en
Feedback
Ingliz tili 1-fakulteti | OʻzDJTU

Ingliz tili 1-fakulteti | OʻzDJTU

Open in Telegram

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakultetining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! • instagram.com/firstfacultyofficial 📩 Murojaat uchun: @birinchiingliz_dekanat 📩 Matbuot kotibi: @marjonaradshidova

Show more
2 034
Subscribers
+2324 hours
+4417 days
+70430 days
Posts Archive
🎭 1-kurs talabalari “Ko‘chki” spektakli premyerasida Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy-e
+5
🎭 1-kurs talabalari “Ko‘chki” spektakli premyerasida Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy-estetik dunyoqarashini boyitish hamda teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Ingliz tili 1-fakulteti tyutorlari N.Masadikova, Y.Tadjiyeva hamda F.Mag'zimovlar boshchiligida 1-kurs talabalari O‘zbekiston Milliy akademik drama teatriga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida talabalar Tunjer Jo‘jan o‘g‘lining asari asosida, O‘zbekiston xalq artisti Valixon Umarov tomonidan sahnalashtirilgan “Ko‘chki” spektaklining premyerasini tomosha qildilar. 🎬 Mazkur spektakl orqali yoshlar insoniy qadriyatlar, hayotiy tanlovlar, jamiyat va shaxs munosabatlari kabi muhim mavzular haqida chuqurroq mushohada yuritish imkoniga ega bo‘ldilar. Teatr muhiti, jonli ijro va aktyorlarning mahorati talabalarda katta taassurot qoldirib, ularning madaniy hordiq chiqarishlari uchun unutilmas kecha bo‘ldi. ✨ San’at — qalb tarbiyasi. Teatr esa insonni fikrlashga, his qilishga va hayotni teranroq anglashga chorlaydi! #UniversitetHayoti #Tyutorlar #1Kurs #Talabalar #Teatr #KoChki #MadaniyTadbir

XALQARO AKADEMIK HAMKORLIK DOIRASIDA SEMINAR O‘TKAZILDI 2026-yil 7–8-sentabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari univers
+5
XALQARO AKADEMIK HAMKORLIK DOIRASIDA SEMINAR O‘TKAZILDI 2026-yil 7–8-sentabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Indoneziyaning Surabaya davlat universiteti (State University of Surabaya, Indonesia) professor-o‘qituvchilari ishtirokida xalqaro akademik seminar tashkil etildi. Mazkur seminar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Surabaya davlat universiteti o‘rtasidagi xalqaro akademik hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni almashish, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ilmiy-madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi. Seminarning 1-kunidaThe Best Practice of Inclusive Education in Indonesia and Uzbekistan” mavzusida ma’ruza va muhokamalar tashkil etildi. Unda inklyuziv ta’limni rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari, Indoneziya va O‘zbekistondagi ilg‘or tajribalar, ta’lim jarayonida teng imkoniyatlarni ta’minlash hamda inklyuziv muhitni shakllantirish masalalari muhokama qilindi. 2-kun seminariThe International Academic Mobility” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda xalqaro akademik mobillikning oliy ta’lim tizimidagi ahamiyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, xalqaro hamkorlik dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlari hamda universitetlar o‘rtasidagi akademik aloqalarni kengaytirish istiqbollari haqida fikr almashildi. Seminarda Surabaya davlat universitetining professor-o‘qituvchilari — Prof. Sujarwanto, M.Pd, Assoc. Prof. Wulan Patria Saroinsong, PhD, Ricky Setiawan, M.Ed, Dr. Ima Widiyanah, M.Pd hamda Fadhilah Qalbi Annisa, S.T., M.Sc ishtirok etib, o‘zlarining ilmiy-pedagogik tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Xorijiy mehmonlarni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-Ingliz tili fakulteti dekani Azzamov Yusufjon Radjaboyevich, Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi mudiri Isroilova D.M. hamda kafedra professor-o‘qituvchilari samimiy kutib oldilar. Tashrif davomida mehmonlar bilan ta’lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, kelgusidagi qo‘shma loyihalar hamda xalqaro akademik aloqalarni yanada kengaytirish masalalarida fikr almashildi.

