en
Feedback
Ingliz tili 1-fakulteti | OʻzDJTU

Ingliz tili 1-fakulteti | OʻzDJTU

Open in Telegram

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakultetining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! • instagram.com/firstfacultyofficial 📩 Murojaat uchun: @birinchiingliz_dekanat 📩 Matbuot kotibi: @marjonaradshidova

Show more
2 045
Subscribers
+2324 hours
+4417 days
+70430 days
Posts Archive
21.05. 2026-yil sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili nazariy aspektlari №1 kafedrasiga O'sh dav
+4
21.05. 2026-yil sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili nazariy aspektlari №1 kafedrasiga O'sh davlat Universitetidan professor-o‘qituvchilari tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar kafedra faoliyati, ta’lim jarayonlari hamda ilmiy yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari va mehmonlar o‘rtasida samimiy muloqot tashkil etildi. Suhbat davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ilmiy-metodik hamkorlik, tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalar, akademik mobillik hamda xalqaro konferensiyalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvni Ingliz tili nazariy aspektlari №1 kafedrasi mudiri A.G. Yuldashev olib bordi. U o‘z nutqida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy aloqalarni mustahkamlash hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, ilmiy va metodik yo‘nalishlarda hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Tashrif iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.

O'zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tilini o'qitish metodikasi N1 kafedrasi mudiri V.R.Ochilova hamda iqtidorli talabasi E
+5
O'zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tilini o'qitish metodikasi N1 kafedrasi mudiri V.R.Ochilova hamda iqtidorli talabasi Erkinboyeva Aziza Ruslonovna tashabbusi bilan “Giyohvandlikka qarshimiz!” nomli rassomchilik tanlovi tashkil etildi. 🎨✨ Ushbu tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik va turli zararli illatlarning salbiy oqibatlari haqida keng tushuncha berish hamda talabalar ijodkorligini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi. 🌿 Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z rasmlarida giyohvandlikning inson hayoti, oila va jamiyat kelajagiga salbiy ta’sirini badiiy tarzda tasvirlab berdilar. Har bir ijodiy ishda yoshlarning teran fikri va dunyoqarashi yaqqol namoyon bo‘ldi. 🕊 Mazkur tanlov talabalar o‘rtasida nafaqat ijodiy muhit yaratdi, balki ularni sog‘lom hayot sari undash, zararli odatlardan yiroq bo‘lishga chorlovchi muhim tashabbuslardan biriga aylandi. 🤍 🏅 Tanlov yakunida faol qatnashgan talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

XALQARO HAMKORLIK: O‘zDJTU PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI MALAYZIYANING INTI UNIVERSITETIDA Bugun, 20-may kuni Malayziyaning Nilay
+9
XALQARO HAMKORLIK: O‘zDJTU PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI MALAYZIYANING INTI UNIVERSITETIDA Bugun, 20-may kuni Malayziyaning Nilay shahrida joylashgan, dunyoning eng nufuzli top-500 talik ro‘yxatidan joy olgan INTI xalqaro universitetida navbatdian tashqari maktablararo loyiha ishlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) professor-o‘qituvchilari faxriy mehmon va ekspert sifatida ishtirok etdilar: M.X. Gulyamova — Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1 kafedrasi dotsenti; F.S. Azizova — Ingliz tili nazariy aspektlari №1 kafedrasi dotsenti; D.G‘. Xo‘jayev — Umumiy tilshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi. Loyiha va tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad: Maktab ta’lim tizimida Project-Based Learning (Loyiha asosida o‘qitish) va STEM yondashuvlarini keng joriy etishdir. Bu orqali o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda olgan bilimlarini real va turli hayotiy vaziyatlarda amaliy qo‘llash imkoniyatlarini yanada kengaytirish ko‘zda tutilgan. Xalqaro tajriba almashinuvi va ta’limdagi zamonaviy tendensiyalar integratsiyasi yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

