en
Feedback
SamDVMCHBU Yoshlari

SamDVMCHBU Yoshlari

Open in Telegram

🏛️Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalari universiteti Yoshlar ittifoqi rasmiy kanali: ✍️Taklif va fikirlaringizni @muinnurov ga yuborishingiz mumkin

Show more
631
Subscribers
No data24 hours
-67 days
-1530 days
Posts Archive
Repost from Alisher Sadullaev
⚡️Ertaga 30-iyun “Yoshlar kuni”! - Bayram munosabati bilan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar e’lon qilinadi. - Mehnati, harakati orqali muvaffaqiyatga erishgan ko‘p sonli yoshlar davlat mukofotlari bilan taqdirlanadi. - Respublika bo‘ylab ishbilarmon, tadbirkor yoshlarning innovatsion loyihalari taqdimoti o‘tkaziladi. - Va albatta, mamlakatimiz bo‘ylab yoshlar sayllari, bayramlar hamda tantanalar bo‘ladi. Yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring, yangi imkoniyatlardan ham faol foydalaning. Kirib kelayotgan “Yoshlar kuni” muborak bo‘lsin!

#XalqaroYoshlarForumi 👋 “Baykal Yoshlar Forumi – 2025” 🙋 Aziz yoshlar, joriy yilning 11–15 avgust kunlari Rossiya Federatsi
#XalqaroYoshlarForumi 👋 “Baykal Yoshlar Forumi – 2025” 🙋 Aziz yoshlar, joriy yilning 11–15 avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining Irkutsk viloyatida, go‘zal Baykal ko‘li sohilida xalqaro “Baykal yoshlar forumi” bo‘lib o‘tadi.
🔎 Ushbu nufuzli forumda turli davlatlardan tashrif buyuradigan yoshlar bilan bir qatorda, O‘zbekiston yoshlari vakillari ham ishtirok etishlari uchun taklif etilmoqda. 📍 Forumda ishtirok etish istagini bildirgan, yoshi 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan faol va tashabbuskor yoshlardan arizalar qabul qilinadi.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish ➡️ Ma’lumotlar uchun sayt 🖋 Arizalar qabuli oxirgi muddati — 06.28.2025 Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube

#Dolzarb_90_kun #Zakovat ✅“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Zakovat” intellektual o'yini tashkil etildi Samarqand davlat v
+9
#Dolzarb_90_kun #Zakovat ✅“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Zakovat” intellektual o'yini tashkil etildi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti 2-son talabalar turar joyida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Ijtimoiy gumanitar fanlar jismoniy ma'daniyat va sport kafedrasi oʻqituvchilari D.Suvonova, N.Narziyeva, Profilaktika inspektori hamda Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamkorligida "Zakovat" intellektual oʻyini bo'lib o'tdi. Yakuniy natijalariga ko'ra: I o‘rinni "Qalqon" jamoasi ; II o‘rinni Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti jamoasi; III o‘rinni Agrotexnologiya fakulteti qoʻlga kiritdi 🌐Bizni kuzatishda davom eting https://t.me/SDVU_yoshlari

📢DIQQAT, E'LON! ✅2025-yil 14-iyun kuni soat 18:00 da "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida 2-son Talabalar turar joyi hovlisid
📢DIQQAT, E'LON! ✅2025-yil 14-iyun kuni soat 18:00 da "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida 2-son Talabalar turar joyi hovlisida "Talabalar kechasi" bo‘lib o‘tadi. - "Talabalar kechasi" doirasida soat 16:00dan boshlab: 👉Stol tennisi musobaqasi 👉Shaxmat musobaqasi 👉Arqon tortish 👉Tosh ko'tarish 👉Zakovat intellektual o'yini 👉Rasmlar tanlovi 👉Kitobxon talaba ko'rik tanlovi 👉Iqtidorli talabalar tomonidan konsert dasturi bo'lib o'tadi. ❗️ "Talabalar kechasi" doirasida o'zbek milliy taomi osh tayyorlanib, tarqatiladi. Barcha professor-o'qituvchilar va talabalarni "Talabalar kechasi"ga taklif etamiz!. 🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐 Ssuv.uz |Telegram |Twitter |   Instagram | Facebook| Youtube |

