Ingliz tili 1-fakulteti | OʻzDJTU
Open in Telegram
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakultetining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! • instagram.com/firstfacultyofficial 📩 Murojaat uchun: @birinchiingliz_dekanat 📩 Matbuot kotibi: @marjonaradshidova
Show more2 034
Subscribers
+2324 hours
+4417 days
+70430 days
Posts Archive
Repost from HEMIS_University
🎥 Grant taqsimotiga ariza berish bo‘yicha video qo‘llanma
Hurmatli talabalar!
Grant taqsimotida ishtirok etish uchun ariza yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma tayyorlandi.
▶️ Videoqo'llanma orqali, arizani yuborishni ko'rib chiqishingiz mumkin.
📌 Eslatma: Ariza yuborishdan oldin barcha ma’lumotlaringizni diqqat bilan tekshiring. Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni bekor qilish yoki tahrirlash imkoni mavjud emas.
#ijtimoiyfaollik
#hemis
#grant
#tyutor
🌐hemis.uz 🌐my.hemis.uz
📢HEMIS axborot tizimi telegram kanali
💬HEMIS axborot tizimining telegramdagi guruhi
Repost from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
+4
🇺🇿🇮🇩 O‘zDJTU BITIRUVCHI TALABALARI UCHUN INDONEZIYADA MAGISTRATURA BOSQICHIDA TAHSIL OLISH IMKONIYATI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish doirasida universitet bitiruvchi talabalari uchun Indoneziya Respublikasining Surabaya shahrida joylashgan Universitas Negeri Surabaya (UNESA)da magistratura bosqichida tahsil olish uchun 20 ta grant o‘rni ajratildi.
Mazkur tanlovda O‘zDJTUning barcha fakultet va ta'lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.
🏛 Universitas Negeri Surabaya (UNESA) — Indoneziyaning davlat oliy ta'lim muassasalaridan biri bo‘lib, ta'lim, ijtimoiy-gumanitar fanlar, tillar, madaniyat va boshqa qator yo‘nalishlarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi.
🌍 Universitetda 50 dan ortiq magistratura va oliy ta'limdan keyingi ta'lim dasturlari mavjud. Jumladan:
• Psychology
• Social Sciences and Political Science
• Educational Management
• Language and Literature Education
• Arts and Culture Education
• Early Childhood Education
• hamda boshqa zamonaviy ta'lim yo‘nalishlari.
Mazkur imkoniyat talabalarning xalqaro akademik tajribasini kengaytirish, ilmiy va kasbiy salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston va Indoneziya oliy ta'lim muassasalari o‘rtasidagi akademik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Grant o‘rinlari uchun nomzodlar belgilangan mezonlar asosida ochiq va bosqichma-bosqich saralash jarayoni orqali tanlab olinadi.
📌 Ta'lim bosqichi: magistratura
🎓 Grant o‘rinlari soni: 20 ta
👥 Ishtirokchilar: O‘zDJTUning barcha fakultet va ta'lim yo‘nalishlaridagi bitiruvchi bosqich talabalari
📍 Ta'lim muassasasi: Universitas Negeri Surabaya (UNESA)
🇮🇩 Manzil: Surabaya, Indoneziya
📅 Ariza topshirish muddati: 1-Avgust
🔗 Ariza topshirish havolasi: HAVOLA
🌐 Universitet haqida batafsil ma'lumot: UNESA rasmiy veb-sayti
💰 Moliyaviy shartlar:
✅ Kontrakt (tuition fee) hamkor universitet tomonidan to‘liq qoplanadi.
✅ Yashash xarajatlari (turar joy bo‘yicha grant shartlariga muvofiq) hamkor universitet tomonidan qoplanadi.
❗ Viza rasmiylashtirish va xalqaro aviachipta (transport) xarajatlari nomzodning o‘zi tomonidan qoplanadi
📩 Grant va saralash jarayoni bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot olish uchun @L_shamshodovna ga murojaat qilishingiz mumkin.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Repost from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
+4
🇺🇿🇮🇩 O‘zDJTU BITIRUVCHI TALABALARI UCHUN INDONEZIYADA MAGISTRATURA BOSQICHIDA TAHSIL OLISH IMKONIYATI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish doirasida universitet bitiruvchi talabalari uchun Indoneziya Respublikasining Surabaya shahrida joylashgan Universitas Negeri Surabaya (UNESA)da magistratura bosqichida tahsil olish uchun 20 ta grant o‘rni ajratildi.