XALQARO HAMKORLIK: O‘zDJTU PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI MALAYZIYANING INTI UNIVERSITETIDA Bugun, 20-may kuni Malayziyaning Nilay
+9
XALQARO HAMKORLIK: O‘zDJTU PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI MALAYZIYANING INTI UNIVERSITETIDA Bugun, 20-may kuni Malayziyaning Nilay shahrida joylashgan, dunyoning eng nufuzli top-500 talik ro‘yxatidan joy olgan INTI xalqaro universitetida navbatdian tashqari maktablararo loyiha ishlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) professor-o‘qituvchilari faxriy mehmon va ekspert sifatida ishtirok etdilar: M.X. Gulyamova — Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1 kafedrasi dotsenti; F.S. Azizova — Ingliz tili nazariy aspektlari №1 kafedrasi dotsenti; D.G‘. Xo‘jayev — Umumiy tilshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi. Loyiha va tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad: Maktab ta’lim tizimida Project-Based Learning (Loyiha asosida o‘qitish) va STEM yondashuvlarini keng joriy etishdir. Bu orqali o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda olgan bilimlarini real va turli hayotiy vaziyatlarda amaliy qo‘llash imkoniyatlarini yanada kengaytirish ko‘zda tutilgan. Xalqaro tajriba almashinuvi va ta’limdagi zamonaviy tendensiyalar integratsiyasi yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

+4
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🏆 “Eng yaxshi hujjatli film” tanlovi g‘oliblari aniqlandi! 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etilgan “Eng yaxshi hujjatli film” tanlovi o‘z yakuniga yetdi.
🎬 Tanlov davomida talabalar tarixiy xotira, vatanparvarlik, milliy qadriyatlar hamda Vatan himoyachilariga hurmat mavzularida ijodiy ishlarini namoyish etdilar.
🏆Yakkaxon hujjatli film yo‘nalishi bo‘yicha: 🥇 1-o‘rin — Erkinboyeva Aziza Ruslonovna (Ingliz tili birinchi fakulteti) 🥈 2-o‘rin — Soyibova Nigora Alisher qizi (Roman-german filologiyasi fakulteti) 🥉 3-o‘rin — Davronbekova Buroziya Davronbek qizi (Ingliz tili birinchi fakulteti) 🎥 Jamoaviy hujjatli film yo‘nalishi bo‘yicha: 🥇1-o‘rin — Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari jamoasi: Jo‘lliyev Mirjalol Olim o‘g‘li, Xajiboyev Bobur Jamolbek o‘g‘li, Isroilov Muzaffar Ikromjon o‘g‘li, Ochilov Suxrob Narzullo o‘g‘li hamda Mirboboyeva Omina Xomidjon qizi. 🥈2-o‘rin — Angren fakulteti talabalari jamoasi: Ilhomjonova Shohsanam Ibrohimjon qizi, Mamatova Dilnavo Sayqan qizi hamda Eshonova Saidzaynuraposhsha Shukrillo qizi. G‘olib va faol ishtirokchilar diplom hamda rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlandilar. Mazkur tanlov yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, tarixiy xotirani mustahkamlash hamda vatanparvarlik ruhini yuksaltirishga qaratildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

+4
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🏆 “Eng yaxshi hujjatli film” tanlovi g‘oliblari aniqlandi! 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etilgan “Eng yaxshi hujjatli film” tanlovi o‘z yakuniga yetdi.
🎬 Tanlov davomida talabalar tarixiy xotira, vatanparvarlik, milliy qadriyatlar hamda Vatan himoyachilariga hurmat mavzularida ijodiy ishlarini namoyish etdilar.
🏆Yakkaxon hujjatli film yo‘nalishi bo‘yicha: 🥇 1-o‘rin — Erkinboyeva Aziza Ruslonovna (Ingliz tili birinchi fakulteti) 🥈 2-o‘rin — Soyibova Nigora Alisher qizi (Roman-german filologiyasi fakulteti) 🥉 3-o‘rin — Davronbekova Buroziya Davronbek qizi (Ingliz tili birinchi fakulteti) 🎥 Jamoaviy hujjatli film yo‘nalishi bo‘yicha: 🥇1-o‘rin — Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari jamoasi: Jo‘lliyev Mirjalol Olim o‘g‘li, Xajiboyev Bobur Jamolbek o‘g‘li, Isroilov Muzaffar Ikromjon o‘g‘li, Ochilov Suxrob Narzullo o‘g‘li hamda Mirboboyeva Omina Xomidjon qizi. 🥈2-o‘rin — Angren fakulteti talabalari jamoasi: Ilhomjonova Shohsanam Ibrohimjon qizi, Mamatova Dilnavo Sayqan qizi hamda Eshonova Saidzaynuraposhsha Shukrillo qizi. G‘olib va faol ishtirokchilar diplom hamda rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlandilar. Mazkur tanlov yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, tarixiy xotirani mustahkamlash hamda vatanparvarlik ruhini yuksaltirishga qaratildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

