 🟩🟩🟩
🇺🇿 Namangan davlat universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-maydagi “Mirzo Ulugʻbek vorislari tayyorlov oʻquv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 206-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Iste'dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash "Ulugʻbek jamgʻarmasi", Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti 2024/2025-o'quv yili uchun "Mirzo Ulugʻbek vorislari” oʻquv kursiga qabul boshlanganini e'lon qiladi.
🔻Mazkur o'quv kurslariga joriy yilda davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi 2-kursini bitirib, uchinchi kursiga o'tgan, akademik qarzdorligi bo‘lmagan iqtidorli talabalari saralash asosida qabul qilinadi. 💠Oʻquv kurslariga “Mirzo Ulug‘bek vorislari” – “Data science” o'quv kursi tanlovini tashkil etish va tanlov uchun har bir davlat oliy ta’lim muassasalaridan 60 nafar iqtidorli va salohiyatli talabalarni jalb etish rejalashtirilgan.📆 Nomzod talabalar joriy yilning 13-avgust sanasiga qadar quyidagi telegram manzili orqali ro'yxatdan o'tishlari so'raladi. 📱Mira'zam To‘xtasinov
Izoh: O'quv kursiga joylar soni chegaralangan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:🕊Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi
Repost from Namanganim Bugun | РАСМИЙ КАНАЛ
#Диққат #Тезкор
❗️🥵Республика ҳудудларига
навбатдаги иссиқлик тўлқини яқинлашмоқда.
6—7 августкундуз куни ҳаво ҳарорати +43 даражагача, кейинроқ 8 август кунига келиб, жанубий вилоятларда ҳаво харорати максимуми +45 даражага, водийда эса +42 даражагача кўтарилиши прогноз қилинмоқда.
Жорий иссиқлик тўлқини юқори эҳтимол, ҳудудларда бутун ёз бўйи кузатилган иссиқлик тўлқинларидан кучлироқ бўлиши мумкин. Чунки, август учун тунги намликнинг мавсумий бироз ортиш омили инсонларда ҳароратни юқорироқ ҳис қилинишига олиб келади.
👇👇ТЎЛИҚ 👇👇
https://telegram.me/+7dFmfHBPkes2OTQy
Repost from NamDU «Press klub»
Наманган давлат университетида талабалар турар-жойи учун онлайн ариза бериш бошланди
Янги ўқув йили яқинлашмоқда. Бу паллада олий таълим муассасаларида олис ҳудудлардан келиб таҳсил оладиган талабалар учун турар-жой муаммоси пайдо бўлади.
Ушбу масалани ижобий ҳал этиш мақсадида Наманган давлат университетида қандай чора-тадбирлар белгиланди?
Ана шу саволга Наманган давлат университети биринчи проректори Наримон ДЕҲҚОНОВдан шундай жавоб олдик.
⌛ Namangan davlat universiteti
«Press klub»
➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub
Repost from Yoshlar.edu.uz
#talabalar_diqqatiga
Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi!✔️Talabalar arizalarni my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. 🌐 Arizalar reglamentga muvofiq imtiyozlar va ustuvorliklar ketma-ketligi asosida qabul qilinadi. Ushbu ma’lumotlar bilan ariza to‘ldirish jarayonida tanishish mumkin. 🖥 my.gov.uz yoki kontrakt.edu.uz portali orqali yotoqxonaga joylashish uchun yo‘llanma va shartnoma olgan talabalar mobil to‘lov tizimlari orqali komissiyasiz (0%) onlayn to‘lov qilishlari mumkin. 🌐 Video yo‘riqnomani ko‘rish 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Repost from Namanganim Bugun | РАСМИЙ КАНАЛ
⚡️2024/2025 ўқув йили учун тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.
👇👇ТЎЛИҚ 👇👇
https://telegram.me/+7dFmfHBPkes2OTQy
Repost from NamDU «Press klub»
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETIDA TA’LIM OLISHNING AFZALLIGI NIMADA?
🖥 Batafsil
⌛ Namangan davlat universiteti
«Press klub»
➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub
Repost from NamDU «Press klub»
Наманган давлат университети абитуриентларни табиий фанлар факультетига таклиф этади!
⌛ Namangan davlat universiteti
«Press klub»
➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub
Repost from NamDU «Press klub»
Дефектологияга қизиқасизми? У ҳолда Наманган давлат университетини танланг!
⌛ Namangan davlat universiteti
«Press klub»
➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub
Repost from NamDU «Press klub»
СИЗ ШИФОКОР БЎЛМОҚЧИМИСИЗ?
У ҳолда Наманган давлат университетини танланг!
⌛ Namangan davlat universiteti
«Press klub»
➡️Kanalga obuna bo‘ling
😀 https://t.me/namdupressklub
Repost from NamDU Registrator Ofis
+6
Namangan davlat universiteti rektori Sobitxon Turg'unov e'tirof etildi
Bugun Namangan davlat universitetiga "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash” hamda “Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari” telegram kanali asoschilari Egamnazar Abdulboqiyev va Behruz Saidburxonov tashrif buyurdilar.
Dastavval, universitet rektori hamda sohalar bo'yicha prorektorlar mehmonlarni kutib olib, ta'lim dargohi haqida atroflicha ma'lumot berib tanishtirdilar.
Shundan so'ng, mehmonlar tomonidan “Yil oliygohi 2024” ko‘rik-tanlovining “Yilning eng yaxshi universiteti - 2024” nominatsiyasida eng ko‘p ovoz bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Namangan davlat universiteti rektoriga tashakkurnoma hamda talabalarni rag‘batlantirish maqsadida “Diamond Education” ta’lim platformasida universitetning 30 nafar talabasi 3 oy bepul ta’lim olishi uchun 21 mln. so'mlik vaucherini o‘zida mujassam etgan sertifikatni topshirdilar.
Taqdirlash marosimidan so'ng esa universitetda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, yangi barpo etilgan talabalar turar joyi, It-park hamda Til markazi faoliyati yaqindan tanishtirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