Mazkur tanlovda O‘zDJTUning barcha fakultet va ta'lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.
🏛 Universitas Negeri Surabaya (UNESA) — Indoneziyaning davlat oliy ta'lim muassasalaridan biri bo‘lib, ta'lim, ijtimoiy-gumanitar fanlar, tillar, madaniyat va boshqa qator yo‘nalishlarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi.
🌍 Universitetda 50 dan ortiq magistratura va oliy ta'limdan keyingi ta'lim dasturlari mavjud. Jumladan:
• Psychology
• Social Sciences and Political Science
• Educational Management
• Language and Literature Education
• Arts and Culture Education
• Early Childhood Education
• hamda boshqa zamonaviy ta'lim yo‘nalishlari.
Mazkur imkoniyat talabalarning xalqaro akademik tajribasini kengaytirish, ilmiy va kasbiy salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston va Indoneziya oliy ta'lim muassasalari o‘rtasidagi akademik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Grant o‘rinlari uchun nomzodlar belgilangan mezonlar asosida ochiq va bosqichma-bosqich saralash jarayoni orqali tanlab olinadi.
📌 Ta'lim bosqichi: magistratura
🎓 Grant o‘rinlari soni: 20 ta
👥 Ishtirokchilar: O‘zDJTUning barcha fakultet va ta'lim yo‘nalishlaridagi bitiruvchi bosqich talabalari
📍 Ta'lim muassasasi: Universitas Negeri Surabaya (UNESA)
🇮🇩 Manzil: Surabaya, Indoneziya
📅 Ariza topshirish muddati: 1-Avgust
🔗 Ariza topshirish havolasi: HAVOLA
🌐 Universitet haqida batafsil ma'lumot: UNESA rasmiy veb-sayti
💰 Moliyaviy shartlar:
✅ Kontrakt (tuition fee) hamkor universitet tomonidan to‘liq qoplanadi.
✅ Yashash xarajatlari (turar joy bo‘yicha grant shartlariga muvofiq) hamkor universitet tomonidan qoplanadi.
❗ Viza rasmiylashtirish va xalqaro aviachipta (transport) xarajatlari nomzodning o‘zi tomonidan qoplanadi
📩 Grant va saralash jarayoni bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot olish uchun @L_shamshodovna ga murojaat qilishingiz mumkin.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Repost from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
📢 DIQQAT, E'LON!
2025/2026-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha 1–2-bosqich talabalari uchun ta’lim grantiga arizalar qabuli boshlandi.
Hurmatli talabalar!
2025/2026-o‘quv yili yakunlariga ko‘ra 1–2-bosqich talabalari uchun to‘liq grant va to‘liq bo‘lmagan grant yoki qo‘shimcha grant olish uchun arizalar qabuli boshlandi.
🗓 Ariza topshirish muddati: 2026-yil 15–20-iyul kunlari.
Ariza topshirish tartibi:
- student.hemis.uz yoki my.hemis.uz platformasiga shaxsiy kabinet orqali kiring;
- "Grant arizalari" bo‘limini tanlang;
- tegishli grant turini (to‘liq grant va to‘liq bo‘lmagan grant yoki qo‘shimcha grant) tanlab, elektron arizangizni yuboring.
⚠️ Eslatma: Arizalar 2026-yil 20-iyul kuni ham qabul qilinadi va shu kuni arizalar qabuli yakunlanadi. Belgilangan muddatdan so‘ng yuborilgan arizalar qabul qilinmaydi. Shu sababli arizangizni o‘z vaqtida rasmiylashtirishingizni so‘raymiz.
❗️Qo‘shimcha ma’lumot uchun fakultet dekan o‘rinbosariga murojaat qiling.
