Ingliz tili 1-fakulteti | OʻzDJTU
Open in Telegram
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakultetining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! • instagram.com/firstfacultyofficial 📩 Murojaat uchun: @birinchiingliz_dekanat 📩 Matbuot kotibi: @marjonaradshidova
Show more2 045
Subscribers
+2324 hours
+4417 days
+70430 days
Posts Archive
+3
Mahallalardagi keksalar, nogironlar va yolgʻiz yashovchilarga yordam beruvchi yagona ko‘ngillilik aksiyasi
✅Joriy yilning 18-iyun sanasida Xuroson MFY keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yolgʻiz yashovchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida O'z DJTU ingliz tili 1-fakulteti ma'naviy ma'rifiy ishlar hamda yoshlar masalalari bo'yicha dekan muovini va tyutorlar tashabbusi bilan ko‘ngillilik aksiyasi tashkil etildi. Aksiya davomida ko‘ngillilar tomonidan ularning holidan xabar olinib, uy-roʻzgʻor ishlarida ko‘mak berildi, suhbat qurilib, maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash ishlari amalga oshirildi
Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatimizda mehr-oqibat, insonparvarlik va birdamlik tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Keksalarimizning duosi, nogironligi bo‘lgan insonlarning quvonchi va yolgʻiz yashovchilarning minnatdorchiligi ko‘ngillilar uchun eng katta ragʻbat bo‘ldi.
Yurtimizda hech kim eʼtibordan chetda qolmasligi, har bir inson jamiyat eʼtiborida bo‘lishi barchamizning muhim vazifamizdir
🎬 "Mening ko'ngillilik hikoyam" tanlovi doirasida tayyorlangan maxsus videorolik. Unda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Ingliz tili 1-fakulteti, 2528-guruh iqtidorli talabasi Eshmuratova Aysuliwning koʻngillilik faoliyati aks ettirilgan.
Ishtirokchining koʻngillilik hikoyasi bir vaqtning oʻzida ham ijtimoiy-ekologik tashabbuslarni, ham professional media tajribasini qamrab olgan:
🌿 Ekologik ishlar: Atrof-muhitni asrash, xonalarni tartibga keltirish va tozalik madaniyatini shakllantirish boʻyicha "Eco Cleaners" volontyorlik loyihasini olib bordi;
📺 Ish jarayonlari: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Teleradiokanalida koʻngillilik asosida faoliyat yuritib, telekanalning ish tizimini ichkaridan oʻrgandi;
🎙 Savol-javob va muloqot: Tajribali jurnalistlar bilan bevosita hamkorlik qildi hamda oʻzini qiziqtirgan sohaviy savollarga javob oldi.
Ushbu videorolikda amaliy mehnat va olingan tajribalar aks etgan.
🇺🇿O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti 😎1-ingliz tili fakulteti talabasi Azimova Nilufar hamda tyutor Tashxodjayeva Dilnoza Anvarovna tashabbusi bilan ekologik madaniyatni targ‘ib qilish va atrof-muhit tozaligiga e’tibor qaratish maqsadida ko‘ngillilik faoliyati amalga oshirildi.
Mazkur videorolik “Mening ko‘ngillilik hikoyam” tanlovi uchun tayyorlanib, unda ekologik tozalikni saqlash, tabiatni asrash va jamiyatda mas’uliyat hissini shakllantirishga qaratilgan amaliy ishlar yoritilgan. Ko‘ngillilik — bu nafaqat yordam berish, balki jamiyat rivoji va atrof-muhit farovonligiga o‘z hissasini qo‘shish demakdir.
Har birimiz yashayotgan hududimiz tozaligi va obodligi uchun mas’ulmiz. Kichik ezgu amallar ham katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Keling, tabiatni asraylik, ekologik madaniyatni rivojlantiraylik va kelajak avlodlarga toza muhit qoldiraylik!
🌱 “Mening ko‘ngillilik hikoyam” tanlovi doirasida tayyorlangan ushbu videorolik ko‘ngillilik faoliyati va ekologik tozalik yo‘lidagi sa’y-harakatlarni aks ettiradi.
Ingliz tili 1-fakulteti: “Biz bir jamoamiz, bir maqsadmiz” media-chellenji doirasida
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti tyutori D. Xurramovaga biriktirilgan 2504-guruh talabalari yurtimiz milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash, sportchilarimizga dalda berish va xalqimiz birdamligini namoyon etish maqsadida tashkil etilgan “Biz bir jamoamiz, bir maqsadmiz” media-chellenjida faol ishtirok etdilar.