📚 YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR! Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakultetida 2
+5
📚 YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR! Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakultetida 2026–2027-o‘quv yilida fakultetimizga yangi qabul qilingan 1-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda fakultet dekani Azzamov Yusufjon Radjaboy o‘g‘li, fakultet dekan muovinlari hamda fakultetning yangi talabalari ishtirok etdilar. Ochiq muloqot davomida talabalarga universitet va fakultetning ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalari, talabalik davridan unumli foydalanish, bilim va ko‘nikmalarni muntazam rivojlantirish, xorijiy tillarni puxta egallash hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatida faol ishtirok etish borasida muhim tavsiyalar berildi. Shuningdek, talabalarning universitetdagi ta’lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, mavjud ta’lim va tarbiya tizimi, fakultetda amalga oshirilayotgan loyihalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, to‘garaklar hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tashabbuslar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Uchrashuv davomida 1-bosqich talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, fakultet rahbariyati tomonidan ularga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Ochiq va samimiy muloqot yangi talabalar uchun universitet hayotiga moslashish, o‘z oldilariga aniq maqsadlar qo‘yish hamda talabalik davrini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi. 🌱 Aziz 1-bosqich talabalari! Sizlarni talabalik hayotingizning ilk qadamlari bilan muborakbod etamiz! Yangi o‘quv yili sizlar uchun ulkan imkoniyatlar, yangi bilimlar, yorqin yutuqlar va unutilmas taassurotlarga boy bo‘lishini tilaymiz! Ingliz tili birinchi fakulteti — bilim, izlanish va yangi imkoniyatlar maskani! 🇺🇿📖✨ https://t.me/first_faculty_official https://t.me/UzSWLU

🟦🟦🟦 Ingliz tili 1-fakultetida yangi talabalik sari ilk qadam O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili
+6
🟦🟦🟦 Ingliz tili 1-fakultetida yangi talabalik sari ilk qadam O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili 1-fakultetida yangi o‘quv yilini boshlayotgan 1-kurs talabalarini kutib olish marosimi tashkil etildi. Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, talabalik maqomiga ega bo‘lgan yoshlarni muborakbod etdi. U o‘z so‘zida xorijiy tilni mukammal egallash bilan bir qatorda, mustaqil fikrlash, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda universitetdagi imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligini qayd etdi. Yangi talabalar fakultetning professor-o‘qituvchilari va ta’lim yo‘nalishlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, ularga o‘quv jarayoni, universitetdagi imkoniyatlar, talabalarning huquq va majburiyatlari hamda ichki tartib-qoidalar haqida zarur tushunchalar berildi. Marosim davomida eng yuqori ball bilan talabalikka qabul qilingan 1-kurs talabalariga tashakkurnomalar topshirildi. 📚 “Kelajak soati” — ilk dars 1-kurs talabalari uchun yangi o‘quv yilining dastlabki kunida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida “Kelajak soati” darsi ham tashkil etildi. Dars davomida talabalar bilan mamlakatimiz taraqqiyoti, mustaqillikning mazmun-mohiyati, yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va kelajakdagi maqsadlari haqida suhbatlashildi. Dars yakunida talabalar o‘z fikrlarini bildirib, yangi o‘quv yilidan kutayotgan maqsad va rejalari bilan o‘rtoqlashdilar. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

2026-yil 3-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Indoneziyaning Surabaya davlat universiteti professor
+4
2026-yil 3-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Indoneziyaning Surabaya davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tashrif buyurdilar. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro akademik va ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni belgilab olishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida Ingliz tili 1-fakulteti dekani Azzamov Yusufjon Radjaboyevich hamda ingliz tili amaliy fanlar № 1 kafedrasi professor – o`qituvchilari p.f.d (DSc), professor Isroilova D.M hamda kafedra professor -o'qituvchilari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni kuchaytirish, zamonaviy innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash va yangi ilmiy-amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Mazkur tashrif O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Kredit modul tizimi to’g’risida seminar 2026 yilning 03 sentabr sanasida O’zbekiston jahon tillari universitetining 1-ma’ruza
+1
Kredit modul tizimi to’g’risida seminar 2026 yilning 03 sentabr sanasida O’zbekiston jahon tillari universitetining 1-ma’ruzalar zalida amaliy fanlar 1 kafedrasi katta o’qituvchisi Avezmetov Jaxongir Sheraliyevich professor ustozlarga “Kredit-modul tizimi” mavzusida seminar bo’lib o’tdi. Unda xususan, ECTS - Yevropa kredit transfer tizimi haqida tushuncha va uning tarixi; O‘quv yuklamasi, o‘quv natijalari, auditoriya va mustaqil soatlarga kredit ajaratish. Kredit va modul tushunchalari; Talabalar o‘quv yuklamasi taqsimoti, tanlov fanlarni kiritish; Kredit- modul tizimida baholash; Va yana shuningdek, savol va javoblar qismlari o’tkazildi. Shu bilan bir qatorda professor ustozlar bilan ushbu mavzuda manfaatli fikr va mulohazalar almashildi.

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Pedagoglar ishtirokida “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi B
+4
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Pedagoglar ishtirokida “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi Bugun O'zbekiston Jahon tillari universiteti Ingliz tili 1 fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari doktori G.O.Yaxshiboyeva tomonidan pedagog xodimlar ishtirokida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi. Dars davomida O‘zbekistonning milliy mustaqillikka erishish tarixi, istiqlolning xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyati, milliy qadriyatlarimiz va davlatchiligimizning tiklanishi haqida fikr almashildi. Shuningdek, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim va ilm-fan sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar hamda pedagoglarning yosh avlodni vatanparvarlik, milliy g‘urur va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashdagi mas’uliyati haqida so‘z yuritildi.

#Mustaqillik35 🎬 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va yangi kelajakni bunyod etamiz” mavzusida tayyorlangan videorolik. Video muallifi: O‘zDJTU 1-ingliz fakulteti tyutori D.D.Xurramovaga biriktirilgan 2505-guruh talabasi Halilova Shahzoda. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

#Mustaqillik35 🎬 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va yangi kelajakni bunyod etamiz” mavzusida tayyorlangan videorolik. Video muallifi: O‘zDJTU 1-ingliz fakulteti tyutori D.D.Xurramovaga biriktirilgan 2504-guruh talabasi Latipova Donoxon. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

#Mustaqillik35 🎬 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va yangi kelajakni bunyod etamiz” mavzusida tayyorlangan videorolik. Video muallifi: O‘zDJTU 1-ingliz fakulteti tyutori D.D.Xurramovaga biriktirilgan 2507-guruh talabasi Murodova Maryam. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

#Mustaqillik35 🏆 🟦🟦🟦🟦🟦🟦 MUSTAQILLIK KUBOGI 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida «Mustaqillik kubogi» sport musobaqalari tashkil etiladi. 🗓️ Musobaqalar sanasi: 27–28-avgust 📌Manzil: Universitet sport majmuasi 🏀 BASKETBOL Erkak professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida 🕘 27-avgust, soat 09:00 🏐 VOLEYBOL Ayol professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida 🕘 27-avgust, soat 09:00 📋 Talabnoma topshirish muddati: 26-avgust, soat 16:00 gacha 📞 Murojaat uchun: X. Zikriyayev +998 94 287 69 99 Barchani «Mustaqillik kubogi» sport musobaqalarida faol ishtirok etishga chorlaymiz! 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

🟦🟦🟦🟦🟦 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublik
🟦🟦🟦🟦🟦 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

⚡️Buxoro va Toshkent e'tirofiga sazovor bo'lgan yosh ijodkorning navbatdagi yutug'i! 🎓O'zDJTU xorijiy til va adabiyoti: ingl
+6
⚡️Buxoro va Toshkent e'tirofiga sazovor bo'lgan yosh ijodkorning navbatdagi yutug'i! 🎓O'zDJTU xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili fakulteti 3-kurs talabasi Ochilova Xurshidaning "Ko'zim tikdim olis yulduzga" nomli navbatdagi kitobi nashrdan chiqdi! 📚Yaqinda "O'zbekiston faxri — 2026" va "Grand prize — 2026" sohibasi bo'lgan yosh shoiramiz ilk "Alexander Feinberg" nomli kitobi orqali ham keng omma e'tiboriga tushgan edi. Mazkur kitob muallifning ijodiy izlanishlari va adabiyotga bo'lgan mehri mahsuli sifatida kitobxonlar e'tiboriga havola etilmoqda. 🏆 Universitetimizning yana bir yutug'i o'laroq, yosh shoiraning ilmiy izlanishlari va yutuqlari natijasida O'zbekiston davlat jahon tillari Universiteti rektori Ilhomjon To'xtasinov nomiga tashakkur xati yuborildi! 🥇O'zbekiston davlat jahon tillari Universiteti jamoasi Xurshida Ochilovani ushbu quvonchli ijodiy yutug'i bilan samimiy muborakbod etadi hamda unga kelgusi ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar, ilhom va yangi muvaffaqiyatlar tilaydi🎉

🟦🟦🟦🟦🟦🟦 TALABA-YOSHLAR VA UNIVERSITET JAMOASI! 🚀 G‘OYANGIZ BOR. ENDI UNI KATTA IMKONIYATGA AYLANTIRING! 🇺🇿 “35 000 TA
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 TALABA-YOSHLAR VA UNIVERSITET JAMOASI!
🚀 G‘OYANGIZ BOR. ENDI UNI KATTA IMKONIYATGA AYLANTIRING!
🇺🇿 “35 000 TASHABBUS” — YANGI G‘OYALAR UCHUN KATTA MAYDON! 💡 Sizda jamiyat uchun foydali innovatsion g‘oya bormi? 🚀 O‘z startapingizni yaratish yoki rivojlantirishni istaysizmi? ✨ Dolzarb muammolarga yangicha va amaliy yechim taklif qila olasizmi? Unda “35 000 tashabbus” siz uchun ayni muddao! O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 30-iyuldagi 315-son buyrug‘i ijrosi doirasida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “35 000 tashabbus” umummilliy yoshlar tashabbusi dasturiga start berildi. 🎯 Mazkur dastur talaba-yoshlar hamda universitet jamoasiga o‘zining intellektual salohiyati va kreativ fikrlashini namoyon etish, jamiyatdagi dolzarb muammolarga ilmiy asoslangan, amaliy va nostandart yechimlar taklif qilish imkonini beradi. TASHABBUSLAR QAYSI YO‘NALISHLARDA? 🌱 Ekologiya 📚 Ta’lim 💻 Raqamli texnologiyalar ⚙️ Muhandislik 🩺 Sog‘liqni saqlash 💡 Innovatsion va ijtimoiy loyihalar G‘OYANGIZNI AMALGA OSHIRISH VAQTI KELDI! 📌Ishtirok etish uchun tashabbus.yito.uz platformasida ro‘yxatdan o‘ting va loyihangizni taqdim eting. G‘oyangizni namoyon eting! Startapingizni rivojlantiring! 🇺🇿 O‘zbekistonning innovatsion taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shing! ℹ️ Qo‘shimcha ma’lumot va amaliy yordam uchun: O‘zDJTU Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin. 👉 @IIITB714 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

🟦🟦🟦🟦🟦 ‼️APELLYATSIYA BERISH MUDDATI UZAYTIRILDI ‼️Ta'lim grantiga talabgor sifatida ariza yuborgan talabalar diqqatiga H
🟦🟦🟦🟦🟦 ‼️APELLYATSIYA BERISH MUDDATI UZAYTIRILDI ‼️Ta'lim grantiga talabgor sifatida ariza yuborgan talabalar diqqatiga Hurmatli talabalar, yana bir bor, diqqat bilan Akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash bo‘yicha komissiya hamda Ijtimoiy faollikni aniqlash bo‘yicha komissiya faoliyati natijalari (talabgorlarning aniqlangan ko‘rsatkichlari) ni my.hemis.uz platformasida shaxsiy profilga kirib ko'rishingiz mumkinligi haqida eslatib o'tamiz. 📱 Natijalarni tekshirish | Mening kabinetim ➡️ Mening grantim ➡️ Grant arizalar orqali barcha ballarini ko'rishi mumkin. 🕖Ballardan norozi bo'lgan talabgorlar, 2026-yil 5-avgust 12:00 ga qadar apellyatsiya berishlari mumkin. 📱 Apellyatsiya berish (APELLATSIYA BLANKASI) orqali amalga oshiriladi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Repost from HEMIS_University
🎥 Grant taqsimotiga ariza berish bo‘yicha video qo‘llanma Hurmatli talabalar! Grant taqsimotida ishtirok etish uchun ariza yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma tayyorlandi. ▶️ Videoqo'llanma orqali, arizani yuborishni ko'rib chiqishingiz mumkin. 📌 Eslatma: Ariza yuborishdan oldin barcha ma’lumotlaringizni diqqat bilan tekshiring. Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni bekor qilish yoki tahrirlash imkoni mavjud emas. #ijtimoiyfaollik #hemis #grant #tyutor 🌐hemis.uz 🌐my.hemis.uz 📢HEMIS axborot tizimi telegram kanali 💬HEMIS axborot tizimining telegramdagi guruhi

🇺🇿🇮🇩 O‘zDJTU BITIRUVCHI TALABALARI UCHUN INDONEZIYADA MAGISTRATURA BOSQICHIDA TAHSIL OLISH IMKONIYATI O‘zbekiston davlat
+4
🇺🇿🇮🇩 O‘zDJTU BITIRUVCHI TALABALARI UCHUN INDONEZIYADA MAGISTRATURA BOSQICHIDA TAHSIL OLISH IMKONIYATI O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish doirasida universitet bitiruvchi talabalari uchun Indoneziya Respublikasining Surabaya shahrida joylashgan Universitas Negeri Surabaya (UNESA)da magistratura bosqichida tahsil olish uchun 20 ta grant o‘rni ajratildi. Mazkur tanlovda O‘zDJTUning barcha fakultet va ta'lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin. 🏛 Universitas Negeri Surabaya (UNESA) — Indoneziyaning davlat oliy ta'lim muassasalaridan biri bo‘lib, ta'lim, ijtimoiy-gumanitar fanlar, tillar, madaniyat va boshqa qator yo‘nalishlarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. 🌍 Universitetda 50 dan ortiq magistratura va oliy ta'limdan keyingi ta'lim dasturlari mavjud. Jumladan: • Psychology • Social Sciences and Political Science • Educational Management • Language and Literature Education • Arts and Culture Education • Early Childhood Education • hamda boshqa zamonaviy ta'lim yo‘nalishlari. Mazkur imkoniyat talabalarning xalqaro akademik tajribasini kengaytirish, ilmiy va kasbiy salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston va Indoneziya oliy ta'lim muassasalari o‘rtasidagi akademik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Grant o‘rinlari uchun nomzodlar belgilangan mezonlar asosida ochiq va bosqichma-bosqich saralash jarayoni orqali tanlab olinadi. 📌 Ta'lim bosqichi: magistratura 🎓 Grant o‘rinlari soni: 20 ta 👥 Ishtirokchilar: O‘zDJTUning barcha fakultet va ta'lim yo‘nalishlaridagi bitiruvchi bosqich talabalari 📍 Ta'lim muassasasi: Universitas Negeri Surabaya (UNESA) 🇮🇩 Manzil: Surabaya, Indoneziya 📅 Ariza topshirish muddati: 1-Avgust 🔗 Ariza topshirish havolasi: HAVOLA 🌐 Universitet haqida batafsil ma'lumot: UNESA rasmiy veb-sayti 💰 Moliyaviy shartlar: ✅ Kontrakt (tuition fee) hamkor universitet tomonidan to‘liq qoplanadi. ✅ Yashash xarajatlari (turar joy bo‘yicha grant shartlariga muvofiq) hamkor universitet tomonidan qoplanadi. ❗ Viza rasmiylashtirish va xalqaro aviachipta (transport) xarajatlari nomzodning o‘zi tomonidan qoplanadi 📩 Grant va saralash jarayoni bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot olish uchun @L_shamshodovna ga murojaat qilishingiz mumkin. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram  | Instagram   | Facebook | Sayt

