cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

JDITI - Rasmiy telegram kanali

Janubiy Dehqonchilik Ilmiy Tadqiqot Instituti sayt: www.jditi.uz Murojaat uchun: @jditiadmin

Show more
Advertising posts
198
Subscribers
-124 hours
-27 days
-530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#turizm 🏢JDITI Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan "Yurtim bo`ylab sayohat qil" shiori ostida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining bir guruh xodimlari Samarqand shahriga sayohat qilishdi. 🕌Sayohatchilar Samarqand shahrining tarixiy qadamjo, ziyoratgohlar hamda diqqatga sazovor maskanlarida bo`lib, yurtimiz tarixi va madaniy hayoti haqidagi boy ma`lumot va bilimlarga hamda unutilmas taassurotlarga ega bo`lishdi.
Show all...
00:16
Video unavailableShow in Telegram
#Xayrli_kun #kun_hikmati
🖇Ota-onaning birinchi vazifasi – bolalariga baodob jamiyatda oʻzini qanday tutishni oʻrgatish; ikkinchi vazifasi esa – shunday jamiyatni topish. ©️Robert Orben
🌼@jditi
Show all...
54281909_1177294327052183_2553380624788196661_n.mp44.37 MB
00:48
Video unavailableShow in Telegram
#fotogaleriya_ilmiy_ish
Show all...
43.16 MB
👍 3
#kun_fotosi 🌿JDITI doktoranti Poyonov Azizbek Berdimuradovich “Sug’oriladigan maydonlarda moyli zig’irning ertapishar, qurg’oqchilikka hamda issiqlikka chidamli, moydorligi yo’qori hosildor nav va boshlang’ich ashyolarini yaratish”mavzusidagi ilmiy ishi doirasida zig'ir ekilgan tajriba maydonida o`simlikning pishish fazasida ham fenologik kuzatuv ishlari olib bormoqda.
Show all...
🔥 2
00:52
Video unavailableShow in Telegram
#live_nocomment
Show all...
49.43 MB
👍 3🥰 2
#jarayon 🌾Ayni kunlarda JDITI Qarshi tuman tajriba ko'chatzorida kuzgi yumshoq bug'doyning duvarak navlari takroriy ekin sifatida ekish ishlari amalga oshirildi.
Show all...
👍 3👏 1
00:12
Video unavailableShow in Telegram
#Xayrli_kun #kun_hikmati
Shunchaki qarab turib dengizni kesib oʻtolmaysiz. Behuda istaklarga vaqtingizni sarflamang. ✍️Robindranat Tagor
🌼@jditi  
Show all...
3.37 MB
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
"QASHQADARYO" gazetasining 2024-yil 4-iyul sonida
Prezidentning joriy yil 24-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo'jaligini iqlim o'zgarishiga moslashtirish va sohaning iqlimga salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha Milliy dastur doirasida
Qashqadaryo viloyati, shu jumladan JDITIda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar sharhi chop etildi.
Show all...
👍 2
#jarayon ✅O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Professional ta`lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi PR-5812-son Farmonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta`minlash maqsadida Qishloq xo`jaligi vazirligi tomonidan bir qator amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hududlarda ishchi guruhlarning monitoringi olib borilmoqda. Qishloq xo`jaligi vazirligi tizimidagi texnikum va akademik litseylarda ta`lim sifatini oshirish borasidagi ishlar holatini joyida o`rgangan holda faoliyatini takomillashtirish maqsadida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari Buxoro viloyati G`ijduvon agrotexnologiyalar texnikumida bo`ldi. Tashrif davomida mas`ullar texnikum binosidagi o`quv xonalar va uning moddiy-texnik bazasini ko`zdan kechirishdi, shuningdek, kelgusida samarali hamkorlik aloqalarini o`rnatish, o`zaro tajriba almashish borasida ham kelishib olindi.
Show all...
👍 5
Shu kunlarda o‘tkaziladigan agrotexnik tadbirlar paxta hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega 📍Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hududlardagi islohotlar izchilligini ta’minlash, ekin maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar jarayoni bilan yaqindan tanishish maqsadida Toshkent viloyati tumanlarini aylanmoqda. Dastlab vazir Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanidagi “Istiqlol” fermer xo‘jaligi dala maydonida bo‘lib, g‘o‘zalarning vegetativ holati bilan tanishdi. 🌱Fermer xo‘jaligining umumiy yer maydoni 200 gektar bo‘lib, shundan 30 gektariga g‘o‘zaning mahalliy “Sulton” navi odatdagi usul – 90 sxemada ekilgan. Odatda dalaga bu usulda chigit ekilganida gektariga o‘rtacha 100 ming dona ko‘chat joylashtiriladi. 💬G‘o‘za qator oralarini ko‘zdan kechirar ekan vazir Ibrohim Abdurahmonov ushbu dala maydonida hasharot va zararkunandalarga qarshi o‘z vaqtida ishlov berilgani bois ular zarar yetkazmaganini e’tirof etar ekan, me’yoridan ortiq suv qo‘yilgani sababli daladagi g‘o‘zalarda g‘ovlashga moyillik kuchli ekanligini ilmiy asoslangan fikrlar bilan tushuntirib berdi. 💬Shu bois, qator oralaridan namlikni qochirish va bor kuchni hosilga yo‘naltirish uchun “Entojen” preparati bilan ishlov berish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. Bundan tashqari, paxtachilik sohasi mutaxassislari tomonidan kuchli g‘ovlagan g‘o‘zalarni yengilgina chekanka qilish bo‘yicha ham takliflar o‘rtaga tashlandi. ✅O‘z o‘rnida vazir Ibrohim Abdurahmonov paxtachilikda hosildorlikni karrasiga oshirish uchun ayrim odatiy uslublar o‘rniga xorijiy tajribani qo‘llashning vaqti kelgani va buning ahamiyati haqida so‘z yuritar ekan, agar mana shu dalaga chigitlar 90 sxema o‘rniga 76 sxemada qo‘shqator qilib ekilganida hosildorlik kutilganidan ham ortiq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek viloyat mutasaddilariga g‘o‘zalarga mana shu oylarda ko‘rsatiladigan agrotexnik tadbirlar paxta hosildorligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi tushuntirilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Show all...
4
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.