Ingliz tili 1-fakulteti | OʻzDJTU
Open in Telegram
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakultetining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! • instagram.com/firstfacultyofficial 📩 Murojaat uchun: @birinchiingliz_dekanat 📩 Matbuot kotibi: @marjonaradshidova
Show more2 045
Subscribers
+2324 hours
+4417 days
+70430 days
Posts Archive
Repost from Edu.uz
#hemis #ijtimoiy_faollik_indeksi
❗HEMIS axborot tizimida “Ijtimoiy faollik indeksi” moduli ishga tushirildi!☑️Endi talabalarning nafaqat darsdagi o‘zlashtirishi, balki universitet hayotidagi ijtimoiy faolligi ham raqamli tizim orqali baholanadi. ♻️Tizimdan foydalanish tartibi juda oddiy: 1️⃣ my.hemis.uz platformasi yoki HEMIS mobil ilovasiga kiring; 2️⃣ menyudan “Ijtimoiy faollik” bo‘limini tanlang; 3️⃣ ariza yaratish tugmasini bosing 👆va faoliyatingizni tasdiqlovchi hujjatlarni yuklang. ‼️ Ijtimoiy faollik indeksi uchun maksimal 20 ball beriladi. Talabaning faoliyati quyidagi 9 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ballik mezon asosida baholanadi:
Kitobxonlik madaniyati, “5 muhim tashabbus” doirasidagi ishtirok, volontyorlik ishlari, fan olimpiadalari va tanlovlar, teatr va muzeylarga tashriflar, sport va sog‘lom turmush tarzi, o‘quv darslariga to‘liq qatnashish, akademik tartib-intizomga rioya qilish, “Ma’rifat darslari” va boshqa tadbirlar.🧠Siz kiritgan ma’lumotlar universitet tyutori tomonidan ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Davomat va o‘zlashtirish natijalari esa HEMIS tizimi orqali avtomatik tarzda shakllanadi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
🌍 GEOLINGUA: Ingliz tili orqali dunyoni kashf eting! 🧭✈️
Ingliz tilini o‘rganishning mutlaqo yangi usuliga tayyormisiz? Sizni GEOLINGUA – ESL Through a Geographic Lens dasturiga taklif qilamiz!
AQSHlik xalqaro ESL mutaxassisi Mr. Justin Erkess rahbarligidagi ushbu seminarlar seriyasida siz:
✅ Ingliz tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalaringizni rivojlantirasiz;
✅ Dunyo madaniyatlari va geografiyasini til orqali o‘rganasiz;
✅ Zamonaviy va interaktiv ta’lim metodikalari bilan tanishasiz;
✅ Amaliy kommunikativ ko‘nikmalaringizni mustahkamlaysiz.
👨🏫 Mutaxassis haqida:
Mr. Justin Erkess (AQSH) – 21 yildan ortiq tajribaga ega xalqaro ESL mutaxassisi va madaniy geograf.
📅 Darslar jadvali:
🕑 Dushanba va Chorshanba kunlari, soat 14:00
⏱️ Har bir mashg‘ulot – 90 daqiqa
🚀 Ingliz tilini shunchaki o‘rganmang — u orqali dunyoni kashf eting!
📞 Murojaat uchun:
Alimardonova M. – +998 (97) 756-11-21
#GEOLINGUA #ESL #JustinErkess #UzSWLU #InglizTili #Geolinguistics #AcademicResearch
GEOLINGUA: Ingliz tili olamiga sayohat! 🌍
Mr. Justin Erkess bilan ingliz tilini geografiya va madaniyat orqali o'rganing. 21 yillik tajribaga ega mutaxassisdan jonli muloqot va zamonaviy metodikalarni o'zlashtiring!
📅 Darslar: Dushanba va Chorshanba, 14:00.
📞 Murojaat: +998 (97) 756-11-21
🌍 Unlocking the World Through Language: Welcome to GEOLINGUA! 🧭✈️
Are you ready to experience English like never before? We are thrilled to introduce GEOLINGUA — ESL Through a Geographic Lens, an innovative summer series designed to change the way you learn and teach English!
👤 Who is the Specialist?
Our featured speaker, Mr. Justin Erkess, is an International ESL Specialist and Educator with over 21 years of global experience. Having taught more than 6,000 successful interactive lessons across the globe, Mr. Erkess brings top-tier academic expertise directly from New York and Toronto university networks to our campus.
🧠 What is GEOLINGUA & What Will You Learn?
Forget boring grammar rules and textbook drills. GEOLINGUA is a unique approach that connects English with world culture, global geography, and real-world communication.
By joining these exclusive sessions, you will:
🗣️ Break Your Speaking Barriers: Engage in live, natural communication with an American native expert to boost your confidence instantly.
