Samarqand yoshlari | Yoshlar ittifoqi
Open in Telegram
Samarqand yoshlari hayotiga oid so'ngi yangiliklar va foydali ma'lumotlarni bizning sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin. ©️ O'zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi Murojat uchun: @samyimurojaatbot
Show more5 199
Subscribers
-1324 hours
-607 days
-21230 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+15
in 1 channels
August '26
+42
in 7 channels
Get PRO
July '26
+22
in 11 channels
Get PRO
June '26
+14
in 15 channels
Get PRO
May '26
+21
in 13 channels
Get PRO
April '26
+14
in 5 channels
Get PRO
March '26
+1 524
in 18 channels
Get PRO
February '26
+7
in 16 channels
Get PRO
January '260
in 55 channels
Get PRO
December '25
+17 104
in 54 channels
Get PRO
November '25
+49
in 25 channels
Get PRO
October '25
+93
in 16 channels
Get PRO
September '25
+160
in 17 channels
Get PRO
August '25
+50
in 14 channels
Get PRO
July '25
+26
in 15 channels
Get PRO
June '25
+53
in 19 channels
Get PRO
May '25
+74
in 35 channels
Get PRO
April '25
+25
in 7 channels
Get PRO
March '25
+24
in 20 channels
Get PRO
February '25
+24
in 35 channels
Get PRO
January '25
+40
in 59 channels
Get PRO
December '24
+39
in 26 channels
Get PRO
November '24
+1 176
in 41 channels
Get PRO
October '24
+3 385
in 34 channels
Get PRO
September '24
+1 259
in 19 channels
Get PRO
August '24
+2 122
in 24 channels
Get PRO
July '24
+163
in 45 channels
Get PRO
June '24
+39
in 19 channels
Get PRO
May '24
+102
in 31 channels
Get PRO
April '24
+193
in 28 channels
Get PRO
March '24
+932
in 26 channels
Get PRO
February '24
+1 686
in 39 channels
Get PRO
January '24
+2 299
in 37 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 07 September | +6 | |||
| 06 September | +1 | |||
| 05 September | +5 | |||
| 04 September | +1 | |||
| 03 September | +1 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | +1 |
Channel Posts
| 2 | 📌 “Yo‘lovchi uz” loyihasi targ‘iboti yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
⚪️ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Yoshlar ittifoqi BT kengashi tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan e’lon qilingan “Yo‘lovchi uz” loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🤝 Yangi o‘quv yili — yangi tashabbuslar va ulkan maqsadlar sari!
Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram | 📱Instagram
📱Facebook | 📱You tube | 254 |
| 3 | 📌 “JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT: YORUG‘ KELAJAK SARI TAFAKKUR VA ZIYO YO‘LI”
"Ilm va ma’rifat — jaholat va zulmatni mahv etuvchi eng qudratli kuchdir."
Samarqand garnizonida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi hamkorligida tashkil etilib, unda harbiy xizmatchilar hamda yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularda yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirlarda ko‘zlangan asosiy maqsad va yo‘nalishlar:
✨ Yoshlar hamda harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitobxonlik va ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni orttirish;
✨ Axborot xurujlari hamda jaholat illatlariga qarshi ma’rifat va tafakkur bilan javob qaytarish;
✨ Ezgulik, bag‘rikenglik hamda milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish.
Uchrashuv davomida sohaga tegishli mutaxassislar, ma’naviyat targ‘ibotchilari va yoshlar vakillari ishtirokida samimiy muloqot hamda ta’sirchan ko‘rgazmali chiqishlar tashkil etildi.
Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni asrab-avaylash har birimizning burchimizdir!
Tadbirda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi harbiy bo’lim boshlig’i B.Usmonov ham ishtirok etdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram | 📱Instagram
📱Facebook | 📱You tube | 315 |
| 4 | No text... | 348 |
| 5 | 🚀 Startaplar uchun yangi moliyalashtirish dasturi ishga tushiriladi
O‘zbekistonda startaplarni moliyalashtirish va xususiy sarmoyadorlarni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan yangi mexanizmlar joriy etiladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 27-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.
💬 Hujjatga ko‘ra, 2027–2030-yillarda “Kelajak tadbirkori” dasturi amalga oshiriladi. Dastur doirasida UzVC milliy venchur fondi 8 ta ustuvor yo‘nalishda ochiq tanlov asosida jami 30 tagacha startapni moliyalashtiradi.
💬 Har bir loyiha 5 milliard so‘mgacha investitsiya olishi mumkin. Moliyalashtirish 3 yil muddatga foizsiz va garovsiz konvertatsiya qilinadigan qarz yoki SAFE shaklida amalga oshiriladi.
