Xorijiy filologiya va turizm fakulteti | Rasmiy kanal
Open in Telegram
Ingliz filologiyasi, o'qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakultetining rasmiy kanali !!!
Show more530
Subscribers
+624 hours
+97 days
+1030 days
Posts Archive
Repost from Dilshodbek Rustamov | Rasmiy kanal
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN! 🇺🇿
Aziz yurtdoshlar, qadrli ustozlar, muhtaram hamkasblar va aziz yoshlar!
Sizlarni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli sana — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro‘yobga chiqqan, milliy davlatchiligimiz tiklangan, o‘z taqdirimiz va kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etish imkonini bergan buyuk tarixiy ne’matdir. O‘tgan 35 yil davomida O‘zbekiston ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlari, ilm-fan va ta’limga, ayniqsa, yosh avlodning kamolotiga qaratilayotgan yuksak e’tibor mustaqilligimizning hayotbaxsh kuchini yaqqol namoyon etmoqda.
Biz, ta’lim sohasi vakillari uchun mustaqillikning qadr-qimmati, avvalo, Vatan ravnaqi uchun mas’uliyatni his etadigan, zamonaviy bilim va xorijiy tillarni puxta egallagan, keng dunyoqarashli, milliy qadriyatlariga sodiq va xalqaro maydonda O‘zbekiston manfaatlarini munosib himoya qila oladigan yosh avlodni tarbiyalash imkoniyatida namoyon bo‘ladi. Zero, mamlakatimizning ertangi taraqqiyoti bugun ta’lim olayotgan yoshlarimizning bilimi, tafakkuri, vatanparvarligi va bunyodkorlik salohiyatiga chambarchas bog‘liq.
Bugungi tinch va osoyishta hayotimiz, xalqimizning farovonligi, farzandlarimizning katta orzu va maqsadlar bilan yashayotgani — mustaqillik bergan eng ulug‘ imkoniyatlardandir. Bu bebaho ne’matni asrash, uning mazmunini yangi yutuqlar bilan boyitish va kelajak avlodlarga yanada taraqqiy etgan Vatan qoldirish barchamizning sharafli burchimizdir.
Shu qutlug‘ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlariga fayzu baraka, ezgu ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Jonajon O‘zbekistonimizda tinchlik va osoyishtalik abadiy, xalqimizning hamjihatligi va bunyodkorlik shijoati bardavom bo‘lsin!
Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzi yanada yuksalaversin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Dilshodbek Rustamov
Andijon davlat chet tillari instituti rektori
✅ @d_roostamov
Repost from ADChTI.uz | Rasmiy kanal
YUKSAK E’TIROF MUBORAK!
👍Andijon davlat chet tillari instituti rektori Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
🇺🇿Mazkur yuksak e’tirof — Dilshodbek Abduvaxidovichning mamlakatimiz taraqqiyoti, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlodga zamonaviy va sifatli ta’lim berish, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi samarali mehnati hamda fidokorona faoliyatiga bildirilgan yuksak e’tibor ifodasidir.
Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi nomidan Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovichni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!
Kelgusidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik hamda Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarida yangi zafarlar tilaymiz.
🇺🇿“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni muborak bo‘lsin!
ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI MATBUOT XIZMATI
👍Sahifalarimizni kuzatib boring:
⭐️️Veb-sayt
🕊Telegram 📱Facebook
📱Instagram 📺YouTube
#e'lon
⚡️28.08.2026-yilda Andijon davlat chet tillari instituti “Ingliz filologiyasi va metodikasi” kafedrasi tayanch doktaranti Qodirov Xalilullo Raxmatullo o'g'lining 10.00.13 – Qiyоsiy va chog‘ishtirma tilshunоslik ixtisosligi boʻyicha “Ingliz va o‘zbek tillarida subyektivlik kategoriyasi va pozitsiyalash strategiyalarining lisoniy-pragmatik tabiati (tipologik xilma-xillik kontekstida)” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi uchun kafedra muhokamasi boʻlib oʻtadi.