🗺️ Expand Your Global Perspective: Every lesson is a journey! You will explore the language through the lens of diverse world cultures, global travel, and geographic nuances.
🎓 Master Interactive Methodologies: Perfect for both students and educators looking to discover modern, engaging, and creative international teaching styles.
📅 Weekly Sessions:
Schedule: Monday & Wednesday at 14:00 (50 min each session).
Session 1: Foundational Introduction.
Sessions 2-10: Intensive ESL Application via Geographic Lens.
Don't just study English — discover the world through it! 🚀
📞 For Inquiries & Details: Reach out to us directly at: +998 (97) 756-11-21
#GEOLINGUA #ESL #SummerSeries #JustinErkess #UzSWLU #GlobalPerspectives #EnglishLearning #Linguistics #Geolinguistics #SymposiumSeries #GlobalCommunication #AcademicResearch
Repost from UzWAVE
📢 HURMATLI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR VA TALABALAR!
Sizlarni 2026-yil 5-iyun, juma kuni bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston va Indoneziya ta’lim tizimi: tajriba va tahlil” mavzusidagi taqdimotga taklif etamiz.
Taqdimot davomida Indoneziyada amaliyot dasturida ishtirok etib qaytgan O‘zDJTU talabalari o‘z taassurotlari, kuzatuvlari hamda O‘zbekiston va Indoneziya ta’lim tizimlari o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlar haqida ma’lumot beradilar.
📅 Sana: 5-iyun 2026-yil (Juma)
⏰ Vaqt: 9:30
📍 Manzil: katta faollar zali(2-qavat)
Barchangizni ushbu qiziqarli va foydali uchrashuvda kutib qolamiz!
O‘zDJTU talabalari tomonidan xalqaro tajriba va ta’limiy almashinuv haqida bevosita ma’lumot olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
@UzWAVE_center❤️
+6
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zDJTUda Oksford va Kembrij universitetlarining ilmiy darajalariga ega bo'lgan, xalqaro miqyosda tan olingan pedagog, maʼruzachi professor Christopher Korten ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
3-iyun kuni chet ellik maʼruzachi Ingliz tili №1 fakulteti amaliy fanlar №1 kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv doirasida “Back to basics: Fundamental of the teaching profession” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Treningda Adam Misciewisz, MGIMO Yevropa universitetlaridagi ilg‘or amaliyotlar va samarali yondashuvlar bilan o‘rtoqlashdi. Tadbir ishtirokchilari bilan tajriba almashish, chet ellik talabalar bilan ishlashda innovatsion yondashuvlarni qo‘llashga qaratilgan fikr-mulohazalar bildirildi.
Tashrif doirasidagi bunday uchrashuv va treninglar O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
+3
📢2026-yil 3-iyun kuni soat 11:00 da ngliz tili 1-fakulteti Ingliz tili amaliy fanlar № 1 kafedrasiga biriktirilgan III-bosqich mustaqil izlanuvchi S. M. Abdullayevaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Yurisprudensiya yo‘nalishi talabalarining kasbiy muloqot kompetensiyasini kontekstli ta’lim asosida takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotining I bobi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijalari kafedra yig‘ilishida muhokama qilindi.
🟩Muhokama jarayonida mustaqil izlanuvchi S. M. Abdullayeva tadqiqotning maqsad va vazifalari, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar tahlili, tadqiqot metodologiyasi hamda dissertatsiyaning I bobida erishilgan asosiy ilmiy natijalarni taqdim etdi. Shuningdek, tadqiqot doirasida olingan xulosalar hamda keyingi bosqichlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ilmiy ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.
🟩Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi professori D. M. Isroilova tomonidan dissertatsiya tadqiqoti mazmuni va ilmiy yo‘nalishi yuzasidan tegishli ilmiy-metodik tavsiyalar hamda amaliy maslahatlar berildi. Shu bilan birga, tadqiqotda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish va ish sifatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.
📌Muhokama yakunida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan mustaqil izlanuvchi S. M. Abdullayevaning dissertatsiya tadqiqotining I bobi bo‘yicha olib borgan tadqiqot natijalari ijobiy baholandi va mavzuni davom ettirish uchun tavsiyalar berildi.
+3
📚 Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga tashrif
💫 Jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti talabalari bilan tyutorlar A.Azimova , D.Matyakubova, Yu.Tadjiyevalar birgalikda buyuk adib, o‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy nomi bilan bog‘liq Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga ma’rifiy tashrif uyushtirishdi. Muzeyda talabalar adibning hayoti va ijodiy faoliyati, uning bebaho adabiy merosi hamda o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Muzeyda yozuvchining shaxsiy buyumlari, qo‘lyozmalari, kitoblari va tarixiy fotosuratlari bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.