+3
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Yevropa Ittifoqining Erasmus+ KA171 dasturi doirasida Ispaniyaning Rioxa universitetiga tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibida O‘zDJTU rektori Ilhomjon Tuxtasinov, prorektor Maqsudjon Xamrayev, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani Xamidullo Xakimov, Ofis-registrator boʻlimi boshligʻi Adilbek Xalililayev, Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri, professor Ra’no Madjidova hamda universitet vakillari ishtirok etmoqda.Tashrifning maqsadi xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, tillarimizning oʻzaro bogʻliqligi va tarixi, yozuv tarixi va tarixiy tilshunoslik yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqotlar iborat.
Tashrifning birinchi kunida Rioxa universiteti rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv va universitet faoliyatiga oid taqdimot boʻlib oʻtdi.
Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari universitet kampusi, ilmiy-tadqiqot va laboratoriyalar, zamonaviy kutubxona, sport infratuzilmasi hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
+2
📚 Yoshlar uchun ma'rifiy sayohat tashkil etildi
Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi D. Matyakubova boshchiligida yoshlarni o‘z yurtining tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ma'rifiy sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga tashrif buyurib, o‘zbek adabiyotining buyuk namoyandasi Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodiy faoliyati, uning boy adabiy merosi hamda muzeyda saqlanayotgan tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tashrif yoshlarning milliy qadriyatlarimiz, tariximiz va adabiy merosimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularda Vatanga muhabbat va ajdodlarimiz merosiga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
✨ Ajdodlar merosini asrash va qadrlash – har birimizning muqaddas burchimiz!
#Ma'rifiySayohat #Yoshlarkuni #AbdullaQodiriy #UyMuzeyi #MilliyMeros
+4
⚡️ Kafedramiz o‘qituvchisi Gruziyada xalqaro tajriba ulashdi: "Teaching Mobility" dasturi doirasida yangi bosqich
🇬🇪 Ingliz fakulteti Nazariy aspektlari 1-kafedrasi o'qituvchisi Ataniyazova Sohiba XamidovnaGruziya davlatining nufuzli oliygohlaridan biri – Batumi shahridagi Shota Rustavali nomidagi Batumi Davlat universitetida tashkil etilgan xalqaro seminar-treningda faol ishtirok etdi.
🎓 S. Ataniyazova nufuzli "Teaching mobility" dasturi doirasida qisqa muddatli "Visiting Lecturer" (taklif etilgan xorijiy ma'ruzachi) maqomini oldi. Tashrif davomida u Batumi davlat universiteti talabalari uchun maxsus ma’ruzalar va interaktiv darslar o‘tib, o'zining ko'p yillik ilmiy-pedagogik bilimlarini, zamonaviy dars o'tish metodikalarini hamda boy tajribasini xalqaro miqyosda ulashdi.
Dasturning amaliy qismida Sohiba Xamidovna Batumi davlat universitetining professor-o'qituvchilari va olimlari bilan fikr almashdi. Ushbu xalqaro amaliyot o‘qituvchimizning kasbiy malakasini yanada yuksaltirishga xizmat qildi
+2
📢2026-yil 29-iyun kuni Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi katta o'qituvchisi, mustaqil izlanuvchi Y.A. Xoʻjamovaning 10.00.06 – qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiya tadqiqoti yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijalari kafedra yig‘ilishida muhokama qilindi.
🟩Muhokama jarayonida tadqiqotchi Y.A. Xoʻjamovaning tadqiqotning maqsadi va vazifalari, dissertatsiyaning boblari bo’yicha erishilgan asosiy ilmiy natijalarni taqdim etdi.
🟩Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi professori D. M. Isroilova tomonidan dissertatsiya tadqiqoti mazmuni va ilmiy yo‘nalishi yuzasidan tegishli ilmiy-metodik tavsiyalar hamda amaliy maslahatlar berildi.
📌Muhokama yakunida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tadqiqot natijalari ijobiy baholandi va mavzuni davom ettirish uchun tavsiyalar berildi.
+6
🏆 Yutuqlar bardavom bo‘lsin!
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan partiya faoliyatiga munosib hissa qo‘shib, fidokorona mehnati hamda jamoat ishlaridagi faolligi uchun bir qator faol yoshlar taqdirlandi. Quvonarlisi, ular safida fakultetimizning 2318-guruh talabasi G‘aniyeva Asila ham munosib e’tirof etildi.