📣O'zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tilini o'qitish metodikasi N1 kafedrasi mudiri V.R.Ochilova hamda iqtidorli talabasi
+5
📣O'zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tilini o'qitish metodikasi N1 kafedrasi mudiri V.R.Ochilova hamda iqtidorli talabasi Erkinboyeva Aziza Ruslonovna tashabbusi bilan “Mohir qo‘llar” to‘quvchilik uchrashuvi tashkil etildi. 🧶✨ Uchrashuv davomida talaba-qizlar birgalikda to‘quvchilik bilan shug‘ullanib, o‘zaro samimiy suhbat va ijodiy muhitda vaqt o‘tkazdilar. Tadbir yoshlarning hunarmandchilikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilishga xizmat qildi. 🌸 Bunday uchrashuvlar talabalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlab, ularning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🤍 🏅 Uchrashuv yakunida faol qatnashgan talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

🏛📚 2026-yil 18–20-may kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchisi Anarkulova Go‘zal Abdurs
+3
🏛📚 2026-yil 18–20-may kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchisi Anarkulova Go‘zal Abdurshid qizi Tojikistonning Xalqaro turizm va tadbirkorlik universitetiga rasmiy tashrif buyurdi. ✨ Tashrif davomida universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy-akademik aloqalarni mustahkamlash hamda ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi. 🗣 Shuningdek, seminar-treninglar, mahorat darslari, qo‘shma konferensiyalar va almashinuv dasturlarini kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi. 🏫 Tashrif davomida mehmon universitetdagi fakultetlar, axborot-resurs markazi hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. 🤝 Uchrashuv yakunida istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

📌 Ingliz tili 1-fakulteti tyutori Aziza Azimova 2-talabalar turar joyida 2402 guruh talabasi Jo'rayeva Aziza tomonidan tashk
+3
📌 Ingliz tili 1-fakulteti tyutori Aziza Azimova 2-talabalar turar joyida 2402 guruh talabasi Jo'rayeva Aziza tomonidan tashkil etilgan “Mohir qo‘llar” tikuvchilik va to‘quvchilik to‘garagi faoliyati bilan tanishdi 📎 To‘garak davomida talabalar tikuvchilik va to‘quvchilikning asosiy usullari, matolar bilan ishlash hamda turli ijodiy buyumlar tayyorlash jarayonlari haqida amaliy bilimlarga ega bo‘lmoqdalar. 📎 To‘garak davomida talabalar bir-birlari bilan tajriba almashib, ijodiy ishlash jarayonida uchraydigan qiyinchiliklar va ularning yechimlari haqida fikr yuritishdi. 📌 Tadbir yakunida talabalar mazkur to‘garak orqali bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazganliklarini ta’kidlab, o‘quv yili davomida tashkil etilgan bunday amaliy mashg‘ulotlar ularda katta taassurot qoldirganini bildirishdi. ✨

