Ezoza Umarova
Open in Telegram
Farzand tarbiyasi: - islomiy tarbiya; - erkin va tanqidiy fikrlovchi bola o'stirish; - bolalar jinsiy tarbiyasi masalalari; - ko'p til o'rgatish; - bolalar moliyaviy savodxonligini oshirish. Murojaat uchun: @ezozaumarova sotuvdagi kitoblar: @mittiland
Show more427
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Bu xabarni o‘qib hech ham ajablanmadim. Chunki jamiyatimizda emlash jarayoniga e'tibor o‘zgarmoqda. "Bolamni emlatmayman, emlash xavfli, dinimiz emlashni yoqlamaydi, emlangan bolalar kasal bo‘lib qolmoqda" kabi gap-so‘zlar tez-tez quloqqa chalinmoqda. Vabang mana natija!
Qizamiq yuqumli kasalliklar ichidagi eng xavfli kasallik. Bolaning bir zumda halok bo‘lishi hech gap emas. Ilm-fan ushbu xastalikning tayyor davosini taqdim qilayotgan bir vaqtda undan bosh tortadiganlarni o‘zini ongli tarzda jarga tashlayotganlarga qiyoslash mumkin. Eng yomoni emlatishni istamaganlar jamoaviy immunitetga ham ziyon yetkazib kasallik avj olishiga sabab bo‘lishadi
Qizamiqqa qarshi emlash ikki marta, bola 12 oylik bo‘lganda hamda 6 yoshga yetganda qilinadi. Qizim 1 yoshga to‘lgan vaqtda Xitoyda edim. Ayolimga har kuni "poliklinikadan xabar ol, KPK-1 (qizamiq, qizilcha va parotit (tepki)ga qarshi vaksina) kelibdimi, kelgan bo‘lsa zudlik bilan borib bolani emlat" derdim. Qizim qizamiqqa qarshi emlangach ancha xotirjam bo‘lganman
Bolalarga vaksina qildirishga qanday qaraysiz, fikrlaringizni qoldirishingizni so'rayman.
☺️
Assalomu alaykum qadrli kitobxonlar!
Xabaringiz bormi, hakerlar hujumidan ko'pchilik aziyat chekishni boshlayapti. Shubhali havolalarga kirmang. Biror saytlarga, ayniqsa o'zbekcha tarjima qilingan, yoki ruscha bo'lsa ham, yutuq taklif qilayotgan joylardan ehtiyot bo'ling. Kartangizni iloji boricha ishonchli do'konlarga bering. Duch kelgan telegram banking sms xabarnomalariga ulanib olmang. Mobil ilovalardan ham foydalanmang.
Yaqinda opa-singildek dugona bo'lib qolgan qo'shnijonim yangi ish boshlagan edilar. 3 farzandning onasi, ismlari Xusniya. Juda ochiqqina ayol, bittagina ovsinlarini bor, ularni ham yaxshi taniyman. Ikkalasi ahilliga havas qilsa arziydi. Hammaga ibrat bo'ladigan oila deb hisoblayman.
Xullas, shu ayol uyda o'tirib, Turkiyadan bolalar uchun sifatli va arzon bo'lgan chiroyli kiyimchalar, hamda paypoq va kolgotkilar sotuvini yo'lga qo'yibdilar. Yangi biznesni qo'llab-quvvatlashni istasangiz, ushbu guruhga siz ham qo'shilib oling. Viloyatlarga ham yetkazib beriladi.
Chin dildan xolis reklama deb qabul qiling. Bu oilani yaxshi ko'raman, shunchun sizlarga ham ilingim keldi:
https://t.me/+lKe5IVh2sqA2MzQy
Repost from N/a
We began introducing my nephew to 0+ level books shortly before he turned one. Gradually, we've progressed to more advanced books, and now he can comprehend books meant for year 1 and year 2. We initially focused on fiction, but have since included non-fiction books as well. Lately, he's been showing a greater interest in non-fiction; however, we continue to offer a mix of both. Even though he hasn't learned the letters yet, the crucial part is that he's actively involved and finds the activity engaging
Bugun negativ yozaman🙈
Birovning bolasidagi jismoniy nuqsonni aytish uchun qanchalik farosat kerak deb o’ylaysiz? Qo’shningiz, dugonangiz yoki biror tanishingizni bolasini ko’zi qiyshiq, qulog’i shalpang, qadami notekis, tili chuchuk ekanligini onasiga bildirayotganingizda, ichingizda “G’oliblik”ni his qilasizmi? Nimani hayoldan o’tkazasiz? Men shunga hech tushunolmayman!