Boshlanish vaqti: 10:00 da
O‘tkaziladigan joy: “Ingliz filologiyasi va metodikasi” kafedrasi.
Bizning sahifalarimizni kuzatishda davom eting👇 🌐 ifomt.uz 📱Telegram 📱Facebook 📱Instagram
Repost from ADChTI.uz | Rasmiy kanal
🇺🇿#Mustaqillik35
YANGI O‘ZBEKISTON — UCHINCHI RENESSANS SARI!
🇺🇿Yangi Oʻzbekistonda yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, munosib ish bilan taʼminlanishi hamda oʻz salohiyatini toʻliq namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
👍Andijon davlat chet tillari instituti
😃Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti bitiruvchisi Azamatova Manzura ana shunday imkoniyatlardan samarali foydalangan yoshlardan biridir.
📚IELTS 7.0 sertifikati sohibasi bo‘lgan Azamatova Manzura viloyat hokimi va bitiruvchi yoshlar uchrashuvidan so‘ng Andijon shahridagi 30-son umumta’lim maktabiga ingliz tili fani o‘qituvchisi sifatida ishga qabul qilindi. Xalqaro til sertifikatiga ega bo‘lgani sababli uning asosiy ish joyidagi oylik maoshi 6 million so‘mdan yuqori.
👩🏫 Asosiy ish faoliyati bilan bir qatorda, u xususiy o‘quv markazida ham yosh bolalarga ingliz tilidan saboq berib kelmoqda. Bir nechta faoliyatni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ygani natijasida bugungi kunda uning oylik umumiy daromadi 1000 AQSH dollaridan ortmoqda.
🇺🇿Yangi O‘zbekiston — har bir intiluvchan yoshning orzulari ro‘yobga chiqayotgan imkoniyatlar mamlakati!
👍Sahifalarimizni kuzatib boring:
⭐️Veb-sayt
🕊Telegram 📱Facebook
📱Instagram 📺YouTube
Repost from ADChTI.uz | Rasmiy kanal
#BizningPrezident
TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN, HURMATLI PREZIDENT!
Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar.
Prezidentimizning yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va yoshlar kelajagi yo‘lida olib borayotgan fidokorona faoliyatlari yuksak e’tirofga sazovordir.
Muhtaram Prezident, tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr hamda Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
👍Sahifalarimizni kuzatib boring:
⭐️Veb-sayt
🕊Telegram 📱Facebook
📱Instagram 📺YouTube
Repost from ADChTI.uz | Rasmiy kanal
📣O‘QISHNI KO‘CHIRISHDA YANGI IMKONIYAT!
🎓Endilikda nodavlat yoki xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabgorlar uchun yangi imtiyozlar joriy etildi.
👍Andijon davlat chet tillari instituti ham sizga ushbu imkoniyatni taqdim etadi.
🗓Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha elektron platforma yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.
☎️Murojaat uchun:
+99855-203-00-03
+99855-202-24-02
🎥Video muallifi: "ADCHTI press" guruhi rahbari — Muzaffarxon Buzrukov.
👍Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati 🕸Sahifalarimizni kuzatib boring ✈️ adchti.uz 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Repost from ADChTI.uz | Rasmiy kanal
👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍
TASHABBUSKOR YOSH TADBIRKORLAR QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA
👍Andijon davlat chet tillari institutida yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar OAV orqali keng yoritildi.
📹Mazkur videolavhada 😃Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti talabalari faoliyati, ularning tadbirkorlik yo‘lidagi ilk qadamlari, amalga oshirayotgan startap loyihalari hamda o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yish borasidagi tajribalari haqida so‘z yuritiladi.
✨Institutda yaratilayotgan keng imkoniyatlar va amaliy qo‘llab-quvvatlash tizimi yoshlarning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, ularni zamonaviy bilim va tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega, raqobatbardosh mutaxassislar etib voyaga yetkazishga xizmat qilmoqda.
