en
Feedback
Ezoza Umarova

Ezoza Umarova

Open in Telegram

Farzand tarbiyasi: - islomiy tarbiya; - erkin va tanqidiy fikrlovchi bola o'stirish; - bolalar jinsiy tarbiyasi masalalari; - ko'p til o'rgatish; - bolalar moliyaviy savodxonligini oshirish. Murojaat uchun: @ezozaumarova sotuvdagi kitoblar: @mittiland

Show more
427
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
December '24
December '24
+6
in 2 channels
November '24
+23
in 1 channels
Get PRO
October '24
+1
in 1 channels
Get PRO
September '24
+2
in 2 channels
Get PRO
August '240
in 0 channels
Get PRO
July '240
in 0 channels
Get PRO
June '240
in 0 channels
Get PRO
May '24
+4
in 2 channels
Get PRO
April '24
+5
in 1 channels
Get PRO
March '24
+29
in 3 channels
Get PRO
February '24
+25
in 0 channels
Get PRO
January '24
+54
in 0 channels
Get PRO
December '23
+54
in 1 channels
Get PRO
November '23
+27
in 1 channels
Get PRO
October '23
+25
in 0 channels
Get PRO
September '23
+65
in 0 channels
Get PRO
August '23
+31
in 0 channels
Get PRO
July '23
+26
in 0 channels
Get PRO
June '23
+33
in 0 channels
Get PRO
May '23
+24
in 0 channels
Get PRO
April '23
+242
in 0 channels
Get PRO
March '23
+23
in 0 channels
Get PRO
February '23
+86
in 0 channels
Get PRO
January '23
+26
in 0 channels
Get PRO
December '22
+26
in 0 channels
Get PRO
November '22
+24
in 0 channels
Get PRO
October '22
+25
in 0 channels
Get PRO
September '22
+342
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
09 December0
08 December0
07 December0
06 December0
05 December0
04 December+2
03 December0
02 December+1
01 December+3
Channel Posts
photo content
+1

2
Nega yigitlarga o'z vaqtida uylanish tavsiya etiladi? “Hoy yigitlar jamoasi! Sizlardan kim oila harajatlariga qodir bo’lsa uylansin …” (Buxoriy rivoyat qilganlar) Anchadan buyon qo’limga kitob olib o’qimay qo’ygandim. Injiqligim bor. Kitobni sotib olishdan avval u haqida boshqalar bergan taqriz (review) ni va kitobni qisqacha mazmunini ko’rib chiqaman. Hozirda Shizofreniya, Epilepsiya va Bipolyar buzilishlar bo’yicha ilmiy ish qilayotganim uchun shu sohaga oid kitoblarga chanqoqlikni his qilib yurgandim. Qo’limga 2000 yil Fiziologiya/Tibbiyot bo’yicha Nobel mukofoti sohibi, Kolumbiya Universiteti professori Erik Kandel ni “The Disordered Mind” kitobi tushdi (1-rasm). Erik Kandel xotira va o’rganishda sinapslarni markaziy rolini topganligi uchun Nobel olgan. Kitobni o’qir ekanman, qiziq faktga duch keldim. Kitobdagi fikrlarni umumiy holda keltiraman: “Keyingi yillardagi texnologik yuksalishlar insonlarga avval ma’lum bo’lmagan genetik og’ishlarni ko’rsatib berdi. Bular: "copy number variations" va "de novo mutations”. "Copy number variations" bu DNK dagi nukleotidni yo’q bo’lishi yoki ko’payishiga (x2) aytiladi. "De novo mutations" bu yangi mutatsiyalar. Voyaga yetgan erkak urug’ hujayralarida to’satdan yangi mutatsiyalar sodir bo’lib turadi. Bu yangi (de novo) mutatsiyalar soni inson yoshi ulg’aygan sari ko’payib boradi, ya’ni erkak urug’ o’zak hujayralari har 15 kunda bo’linib turadi. Mazkur bo’linish jarayonida DNK ko’chirilib turishi natijasida turli xil xatolar ham yuzaga keladi va shu xatolarni tuzatilmagan qismi keyinchalik yangi mutatsiyalarga olib keladi. Endi, quyidagi qiziq faktlarga e’tibor bering: 1. 