Repost from UzWAVE
🏆OʻzDJTU Ingliz tili 1-fakulteti 1-bosqich 2526-guruh talabasi Sulaymonova Moʻtabarga 18.05.2026 – 21.05.2026 kunlari Termiz shahrida boʻlib oʻtadigan Respublika miqyosidagi Kurash musobaqasida ulkan omad va zafarlar tilab qolamiz! 🌟Shahar bosqichidan muvaffaqiyatli saralanib, oʻzining kuchi, matonati va mahorati bilan Respublika bosqichiga yoʻl oldi. 🔥UzWAVE nomidan sizga kuch-gʻayrat, sabr-toqat va yorqin gʻalabalar tilaymiz! ⚡️Omad sizga yor boʻlsin. #Kurash #OzDJTU #RespublikaMusobaqasi #Termiz2026 #Galaba #Omad @UzWAVE_center❤️

🌞✨ MORNING ZUMBA WITH STUDENTS — MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI! ✨💃 UzWAVE markazi tomonidan talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush
+3
🌞✨ MORNING ZUMBA WITH STUDENTS — MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI! ✨💃 UzWAVE markazi tomonidan talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlash hamda universitet hayotiga ijobiy energiya olib kirish maqsadida tashkil etilgan “Morning Zumba” mashg‘uloti yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. 💪🎶 Mashg‘ulot Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi katta o‘qituvchisi Nigora Alimxanova boshchiligida o‘tkazildi. Ustozimiz o‘zlarining dinamik harakatlari va cheksiz g‘ayratlari bilan har bir ishtirokchini yangi kunga ruhlantira oldilar. 🌟 Ertalabdan sport maydoniga yig‘ilgan talabalarimiz mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, universitet hududini samimiy tabassumlar, jamoaviy birdamlik va yorqin energiya bilan to‘ldirishdi. 🤍 Ertalabki baxtli lahzalarni biz bilan baham ko‘rgan barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! 💫 Doimo faol, sog‘lom va pozitiv kayfiyatda bo‘ling! Keyingi Zumba mashg‘ulotlarimizni o‘tkazib yubormang! 💃🔥 UzWAVE jamoasining faol a’zosiga aylaning va biz bilan birga chinakam energiyani his eting! 🌞🎶 👉 @UzWAVE_center ❤️

"Til ko'nikmalarini rivojlantirish" to'garagidan lavhalar 📌 15- may sanasida Ingliz tili birinchi fakulteti, Ingliz tili ama
+6
"Til ko'nikmalarini rivojlantirish" to'garagidan lavhalar 📌 15- may sanasida Ingliz tili birinchi fakulteti,  Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi o'qituvchisi Ikromova Ra'no tomonidan birinchi kurs talabalari uchun "Til ko'nikmalarini rivojlantirish" to'garagining navbatdagi mashg'uloti bo'lib o'tdi.  📎 To'garak davomida yozma nutqda uyg'unlikka erishish ( coherence and cohesion) usullari muhokama qilindi. 📎 Mavzu talabalarga tushuntirib o'tilgandan so'ng, talabalar kichik guruhlarda ishlagan holda ma'lum mavzu asosida uyg'unlikka e'tibor berib, paragraf yozish vazifasini bajarishdi. 📎 Talabalar vazifani bajarib bo'lgach, o'z paragraflarini boshqa guruhlarga taqdim qilishdi. Boshqa guruhlar paragrafdagi uyg'unlikka oid o'z fikr-mulohazalarini aytib o'tishdi. 📌 To'garak so'ngida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Bu "Til ko'nikmalarini rivojlantirish " to'garagining yakuniy mashg'uloti bo'lgani uchun keyingi yilda ham bu kabi to'garaklarni davom ettirishga kelishildi.

🧹Tozalikka e'tibor — har birimizning burchimiz! 📆Kuni kecha, joriy yilning 15-may sanasida ingliz tili birinchi fakultetini
+7
🧹Tozalikka e'tibor — har birimizning burchimiz! 📆Kuni kecha, joriy yilning 15-may sanasida ingliz tili birinchi fakultetining iqtidorli talabasi Ochilova Xurshida tomonidan tashkil etilgan "Eco step" loyihasi asosida 2401-guruh a'zolari tomonidan 4-etajdagi xonalar tartibga keltirildi. 🌿Bunday tashabbuslar ko'payayotgani quvonarli hol, albatta. Hech birimiz o'quv xonalarimizning ozodaligiga e'tiborsiz bo'lmaylik. Xonalarning saranjomligi o'qishga bo'lgan ishtiyoqni oshiradi, shuningdek, o'zgacha kayfiyat ham paydo qiladi. 📌Mazkur loyiha doirasida amalga oshirilgan tashabbus xonalarning ozodaligiga hissa qo'shish bilan bir qatorda guruh a'zolari orasida birlik va hamjihatlikni ham yana-da mustahkamladi, desak mubolag'a bo'lmaydi. 💫Hech birimiz o'quv xonalarimizning ozodaligiga e'tiborsiz bo'lmaylik!