Mazkur tashabbus doirasida talabalar O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bo‘lgan hurmat va ehtiromlarini ifoda etib, yurtimiz sharafini himoya qilayotgan futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatladilar. Ushbu jarayon yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda jamoaviy birlik va hamjihatlik ruhini targ‘ib qilishga xizmat qildi.
Milliy terma jamoamizning har bir yutug‘i xalqimizning faxri va g‘ururi bo‘lib, sportchilarimizning maydondagi harakati yurtimiz nomini dunyoga tanitishga munosib hissa qo‘shmoqda. Talabalar tomonidan bildirilgan qo‘llab-quvvatlov va ezgu tilaklar futbolchilarimizga yangi zafarlar sari intilish uchun katta motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi.
Ingliz tili 1-fakulteti jamoasi milliy terma jamoamizga kelgusi uchrashuvlarda ulkan muvaffaqiyatlar, yorqin g‘alabalar va omad tilaydi.
Barchani #BizBirgamiz media-chellenjida faol ishtirok etishga hamda milliy terma jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz.
🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston!
⚽ Birgalikda g‘alaba sari!
+4
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida lyun — Avgust oylari payshanba — “Yoshlar kuni” doirasida o‘tkazilgan “Ko‘ngillilik — kelajak” mavzusida rahbarlar, volontyorlar va yoshlar ishtirokida munozara forumni tashkil etish tadbirlarida Ingliz tili 1-fakulteti Tyutori Sh.Xo'janiyozovaga biriktirilgan 2525-guruh talabasi Sharifova Nozima faol ishtirok etdi.Nozima Sharifova — IT Community of Uzbekistan volontyori sifatida o'z faoliyatini olib bormoqda.27-iyun kuni Andijon shahrida AI va IT sohasidagi karyeraga bag‘ishlangan yirik tadbirlar seriyasi — uzoq kutilgan Roadshow bo‘lib o‘tadi. Tadbir davomida ekspertlar IT sohasida karyera qurish, startaplarni rivojlantirish hamda AI’ni professional o‘sishda joriy etish bo‘yicha amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.Sharifova Nozima ushbu tadbirda Spiker sifatida ishtirok etadi.
#BizBirgamiz
🇺🇿 Ingliz tili 1-fakulteti talabalari bir maqsad yo‘lida birlashmoqda!
📢 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti tyutori M. Allamovaga biriktirilgan 2510-guruh talabasi — Odiljonova Rayyona terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan media-chellenjda faol qatnashdi. 💙🤍
Bugun futbolchilarimiz yurtimiz nomini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilmoqda. Ularning har bir yutug‘i xalqimizning birdamligi, Vatanga sadoqati va cheksiz ishonchining yorqin ifodasidir.
Milliy terma jamoamizga kelgusi bahslarda omad, kuch-g‘ayrat va ulkan g‘alabalar tilaymiz! ⚽
Barchani #BizBirgamiz chellenjiga qo‘shilish va terma jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz. 💙🤍
🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston!
⚽ G‘alabalar sari birga olg‘a!
#BizBirgamiz
🇺🇿 Ingliz tili 1-fakulteti: Biz bir jamoamiz, bir maqsadmiz!
📢 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti tyutori M. Allamovaga biriktirilgan 2511-guruh talabalari Saydullayeva Bonu, Abduqahhorova Maftuna va Ochilova Nafosat milliy terma jamoamizni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan media-chellenjda faol ishtirok etdilar. 💙🤍
Yurtimiz sharafini himoya qilayotgan futbolchilarimizning har bir muvaffaqiyati xalqimizning birdamligi va Vatanga boʻlgan mehrini namoyon etadi. Terma jamoamizga boʻlajak uchrashuvlarda ulkan yutuqlar, yorqin gʻalabalar va omad tilaymiz!
Barchani #BizBirgamiz chellenjida faol ishtirok etishga va milliy terma jamoamizni birgalikda qoʻllab-quvvatlashga chorlaymiz. 💙🤍
🇺🇿 Olgʻa, Oʻzbekiston!
⚽ Birgalikda gʻalaba sari! 💙🤍
🇺🇿 Ingliz tili 1-fakulteti: Biz bir jamoamiz, bir maqsadmiz
📢 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti tyutori M. Allamovaga biriktirilgan 2514-guruh talabasi Eshpulatov Ozodbek, shuningdek, 2516-guruh talabalari Rahmatillayeva Ruhshona va Ramazonova Umidabonu milliy terma jamoamizni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan media-chellenjda faol qatnashdilar. 💙
Yurtimiz sharafini himoya qilayotgan futbolchilarimizning har bir muvaffaqiyati xalqimizning birdamligi va Vatanga boʻlgan mehrini namoyon etadi. Terma jamoamizga boʻlajak uchrashuvlarda ulkan yutuqlar, yorqin gʻalabalar va omad tilaymiz!