💬 “Kelajak tadbirkori” dasturi elektrotexnika, mashinasozlik va uskunasozlik, farmatsevtika, kimyo sanoati, qurilish materiallari, suv va energiya tejovchi texnologiyalar yo‘nalishlaridagi startaplarni qamrab oladi.
Batafsil
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram | 287 |
| 6 | #Bilasizmi #Soliq_imtiyozlari #Tadbirkorlik_huquqi
🗒 Qonunchilikka ko‘ra, aylanmadan olinadigan soliq to‘lovidan ilk marta QQS to‘loviga o‘tgan tadbirkorlarga quyidagi rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi belgilangan:
➡️ 1 yil davomida foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilish;
➡️ 1 yil davomida QQS to‘lovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qo‘yish tartibini buzganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llamaslik;
➡️ 6 oy davomida buxgalteriya xizmatlari xarajatlarining har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3,5 baravaridan oshmagan qismini to‘layotgan soliq to‘lovlari hisobidan chegirib tashlash.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram | 455 |
| 7 | 🇺🇿 Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurib, ushbu noyob madaniyat muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishadi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram | 329 |
| 8 | 🇺🇿Prezidentimiz Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament aʼzolari butunjahon konferensiyasi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi
Qadrli doʻstlar! “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida yosh avlodga gʻamxoʻrlik qilish, ularning bilim va salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi etib belgilangan. 39 millionlik aholining qariyb 56 foizini yoshlar tashkil etayotgani uzoq muddatli yondashuv, keng qamrovli yechimlarni hayotiy zaruratga aylantirmoqda. Soʻnggi yillarda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarimiz natijasida yoshlarimizning barkamol oʻsishi, global raqobat muhitida munosib oʻrin egallashi uchun ulkan imkoniyatlar yaratildi.
Yurtimizda yoshlar bilan ishlash va ularni qoʻllab-quvvatlashning mutlaqo yangi – manzilli va vertikal tizimi yoʻlga qoʻyilganini alohida taʼkidlash oʻrinlidir.
Dunyodagi yuqori 100 talikka kiradigan yetakchi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan oʻgʻil-qizlarimiz soni 3,5 ming nafardan oshgani, ilmiy darajaga ega yosh olimlarimiz ulushi ikki baravar ortgani bizni mamnun etadi. Yoshlarning tadbirkorlar safidagi ulushi 35 foizga yetgani ham ular iqtisodiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchiga aylanganidan dalolat beradi.
Ishonchim komil, anjuman doirasidagi muloqot va munozaralar ochiq, konstruktiv ruhda oʻtadi, Samarqandda tasdiqlangan hujjatlar global tinchlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Sizlarni yana bir bor samimiy qutlab, barchangizga mustahkam salomatlik, tuganmas gʻayrat-shijoat va masʼuliyatli faoliyatingizda yangi zafarlar tilayman!
— deyiladi tabrikda.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram | 314 |
| 9 | ♟Samarqand 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi
O‘zbekiston ilk bor dunyoning eng nufuzli shaxmat musobaqalaridan biri — FIDE Shaxmat Olimpiadasini qabul qilmoqda.
Joriy yilning 15–27-sentabr kunlari Samarqanddagi Silk Road Samarkand xalqaro ko‘rgazma markazida 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.
Musobaqada 400 ga yaqin terma jamoa hamda 4 000 dan ortiq shaxmatchi, murabbiy va delegatsiya a’zolari ishtirok etadi. Bellashuvlar ochiq va ayollar toifalarida 11 turdan iborat bo‘ladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram | 📱Instagram
📱Facebook | 📱You tube | 315 |
| 10 | 🇺🇿Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoqning Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi o‘z ishini boshladi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
#12IPU #Samarqand
Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram | 📱Instagram
📱Facebook | 📱You tube | 333 |
| 11 | Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag'ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan asosiy vazifalar.
Batafsil — yuqoridagi #infografikada
Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram | 📱Instagram
📱Facebook | 📱You tube | 296 |
| 12 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Jorjа Meloniga maktub yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari Jorja Melonini Italiya Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi lavozimida shu vaqtga qadar eng uzoq muddat faoliyat yuritgan Hukumat rahbari sifatida tarix sahifalaridan munosib joy olgani bilan samimiy muborakbod etdi.
Prezidentimiz ushbu natija Jorja Melonining siyosiy irodasi va qat’iyati, davlatchilik mas’uliyatini chuqur his etishiga Italiya xalqi tomonidan bildirilgan yuksak ishonchning yaqqol tasdig‘i ekanini ta’kidladi.
Hozirgi o‘ta murakkab va tez o‘zgarayotgan sharoitda Italiyaning milliy manfaatlarini qat’iy himoya qilish, mamlakatning Yevropa Ittifoqi va xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori hamda nufuzini yanada mustahkamlash borasida Jorja Meloni olib borayotgan sa’y-harakatlar alohida e’tirof etildi.
Prezidentimiz Italiya Hukumati rahbarining O‘zbekistonga nisbatan do‘stona munosabati va ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni izchil kengaytirishga qaratayotgan doimiy e’tibori uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekiston Italiya bilan o‘rnatilgan strategik sheriklik munosabatlarini yuksak qadrlashi ta’kidlandi. Bugungi kunda siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, madaniy-gumanitar aloqalar tobora sermazmun tus olib, ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Maktub yakunida davlatimiz rahbari Jorja Meloniga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, do‘st Italiya xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va bardavom ravnaq tiladi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил письмо Председателю Совета министров Итальянской Республики Джордже Мелони.
Глава нашего государства сердечно поздравил Джорджу Мелони с тем, что она вошла в историю как глава Правительства Италии, дольше всех занимающая этот пост.
Президент Узбекистана отметил, что это достижение является ярким свидетельством высокого доверия итальянского народа к ее политической воле, решительности и глубокому чувству государственной ответственности.
Особо отмечены усилия Джорджи Мелони по последовательной защите национальных интересов Италии, дальнейшему укреплению авторитета и влияния страны в Европейском союзе и на международной арене в условиях нынешней сложной и стремительно меняющейся обстановки.
Президент нашей страны выразил глубокую признательность главе итальянского Правительства за дружественное отношение к Узбекистану и неизменное внимание к последовательному расширению многопланового сотрудничества между двумя странами.
Подчеркнуто, что Узбекистан высоко ценит сложившиеся с Италией отношения стратегического партнерства. С удовлетворением отмечено, что политический диалог, торгово-экономическое и инвестиционное взаимодействие, культурно-гуманитарные связи последовательно расширяются, наполняются новым содержанием и выходят на качественно новый уровень.
В завершение глава нашего государства пожелал Джордже Мелони крепкого здоровья, семейного счастья и больших успехов в ее ответственной государственной деятельности, а дружественному народу Италии – мира, благополучия и процветания.
Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram | 📱Instagram
📱Facebook | 📱You tube | 287 |
| 13 | 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoniga sharh
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram | 253 |
| 14 | 🇺🇿O‘zbekiston — “Yil mamlakati”: startap ekotizimi jadal rivojlanmoqda
O‘zbekistonning startap ekotizimi xalqaro miqyosda yana bir yuqori natijani qayd etdi. StartupBlink Global Startup Ecosystem Index 2026 hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston startap ekotizimi o‘sish sur’ati bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Mamlakatning yillik ekotizim o‘sishi 227,3 foizni tashkil etgan. Mazkur natija asosida O‘zbekiston “Country of the Year 2026” — startap ekotizimi eng jadal rivojlanayotgan mamlakat sifatida e’tirof etildi.
📈 Global reytingdagi dinamika:
— 2023-yil — 111-o‘rin;
— 2024-yil — 110-o‘rin;
— 2025-yil — 98-o‘rin;
— 2026-yil — 79-o‘rin.
🇺🇿 Shunday qilib, so‘nggi uch yil davomida O‘zbekiston global reytingda 32 pog‘onaga yuqoriladi. Ayniqsa, Toshkent startap ekotizimidagi jadal o‘sish sur’ati bilan ajralib turibdi. Poytaxt bir yil davomida 155,7 foiz o‘sish qayd etib, global reytingda 121 pog‘onaga ko‘tarildi va 229-o‘rinni egalladi. Natijada Toshkent Markaziy Osiyodagi eng yuqori reytingga ega startap markaziga aylandi.
💬 Yana bir e’tiborli jihat — startap faolligi faqat poytaxt bilan cheklanib qolmayapti. Samarqand va Farg‘ona shaharlari ilk bor dunyoning TOP-1000 startap ekotizimlari qatoridan joy oldi. Hisobotda Markaziy Osiyo dunyodagi eng tez rivojlanayotgan startap submintaqasi sifatida qayd etilgan. Mintaqadagi ushbu o‘sishning asosiy drayverlari sifatida O‘zbekiston va Qozog‘iston ko‘rsatilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram | 317 |
| 15 | ⚡️ SamDTUda Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi va tahlil qilindi
Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi mas’ullari hamda universitet rahbariyati boshchiligida universitet Yoshlar yetakchisi faoliyati har tomonlama o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida talaba-yoshlar o‘rtasida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligi, "Besh tashabbus olimpiadasi" va loyihalar ijrosi, shuningdek, yoshlarning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash tizimi atroflicha tahlil qilindi.
Muhokamalar davomida:
🔹 Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
🔹 Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va IT-sohasini ommalashtirish;
🔹 Iqtidorli hamda yordamga muhtoj talabalar bilan manzilli ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
O‘rganish yakunida mas’ullar tomonidan erishilgan yutuqlar e’tirof etilib, mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish hamda kelgusi chorak uchun muhim vazifalar va aniq choralar belgilab olindi.
Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram | 📱Instagram
📱Facebook | 📱You tube | 550 |
| 16 | #SamDU_Yoshlari
✍️Oliy taʼlim muassasalari 1-kurs talaba-yoshlarining tezroq oʻquv jarayoniga moslashishiga koʻmak berish, talabalarni universitet, Yoshlar ittifoqi va hamkor tashkilotlar tomonidan yoshlar uchun tashkil etilgan loyihalar va tanlovlar, yaratilgan imtiyozlar bilan tanishtirish maqsadida 7-14-sentabr kunlari "Tanishtiruv haftaligi" boʻlib oʻtadi!
⚙️ "Tanishtiruv haftaligi" doirasida siz nafaqat Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti bilan yaqindan tanishasiz, balki, talabalik davrining ilk kunlaridan bu davrni mazmunli oʻtkazish uchun aniq va maqsadli reja tuzib olasiz.
📌 Yuqoridagi infografika orqali "Tanishtiruv haftaligi" haqida batafsil maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkin!
✈️Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talabasi boʻlgan doʻstingizga yuborib qoʻying!
Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram | 📱Instagram
📱Facebook | 📱You tube | 484 |
| 17 | #YoshlarOvoziGazetasi
🙋♂️ Mamlakatimiz va yoshlar hayotidagi eng muhim yangiliklar, dolzarb mavzular, ijtimoiy-siyosiy voqealar hamda qiziqarli ma’lumotlarni o‘tkazib yubormang.
📰 “Yoshlar ovozi” gazetasining yangi soni bilan tanishing!
☑️ Bilimlar kuni
☑️ Jurnalist baxti
☑️ Mustaqillik mujdalari
☑️ Yetakchilar uchun seminar
☑️ Bitiruvchilar necha kunda ish topadi?
☑️ P2P: Komissiyalar qanchalik adolatli?
☑️ Nam salfetka qachon taqiqlanadi?
🗞 Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Yoshlar ovozi” gazetasining Telegram sahifasiga obuna bo‘ling va voqealar rivojini kuzatib boring.
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube | 380 |
| 18 | ❗️Контракт учун тўланган маблағларга даромад солиғи солинмайди
Таълим учун тўлов қилинганида солиқ имтиёзидан қуйидаги ҳолларда фойдаланиш мумкин:
➖ ўзингиз учун;
➖ фарзандларингиз учун;
➖ 26 ёшгача бўлган турмуш ўртоғингиз учун.
Агар контракт тўлови иш жойингиз орқали иш ҳақингиздан тўғридан-тўғри таълим ташкилотига ўтказилса, ушбу суммага даромад солиғи ҳисобланмайди.
Агар контрактни ўзингиз электрон, нақд ёки нақдсиз шаклда тўлаган бўлсангиз, йил якуни бўйича декларация топшириб, тўланган даромад солиғини қайтариб олиш мумкин.
Солиқ имтиёзи тижорат банкларидан олинган таълим кредитини ва унинг фоизларини қоплаш учун йўналтирилган даромадларга ҳам татбиқ этилади.
Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram | 📱Instagram
📱Facebook | 📱You tube | 342 |
| 19 | ⚡️Олий таълим ташкилотлари, академик лицей ва техникумларда янги ўқув йили бошланиш санаси белгиланди
2026/2027 ўқув йилида академик лицей ва техникумларда ўқув жараёнлари 2 сентябрдан бошланади.
Олий таълим ташкилотларида эса:
▪️ 1-босқич талабалари учун — 7 сентябрдан;
▪️ 2-босқич ва ундан юқори босқич талабалари учун — 14 сентябрдан ўқув жараёнлари ташкил этилади.
Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram | 📱Instagram
📱Facebook | 📱You tube | 296 |
| 20 | ❗️Ҳукуматнинг тегишли (411-сон, 29.07.2026 йил) қарори билан, 2026 йилдан бошлаб:
➖ бакалавриат босқичини имтиёзли диплом билан битириб, биринчи бор таълим ташкилотига ишга кирадиган битирувчиларга — иккинчи малака тоифаси;
➖ магистратура босқичини битириб, барча фанлардан ва аттестациядан “5” (аъло) баҳо (90-100 балл) кўрсаткичига эга бўлган ҳамда биринчи бор таълим ташкилотига ишга кирадиган битирувчиларга — биринчи малака тоифаси берилади.
Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram | 📱Instagram
📱Facebook | 📱You tube | 281 |