#yoshlar_ittifoqi #Karoke_kechasi ✅Aziz Samarqandlik va shahrimiz mehmonlari sizlarni "Yoshlar oyligi" doirasida o'tkazilayot
#yoshlar_ittifoqi #Karoke_kechasi ✅Aziz Samarqandlik va shahrimiz mehmonlari sizlarni "Yoshlar oyligi" doirasida o'tkazilayotgan "Karaoke kechasi" taklif etamiz. Tadbir davomida Harbiy orkestr hamda harbiy chiqishlar bo'lib o'tadi. ❇️Tadbirning asosiy maqsadi doʻstona muhitda, yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish hamda ularni birlashtirish maqsadida oʻtkaziladi. 📍 Manzil: Samarqand shahar yoshlar markazi 📅 Sana: 14.06.2025-yil ⏰ Vaqt: 19:30 da
Barchani ushbu qiziqarli kechaga taklif qilamiz! Siz ham sevimli qoʻshiqlaringizni ijro etib, kechani unutilmas lahzalar bilan to‘ldiring!
⚡️Bizni kuzatishda davom eting👇 Ijtimoiy sahifalarimiz👇 Telegram      | Instagram Facebook     |  You tube

#ChJ2026 #Oʻzbekiston 🙋 O‘zbekiston sportining haqli yutug‘i: yaratilgan sharoit, doimiy e’tibor, yuksak mahorat va g‘alabaga ishonch millionlab futbol muxlislari, butun xalqimizning orzusini real haqiqatga aylantirdi Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube

#live Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti talaba yoshlari futbol bo‘yic
+3
#live Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti talaba yoshlari futbol bo‘yicha O‘zbekiston - Qatar o‘yinini Samarqand shahridagi “Mo‘jiza” amfiteatrida katta ekran orqali jonli efirda kuzatib, qoʻllashmoqda. 🌐Bizni kuzatishda davom eting https://t.me/SDVU_yoshlari

#BiznesMarafon #Samarqand 🙋 Samarqandlik yoshlar uchun ajoyib imkoniyat! 🗓 4-iyun kuni soat 10:00 Samarqand shahridagi “Yos
#BiznesMarafon #Samarqand 🙋 Samarqandlik yoshlar uchun ajoyib imkoniyat! 🗓 4-iyun kuni soat 10:00 Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi” binosida “Xalqaro Biznes Marafon” bo‘lib o‘tadi.
🔎 Tadbir Global yoshlar festivalining “Yoshlar tadbirkorligi” haftaligi doirasida tashkil etilayotgan bo‘lib, unda muvaffaqiyatli tadbirkorlar, soha mutaxassislari ishtirok etishadi.
📌 Marafonda sizni: ➡️ Startap va biznes g‘oyalarni taqdim etish va ular bo‘yicha tavsiyalar olish imkoniyati; ➡️ Tadbirkorlikda muvaffaqiyatga erishgan insolar tajribasi bilan tanishuv; ➡️ Networking va hamkorlikka yo‘l ochuvchi aloqalar; ➡️ Va eng muhimii jonli muloqot kutmoqda.
👋 Kirish bepul, keling, qatnashing va o‘z orzularingiz sari ilk qadamni shu yerda qo‘ying! Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube

#TalabalarFestivali 🎓 “Talabalar festivali” yakunlandi, lekin taassurotlar hanuz yuraklarda! 👋 So‘nggi kunlarda siz bilan birga yurtimiz bo‘ylab talaba va yoshlar hayotining eng yirik hamda jonli lahzalarini yozdik: ➡️ innovatsion startaplar, ➡️ intellektual bellashuvlar, ➡️ madaniy ko‘ngilochar dasturlar, ➡️ xorijiy mehmonlar bilan uchrashuvlar, va, albatta, minglab talaba yoshlar ishtiroki. 🙋 Endi esa festivalning eng yorqin onlari barchasini bir videoda jamladik. 🔎 Tomosha qiling va yaqinlaringizga ulashing! Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube

#YoshlarIttifoqiSamarqand #MilliyFashionShow 🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi tomonidan “Milliy Fashion Show” modalar namoyishi tashkil etildi ➡️ Batafsil: https://t.me/samarqand_yi/4188 ➡️ Fotosuratlar: https://t.me/samarqand_yi/4195 Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube

#yoshlar_ittifoqi #davom_etamiz Moda va dizayn muxlislari uchun bahoriy tuhfa! "Milliy Fashion Show" Samarqand viloyatida bo'lib o'tadi Samarqand viloyati hokimligi hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi bilan hamkorlikda Yoshlar o‘rtasida milliy liboslarimizni keng targ‘ib qilish, yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Milliy Fashion Show” - "Milliy liboslar namoyishi" bo‘lib o‘tdadi. 📅Vaqti: 18-may 19:30 da. 📍Manzil: Samarqand shahridagi Registon maydonida Barchangizni ushbu tantanali marosimga taklif etamiz! 👋 Ishtirok etish mutlaqo bepul! ⚡️Bizni kuzatishda davom eting👇 Ijtimoiy sahifalarimiz👇 ✅Telegram      | 🌐 Instagram ✅Facebook     |  📹You tube