🇺🇿🇮🇩 O‘zDJTU BITIRUVCHI TALABALARI UCHUN INDONEZIYADA MAGISTRATURA BOSQICHIDA TAHSIL OLISH IMKONIYATI O‘zbekiston davlat
+4
🇺🇿🇮🇩 O‘zDJTU BITIRUVCHI TALABALARI UCHUN INDONEZIYADA MAGISTRATURA BOSQICHIDA TAHSIL OLISH IMKONIYATI O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish doirasida universitet bitiruvchi talabalari uchun Indoneziya Respublikasining Surabaya shahrida joylashgan Universitas Negeri Surabaya (UNESA)da magistratura bosqichida tahsil olish uchun 20 ta grant o‘rni ajratildi. Mazkur tanlovda O‘zDJTUning barcha fakultet va ta'lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin. 🏛 Universitas Negeri Surabaya (UNESA) — Indoneziyaning davlat oliy ta'lim muassasalaridan biri bo‘lib, ta'lim, ijtimoiy-gumanitar fanlar, tillar, madaniyat va boshqa qator yo‘nalishlarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. 🌍 Universitetda 50 dan ortiq magistratura va oliy ta'limdan keyingi ta'lim dasturlari mavjud. Jumladan: • Psychology • Social Sciences and Political Science • Educational Management • Language and Literature Education • Arts and Culture Education • Early Childhood Education • hamda boshqa zamonaviy ta'lim yo‘nalishlari. Mazkur imkoniyat talabalarning xalqaro akademik tajribasini kengaytirish, ilmiy va kasbiy salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston va Indoneziya oliy ta'lim muassasalari o‘rtasidagi akademik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Grant o‘rinlari uchun nomzodlar belgilangan mezonlar asosida ochiq va bosqichma-bosqich saralash jarayoni orqali tanlab olinadi. 📌 Ta'lim bosqichi: magistratura 🎓 Grant o‘rinlari soni: 20 ta 👥 Ishtirokchilar: O‘zDJTUning barcha fakultet va ta'lim yo‘nalishlaridagi bitiruvchi bosqich talabalari 📍 Ta'lim muassasasi: Universitas Negeri Surabaya (UNESA) 🇮🇩 Manzil: Surabaya, Indoneziya 📅 Ariza topshirish muddati: 1-Avgust 🔗 Ariza topshirish havolasi: HAVOLA 🌐 Universitet haqida batafsil ma'lumot: UNESA rasmiy veb-sayti 💰 Moliyaviy shartlar: ✅ Kontrakt (tuition fee) hamkor universitet tomonidan to‘liq qoplanadi. ✅ Yashash xarajatlari (turar joy bo‘yicha grant shartlariga muvofiq) hamkor universitet tomonidan qoplanadi. ❗ Viza rasmiylashtirish va xalqaro aviachipta (transport) xarajatlari nomzodning o‘zi tomonidan qoplanadi 📩 Grant va saralash jarayoni bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot olish uchun @L_shamshodovna ga murojaat qilishingiz mumkin. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram  | Instagram   | Facebook | Sayt