Barchani #BizBirgamiz chellenjida faol ishtirok etishga va milliy terma jamoamizni birgalikda qoʻllab-quvvatlashga chorlaymiz.
🇺🇿 Olgʻa, Oʻzbekiston!
⚽ Birgalikda gʻalaba sari! 💙
Repost from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston – Kolumbiya | Jonli efir
🗓 18-iyun
🕡 Soat 06:50
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston – Kolumbiya uchrashuvi jonli efir orqali namoyish etiladi.
📌Asosiy bino – Faollar zali
📌Zakovat ko‘chasi, 7-uy – Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarni jonli efirni birgalikda tomosha qilishga taklif etamiz.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
+3
2026-yil 16-iyun kuni O‘zDJTU Umumiy tilshunoslik kafedrasi dotsentlari, f.f.n. U.P. Lafasov va f.f.n. I.E. Umirov tomonidan 4-talabalar turar joyida “Jismoniy tarbiya va ommaviy sport-sog‘lomlashtirish” mavzusida suhbat-ma’ruza o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlar tarbiyasi, sport va sog‘lom turmush tarzi hamda yong‘in xavfsizligi masalalari haqida fikr almashildi. Ma’ruzachilar tomonidan talabalarga sog‘lom hayot tarziga amal qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va sport bilan muntazam shug‘ullanishning ahamiyati haqida tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yoshlarni jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol etib tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligi alohida ta’kidlandi. Suhbat talabalar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Repost from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
🏛 THE HUB OF GLOBAL EDUCATION AND INNOVATION — ENGLISH FIRST FACULTY!
Do you aspire to build your future upon international standards, immerse yourself in modern digital learning, and thrive within a highly distinguished academic community? The English First Faculty at Uzbekistan State World Languages University welcomes you to a world of endless opportunities!
Our faculty is far more than just a place to master a language—it is an innovative ecosystem dedicated to nurturing global thinkers and future leaders.
💫 Unrivaled Opportunities & Programs Awaiting You:
🔹 Three Leading Academic Pathways:
1️⃣Foreign Language and Literature (English)
2️⃣Philology and Language Teaching (English)
3️⃣Computer Linguistics (Bridging language expertise with cutting-edge digital technology)
🔹 World-Class Academic Staff: Learn from a powerhouse team of over 170 professors and instructors, including 36 PhD holders, 17 Doctors of Science, and highly qualified international specialists.
🔹 Global Academic Mobility: Broaden your horizons through prestigious international grants and exchange programs such as Erasmus+ and NSP, giving you the chance to study and gain academic experience at elite European and world universities.
🔹 Empowerment & Research: We proudly foster social responsibility and inclusion through our dedicated "UZWAVE — Women and Voices for Equity" gender research center, established to support and advance women in higher education.
🔹 Vibrant Campus Life: Bring your creativity to life through iconic campus traditions, including major Navruz cultural festivals and the highly anticipated annual Shakespeare Week theatrical performances.
🔹 State-of-the-Art Infrastructure: Gain practical experience in our advanced Experimental Phonetics Scientific-Practical Laboratory, or explore global heritages at our specialized Malaysian Language and Culture Center and Azerbaijan Center.
🏆 A Tradition of Excellence: Our elite students consistently secure prestigious honors, including the Rector's Scholarship, the Alisher Navoiy State Scholarship, and the Aleksandr Faynberg Scholarship. Furthermore, our students actively dominate the sports arena, taking top ranks in national and university championships across football, table tennis, and more.
💼 Your Gateway to a Global Career: Graduates of the English First Faculty successfully launch careers as international relations experts, diplomats, elite educators, translators, and leading professionals across corporate, media, and tourism sectors worldwide.
🚀 English First Faculty — Today’s Knowledge, Tomorrow’s Leadership!
🎥 Uzbekistan State World Languages University — Conquer the world with knowledge!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🇺🇿 Ingliz tili 1-fakulteti: Biz bir jamoamiz, bir maqsadmiz
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Ingliz tili 1-fakulteti tyutori Sh.Xo’janiyozovaga biriktirilgan 2526-guruh talabasi Orifjonova Dilnoza Oʻzbekiston milliy terma jamoasini chin dildan qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan media-chellenjda faol ishtirok etdi.💙
Maydondagi har bir shiddatli oʻyin va har bir gʻalaba — xalqimiz gʻururi, cheksiz birdamligimiz timsolidir. Milliy terma jamoamizga ushbu nufuzli musobaqalarda ulkan zafarlar va omad yor boʻlishini tilab qolamiz!