20 yoshdagi otada o’rtacha 25 ta yangi mutatsiyalar mavjud bo’lsa, 40 yoshdagi otada esa 65 ta atrofida yangi mutatsiyalar mavjud bo’ladi; 2. Yangi mutatsiyalarni hammasi ham havfli emas, lekin aynan shu de novo mutatsiyalar autizm holatlarini kamida 10%ga hissasi to’g’ri keladi; 3. De novo mutatsiyalari tufayli autizmga chalinish holatlarida onalarni hissasi yo’q, chunki ayollardagi tuxum hujayralar hayot davomida bo’linib ko’paymaydi – ular tug’ilishdan oldin yaratilgan bo’ladi; 4. Quyidagi rasmda (2-rasm) Islandiya davlatida 78 ta bola va ularni ota-onasini genetik materiali tahlili keltirilgan. Shulardan, 44 tasi autizmga chalingan bolalar. Rasmda qizil nuqtalar autizmga chalingan bolalarga tegishli bo’lib, bunda yoshi katta otalarni autizmga chalingan farzandlarida de novo mutatsiyalar soni oddiy bolalarnikidan ko’proq, vaholanki mazkur de novo mutatsiyalar kasallikka chalingan bolalarni otasida ham, onasida ham mavjud emas. 5. Oxirgi yillarda autizm holatlari ko’payayotgani sabablaridan biri bu kech uylanish va kech farzand ko’rishdir. Yuqoridagi hadis mazkur ma’lumotlarni o’qigach yodimga tushdi va imkon bo’lsa uylanish va farzand ko’rish mazkur holatlar (autizm, shizofreniya)ni ancha kamaytirishi mumkin. ©Эркин Курганов
442
3
UMRAGA KETAYOTGANLAR UCHUN LAYFXAKLAR #umra #umralayfxak 1️⃣) 5 mahal namozni masjidul Nabaviy va masjidul Haromda o’qish muhimligi uchun, agar mexmonxonangiz uzoqda bo’lsa, qatnab charchamaslik uchun mana bu kun tartibiga amal qiling: a) bamdod namoziga borib kelgach, peshingacha dam olib, tushlik qilib (ba’zida qilmay), masjidga borasiz. b) Makkada masjidning 88, 89-eshik (soatga yaqin joyida) yaqinida taxoratxona eng yaqin. O’sha yerga joylashib, xuftongacha masjidda bo’ling. v) O’ziz bilan mayda-chuyda olsangiz, qorin ochmaydi (eng yaxshisi ro’za tutish). Och qolsangiz ham, soatning 4-qavatida fast-food bor, yugurib yeb chiqib, yana masjidga kirib ketaverasiz. g) Xufton namozini o’qib, mexmonxonaga borib, kechki ovqat yeysiz. 2️⃣) Imkon qadar o’zingiz yoki turmush o’rtog’ingiz bilan yuring, ayollar guruxi bilan bo’lsangiz, vaqtingiz behuda o’tib ketadi. 3️⃣) 2 soat vaqt sarflab, masjidni to’liq aylanib chiqing, adashmaslik uchun. 1 marta shu ishni qilsangiz, mo’ljalni aniq olasiz keyin. 4️⃣) Kun chiqayotganda, botayotganda, tikkaga kelganda va asr-shom oralig’idan boshqa vaqt nafl va qazo namozlarini o’qing. Asr va shom orasida tavof qilish, zikr qilish va Qur’on oqing. 5️⃣) Madinada va Makkada mexmonxonaga joylashayotganizda yosh ayollar bilan xonadosh bo’lishga xarakat qiling. Yoshi kattalar xonadagi konditsionerni o’chirib qo’yib, charchatadi. 6️⃣) Bemalol, tur firmasiz kela olasiz (agar til bilsangiz va Umra ibodatini qanday baharish kerakligini puxta bilsangiz). Buning uchun: a) Elektron viza olasiz. b) Toshkent-Jidda-Toshkent bilet qidirasiz (Ravshan Odil ga murojaat qilasiz). Eng arzon bilet va tur paketlar shu yigitda. Juda olijanob yigit. v) mexmonxona bron qilasiz (https://www.booking). Mana shu 6-punkt haqida batafsil yozishim mumkin, chunki keyingi safar tur firmasiz kelmoqchimiz in sha Alloh. Siz-da yana qanday layfxaklar bor? Gavhar Teshaboyeva
1 000
4
Ҳеч ким жиноятчи бўлиб туғилмайди. Ҳеч ким ўзидан-ўзи ёмон йўлга кириб қолмайди. Атроф-муҳит таъсири, назоратсизлик салбий оқибатларга олиб келиши мумкин. Шу постимни ўқишингиз биланоқ, ҳамма ишингизни тўхтатиб турингда, фарзанд(лар)ингиздан хабар олинг. Тергаб эмас, ота-онага хос меҳрибонлик билан. Унинг ҳаёти, ўйлари, кечинмалари билан қизиқиб кўринг. Ўзингизни дўст эканингизни, ҳар қандай ҳолатда ҳимоя қилишингизни тушунтиринг, самимий тарзда шу нарсага ишонтиринг. Барчамизга фарзандларимиздан ғурурланиб, фахрланиб юриш насиб қилсин. Адвокат Бобир Мукадамов
640
5