👍Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati 🕸Sahifalarimizni kuzatib boring ✈️ adchti.uz 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Repost from ADChTI.uz | Rasmiy kanal
+6
“BUGUNGI YOSHLAR CHINDAN KITOBXONMI?”: INSTITUTDA QIZG‘IN DEBAT TASHKIL ETILDI
👍Andijon davlat chet tillari institutida an’anaviy “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida “Kitobxonlik — ma’naviy yuksalish asosi” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.
🎙Tadbirlar doirasida talaba-yoshlar ishtirokida “Bugungi yoshlar chindan kitobxonmi? Yoxud hammasi ijtimoiy tarmoqlar uchunmi?” mavzusida debat tashkil etildi. Mazkur munozarani fakultet dekan o‘rinbosarlari R. Sultonov va B. Botirov moderator sifatida olib bordilar.
💬Debat davomida ishtirokchilar ikki jamoaga bo‘linib, zamonaviy mutolaa madaniyati, raqamli asrda kitobxonlikning o‘rni hamda ijtimoiy tarmoqlarda kitob mutolaasini targ‘ib qilishning ijobiy va salbiy jihatlari yuzasidan o‘z pozitsiyalarini dalillar asosida himoya qildilar.
📖Munozara jarayonida kitob mutolaasining mazmun-mohiyatini anglash, o‘qilgan asarlarni tahlil qilish, ularni zamonaviy vositalar orqali keng ommaga yetkazish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha qator dolzarb fikr va takliflar ilgari surildi.
✨Yakunda moderatorlar bunday debatlar talabalarning tanqidiy va tahliliy fikrlash, muloqot madaniyati, jamoa bilan ishlash hamda o‘z nuqtayi nazarini dalillar asosida himoya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.
#PayshanbaYoshlarKuni
#Kitobxonlik
#Debat
#MutolaaMadaniyati
#ADCHTI
👍Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati 🕸Sahifalarimizni kuzatib boring ✈️ adchti.uz 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
+9
INGLIZ FILOLOGIYASI, O‘QITISH METODIKASI VA TARJIMASHUNOSLIK FAKULTETIDA NAVBATDAGI YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI
👍Andijon davlat chet tillari instituti 😃Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakultetida fakultet professor-o‘qituvchilari hamda tyutorlar jamoasi ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🔺Yig‘ilish davomida fakultet faoliyatiga oid qator dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, bu boradagi vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, 2025–2026-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha yillik hisobotlarni tayyorlash va sifatli rasmiylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔺Kun tartibidan, shuningdek, 3-bosqich talabalari bandligi hamda ularning xalqaro va milliy sertifikatlarga egalik holatini tahlil qilish masalasi ham o‘rin oldi. Mazkur yo‘nalishlarda mavjud holat ko‘rib chiqilib, tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
🔺Yig‘ilish yakunida fakultet faoliyatiga oid boshqa tashkiliy masalalar ham muhokama qilinib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
👍Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati 🕸Sahifalarimizni kuzatib boring ✈️ adchti.uz 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Repost from ADChTI.uz | Rasmiy kanal
⚽️CHELLENJ DAVOM ETADI!⚽️
👍Andijon davlat chet tillari instituti
😃Ingliz filologiyasi, oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari O‘zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatidagi tarixiy yurishida qo‘llab-quvvatlaydi.
🇺🇿Bu shunchaki futbol emas — bu xalqning ishonchi, yoshlarning orzusi va Vatan sha’ni uchun kurashdir!
🇺🇿Biz ishonamiz!
⚽Biz qo‘llab-quvvatlaymiz!
🔥Biz g‘alabani kutamiz!
🇺🇿Olg‘a, O‘zbekiston! Maydonda ham, qalblarda ham sen bilanmiz!
🎥Video muallifi: “ADCHTI pressa” guruhi a’zosi — Sherali Ismoilov.
#JahonChempionati #BizBirgamiz #OlgaOzbekiston #UzbekistanNationalTeam #ADCHTI
⚠️ESLATMA: Ertaga, 28-iyun kuni soat 04:30 da Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi Kongo Demokratik Respublikasi milliy terma jamoasiga qarshi 2026 FIFA World Cup guruh bosqichining muhim uchrashuvida maydonga tushadi. Uchrashuv Atlantadagi Mercedes-Benz Stadiumda bo‘lib o‘tadi.
👍Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati 🕸Sahifalarimizni kuzatib boring ✈️ adchti.uz 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍
😃2026-yil 29-iyun kuni Andijon davlat chet tillari instituti Gid hamrohligi, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi T.Abduraxmanovning 10.00.13 –Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi boʻyicha “Ingliz va o‘zbek tillarida klimaksni lingvopoetik, nominativ-stilistik va lingvokulturologik tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi uchun kafedra muhokamasi boʻlib oʻtadi.
🗣Boshlanish vaqti: 15:00 da
✅O‘tkaziladigan joy: Gid hamrohligi, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik kafedrasi
Bizning sahifalarimizni kuzatishda davom eting 👇🌐 ifomt.uz 🔵Telegram 👥Facebook 📷Instagram
👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍
😃2026-yil 30-iyun kuni Andijon davlat chet tillari instituti “Ingliz tili oʻqitishning integrallashgan kursi” kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi Otaboyev Axmadullo Jumaqo‘zi o‘g‘lining “Ingliz va oʻzbek tillarida futbolga oid terminlarning chog‘ishtirma tadqiqi” mavzusidagi 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi uchun kafedra muhokamasi boʻlib oʻtadi.
Boshlanish vaqti: 14:00 da
O‘tkaziladigan joy: “Ingliz tili oʻqitishning integrallashgan kursi” kafedrasi.
👍 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
Bizning sahifalarimizni kuzatishda davom eting 👇🌐 ifomt.uz 🔵Telegram 👥Facebook 📷Instagram
👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍
⭐2026-yil 26-iyun kuni Andijon davlat chet tillari instituti Gid hamrohligi, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi N.Shamsutdinovaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi boʻyicha “Noverbal muloqat ifodalovchi semiotic birliklarning lingvopragmatik tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi uchun kafedra muhokamasi boʻlib oʻtadi.
⭐Boshlanish vaqti: 15:00 da
📍O‘tkaziladigan joy: Gid hamrohligi, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik kafedrasi
Bizning sahifalarimizni kuzatishda davom eting 👇🌐 ifomt.uz 🔵Telegram 👥Facebook 📷Instagram
👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍
⭐2026-yil 27-iyun kuni Andijon davlat chet tillari instituti “Ingliz tili oʻqitishning integrallashgan kursi” kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi Bakirova Xilolaxon Botiraliyevnaning 13.00.02-Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo'yicha) ixtisosligi boʻyicha “Sohaviy tarjimonlarni axborot resurslari asosida tayyorlashning lingvodidaktik asoslari” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi uchun kafedra muhokamasi boʻlib oʻtadi.
⭐Boshlanish vaqti: 10:00 da
📍O‘tkaziladigan joy: Andijon Davlat Chet tillari instituti, 3-bino Konferensiyalar zali.
Bizning sahifalarimizni kuzatishda davom eting 👇🌐 ifomt.uz 🔵Telegram 👥Facebook 📷Instagram
+8
👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍
VOLONTYORLIK FAOLIYATI DOIRASIDA “YASHIL MAKON” AKSIYASI O‘TKAZILDI
👍“Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti tyutori Sh.Ne'matjonov hamda faol talaba-yoshlar tomonidan volontyorlik faoliyati doirasida Andijon massivida “Yashil makon” ekologik aksiyasi tashkil etildi.
✅Aksiya davomida hududni obodonlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida atrof muhitni chiqindilardan tozalandi.