G‘aniyeva Asila partiya huzuridagi “Yoshlar qanoti” volontyorlar jamoasi koordinatori sifatida faoliyat yuritib, yoshlar manfaatiga qaratilgan ko‘plab tadbirlar, loyihalar va ijtimoiy tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda. Uning tashabbuskorligi, mas’uliyati hamda jamoatchilik ishlaridagi faolligi ko‘plab yoshlarga o‘rnak bo‘lib xizmat qilmoqda.
Fakultetimiz jamoasi nomidan Asilani ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!
+3
Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) M.X. Gulyamova ilmiy rahbarligidagi talaba M.F. Niyozova Jadidlar Xalqaro ilmiy tadqiqotlar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan "O‘ZBEKISTON FAXRI – 2026" xalqaro ilmiy tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgani uchun ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ushbu yutuq talabaning ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi faolligi, zamonaviy ilmiy yondashuvlarni qo‘llashga bo‘lgan intilishi hamda ilm-fanga bo‘lgan yuksak qiziqishining amaliy ifodasidir. Mazkur xalqaro e’tirof yosh tadqiqotchining ilmiy salohiyati va erishayotgan natijalariga berilgan munosib baho bo‘lib, uning kelgusidagi ilmiy izlanishlari uchun muhim rag‘bat hisoblanadi. Bunday yutuqlar yosh olimlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash hamda mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yuksaltirishga xizmat qiladi.
+2
📢2026-yil 29-iyun kuni Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi katta o'qituvchisi, mustaqil tadqiqotchi A.I. O'rishevning 13.00.02 – ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiya tadqiqotining I-bobi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijalari kafedra yig‘ilishida muhokama qilindi.
🟩Muhokama jarayonida tadqiqotchi A.I. O'rishevning tadqiqotning maqsadi va vazifalari, dissertatsiyaning I-bobi bo’yicha erishilgan asosiy ilmiy natijalarni taqdim etdi.
🟩Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi professori D. M. Isroilova tomonidan dissertatsiya tadqiqoti mazmuni va ilmiy yo‘nalishi yuzasidan tegishli ilmiy-metodik tavsiyalar hamda amaliy maslahatlar berildi.
📌Muhokama yakunida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tadqiqot natijalari ijobiy baholandi va mavzuni davom ettirish uchun tavsiyalar berildi.
+2
Universitet rektorining 2026-yil 16-iyundagi 11-21/16-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Universitetda — Yoshlar kuni” doirasidagi tadbirlar rejasiga muvofiq, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda faol dam olish muhitini yaratish maqsadida rahbarlar boshchiligida “Jismoniy faollik” nomli ochiq trenirovka tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar uchun ertalabki park hududida yoga mashg‘ulotlari, nafas olish mashqlari hamda yengil estafeta musobaqalari o‘tkazilib, xodimlar va talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat, jamoaviy hamjihatlik va faol hayot tarziga bo‘lgan qiziqish yanada mustahkamlandi.
Mazkur tashabbus yoshlarning jismoniy va ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash, sport va sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirishga xizmat qiladi.
+4
🚀 O‘zDJTUda xalqaro darajadagi 3 haftalik intensiv seminar yakunlandi!
Kafedra v.b. dotsenti M.B. Alimardonova va kafedra o‘qituvchilarining tashabbusi bilan AQSHning Filadelfiya shahridan tashrif buyurgan xalqaro ekspert Justin Erkess ishtirokida 24 soatlik intensiv trening o‘z yakuniga yetdi. 🎓
Uch hafta davom etgan ushbu seminar professor-o‘qituvchilarimiz uchun yangi metodikalarni o‘zlashtirish va tajriba almashishda muhim qadam bo‘ldi. Yakunda barcha ishtirokchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar. 🤝
Seminar mazmuni va o‘rganilgan yo‘nalishlar:
✅ Zamonaviy metodika va sinf boshqaruvi: Interaktiv metodlar hamda "Learner centered" (talabaga yo‘naltirilgan) ta’lim muhitini yaratish.
✅ CLIL yondashuvi: "Content and Language Integrated Learning" metodini amaliyotga tatbiq etish.
✅ Geolingua: Geografik va madaniy xilma-xillikni til o‘qitishda "katalizator" sifatida ishlatish.
✅ Global kommunikatsiya: Akademik tahlil va xalqaro tajribalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish.
Biz doimo ta’lim sifatini oshirish va innovatsion yondashuvlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish yo‘lida davom etamiz!
+2
2025–2026 o‘quv yili yakunlari munosabati bilan Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tili integrallashgan kursi 1-kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan yillik hisobotlar topshirildi. Hisobotlarni qabul qilish va tahlil qilish jarayonida fakultet dekani G. Ergasheva hamda o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini G. Atayev ishtirok etdi.
Yillik hisobotlarda professor-o‘qituvchilarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi faoliyati bo‘yicha erishilgan natijalar yoritildi.
Jumladan, o‘quv mashg‘ulotlarining sifati, fan dasturlarining takomillashtirilishi, o‘quv-uslubiy majmualar va o‘quv materiallarining yaratilishi, ilmiy maqolalar va tezislarning chop etilishi, konferensiyalardagi ishtirok, shuningdek, talabalar bilan olib borilgan tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.
Hisobotlarni ko‘rib chiqish jarayonida professor-o‘qituvchilarning yil davomida amalga oshirgan ishlari, mavjud yutuqlari va kelgusidagi vazifalari muhokama qilindi.
Fakultet dekani G.Ergasheva tomonidan ta’lim sifatini yanada oshirish, ilmiy faoliyat samaradorligini kuchaytirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
+3
🇺🇿 Ingliz tili 1-fakultetida “Ma’rifat darslari” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Ingliz tili 1-fakultetida talabalarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, milliy qadriyatlarimiz va buyuk ajdodlarimiz hayoti hamda ijodini chuqur o‘rganishga qaratilgan “Ma’rifat darslari” doirasida “O‘zbekiston Qahramonlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi, atoqli adib Odil Yoqubovning hayoti, ijodiy faoliyati va o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat jarayonida yozuvchining sermazmun ijod yo‘li, asarlarining badiiy va tarbiyaviy ahamiyati, milliy adabiyotimiz taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Talabalar tomonidan Odil Yoqubov ijodiga oid qiziqarli ma’lumotlar, she’r va iqtiboslar taqdim etildi.
Mazkur tadbir yosh avlodni vatanparvarlik, ma’naviy yetuklik va milliy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.
+3
Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsent v.b., f.f.f.d. (PhD) Sh.A. Sheraliyeva ilmiy rahbarligidagi 2201-guruh talabasi Islomova Shahrizoda Sharifovna o‘zining ilmiy maqolasi bilan xalqaro ko‘rik-tanlovda munosib ishtirok etib, “FAOL TADQIQOTCHI” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ushbu yutuq talabaning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi, izlanuvchanligi, ijodiy salohiyati hamda ilmiy faoliyatdagi faolligining yorqin natijasidir. Mazkur xalqaro e’tirof uning ilmiy izlanishlari va erishayotgan natijalariga berilgan munosib baho hisoblanadi. Yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish va xalqaro ilmiy maydonda munosib o‘rin egallashiga xizmat qilayotgan bunday yutuqlar barchamiz uchun quvonch va faxr manbaidir.
+6
2026-yil 18-19 iyun kunlari O‘zDTU Ingliz tili 1-fakulteti Amaliy fanlar 1-kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 2025–2026 o‘quv yili davomida amalga oshirilgan faoliyat yuzasidan monitoring hisobotlari taqdim etildi.
Jarayonda professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot hamda ustoz-shogird faoliyati doirasida erishgan natijalari ko‘rib chiqildi. Xususan, ularning fakultet va universitetning maqsadli ko‘rsatkichlari ijrosiga qo‘shgan hissasi keng muhokama etildi.
Shuningdek, fakultet dekani G. Ergasheva tomonidan professor-o‘qituvchilarning o‘tgan o‘quv yilidagi faoliyati yuzasidan erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklar batafsil tahlil qilindi. Uchrashuv davomida kelgusi 2026–2027 o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar va istiqboldagi rejalar alohida ta’kidlandi.
+4
2026-yil 18-iyun kuni Ingliz tili 1-fakulteti talabasi Hojiakbar Zinatshoyev Erasmus+ KA171 almashinuv dasturi doirasida Ruminiyaning Alba Iulia shahridagi “1 December 1918” universitetida tahsil olgan to‘rt oylik faoliyati yuzasidan hisobot taqdim etdi.
Amaliy fanlar -1 kafedrasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda talaba xorijda o‘qish jarayonida orttirgan tajribalari, erishgan natijalari hamda amalga oshirgan faoliyati haqida professor-o‘qituvchilarga batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, Yevropa ta’lim tizimi tajribalariga asoslangan bir qator taklif va tashabbuslarni ham ilgari surdi.
Jumladan, amaliyot jarayonlarini raqamlashtirish, ESN (Erasmus Student Network) talabalar tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish hamda Alba Iulia universiteti bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash bo‘yicha takliflar bildirildi.
Ma’lumot uchun, Hojiakbar Zinatshoyev 2026-yil 16-fevral kuni Erasmus+ KA171 almashinuv dasturi doirasida Ruminiyaning Alba Iulia shahridagi “1 December 1918” universitetiga tahsil olish uchun yuborilgan bo‘lib, 16-iyun kuni semestrni muvaffaqiyatli yakunlab, O‘zbekistonga qaytdi.
Fakultet jamoasi talabaning xalqaro tajribasi va ilgari surilgan tashabbuslari kelgusida ta’lim jarayonlarini takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
+4
18-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida xalqaro hamkorlik doirasidagi navbatdagi onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi!
Uchrashuvda 1-8 iyul kunlari Ingliz tili fakultetiga Summer Camp dasturi doirasida tashrif buyurishi rejalashtirilayotgan Indoneziyaning Universitas Surabaya vakillari hamda Laschool direktori ishtirokidagi tashrif oldidan muhokamalar olib borildi.
Muhokamalarda O‘zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti dekani G.I. Ergasheva, Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i F. Rashidova hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida doktorantlar uchun qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy rahbarlikni hamkorlikda tashkil etish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, akademik almashinuv imkoniyatlarini kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va doktorantlar mobilitetini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, doktorantlarning ilmiy stajirovkalari, qo‘shma ilmiy seminarlar tashkil etish hamda xalqaro ilmiy jurnallarda hamkorlikda maqolalar chop etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar kelgusida doktorantura bosqichida qo‘shma ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etish, ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda xalqaro darajadagi yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘zaro manfaatli takliflarni muhokama qildilar.
Mazkur uchrashuv O‘zDJTU va Indoneziya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro ilmiy-ta’limiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ayniqsa doktorantlar uchun xalqaro ta’lim va ilmiy tadqiqot imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
+3
Mahallalardagi keksalar, nogironlar va yolgʻiz yashovchilarga yordam beruvchi yagona ko‘ngillilik aksiyasi
✅Joriy yilning 18-iyun sanasida Xuroson MFY keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yolgʻiz yashovchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida O'z DJTU ingliz tili 1-fakulteti ma'naviy ma'rifiy ishlar hamda yoshlar masalalari bo'yicha dekan muovini va tyutorlar tashabbusi bilan ko‘ngillilik aksiyasi tashkil etildi. Aksiya davomida ko‘ngillilar tomonidan ularning holidan xabar olinib, uy-roʻzgʻor ishlarida ko‘mak berildi, suhbat qurilib, maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash ishlari amalga oshirildi
Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatimizda mehr-oqibat, insonparvarlik va birdamlik tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Keksalarimizning duosi, nogironligi bo‘lgan insonlarning quvonchi va yolgʻiz yashovchilarning minnatdorchiligi ko‘ngillilar uchun eng katta ragʻbat bo‘ldi.
Yurtimizda hech kim eʼtibordan chetda qolmasligi, har bir inson jamiyat eʼtiborida bo‘lishi barchamizning muhim vazifamizdir