Bu fikrga 100 foiz qo'shila olmayman. Islom nuqtai nazaridan, birovga nisbatan badgumon bo'lmaslik kerak. Men buni quyidagicha amal qilgan bo'lardim: Doiralarni birinchisidan emas, umuman tashqaridagi odamning qarz so'rashi gumonli deb hisoblagan bo'lardim. Doiralarning ham o'z egalari bo'lishi kerak. Malasan, birinchi doira: ota-ona, aka-uka, opa-singillar. Ikkinchi doira: qarindoshlar. Uchinchi doira: qo'ni-qo'shni, do'stlar, kollektivlar va hk. Mana shu doiradan tashqaridagi kishilarga har kuni ko'rmaydigan insonlar kiradi. Ular farzandingizning bog'cha opasi, o'qituvchisi, yoki ishxonangizdagi qorovul, farrosh, do'stingizning tanishi, xullas siz bilan salom-aligi bor kishilar. Ha, yana bir gap. Menga qarz masalasida ko'p murojaatlar tushadi. Mutlaqo begonalardan yolg'on gapirishimni ham so'rashadi. Men qaynar xumcha emasman, tushuning. Uydagi qaynonangiz, yoki eringizga ham yolg'on gapirmayman. Rostini aytsangiz, oilangiz buziladigan bo'lsa, demak bu ishni qilmaganingiz ma'qul!
924
6
Muhim eslatma! #Qarz #Muomala #Firibgar Uzoq muddatli kuzatuvlarimdan kelib chiqib, shunday xulosaga keldim: Tasavvur qiling,
Muhim eslatma! #Qarz #Muomala #Firibgar Uzoq muddatli kuzatuvlarimdan kelib chiqib, shunday xulosaga keldim: Tasavvur qiling, siz suratdagi qora nuqtasiz, atrofdagi doiralar esa, insonlar sizga yaqinlik darajasiga koʻra oʻrin egallaydigan hudud va bu formula deyarli har bir insonda mavjud. Endi, asosiy mavzuga oʻtadigan boʻlsak, shuni yodda tutingki, sizni eng yaqinlaringiz oʻrin olgan birinchi doiraga kirmaydigan inson kelib, sizdan qarz soʻraydigan boʻlsa, katta ehtimol bilan u oʻz atrofidagi birinchi doiraning ishonchidan chiqib boʻlgan. Inson yaqinlarining ishonch doirasida turar, ushbu doirani sindirib chiqmas ekan, uning hojati ham odatda shu doiradan tashqariga chiqmaydi. Shunday ekan, ehtiyot boʻlavering. Agar, bu eslatmani foydali deb topsangiz, ulashib qoʻying, endi odamlar kamroq aziyat cheksin. Islom Andulmajid
806
7
Ko’chada o’zimi hayollarim bilan ketayapman ishdan so’ng piyoda. Kimdur “Jaxona”, deb chaqirib qoldi. Qarasam amakim. Shartta mashinaga o’tirvoldim, piyoda yuradiganlar biladi, mashinada uygacha yetvolish mazzaligini. Har doim birinchi salom berardilar, kichkina odammi, katta odami farqi yo’q. Salom alikdan keyin: Amakim: svetofordan beri signal chalib kevoman , qaramiysizam? : ( qanday qilib mashina signalini eshitmaslik mumkin? Lekin rostdan ham eshitmadim). Amakim bilan juda ko’p iliq xotiralar qolgan, doimiy silayi rahmni qiladigan va bizga juda ko’p yaxshiliklar qilgan odam sifatida eslayman. Bitta mahallada turar edik, 1-sinfligimda ko’chada 100 so’mlik lyed marojniysini yeb yurganimizni ko’rib “iye sizga bunaqa marojniyla yeyish yarashmidi, o’zizga qaymoqli marojniy oling”, deb pul berganlar. “Shahzodani konserti bo’lganida balkonda joylar 10.000so’m ekan, boriylik”, deganimizda bizga pastdagi 2-qatordan chipta olib berganlar. Ohirgi qilgan safarimiz oldidan ham bizga pul berib yuborgan edilar, ularni nomidan qur’on harid qilib masjidga qo’ygan edik. Har bir bayramni birga o’tkazar edik. Mustaqillik, tug’ilgan kunlar, navruz, hayit… Har bir bayramda bog’ga, undan chiqib restoran yoki kafega borardik. Dam olishlarga ham birga katta oila bo’lib borar edik. Tog’ga, sanatoriyalarga, dam olish maskanlariga. Birinchi marta mehmonxonaga borganim ham ular bilan bo’lgan. Juda ko’p sayoxatlarga/komandirofkaga borar edilar. Ular bizga na’muna bo’ladigan inson edilar. Har doim sport bilan shug’ullanib, sog’lom hayot tarziga amal