Tag'in, hazil qilib jilmayib gapirib qo'yishadi!
Ayniqsa, mana bunaqa "shedevr" gaplar:
- Iye, oyog'i zaparoj bo'lib qolibdi.
- Qo'lini nimaga tepaga qaratib yotadi, belab qo'ying.
- Boshi pachoq ekan.
- Ko'zi nega ikki xil?
- 2 ga kirdiku, haligacha pampers taqadimi?
Siz shuni aytmasangiz ham, bolaning ota-onasi buni juda yaxshi bilishadi. Gapirib ularni hijolatga qo’yasiz, qalbi og’riydi. Farzandi uchun ichi yonadi.
Birovga achchiq haqiqatingizni bildirishdan oldin, bir o’ylab ko’ring! Haligi ota-ona kechalari uxlamay farzandi uchun bedor bo’lib chiqqan. Tinmay doktorga qatnab, qo’lidan kelgancha davolatgan. Siz ularni “ko’zini ochirib qo’ymaguncha” shu ishlarni birovdan berkitib harakat qilishgan. Toki atrofdagilar farzandining biror nuqsoni borligini bilib qolmasin!
Shunday ekan, qimmatli maslahatingizga ketadigan vaqtni o’z bolangiz uchun asrab qo’ya qoling. Birovning farzandidagi nuqsonni “kashf” qilsangiz, ko’rmaganga olib jim turing.
P.S. Bir ayolning qizchasining ko'zlarida katarakta aniqlangan. Shuni davolatish uchun 2 marta operatsiya qilishdi. Iloji boricha atrofdagilarga bildirmaslikka harakat qilishadi. Ammo ba'zilar o'ta "kuyunchak"ligini namoyish qilgisi keladi. Qizchaning ko'ziga tikilib qarab, "Bitta ko'zi tepaga ketib qolarkan. Doktorga ko'rsatinglar buni" deydi. 🤦♀ Xuddi bu gapni aytmaguncha, ota-onani xabari bo'lmaydigandek.
O'tgan yili John Holt haqida ham yozgan edim. Hozirda bu fikrni yana-da mustahkamlash uchun bir narsani aytmoqchiman.
Men uyda ta'lim berish bilan birga maktabni ham teng ravishda olib borish tarafdoriman. Maktabda o'rgangan narsasini uyda ota-onasi bilan shug'ullangan bolalar ko'proq mehrga to'yib, darslarni ham yaxshi o'zlashtirib borishadi.
Hozirda Dr. Mirriam Stoppardning "Know your child" kitobini o'qish bilan bandman. Bu kitobni ilk farzandim tug'ilgan paytiyoq boshlamaganimga afsuslandim.
Unda bola parvarishi, jismoniy va aqliy rivojlanishi uchun ajoyib qo'llanmalar berilgan ekan. O'qib to'ymayapman. Ichidan o'zimga kerakli ma'lumotlarni oldim. Shu kitobdan keyin farzandimni tushunish osonlashdi. Ungacha ko'p kurslarda o'qidim, psihologiyaga oid ma'lumotlarni titkilab chiqdim. Lekin shu kitobni boshlaganimdan keyin foydasini sezishni boshladim.
Shu kitobda bir fikr diqqatimni tortdi. Ya'ni, oilaviy ovqatlanishni an'anaga aylantirish. Shu ritmni doimiy ravishda ushlab turish. Ovqatlanish jarayonida kattalar o'zaro suhbatlashib o'tirmasdan, farzandlarni ham jalb qilish kerak ekan.
Ko'pincha men ko'rgan oilalarda bunday emas. Kattalar o'zaro hazil-huzil qilishadi, gaplashib o'tirishadi. Lekin bolalarni fikri so'ralmaydi. Suhbatga aralashgudek bo'lishsa, jim o'tirish buyuriladi.
Oilaviy ovqatlanish farzandlarga eng muhim dars vaqti hisoblanar ekan. Ular o'zlarini jamiyatda qanday tutishni va fikrini ifodalay olishini aynan shu vaqtda o'rganadi.
Sizlarga ham tavsiya qilaman. Ichidan ba'zi ma'lumotlarni ham tarjima qilib boraman vaqtimga qarab☺️
Ba'zan yosh onalar bilan tanishib qolib, ular bilan uchrashuvlar qilib turamiz. Farzandlarimiz birga o'ynashi va vaqt o'tkazishi uchun bu foydali deb o'ylayman.