✅Tashrif talabalarning milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi. Bunday ma’rifiy ekskursiyalar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
✨ *Ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni o‘rganish va uni kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning muqaddas burchimizdir.*
📢 Xalqaro seminar
🎓 “Back to Basics: Fundamentals of the Teaching Profession”
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalar!
Sizlarni xalqaro miqyosda tan olingan mutaxassis Prof. Christopher Korten ishtirokidagi seminarga taklif etamiz.
📅 Sana: 03.06.2026
🕙 Vaqt: 10:00
📍 Manzil: Ingliz tili 1-fakulteti, 1-ma’ruzalar zali
🏛 Tashkilotchi: Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi
🌐 Til: Ingliz tili
👥 Format: Offline
Seminarda zamonaviy ta’lim metodlari, darsni samarali tashkil etish va pedagogik mahoratni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Repost from Iqtidorli talabalar | OʻzDJTU
📢❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️
🏛 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovlariga hujjatlar qabuli boshlandi.
✅ Tanlovlarda bakalavriat va magistratura bosqichida yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega, ilmiy-ijodiy faoliyatda faol ishtirok etayotgan talabalar qatnashishlari mumkin.
📌 Nomzodlar uchun asosiy talablar:
🔹 barcha fanlardan yuqori o‘zlashtirish;
🔹 ilmiy-ijodiy ishlarda faol ishtirok;
🔹 konferensiya va tanlovlarda qatnashganlik;
🔹 xorijiy til va O‘zbekiston tarixi bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
🔹 Prezident stipendiyasi uchun — kamida 2 ta chop etilgan ilmiy ish (maqola, tezis va boshqalar) mavjud bo‘lishi.
📂 Taqdim etiladigan hujjatlar:
📎 transkript nusxasi;
📎 dekanat va kafedra tavsiyanomasi;
📎 ilmiy rahbar fikri;
📎 ilmiy ishlar ro‘yxati va nusxalari;
📎 til va tarix fanlari bo‘yicha suhbat natijalari ma’lumotnomasi.
🗓 Tanlovning OTM bosqichi may–iyul oylarida o‘tkaziladi.
💻 Tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlari “my.edu.uz” platformasiga 1–15-avgust kunlari joylashtiriladi.
🌟 Iqtidorli va faol talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
📍Batafsil ma’lumot uchun fakultet dekanati yoki mas’ul bo‘limga murojaat qiling.
Mas'ul bo'lim xodimi: @boboev_murodjon
+2
📢 DIQQAT E’LON
ERASMUS+ dasturi doirasida 2027-yil iyul oyining oxirigacha amalga oshiriladigan “Staff Mobility” dasturi uchun 10 kunlik 1 ta grant ajratilgan.
Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida baholandi:
✔️ Action plan;
✔️ Xo‘jalik shartnomasi;
✔️ Hammualliflikdagi impakt-faktorli maqolalar;
✔️ SCOPUS jurnallarida maqola chop etish rejasi;
✔️ OAK jurnallarida kamida 3 ta maqola;
✔️ Kafedradagi ijtimoiy faollik.
2026-yil 2-iyun kuni Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi professor-o‘qituvchilari f.f.f.n. (PhD), dotsent I. Minniqulov va f.f.f.n. (PhD), v.b. dotsent F. Umarova o‘z nomzodlarini hamda Action Planlarini kafedra jamoasiga taqdim etdilar.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, I. Minniqulov g‘olib deb topildi va ERASMUS+ dasturi asosida Ruminiyaning Alba Yuliya universitetida akademik mobillik dasturida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
👏 Kafedra jamoasi Islom Minniqulovni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi va kelgusi faoliyatida ulkan yutuqlar tilaydi!
+3
2026-yil 26-may kuni Umumiy tilshunoslik kafedrasi o‘qituvchilari MDU va BDU qo‘shma ta’lim dasturining 1-bosqich talabalari bilan “Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazdilar.
Suhbat davomida o‘qituvchilar taqdimot namoyish etib, Vatanga xizmat qilishning ahamiyati haqida so‘z yuritdilar hamda quyidagi masalalarni muhokama qildilar:
✅ ekologiya - ona zaminga g‘amxo‘rlik sifatida,
✅ sog‘lom turmush tarzi - kuchli avlodning asosi sifatida,
✅ oila - ma’naviy va axloqiy qadriyatlar manbai sifatida va boshqalar.
Suhbat davomida talabalar ham o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Repost from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
+9
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🏆 “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi yakunlandi!
Mazkur tanlovda talaba-yoshlar o‘zlarining ijodiy salohiyati, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasidagi tashabbuslari hamda giyohvandlikka qarshi kurashishdagi faol fuqarolik pozitsiyalarini namoyon etdilar.