#yoshlar_ittifoqi ✅O'zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi tashabbusi bilan Silk Road Samarqand Boqiy shahar
#yoshlar_ittifoqi ✅O'zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi tashabbusi bilan Silk Road Samarqand Boqiy shahar amfiteatrida "Talabalar oqshomi" gala konsert dasturi bo'lib o'tadi.
DASTUR DAVOMIDA: Raqs, Kuy-qo'shiq, QVZ chiqishlari hamda zamonaviy modalar namoyishi bo‘lib o‘tadi.
🗓 Tadbir sanasi vaqti: 7-may 19:00 da 📍 Manzil: Silk Road Samarqand Boqiy shahar amfiteatrida. ⚡️Bizni kuzatishda davom eting👇 Ijtimoiy sahifalarimiz👇 ✅Telegram      | 🌐 Instagram ✅Facebook     |  📹You tube

🎓🎓72 soat ichida videorolik tayyorlang va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling! 🎓Mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Talabalar festivali” doirasida media sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun “Kontent 72” ijtimoiy videoroliklar tanloviga start berilmoqda. Tanlovda ishtirok etish shartlari oddiy: 💬Telegram bot orqali ro‘yxatdan o‘ting va 9-may, soat 20:00 da mavzu hamda texnik topshiriqlarni oling; 💬72 soat ichida o‘z kreativligingizni ishga solib, mavzuga mos videorolik tayyorlang va uni Instagram yoki YouTube platformasiga #Kontent72 heshtegi bilan yuklang. 👨‍🎓Kontentlar professional hakamlar tomonidan baholanadi va 20-may kuni natijalarni e’lon qilamiz! 🏆G‘oliblar Iphone 16 ProMax, Dji Pro mikrafoni, noutbuk va boshqa sovg‘alar bilan taqdirlanadi! O‘z kreativligingizni namoyon etish vaqti keldi. 👨‍🎓Hoziroq @Yoshtanlovibot orqali ro‘yxatdan o‘ting va “Kontent 72” ijtimoiy videoroliklar yo‘nalishini tanlang! #TalabaFest Ijtimoiy sahifalarimiz👇 ✅Telegram      | 🌐 Instagram ✅Facebook     |  📹You tube

#Xalqaro_veterinariya_kuni ✅ Bugun, 26-aprel kuni yurtimizda hayvonlar salomatligi, jamiyatimiz farovonligi uchun tun-u kun m
+9
#Xalqaro_veterinariya_kuni ✅ Bugun, 26-aprel kuni yurtimizda hayvonlar salomatligi, jamiyatimiz farovonligi uchun tun-u kun mehnat qilayotgan moʻtabar kasb egalarini – veterinarlarni sharaflaydigan kun! Shu munosabat bilan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida ham bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda ilm va amaliyot sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, ustozlar va iqtidorli yoshlar ishtirok etdi. Veterinariya – bu hayvonlarga mehr va gʻamxoʻrlik, insoniyatga sogʻliq va baraka olib keluvchi oliyjanob soha. Veterinariya — nafaqat kasb, balki hayotga, tabiatga, mavjudotga muhabbat ifodasidir. 👉BATAFSIL 🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter | Instagram |Facebook|Youtube |

✅Joriy yilning 23-aprel kuni SamDVMCHBUniversitetining Biotexnologiya fakulteti 3-bosqich talabalari tyutori J.Yusupov, unive
+4
Joriy yilning 23-aprel kuni SamDVMCHBUniversitetining Biotexnologiya fakulteti 3-bosqich talabalari tyutori J.Yusupov, universitet profilaktika katta inspektori mayor A.Tojiyev, universitet Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi M.Nurovlar boshchiligida 1-va 2-sonli TTJlarda profilaktik tadbir tashkil etildi. 🎗Tadbir davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, talabalar orasida sog‘lom muhitni shakllantirish, odob-axloq qoidalariga amal qilish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. 💥 Masʼullar tomonidan talabalar hayotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar, internet tarmoqlaridan to‘g‘ri foydalanish, sababsiz yot hududlarda kechki vaqtlarda yurganlik uchun javobgarlik, shuningdek, TTJda tartib-intizomiga qat’iy rioya qilish lozimligi haqida alohida soʻz yuritildi. 🎗Uchrashuv ochiq muloqot tarzida bo‘lib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir yakunida esa bunday profilaktik suhbatlarning doimiy o‘tkazilishi muhimligi qayd etildi.