Bir ona bilan ham tanishib qolgan edim. Ancha chaqqon va teran fikrlaydigan ayol ekan. Farzandlarimiz ham tez til topishib ketishdi. Ammo ovqat mahali og'liga stakanga suv quyib berayotganda, bolasi: "Bu xuddi vinoni idishiga o'xsharkan" deb yuborsa bo'ladimi...😅🙈 2 yoshli bola!
Ota-onalar farzandiga amali bilan o'rnak bo'lishini yana bir bor tushunib yetdim. Siz farzandingizga qilma demang. O'zingiz shuni qilmang!
Farzandingiz bilan suhbatlashmas ekansiz, u bilan boshqa birov shu ishni qiladi. Tanlov o'zingizda!
https://yoki.uz/ китобхонларни бирлаштирадиган онлайн платформаси иш бошлабди!
Ҳайрли ва давомли бўлсин!
YOKI.UZ Ўзбекистонда илк китобхонлар ҳамжамияти!
YOKI бу…
- Китобларга оид тақриз, иқтибослар базаси;
- Севимли асарлар муҳокамаси;
- Ўзаро билим алмашиш майдони;
- Китоблар рўйҳатини белгилаш имконияти;
- Асарларга оид қизиқарли саволлар, тестлар;
- Китоблар дунеси, дуне китоблари ҳақида қайноқ янгиликлар;
- Турли илм-фан, адабиетга хос клублар;
- китоб ва илм ихлосмандлари макони!
Ажойиб лойиҳа бўлибди, Аллоҳ ҳайрли қилсин!
Китоблар учун алоҳида ташаккур!
Sanjar Nazar , Феруза Назар опа, бардавом бўлсин! Қанча меҳнат ва харакат етибди бу лойиҳада!
Gavhar Teshaboyeva
Repost from N/a
If you have small children or students, you should try to put the main input during this time.
After you should give a task or change the activity.
If they continue the same activity more than this time, they may get easily distracted or bored.
Average Attention Span by Age Group
2 years old: 4-6 minutes.
3 years old: 6-8 minutes.
4 years old: 8-12 minutes.
5-6 years old: 12-18 minutes.
Photoshopda ishlaydiganlar uchun tayyor logotipni tagidan qisqa matnni to’g’rilab berilishi kerak bo’lgan ish bor. Budjet 50 ming so’m. @ezozaumarova ga yozing.
Avvallari bolaga baqiradigan onalarni tushunmas edim. Hozir bildimki, ularni yupatuvchi suyanchiq bo‘lmas ekan. Alamini boladan olib, asablarini "joyiga" tushirib olarkan.
Men ham orada o‘g‘limni bir-ikki marta urishib qo‘ydim. Xom sut emgan banda, ideallikka erisha olmas ekanmiz. Har safar o‘zimni ayblayman. Men yaxshi ona emasman deb o‘ylayveraman.
Lekin farzand uchun o‘zining onasidan boshqa hech kim yaxshiroq ona bo‘lolmaydi. Instagramdagi super onalarni ko‘rib, o‘zimdan kamchilik qidiradigan bo‘lib qolibman. Shuning uchun ularni kuzatishni to‘xtatdim.
Dekret paytida xatolarimdan qilgan xulosalarimni birma-bir sanamoqchiman:
1. Farzand uxlaganda, siz ham hamma narsani tashlab, birga uxlab oling.
2. Yaqinlarni yordamini hech qachon rad qilmang.
3. Bolamga mendek qaramaydi, eplolmaydi, demang. 2-3 soatda bolangizga hech narsa qilmaydi. Dam olishni hech qachon ortga surmang.
4. Maslahat beruvchilardan uzoqroq yuring.
5. Asablarni asrash uchun Magniy ichishni boshlang. U sizni tinchlantiradi.
6. Kirlarni vaqtida yoying, bo‘lmasa esingizdan chiqadi va ular hidlanib qoladi.
7. Tishlaringizni vaqtida davolatib oling.
8. Agar uyingiz yoyilib yotgan bo‘lsa-yu, lekin siz juda charchagan bo‘lsangiz, yotib dam oling. Tartibsiz o‘yinchoqlar uyni ozoda emasligini bildirmaydi.
9. Bola aytganingizni qilmayaptimi, hammasini tashlang-u, tezda biror yolg‘iz qoladigan xonaga boring. O‘zingizga kelgach, yaxshi kayfiyat bilan tashqariga chiqing. Shunda bolaga ortiqcha baqirmaysiz.
10. Xo‘jayiningizdan yordam so‘rang. Bo‘lmasa asabingiz tamom bo‘ladi. Tushunmaydigan erkaklar bo‘lmaydi. Oilasi va kelajagi uchun albatta rozi bo‘lishadi.