qilib yashar edilar. Katta stol atrofida oilaviy vaqt o’tkazishni eng yaxshi vaqt o’tkazish deb bilaman. Ohirgi birga o’tqazgan joyimiz shu yer bo’lgan ekan. Tabiatni, chiroyli manzaralarni yaxshi ko’rar edilar. Undan keyin to’ylada ko’rishdik. Ohirgi sur’atlarni ko’rganimda jarrrohlik amaliyotidan keyin ancha o’zlarini oldirib qo’yganlarini sezdim. Yuzlarida qarilik alomatlari bor edi. Ichimda yaqinda o’tib qosalar kerak degan fikr o’tdi. Chunki yuzlarida so’ng’inlik bor edi. Butun umr davlatga xizmat qilib yashadilar. Ishxonalaridan suzish musobaqasiga qatnashib birinchi o’rinni egallab suv havzasidan chiqmasdan vafot etdilar. Umrini ohirigi lahzasi bo’lsa ham g’oliblikni olib keyin ketdilar. Juma kuni jonlari uzildi. Qulog’imda janazada aytilgan “Ya’siin” surasi… o’sha kuni qanday uxlab turdim bilmadim. Butun vujudim, tanamda og’riq. To’yda ko’rmagan insonlarini janazada ko’rar ekansan. Akalarimni yig’lashlarini eslasam Alloh ulardan rozi bo’lsin. Jannatlar bilan siylasin. 26.05.2023 Терять любимого человека это всегда больно. Смерть приходит так неожиданно.
779
8
O‘zini "psixogenetik" deb da'vo qilayotgan, odamlarning DNKsini, genetik kodini o‘zgartirib beraman deyayotganlarga va ularga
O‘zini "psixogenetik" deb da'vo qilayotgan, odamlarning DNKsini, genetik kodini o‘zgartirib beraman deyayotganlarga va ularga ishonib qolayotganlar uchun bir biolog mutaxassisning munosabati @hujayrauz
648
9
#фирибгарлик Ҳалиги, “ДНК кодингни ўзгартираман”, “генетика-менетика” деб, лох аёллардан 1000-3000 доллар олиб юрган лўттивозга ишонадиганлар ҳалиям борми? Мана бу ҳавола орқали илмий даражага эга олимнинг фикрларини эшитиб кўринг: Видеони кўриш Шу пулларни билимингизни оширишга сарфланг, аниқ фойдаси бўлади. Адвокат Мукадамов Бобир
655
10
#субботнее Недавно услышала цифру от Abdumannon Abdukayumov руководителя Республиканского специализированного научно-практический медицинского центра педиатрии, которая ввергла в шок. По данным центра педиатрии, только 30% родивших кормит детей грудным молоком. Это катастрофически низкий показатель. Из-за него дети болеют чаще, куча сопутствующих проблем. Во-первых, потому что в молоке матери заложены все полезные элементы и иммунитет ребенка. Во-вторых, сухие смеси это серьезное бремя на бюджет семьи. У меня трое детей, всех кормила до года. Женщина может быть самой современной, образованной, какой хотите. Но если позволяет здоровье, то надо кормить, так как именно грудное молоко обеспечит правильное созревание различных органов, физическое, психомоторное и интеллектуальное развитие, снижает частоту инфекций в первые месяцы жизни. Нужно развивать частные услуги, как за рубежом, консультантов по грудному скармливанию, кто будет в роддомах обучать и вести рожениц, научит бороться с лактостазом и правильно сцеживать молоко. Ну и надо ограничить всю рекламу сухих смесей в роддомах. Пользуясь случаем, рекомендую мобильное приложение для молодых мам Bebbo от Детского фонда ООН (UNICEF), оно бесплатно в appstore, доступно на узбекском, работает оффлайн. Там много полезного для мам и пап по развитию детей, вакцинации, трекер роста и тд #breastfeeding #молоко #дети #ГВ #unicef Aziza Umarova
774
11
“British School in Tashkent” da “Winter Fair” bo’ldi. Farzandlarim bilan maktabni ko’rib keldik. Bu yer o’zgacha olam, bir-bi
“British School in Tashkent” da “Winter Fair” bo’ldi. Farzandlarim bilan maktabni ko’rib keldik. Bu yer o’zgacha olam, bir-biriga nisbatan iliqlik bor. Farzandingizni shu yerda o’qishini xohlarmidingiz?
2 035
12
Kim bu suhbatga 👎 qo'ygan ekan😊 Noroziligini izohda berib o'tsalar, biz ham tushunardik☺️ Domla necha yillik ilm va tajribaga asoslanib fakt bilan javob berganlar. O'zim ham 2 marta intervyu olganman ustozdan. Alloh barokatli qilsin, juda katta foyda olganman.
681
13
#psixogenetika https://youtu.be/-v4Ocj1VwXY?si=AjZ7JM-DFv9bea3e https://t.me/YaqinOzbek
631
14
Bolani urish fikriga qo’shila olmayman. Ammo qolgan gaplarda hamfikr ekanmiz.
820
15
Исрофни ўта ёмон кўрадиган одам бўлсам. Битта, нари борса иккита боласи бор ёш жувонлар бола психологияси ҳақида роса онлайн дарс ўтди. Мен вапше уларни формасига тўғри келмайдиган она эканман, деб ўзимдан хафа бўлдим. Улар ўн хил метод билан болага қилдиролмайдиган битта ишни мен бадавий битта калтак билан бир секундда ҳал қилиб қўяман. Натижа бор зато! Биттаси тирик илм, ўлик илм деб миямни еди. Ҳа, ўргансам ўрганай шу тирикшуносдан бирор нима деб яна вақт ажратдим. Эээ, Худо, ишонаверинглар шулар айтган гаплардан миям қабристон бўлиб кетди. Янги фикр, янги кашфиёт йўқ, сийқаси чиққан гаплар, сийқаси чиққан фразалар, ҳавога тўлдирилган пуфаклар. Яъни шу нарсалар менга шунақа туюлди. Чунки бу маърузаларда айтилган гапларни нечи йил олдин қайсидир китобда ўқиган бўламан. Аллақачон хабарим бор гаплар, хабарим бўлган услублар бўлади... Нега фиқҳий масалаларни ўрганишдан, саҳобаларни танишдан, қайта—қайта Қуръон хатмдан зерикмайману, нега улардан зерикаман? Хўп, мени тинчлантириш учун уларнинг ишини хато дерсиз, унда бу оммага нима бўлган, нега ёппатан тренингчию, вебенарпараст бўлиб қолаяпти? Ерни тўхтатинглар тушиб қолай, демайман, тушсамам точно биламан, "Тўхтанг, тўхтанг, сиз,ҳа, айнан Сиз, ўзингиздан норозимисиз, бир хилликдан зерикдингизми, пул оқими, ризқ калити, се. суал қомат, эрингиз билан муносабатингиз ёмонми, озмоқчимисиз, у ҳолда уч кунлик вебенаримга сизни таклиф қиламан, ҳозироқ рўйхатдан ўтинг, атига шунча сўм" деб шуларнинг биттаси учрайди, бошқа галактикадаям шуларга ўралашиб юргим йўқ! Ummu Amina
892
16
Ассалому алайкум, азизлар! Ушбу фикрларни ёзишдан мақсад, бу соҳада фаолият олиб бораётганларни танқид қилиш эмас, аксинча, ўзимни тафтиш ва маломат қилиш. Фақат сиз азизлардан илтимос, фикрларни ўқиб бир хулоса айтсаларингиз, бу нормал ҳолатми ё мен шунақа бетаъсирманми? Охирги вақтлар ўзимга ўзим тушунмай қолаяпман, жуда ҳаракат қилсамам, одамлар нималардир ўрганаётган нарсалардан ҳеч нарса ўрганолмаяпман. Шунчалик ҳам ибтидоий, қолоқ бўламанми(( Охирги йилларда, айниқса, карантиндан сўнг, мотиватор, психолог, с.. солог, лайфкоуч, яна алланима йўналишлар ўзимиздаям оммалашиб қолди. Мени шунча одамга фойдам теккан, шунча миллионер чиқарганман, шунча оилани сақлаб қолганман, минглаб одамларга муваффақиятли бўлиш сирини ўргатганман, эээ, бир нарсалар дейишадиган рекламалар борку, ўшаларни кўрсам, баттар эзиламан: Минглаб одамлар шу билан ишлаган экан, нега мен энди танияпман? Булар шунақа зўр мутахассислар экан, нега мен ўзга сайёраликдай атрофимда, мен билан бирга шунақа кучлар яшаётганидан бехабар бўлганман? Нимага ҳаммани ҳайратга солаётган вебенарчилардан мен ҳеч нарса ўрганолмайман? Нимага, айниқса, шу психологман, днк ўзгартираман, каллангни қулфини ечаман дейишса, менинг ғашим келади? Балки, мен тушунмаётгандирман шунақа ғаройиб ғойб илмлари каби илмлар вазнини, дея кўпларининг дарсларида онлайн қатнашдим. Пулларим эҳсонга кетди... Одамлар тренингга қатнашиб эрларга тегиб кетса—ю, мен ҳеч нарса ўрганолмасам, ҳаммаси сафсатадек, валлоҳи, ҳатто дарслар охирига етмади, зерикиблар кетдим. Сабр, тушкунликка тушмаслик, пул келтириш, бир бало, бир бало номи улуғ курсларни кўрдим. Нега наф олмадим? Энг зўр деган психологларини тингладим? Нега наф олмадим, зиғирча наф олмадим? Нега? Шунақаям анқовманми? Исломий руҳ сингдирилган нималарнидир айтмоқчи бўлишади. Гаплари қаймоғи олиниб, боз устига, сув аралаштирилган сутга ўхшайди. Ундан кўра, битта исломий маъруза эшитсам, сокинлашаман очиғи. Уларнинг соатлаб гапирган гаплари зарра таъсир қилмаса—я? Пулимга куяйми, вақтимгами? Китоб ўқисам, маъруза эшитсам, таъсирланаманку, нега уларга нисбатан симпатия ҳосил қилолмадим? Хўп, уларнинг гапи асли маъноли эмас, дерсиз, аммо минглаб одамларга нима бўлган, улар қаердан бунча ихлосмандликни олишаяпти? Мен қуруқ сўз деган гаплардан қандай мотивация олишаяпти? Икки кун олдин чамаси, Амина қизимни роса уршдим: психолог тавсияларидан ўргатмоқчи бўлдимией, хуллас, нимадир деди. "Кунинг қуруқ фразаю, терминларга қолганми, сенга нима масалада ўрнак керак, ана саҳобийлар ҳаётини ўрган. Илмга ўрнак керакми, фалон саҳобийни, устозга ҳурмат масаласими фалонини, мусибатда қандай ўзини тутишми фалонча саҳобияни, бой бўлишми ана унисини, атроф билан муносабатми мана бунисини ўрган. Излаган ҳар бир нарсанг учун асри саодатда юзлаб ўрнаклар бор. Психолог дейсан, асабимни бузиб, саҳобаларни ўрган, уларга эргаш, улардан ибратлан, улардан мотивация ол. Ҳар бири камида ўнлаб жабҳада ўрнак бўладиган одамлар туриб кимларга қизиқаяпсан? Ҳеч бўлмаса, элликта саҳобийни тани. Артистларни, ашулачиларни, спортчиларни, ўша лайфкоучларингни танигандек тани. Қайта —қайта тани. Мени танигандек, атрофингдагиларни танигандек тани, шунда сенга бошқа нарсалар қизиқ бўлмайди". Баъзан фақат болаларга қараб уйда ўтирганим учун шунақа фикрлайманми дейман. Хумо аренаю, ҳашамдор залларни тўлдириб, мусиқаю машшоқлар билан типа концерт қилиб юзлаб аёлларни йиғиб ўтказиладиган семенару, вебенарлардан нима олиш мумкин? Ўлааа дейман, ўнта спикерни россаа реклама қилишади, ҳеч йўқ тўрттасини танимайманда. Ҳа, танимайман. Ваҳолангки, у ерда уларни жуда машҳурлар сифатида таништиришади. Эр—хотин муносабати ҳақида юзлаб лайфхакларни ўргатишди. Кошки биттагинаси иш берса. Эримни оёғини қучоқлаб, кўзимни мўлтиллатиб пул сўрашим керак экан. Қани иш шунгача борса? "Дадаси, шу нарсага шунча пул керак" дейман, тамом берадилар. Йўқ десаю, мен ўрганганимни қўллаб пул олсам! Эрингиз совға бермаяптими, эътибор бермаяптими деб биттаси роса дарс ўтди. Мен бечора ўрганганларимни қаерда ишлатай ўзи гул кўтариб келишига қарши одам бўлсам.
779
17
Shu kanal menga yoshligimni eslatib yubordi. Quvnoq, beg'ubor va juda pozitiv qiz ekanlar☺️ Mashaallah! Kanalda ko'plab yangi ma'lumotlar bor ekan, qo'shilib olishni unutmang☺️
193
18
Assalomu alaykum hammaga:) Sizlarni @xadichas_life ayol va qizlardan iborat kanalini tavsiya qilmohchiman😀 O’zimni qisqacha+1
Assalomu alaykum hammaga:) Sizlarni @xadichas_life ayol va qizlardan iborat kanalini tavsiya qilmohchiman😀 O’zimni qisqacha tanishtirsam... Ismim Xadicha😀 Juda quvnoq o’ziga ishongan qizman😀 Uzog’i 2-3 kun kuzatsangiz yoqtirib qolasiz,shuncha qizga yoqib kelmoqdaman chunki😘 Mening lifemda siz: ⚪️𝙆𝙪𝙣𝙙𝙖𝙡𝙞𝙠 𝙞𝙨𝙝𝙡𝙖𝙧𝙞𝙢; ⚪️𝙃𝙖𝙮𝙤𝙩𝙞𝙢𝙙𝙖𝙣 𝙥𝙖𝙧𝙘𝙝𝙖𝙡𝙖𝙧; ⚪️𝙆𝙞𝙩𝙤𝙗 𝙤’𝙦𝙞𝙨𝙝; ⚪️𝙈𝙤𝙩𝙞𝙫𝙖𝙩𝙨𝙞𝙤𝙣 𝙜𝙖𝙥𝙡𝙖𝙧; ⚪️𝙊𝙫𝙦𝙖𝙩,𝙦𝙞𝙨𝙦𝙖𝙨𝙞 𝙥𝙞𝙨𝙝𝙞𝙧 𝙠𝙪𝙮𝙙𝙞𝙧; ⚪️𝘾𝙖𝙥 𝙘𝙪𝙩𝙙𝙖𝙣 𝙫𝙞𝙙𝙚𝙤 𝙮𝙖𝙨𝙖𝙨𝙝; ⚪️𝙎𝙤𝙫𝙪𝙣𝙙𝙖𝙣 𝙜𝙪𝙡 𝙮𝙖𝙨𝙖𝙨𝙝 (30 min so’m)kursi eng arzon narxlar bizda🙃 Aytgancha kanalimda kun ora konkurslar bo’lib o’tyapti,kirib omadingizni sinab ko’ring🦋 Qiziq bo’lsa ko’k yozuv ustiga bo’sing:) https://t.me/+vpgPfaaSwpIzMDJi
206
19
Vaksinalarga qarshiman deydigan onalarni tushunish mumkin. Har bir ota-ona o’z bolasi uchun qayg’uradi. Lekin statistika alda
Vaksinalarga qarshiman deydigan onalarni tushunish mumkin. Har bir ota-ona o’z bolasi uchun qayg’uradi. Lekin statistika aldamaydi. 100 yil oldin bolalar o’limi nihoyatda yuqori ko’rsatgichda turgan. Hozirga kelib bolalarning biror kasallikdan vafot etishi kamdan-kam eshitiladi. Hech bo’lmasa, shu rasmni ko’ring! Vaksina bolani kasallikdan asrashga emas, immunitetni hosil qilishga yo’naltirilgan.