#KOORDINATOR_FAOLIYATI #Milliy_qadriyatlar #Milliy_kontent 📍 MILLIY LIBOSLAR - MILLIY QADRIYATLAR BEZAGI. ✅Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakultet koordinatori Xurramova Sevinch tomonidan talabalar ishtirokida milliyligimizni asrash maqsadida barcha talabalarga o’zbek milliy liboslari va do’ppilarni targ’ib qilishdi. 🔸 Milliy liboslar milliy qadriyatlar bezagi hisoblanadi.Milliylik millatning ko’zgusidir shu sabab barchamiz milliyligimizni asrashimiz lozim! #Vet_diagnostika_matbuot_xizmati

#TTJ_FAOLIYATI #ZAKOVAT 📌Joriy yilning 21-aprel kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologi
+4
#TTJ_FAOLIYATI #ZAKOVAT 📌Joriy yilning 21-aprel kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti dekan oʻrinbosari A.Jabborov, fakultet tyutorlari S.Musayeva, X.Abdurasulov, Sh.Xoliqov hamda universitet yoshlar yetakchisi M.Nurovlar  tomonidan davlat xususiy sheriklik asosidagi talabalar turar joyida talabalarni boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida "Zakovat" intellektual oʻyini tashkil etildi. 🌿O‘yin davomida talabalar bilim va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazib, qizg‘in bahslarda ishtirok etishdi. 🏆G‘oliblarni tabriklaymiz! Ilm va tafakkur yo‘lida bundan buyon ham muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin! ✅Bizni kuzatishda davom eting 🏛Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti Axborot xizmati 🌐|Telegram | Instagram | Facebook |

#SamDVMCHBU #psixologxizmati 📑UNIVERSITET PSIXOLOGI - PSIXOLOGIK XIZMAT TURLARINI TAKLIF ETADI Hurmatli professor-o‘qituvchi
#SamDVMCHBU #psixologxizmati 📑UNIVERSITET PSIXOLOGI - PSIXOLOGIK XIZMAT TURLARINI TAKLIF ETADI Hurmatli professor-o‘qituvchilar va aziz talaba-yoshlar! Agar sizda: ✅Stress; ✅Uzoq muddatli depressiya; ✅Surunkali tushkun kayfiyat; ✅Muomalada qiyinchiliklar; ✅Shaxsiy psixologik muammolar; ✅Ta’lim borasidagi muammolar; ✅Ijtimoiy psixologik muammolar; ✅O‘zingizga tushunarsiz bo‘lgan psixofiziologik muammolar mavjud bo‘lsa Universitet Psixologiga murojaat qilishingiz mumkin! 📩Murajatchilar shaxsiga oid ma'lumotlar sir saqlanadi. ☎️Telegram hamda muloqot uchun telefon raqami: +998944776773 Gulommamedova Orzigul Normamatovna SamDVMCHBU psixologi 📌BARCHA MUVAFFAQIYATLARNING KALITI – RUHIY TETIKLIKDIR! ♻️Ruhiy barqarorlikka erishing! @SDVU_psixologik_bilimlar

#Koordinatorlar_faoliyati ⚡️Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Biotexnologiya fakulteti koordinatori M.Shuhratov tashabbusi bilan fakultet iqtidorli talabalari ishtirokida "Milliy qadriyatlar millat ruhi" mavzusida tayyorlangan video lavhani e'tiboringizga havola etamiz! 💥Video sizga yoqqan bo'lsa, yaqinlaringizga ham jo'natib, fikringizni izohlarda yozib qoldiring! https://t.me/SDVU_yoshlari

Repost from Edu.uz
#muhandislik_oyligi #kelajak_muhandislari #yoshlar_akademiyasi "Milliy robototexnika tanlovi"ga marhamat! Robototexnika sohas
#muhandislik_oyligi #kelajak_muhandislari #yoshlar_akademiyasi "Milliy robototexnika tanlovi"ga marhamat! Robototexnika sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun milliy musobaqa tashkil etilmoqda. 🔥 “Milliy robototexnika tanlovi” musobaqasi doirasida tashkil etilayotgan ushbu musobaqada 6 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan ishtirokchilar quyidagi yo’nalishlari bo’yicha bellashishadi: 🤖 Yo’nalishlar: - RoboRace - RoboSumo EV3 - RoboFutbol - RoboSumo - LineFollowing - Robotlar jangi ❗️ Eslatib o'tamiz, rasmiy sayt orqali musobaqa uchun ro‘yxatdan o‘tmagan o‘quvchi ishtirok etishga ruxsat berilmaydi. Qolaversa, bitta ishtirokchi faqatgina bitta yo‘nalishda ishtirok etishi mumkin. Yuqoridagi yo’nalishlari bo’yicha musobaqaga ro’yxatdan o’tgan barcha ishtirokchilarni o’z vaqtida belgilangan manzilga kelishlarini so’raymiz. 🔗 Ro'yxatdan o'tish👈 📍 Manzil: Zakovat arenasi 📅 Sana: 15-16.04.2025 🕔 Soat: 9:00
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram