1 641
Subscribers
-324 hours
-57 days
-3130 days
Posts Archive
🏫 RUSTAM BOSIMOV INTERNATIONAL SCHOOL приглашает в свою команду преподавателей и Academic Director!
📢 ОТКРЫТЫЕ ВАКАНСИИ:
📘 SAT Math Instructor
📖 SAT English Instructor
📊 AP Statistics Teacher
💼 AP Macroeconomics Teacher
📈 AP Microeconomics Teacher
🧬 AP Biology Teacher
🎓 Academic Director
Требования:
• Высшее образование по соответствующему направлению;
• Опыт преподавания соответствующего предмета;
• Глубокие знания предмета и современных методик преподавания;
• Для SAT и AP-программ — знание структуры международных экзаменов и учебных программ;
• Владение английским языком на высоком уровне;
• Ответственность, пунктуальность и умение работать с учениками;
• Для позиции Academic Director — опыт управления образовательным процессом, координации преподавателей и разработки учебных программ.
Мы предлагаем:
• Полную / частичную занятость;
• Официальное трудоустройство;
• Бесплатный обед;
• Конкурентную заработную плату;
• Возможности профессионального развития.
💰 Зарплата — по итогам собеседования.
📍 Адрес: Мирзо-Улугбекский район, Buyuk Ipak Yo‘li, напротив Bozor
📩 Отправляйте CV: @DNadira
📞 Телефон: +998 77 605 11 11
👉 Telegram: @rustambosimov
🏫 RUSTAM BOSIMOV INTERNATIONAL SCHOOL o‘z jamoasiga malakali o‘qituvchilar va Academic Director lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi!
📢 OCHIQ VAKANSIYALAR:
📘 SAT Math Instructor
📖 SAT English Instructor
📊 AP Statistics Teacher
💼 AP Macroeconomics Teacher
📈 AP Microeconomics Teacher
🧬 AP Biology Teacher
🎓 Academic Director
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
• Tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot;
• Tegishli fan bo‘yicha o‘qituvchilik tajribasi;
• Fanini chuqur bilish va zamonaviy o‘qitish metodikalaridan foydalana olish;
• SAT va AP dasturlari uchun — xalqaro imtihonlar va o‘quv dasturlari tuzilishini yaxshi bilish;
• Ingliz tilini yuqori darajada bilish;
• Mas’uliyatlilik, punktuallik va o‘quvchilar bilan samarali ishlash ko‘nikmasi;
• Academic Director lavozimi uchun — ta’lim jarayonini boshqarish, o‘qituvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha tajriba.
Biz taklif qilamiz:
• Zamonaviy xususiy maktabda ishlash imkoniyati;
• Ahil va professional jamoa;
• Kasbiy rivojlanish imkoniyatlari;
• Rasmiy ishga qabul qilish;
• Barqaror ish haqi — suhbat yakunlariga ko‘ra.
📍 Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li, Bozor qarshisida
📩 CV yuborish uchun: @DNadira
📞 Telefon: +998 77 605 11 11
👉 Telegram: @rustambosimov
+2
🎉 TABRIKLAYMIZ!
📌Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti talabasi Shovdirova Odina Dilshod qizi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
☄️Ushbu yuksak e’tirof munosabati bilan Shovdirova Odinani Matematika fakulteti jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
✔️Kelgusida ilmiy izlanishlari va faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar hamda Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishini tilaymiz.
🏅 Yuksak e’tirof muborak bo‘lsin!
Repost from O'zMU | Rasmiy kanal
#Muhim
Talabalar qaysi sanadan boshlab o‘qishga chiqadi?🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universitetida bakalavriat va magistraturaning tegishli ta’lim shakllari uchun 2026/2027-o‘quv yili quyidagi sanalardan boshlanadi: ⏺Bakalavriat (kunduzgi): ➖1-kurslar uchun — 7-sentyabr; ➖2-kurslar uchun — 10-sentyabr; ➖3- va 4-kurslar uchun — 12-sentyabr kunidan boshlanadi. ⏺Bakalavriat (kechki): ➖1-kurslar uchun — 7-sentyabr; ➖2-kurslar uchun — 10-sentyabr; ➖3-, 4- va 5-kurslar uchun — 12-sentyabr kunidan boshlanadi. ⏺Bakalavriat (masofaviy): ➖1-kurslar — 7-12-sentyabr kunlari LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish va dastlabki tanishtiruv haftasi uchun tashrif buyuradi; ➖Barcha kurslar uchun — 14 sentyabrdan onlayn mashg‘ulotlar boshlanadi. ⏺Bakalavriat (sirtqi): ➖5-kurslar uchun — 3-sentyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi; ➖4-kurslar uchun — 2-oktyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi; ➖3-kurslar uchun — 2-noyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi. ____ ⏺Magistratura (kunduzgi): ➖1-kurslar uchun — 7-sentyabr; ➖2-kurslar uchun — 10-sentyabr; ⏺Magistratura (kechki): ➖1-kurslar uchun — 7-sentyabr; ➖2-kurslar uchun — 14-sentyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi; ⏺Magistratura (masofaviy): ➖1-kurslar — 7-12-sentyabr kunlari LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish va dastlabki tanishtiruv haftasi uchun tashrif buyuradi; ➖1, 2-kurslar uchun — 14-sentyabrdan onlayn mashg‘ulotlar boshlanadi. 📰Ma’lumot uchun: birinchi kursga qabul qilingan bakalavriat kunduzgi ta’lim shakli talabalari 3-sentyabrdan boshlab talabalar turar joyiga joylashish bilan bog‘liq masalalarini hal qilish uchun universitetga tashrif buyurishlari mumkin. 🕓 14-sentyabrdan boshlanadigan o‘quv jarayonlarida har bir fakultet va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha shakllantiriladigan dars jadvallari bo‘yicha mashg‘ulotlarning boshlanish vaqtlarini talabalar Hemis axborot tizimidagi shaxsiy kabinetlaridan One ID orqali bilib olishlari mumkin bo‘ladi. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Repost from O'zMU | Rasmiy kanal
#TalimGranti #Natijalar #QaytaTaqsimlash
2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura ta’lim grantlarini qayta taqsimlash natijalari e’lon qilindi!
🇺🇿 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq, 2026/2027-o’quv yili ikkinchi va uchinchi kurs talabalari uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash jarayoni yakunlandi va universitet Kengashi qarori bilan tasdiqlandi.
Ushbu jarayonda quyidagi muhim jihatlarga amal qilindi: 🗣HEMIS axborot tizimi orqali talabalarning GPA ko‘rsatkichlari yuklandi. Nizomga hamda Maxsus komissiyaning qaroriga muvofiq, 2-kursdan 3-kursga o‘tadigan talabgorlarning GPA ko‘rsatkichlari umumiy ko‘rsatkichdan joriy yillik GPA ko‘rsatkichiga o‘tkazildi. 🗣Universitet (OTM) grantiga da’vogarlik qilish uchun talabalardan joriy o‘quv yilida akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi GPA 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etildi.Kengash qaroriga ko‘ra, talabalar uchun grantlar quyidagi toifalar bo‘yicha tasdiqlandi: ⏺To‘liq ta’lim granti; ⏺To‘liq bo‘lmagan ta’lim granti; ⏺Qo‘shimcha davlat granti; ⏺OTM (universitet) granti. Natijalar bilan tanishing: 👉 Bakalavriat yo'nalishlari 👉 Magistratura mutaxassisliklari 📰 Apellyatsiya tartibi: Ta’lim grantini qayta taqsimlash natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar natijalar e’lon qilingan vaqtdan boshlab 48 soat davomida universitetning rasmiy elektron pochtasi (grant_apelyatsiya@nuu.uz) orqali apellyatsiya arizasini yuborishlari mumkin. Apellyatsiya arizalari 3 kun muddat ichida ko‘rib chiqiladi. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
+2
🎉 TABRIKLAYMIZ!
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti 3 kurs talabasi Mirsaidov Maxsudbek Mirzoxid o‘g‘li “Asakabank” AJ tomonidan ta’sis etilgan
«Yosh matematik” stipendiyasini qo’lga kiritdi.
Ushbu yutuq bilan Mirsaidov Maxsudbekni Matematika fakulteti jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
Kelgusida o‘qish, ilmiy izlanishlari va faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar hamda Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishini tilaymiz.
+1
🎉 TABRIKLAYMIZ!
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti “Algebra va funksional analiz” kafedrasi magistranti Nabixonov Nabixon Yoqubjon o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Ushbu yuksak e’tirof munosabati bilan Nabixon Nabixonovni Matematika fakulteti jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
Kelgusida ilmiy izlanishlari va faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar hamda Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishini tilaymiz.
🏅 Yuksak e’tirof muborak bo‘lsin!