Siz ham #BizBirgamiz chellenjiga qoʻshiling va bosh jamoamizni birgalikda qoʻllab-quvvatlang!
🇺🇿 Olgʻa, Oʻzbekiston!
⚽ Gʻalaba sari birga!
🇺🇿⚽ Biz bir jamoamiz, bir maqsadmiz!
Jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti Tyutor Sh.Xo’janiyozovaga biriktitilgan 2526-guruh talabasi Orifjonova Dilnoza Oʻzbekiston milliy terma jamoamizni chin dildan qoʻllab-quvvatlash maqsadida chellendjda ishtirok etdi.💙
Maydonda futbolchilarimiz bor kuchi bilan kurashayotgan bo‘lsa, tribunada va qalblarimizda biz ularning eng katta muxlisimiz. Har bir gʻalaba – xalqimiz gʻururi, har bir o‘yin – birdamligimiz timsolidir.
Keling, #BizBirgamiz chellenjiga qoʻshiling va terma jamoamizga omad tilang!
🇺🇿 Olgʻa, Oʻzbekiston!
⚽ Gʻalaba sari birga!
#BizBirgamiz #Uzbekistan #MilliyJamoa #Futbol #O’zbekiston davlat JahonTillari universiteti#Challenge
GEOLINGUA: Ta’limda yangi davrga marhamat! 🌍🚀
Siz ham ingliz tilini o‘qitishda yangi ufqlarni kashf etishni istaysizmi? Hozirda UzSWLU ingliz tili birinchi fakultetida bo‘lib o‘tayotgan Mr. Justin Erkess bilan workshoplar aynan siz uchun!
Bu yerda zerikarli qoidalar yo‘q – faqat innovatsion yondashuv va jahon standartidagi zamonaviy pedagogika. Kurs spikeri Mr. Justin Erkess (@jees_2120) – 21 yillik xalqaro tajribaga ega chinakam professional va o‘z ishining ustasi. Uning darslaridagi muhit va metodikalar har qanday o‘qituvchini ilhomlantira oladi. 💡
Siz ham shu jarayonning bir qismi bo‘lishingiz mumkin.
Navbatdagi sessiyalarimizga qo‘shiling va ingliz tilini o‘qitishdagi chegaralaringizni kengaytiring!
📍 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun: +998 (97) 756-11-21
#GEOLINGUA #InnovatsionTaolim #JustinErkess #UzSWLU #TeachingRevolution #ProfessionalGrowth #ESL #Oqituvchilar
Repost from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
📢Yangi xalqaro loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tadi!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Indoneziyaning Universitas Negeri Surabaya (UNESA) universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan EMONESA – autizmga chalingan bolalar uchun ijtimoiy robot loyihasining xalqaro disseminatsiya tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Mazkur loyiha O'zbekiston hamda Indoneziyadagi autizm spektridagi bolalarning emotsional, kognitiv va ijtimoiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, inklyuziv ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish hamda zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishga qaratilgan.
Tadbir davomida:
🔹 EMONESA robotining imkoniyatlari;
🔹 Loyiha doirasida olib borilgan tadqiqot natijalari;
🔹 Pilot sinovlar jarayoni;
🔹 Kelgusidagi hamkorlik va rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi.
Ushbu loyiha ilm-fan, innovatsiya va insonparvarlikni birlashtirgan holda inklyuziv ta’lim rivojiga munosib hissa qo‘shishi kutilmoqda.
📅 9-iyun 2026-yil
📍 O‘zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti 205-xona / Zoom
✨ Inklyuziv jamiyat sari yana bir muhim qadam!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
+3
📢2026-yil 9-iyun kuni soat 10:00 da Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tili amaliy fanlar № 1 kafedrasiga biriktirilgan I bosqich Tayanch doktoranti M.L.Xikmatullayevaning 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha “Sun'iy intellekt sharoitida til va tafakkur munosabatlari lingvistik nisbiylik gipotezasini qayta talqin qilish” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotining I bobi 2 ta paragraflari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijalari kafedra yig‘ilishida muhokama qilindi.
🟩Muhokama jarayonida Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi professori D. M. Isroilova tomonidan dissertatsiya tadqiqoti mazmuni va ilmiy yo‘nalishi yuzasidan tegishli ilmiy-metodik tavsiyalar hamda amaliy maslahatlar berildi.
📌Muhokama yakunida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tadqiqot natijalari ijobiy baholandi va mavzuni davom ettirish uchun tavsiyalar berildi.
+3
📢2026-yil 9-iyun kuni soat 10:00 da ngliz tili 1-fakulteti Ingliz tili amaliy fanlar № 1 kafedrasiga biriktirilgan I bosqich Tayanch doktoranti G.A.Abdug’affarovaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz paremiologik olam manzarasi” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotining I bobi 2 ta paragraflari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijalari kafedra yig‘ilishida muhokama qilindi.
🟩Muhokama jarayonida tadqiqotchi G.A.Abdug’affarova tadqiqotning maqsadi va vazifalari, dissertatsiyaning I bobi 2 ta paragraflari bo’yicha erishilgan asosiy ilmiy natijalarni taqdim etdi.
🟩Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi professori D. M. Isroilova tomonidan dissertatsiya tadqiqoti mazmuni va ilmiy yo‘nalishi yuzasidan tegishli ilmiy-metodik tavsiyalar hamda amaliy maslahatlar berildi.
📌Muhokama yakunida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tadqiqot natijalari ijobiy baholandi va mavzuni davom ettirish uchun tavsiyalar berildi.
+7
OʻzDJTUda BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI
2026-yil 5-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti tashabbusi bilan bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlash, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash hamda yosh mutaxassislarning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishiga ko‘maklashish maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkil etildi.
Tadbirni Xalqaro hamkorlik aloqalari boʻyicha prorektor Abdurahim Nosirov ochib berib, mamlakatimizda yoshlar bandligini ta’minlash, ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va munosib ish o‘rinlariga joylashishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Yarmarkada “Alpha Generation” tashkiloti vakillari Rustamov Abduvali va Turayev Akmal, Jamoat havfsizligi universiteti dotsenti podpolkovnik Qoraboyev Abdulaziz Abdurahmonovich, O'zbekiston Milliy Iqtisodiy Hamkorlik Uyushmasi boʻlim rahbari Bahrom Razzoqov, “Hotel Pro” MCHJ menejeri Shohsanam Axmedova, Fitrat ta'lim markazi direktori Azizjon Keldiyorov, hamda O‘zbekiston Respublikasidagi ALOHA Mental Arithmetic xalqaro mental arifmetika dasturi rahbari Rahimova Shirin ishtirok etib, yoshlar uchun mavjud imkoniyatlar, zamonaviy mehnat bozori talablari va kasbiy rivojlanish istiqbollari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir davomida talabalar ish beruvchi tashkilotlar vakillari bilan bevosita muloqot qilish, bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot imkoniyatlari bilan tanishish hamda kelgusidagi faoliyatlari uchun muhim kasbiy aloqalarni o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mazkur yarmarka yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga tayyorlash va universitet hamda ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
🟦🟦🟦🟦🟦
TALABALAR UCHUN BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASI
Kelajakdagi kasbiy faoliyatingizni muvaffaqiyatli boshlashni xohlaysizmi?
Unda sizni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti tomonidan tashkil etilayotgan BO‘SH ISH O‘RINLARI YARMARKASIGA taklif etamiz!
🔹 Tadbirda ishtirok etadi:
• Xususiy va davlat ta’lim muassasalari
• Til markazlari va xalqaro ta’lim tashkilotlari
• Tarjima va xalqaro hamkorlik tashkilotlari
• OAV va media tashkilotlari
• Turizm va xizmat ko‘rsatish sohasi vakillari
• Davlat idoralari va boshqa ish beruvchi tashkilotlar
Yarmarka davomida talabalar va bitiruvchilar:
✅ Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishadilar;
✅ Potensial ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qiladilar;
✅ Amaliyot va stajirovka imkoniyatlari haqida ma’lumot oladilar;
✅ Kelajakdagi karyeralari uchun foydali professional aloqalar o‘rnatadilar.
📅 Sana: 2026-yil 5-iyun
🕚 Vaqt: 10:00
📍 Manzil: Rektorak binosi, Asosiy kirish zali
Ma'lumot uchun: +998 97 756 11 21
Repost from Edu.uz
#hemis #ijtimoiy_faollik_indeksi
❗Tavsiya: Hujjatlarni yuklayotganda ularning sifatli va haqiqiy ekanligiga e’tibor bering, chunki noto‘g‘ri ma’lumot arizaning rad etilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