🗣Tadbirda ishtirok etgan talaba-yoshlar atrof-muhitni asrash, tabiatga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo‘lish hamda yurtimizning yanada obod va ko‘rkam bo‘lishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
🔗Mazkur aksiya yoshlar qalbida ekologik mas’uliyat, tabiatga e’tibor va fuqarolik faolligi kabi muhim fazilatlarni shakllantirishga xizmat qildi. Bunday tashabbuslar yurtimizda yashil hududlarni ko‘paytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
👍 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
Bizning sahifalarimizni kuzatishda davom eting 👇🌐 ifomt.uz 🔵Telegram 👥Facebook 📷Instagram
+9
IKKINCHI MUTAXASSISLIK FANIDAN YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI O‘TKAZILDI
👍Andijon davlat chet tillari instituti 😃Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti bitiruvchi bosqich talabalari uchun ikkinchi mutaxassislik fanidan yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
🎓Mazkur attestatsiya jarayonida talabalar o‘qish davomida egallagan nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Imtihonlar belgilangan tartib va mezonlar asosida shaffof hamda xolisona tashkil etildi.
✨Yakuniy davlat attestatsiyasi bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasini baholash, ularning kelgusi mehnat faoliyatiga tayyorligini aniqlashda muhim bosqich hisoblanadi.
📚Bitiruvchi talabalarga yakuniy sinovlarda muvaffaqiyat va kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
👍Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati 🕸Sahifalarimizni kuzatib boring ✈️ adchti.uz 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Repost from ADChTI.uz | Rasmiy kanal
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️
TARIXIY TONG, UNUTILMAS HAYAJON!
⚽️Kecha tong saharda Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini katta ekran qarshisida birgalikda tomosha qildi.
🏆Bu nafaqat futbol uchrashuvi, balki birdamlik, vatanparvarlik va tarixiy daqiqalarga guvoh bo‘lish onlari bo‘ldi.
🎥Ushbu unutilmas lahzalarni batafsil videoda tomosha qiling!
🎥Video muallifi: "ADCHTI pressa" guruhi a'zosi - Sherali Ismoilov.
👍Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati 🕸Sahifalarimizni kuzatib boring ✈️ adchti.uz 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Repost from ADChTI.uz | Rasmiy kanal
+9
ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTIDA “QOG‘OZSIZ BIR KUN” EKOAKSIYASI TASHKIL ETILDI
👍Andijon davlat chet tillari institutida ekologik mas’uliyatni oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda raqamli boshqaruv tizimini keng joriy etish maqsadida “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazildi.
🔺Mazkur tashabbus doirasida institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar va xodimlar qog‘oz iste’molini kamaytirish, ish jarayonlarida elektron platformalardan keng foydalanish hamda hujjatlar almashinuvini raqamli shaklda tashkil etish bo‘yicha faol ishtirok etdilar.
🔺Aksiya davomida zamonaviy axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ortiqcha qog‘oz sarfining oldini olish, resurslarni tejash va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.
❌“Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik va raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish yo‘lidagi muhim amaliy qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.
👍Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati 🕸Sahifalarimizni kuzatib boring ✈️ adchti.uz 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍
⭐2026-yil 26-iyun kuni Andijon davlat chet tillari instituti “Ingliz tili oʻqitishning integrallashgan kursi” kafedrasi doktoranti Karimova Madina Saydulla qizining 10.00.13 – Qiyоsiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari) ixtisosligi boʻyicha “Ingliz va O'zbek eristik diskursining struktur-tipologik va funksional-pragmatik tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi uchun kafedra muhokamasi boʻlib oʻtadi.
⭐Boshlanish vaqti: 14:00 da
📍O‘tkaziladigan joy: “Ingliz tili oʻqitishning integrallashgan kursi” kafedrasi.
Bizning sahifalarimizni kuzatishda davom eting 👇🌐 ifomt.uz 🔵Telegram 👥Facebook 📷Instagram