427
20
** Alixonto'ra Sog'uniy, qizamiq va vaksina O'tgan yili Alixonto'ra Sog'uniyning "Tarixi Muhammadiy" kitoblarini o'qiyotganimda bir epizod e'tiborimni tortgan edi. Hijriy 1342-yilda (milodiy 1924-yilga to'g'ri keladi) Alixonto'ra yashaydigan joyda qizamiq epidemiyasi yuzaga keladi. Hazratning 1,5 yoshlik Muhammadxon va Muxtorxon ismli o'g'illari uch kun ichida qizamiqdan ketma-ket vafot etadi. Undan keyin navbat besh yoshlik Asrorxonga keladi. Hazrat katta o'g'lini o'limdan olib qolish uchun o'sha vaqtda nima qilish kerak bo'lsa qiladi. Mahalliy tabiblarga yuguradi, dam soldiradi, o'zi soatlab duolar o'qib dam soladi, xayr-ehson qiladi, sadaqa qiladi, lekin hech narsa o'zgarmaydi. Oxiri "Hayotul hayvon" kitobida o'qigan bir chorani qo'lladim deydilar. Unda aytilishicha boshiga mushkul ish tushgan kishi bir semiz qora qo'chqorni o'z qo'li bilan so'yib "Ey bor Xudoyo, shu qo‘chqorning joni bolamning joniga badal bo‘lsin" deb so'raydilar. Hamma-hammasi bekor ketadi, Asrorxon tongga bormay uziladi. Alixonto'ra Sog'uniy bu holatni dard va alam bilan esga oladi... Qizamiq virusli kasallik bo'lib, odamdagi virusli kasalliklar ichida eng, eng, eng xavflisi hisoblanadi. Viruslarning R0 degan yuqish ko'rsatkichi bor, mana shu ko'rsatkich qizamiqda eng yuqori, u o'rtacha 12-18 oralig'ida bo'ladi, ayrim ilmiy manbalar uning R0 ko'rsatkichini 200 (!) dan ham oshadi deb yozgan (solishtirish uchun COVID-19 ning R0 ko'rsatkichi 4,08 ga teng). JSST ning ma'lumotiga ko'ra ushbu kasallikning vaksinasi yaritilgunga qadar dunyoda har 2-3 yilda bir marta qizamiq epidemiyalari kuzatilib turgan. Har yili o'rtacha 2,6 mln odamning yostig'i aynan qizamiq sabab qurigan. Qizamiqdan asosan 0-5 yoshdagi bolalar jabr ko'rgan. Barcha davrlarning eng buyuk vaksinologi Moris Hilleman 1963-yilda qizamiq virusiga qarshi vaksinani kashf qildi. AQSh da 1912 yilda qizamiqdan o'lganlar soni har 100 000 kishiga 12 tani tashkil qilar edi. Vaksina kashf qilingandan so'ng ushbu ko'rsatkich 0,2 tani tashkil qilgan. JSST ning ta'kidlashicha 2000-2018 yillarda qizamiqqa qarshi vaksinalash orqali 23,2 mln bolalar o'limining oldi olingan. Ushbu yillar davomida qizamiqqa qarshi vaksinalash 73% ga oshgan. 2018-yilga kelib dunyo bo'yicha qizamiqdan vafot etganlar soni 140 000 ni tashkil etgan (vaksina yaratilishidan oldin 2,6 mln edi, ya'ni 18,5 marta ortiq). Tasavvur qilyapsizmi, atigi 100 yil avval har yili bir necha mln lab odamning yostig'ini quritayotgan qizamiq kasalligi ilm-fan yutug'i sabab, yana ham aniqrog'i vaksinalar sabab hozirgi kunda qo'rqinchli bo'lmagan kasallikka aylandi. Yaqin orada mahallangizdaa yoki yashash joyingizda biror bolaning qizamiqdan vafot etganini eshitdingizmi? Albatta, yo'q. Lekin atigi 100 yil avval bolalarning qizamiqdan vafot etishi juda ham oddiy hol bo'lgan. Har gal "vaksinalar odamlarni o'ldiradi, vaksina olmanglar, vaksinalar falon-falon" deyayotganingizda Alixonto'ra Sog'uniyning uchta yosh o'g'illarini ko'z oldingizga keltiring. 7-iyun, 2021-yil, Chongqing, Xitoy. Bakhtiyor Sheraliyev
226