🏛📚 2026-yil 15-may kuni Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi professor-o‘qituvchilari — p.f.d (DSc), professor Isroilova
+3
🏛📚 2026-yil 15-may kuni Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi professor-o‘qituvchilari — p.f.d (DSc), professor Isroilova D.M hamda dotsent Xolbekova B.A 1-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdilar. ✨ Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari har tomonlama o‘rganilib, ularning turmush tarzi, darsdan tashqari faoliyatlari hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishildi. Professor-o‘qituvchilar talabalar uchun yaratilgan qulay va zamonaviy sharoitlarni yuqori baholadilar. 🗣 Shuningdek, ma’naviyat xonasida talabalar ishtirokida “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi..

🌿 Tozalik va mas'uliyat davomiyligi: "Eco Cleaners" loyihasi o'z faoliyatini izchil davom ettirmoqda! Joriy yilning 15-may k
+5
🌿 Tozalik va mas'uliyat davomiyligi: "Eco Cleaners" loyihasi o'z faoliyatini izchil davom ettirmoqda! Joriy yilning 15-may kuni Ingliz tili 1-fakulteti dekani qo‘llab-quvvatlovi hamda fakultetning iqtidorli talabasi Eshmuratova Aysuliw tashabbusi bilan boshlangan "Eco Cleaners" loyihasining navbatdagi faoliyati muvaffaqiyatli amalga oshirildi. E’tiborlisi shundaki, ushbu loyiha shunchaki bir martalik aksiya emas, balki talabalarning atrof-muhitga bo‘lgan yuksak mas’uliyati va madaniyatini ko‘rsatuvchi har haftalik davomiy an’anaga aylanib ulgurdi. 2528-guruh hamda fakultetning boshqa ko‘ngilli talabalari har hafta munosib tarzda birlashib, o‘zlari tahsil olayotgan muqaddas maskanning tozaligi va shinamligiga beminnat hissa qo‘shib kelmoqdalar. ✨ “Tozalik va tartib bor joyda baraka va haqiqiy ilm bo‘ladi. Bizning maqsadimiz — nafaqat atrofni ozoda saqlash, balki talabalar o‘rtasida jamoaviy mas'uliyat va ekologik madaniyatni yanada yuksaltirishdir.” Bugungi jarayonda ham faol ishtirok etgan, o‘z vaqti va mehnatini ayamay, fakultetimiz ozodaligi uchun qayg‘urgan barcha fidoyi va tashabbuskor ko‘ngilli talabalarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

15-may kuni Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi o‘qituvchilari Ataniyazova Sohiba hamda Masharip
+2
15-may kuni Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi o‘qituvchilari Ataniyazova Sohiba hamda Masharipov Yunus tomonidan 2334 va 2345-guruh talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual tanlovi tashkil etildi. 🎓 Tanlov juda qizg‘in va haqiqiy bilimlar bellashuvi ruhida o‘tdi. Talabalar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlashi va ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. Ushbu bellashuv yoshlarning kelajakdagi kasbiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ilm-fan va kitobga bo‘lgan mehrini kuchaytirdi. 📖 Ustozlar tomonidan tayyorlangan eng sara va qiziqarli savollar orqali tomonlar munosib bellashdi. Eng ko‘p to‘g‘ri javob bergan g‘olib ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 🏆 Shuningdek, faol talabalar Respublika bolalar kutubxonasiga a’zo bo‘lib, har oy o‘tkaziladigan intellektual tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 👏 Barcha ishtirokchilarga omad va kelgusidagi bilimlar bellashuvlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