📌 Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
🥈 2-o‘rin — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🥉 3-o‘rin — Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Ayniqsa, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi mavzuning dolzarbligini kreativ yondashuv, sahna madaniyati va ta’sirchan chiqishlar orqali yorqin namoyon eta oldi.
👏 Jamoamizni ushbu munosib natija bilan samimiy tabriklaymiz hamda keyingi bosqichlarda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
+6
Joriy yilning 22-may kuni O‘sh milliy universitetidan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar uchun Ingliz tili 1-fakulteti huzuridagi Eksperimental fonetika laboratoriyasida 3-bosqich tayanch doktoranti Xamidova Nigora tomonidan master-klass tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar zamonaviy “Sonako 1200” dasturiy ta’minoti imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, talaffuz, tinglab tushunish hamda fonetik ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan turli interaktiv mashqlarni bajarishdi.
Master-klass jarayonida eksperimental fonetika yo‘nalishidagi innovatsion yondashuvlar, lingvistik tahlil usullari va zamonaviy texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, universitet doktoranti Xamidova Nigoraning ayni paytda olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishi doirasida “Praat” dasturiy ta’minoti, uning eksperimental fonetikadagi o‘rni hamda funksional xususiyatlari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
Bunday amaliy master-klasslar kelgusida ham ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbir ishtirokchilarda eksperimental fonetika sohasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha yangi g‘oya va tajribalarga zamin yaratdi.
+5
💡Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida xalqaro doʻstlik va madaniy hamkorlik ruhida unutilmas ma’naviy kecha tashkil etildi.
Ushbu tadbir doirasida Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh davlat universitetidan tashrif buyurgan talaba-yoshlar Ingliz tili amaliy fanlar N1 kafedrasi professori Dildora Isroilovaning 2517-2524-guruhlari tomonidan samimiy kutib olindi.
Kecha davomida mehmonlarga ona Vatanimiz — Oʻzbekistonning boy tarixi, milliy qadriyatlari, madaniy merosi hamda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ilmiy va ma’naviy muhiti haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, universitet madhiyasi jarang sochib, milliy raqslarimiz va badiiy chiqishlar orqali oʻzbek xalqining mehmondoʻstligi, san’ati va yuksak ma’naviyati namoyon etildi. Tadbirdan soʻng oʻzbekistonlik talaba yoshlar tengdoshlarini Toshkent boʻylab sayohatga olib chiqishdi.
📌 Doʻstlik chegara bilmaydi. Ilm va ma’naviyat esa qalblarni birlashtiradi.
+7
Ingliz tili 1-fakulteti jamoasi milliy terma jamoamiz bilan birga! 🇺🇿⚽️
Bugun "Bunyodkor" stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionati (JCH-26) doirasidagi muhim bahslarga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu vatanparvarlik ruhidagi tadbirda va terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlashda Ingliz tili 1-fakulteti birgalikda, bir jamoa bo‘lib ishtirok etdilar. Fakultetimiz rahbariyati va jamoasining ushbu tashabbusi talaba-yoshlar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va birdamlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotgan futbolchilarimizga oldindagi mas’uliyatli o‘yinlarda ulkan zafarlar va tarixiy g‘alabalarni tilab qolamiz!
Biz sizga ishonamiz, O‘zbekiston! 🏆
+3
🇺🇿 Ingliz tili 1-fakultetida “Ma’rifat darslari” doirasida “O‘zbekiston Qahramonlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli topshiriq xatiga muvofiq, Ingliz tili 1-fakultetida “Ma’rifat darslari” doirasida “O‘zbekiston Qahramonlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz ozodligi va Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan o‘zbek qahramonlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Mutaxassislar ishtirokida tashkil etilgan ushbu dars talaba-yoshlarda vatanparvarlik, milliy g‘urur va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
📚 Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, talabalarning faol ishtiroki bilan o‘tdi
+5
2026-yil 21-may sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili nazariy aspektlari №1 kafedrasining maktablar bilan hamkorlik ishlari doirasida Toshkent shahar Uchtepa tumani 355-ayrim fanlar chuqur o’qitiluvchi sinflarga ega Umumiy o’rta ta’lim maktabiga tashrif amalga oshirildi.
Tashrifda kafedra professor-o‘qituvchilari M. Nurmetova, A. Azimova hamda X. O‘rinboyevalar ishtirok etdilar. Seminar-trening davomida umumta’lim maktablarida ingliz tili darslarini samarali tashkil etish, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga dars mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan innovatsion metodlar, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi usullar hamda ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar taqdim etildi. Seminar-trening jarayonida taqdimotlar namoyish qilinib, interfaol muhokamalar tashkil etildi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilari tomonidan zamonaviy metodlarning dars sifati va o‘quvchilarning faolligini oshirishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. Tadbir samimiy va ijodiy muhitda o‘tib, kelgusida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