🌿 Joriy yilning 15-may kuni Eco University jamoasi bilan navbatdagi tashabbus amalga oshirildi. ♻️ Tashabbus O‘zDJTU Ingliz
+7
🌿 Joriy yilning 15-may kuni Eco University jamoasi bilan navbatdagi tashabbus amalga oshirildi. ♻️ Tashabbus O‘zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti iqtidorli talabasi Erkinboyeva Aziza Ruslonovna boshchiligida hamda Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1 kafedrasi mudiri V. R. Ochilova ko‘magida tashkil etildi. 🏫 Tashabbus davomida o‘quv binosida tozalik ishlari olib borilib, yanada qulay, ozoda va shinam muhit yaratishga alohida e’tibor qaratildi. 🌱 Bunday tashabbuslar talabalar orasida ekologik madaniyatni shakllantirish va jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. 💚 Eco University jamoasi universitet muhitini yanada obod va ekologik madaniyatga boy maskanga aylantirish yo‘lida faoliyatini davom ettirmoqda. 🤝 Siz ham bizning safimizga qo‘shiling va atrof-muhitga befarq bo‘lmang! @ecouzswlu

Ezgu tashabbuslar har doim e’tirofda: “Eco Cleaners” loyihasi a’zolari taqdirlandi. Ingliz tili 1-fakulteti dekani G.Ergashev
Ezgu tashabbuslar har doim e’tirofda: “Eco Cleaners” loyihasi a’zolari taqdirlandi. Ingliz tili 1-fakulteti dekani G.Ergasheva fakultetda ekologik madaniyatni yuksaltirishga hissa qo‘shib kelayotgan faol yoshlar bilan uchrashdi. Fakultetimizning 2528-guruh iqtidorli talabasi Eshmuratova Aysuliw tashabbusi bilan tashkil etilgan va bugungi kunda o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatayotgan “Eco Cleaners” loyihasi a’zolari dekanat tomonidan alohida e’tirof etildi. Ushbu loyiha shunchaki qisqa muddatli emas, balki atrof-muhitga bo‘lgan mas’uliyatni oshirishga qaratilgan davomiy tashabbusdir. Shu bois, jamoat ishlarida chin dildan, ko‘ngilli ravishda mehnat qilib kelayotgan talabalarning xizmatlarini munosib baholash maqsadida, dekan G.Ergasheva loyihaning faol a’zolarini shaxsan taqdirladi va ularga esdalik sovg‘alarini topshirdi. Loyihamiz a’zolarining fidokorona mehnati va atrof-muhitga bo‘lgan yuksak e’tibori barcha tengdoshlariga o‘rnak bo‘lishga loyiqdir. Ezgu ishga bel bog‘lagan va tozalikni keng targ‘ib qilayotgan “Eco Cleaners” jamoasini ushbu munosib e’tirof bilan tabriklaymiz! Loyihaning kelgusi faoliyatiga zafarlar tilaymiz.

Talabalar hayotidan: Milliy kino san’atiga sayohat Joriy yilning 15-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetinin
+6
Talabalar hayotidan: Milliy kino san’atiga sayohat Joriy yilning 15-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili 1-fakulteti talabalari uchun madaniy va ma’rifiy hordiq kuni bo‘ldi. Fakultet talabalari jamoaviy tarzda O’zbekiston Milliy kino san’ati saroyiga tashrif buyurdilar. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida "Qoraqalpoqfilm" DUK tomonidan suratga olingan "Qoravoy" nomli yangi komedik filmning premyerasini tomosha qilish bo‘ldi. Kinonamoyish taassurotlari Mazkur badiiy film o‘zining qiziqarli syujeti, milliy qadriyatlarimiz va o‘ziga xos qoraqalpoqcha yumorga boy sahnalari bilan talabalarda juda katta taassurot qoldirdi. Film nafaqat tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi, balki yoshlar tarbiyasi, do‘stlik va samimiylik kabi muhim hayotiy tushunchalarni ham qiziqarli yumor orqali yetkazib bera oldi.