Ilm duri
Ilmga ixlosmand qalblar uchun. Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Ilm duri
Channel Ilm duri (@ilm_duri) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 17 590 subscribers, ranking 4 636 in the Religion & Spirituality category and 4 544 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 17 590 subscribers.
According to the latest data from 06 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -333 over the last 30 days and by -20 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 21.35%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 8.74% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 3 755 views. Within the first day, a publication typically gains 1 537 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 36.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Ilmga ixlosmand qalblar uchun.
Reklama xizmati:️
t.me/reklama_servis/139”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 07 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Religion & Spirituality category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 06 September | +2 | |||
| 05 September | +4 | |||
| 04 September | +4 | |||
| 03 September | +1 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | +1 |
| 2 | 🌿Niyatning ahamiyati juda katta
Dedilarki, misol uchun bir odam kechki payt uyidan ko‘chaga chiqdi. Tomorqasida bir ketmon turganini ko‘rdi, qo‘shnimning ketmoni esidan chiqib qolibdi-da, uyimga olib kirib qo‘yaqolay, bu birovning omonati deb uyga olib kirib qo‘ydi. Ertalab turib qarasa, ketmon o‘ziniki ekan, qorong‘ida tanimagan ekan. Alloh taolo shu amali uchun u kishiga omonatgo‘y deb savob yozdirib qo‘yar ekan. Endi buning aksi bo‘lsa-chi? Deylik, shu odam ko‘chaga chiqsa, tomorqada ketmon turibdi, xayol qildi, qo‘shnimning ketmoni unutilib qolibdi-da. Endi buni hech kimga aytmay uyimga olib kirib qo‘yib, bildirmay ishlatib yuraveraman, dedi. Ertalab turib qarasa, o‘zining ketmoni ekan. Endi Alloh taolo bu kishining nomayi a’moliga o‘g‘ri deb yozdirib qo‘yar ekan. Qarangki, o‘zining buyumi bilan ham savobga ishladi, ham gunohkor bo‘ldi.
“Jannat sog‘inchi” kitobidan
📚 @ilm_duri | 1 708 |
| 3 | 📝QISHLOQDAN TURIB AMAL QILAVER!
Bir a’robiy Nabiy sallollohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib hijrat qilmoqchi ekanligini aytdi. Nabiy sallollohu alayhi va sallam unga dedilar:
-Holingga voy bo‘lsin! Hijrat ishi qiyin. Sening tuyang bormi?
A’robiy dedi:
-Ha!
-Uning zakotini berasanmi?
-Ha!
-Uni birovlarga berib turasanmi? (ya’ni, zakotdan tashqari uni birovlarga sutini sog‘ib ichishi va boshqa narsalarda ishlatishi uchun berib turasanmi?)
-Ha!
-Unda qishloqdan turib amal qilaver. Alloh taolo sening amalingni kamaytirib qo‘ymaydi!
Imom Navaviy rohimahulloh bu hadisning sharhida shunday deydi:
“A’robiy so‘ragan hijratdan maqsad, sahroda ahli-ayolini tashlab Madinada Nabiy sallollohu alayhi va sallam bilan birga yashashdir. Nabiy sallollohu alayhi va sallam a’robiylarning vatanini sog‘inishini bilganlari uchun uning bu ishga sabri yetmasligidan, buning haqqini ado qila olmasligidan qo‘rqdilar!”.
Bundan maqsad shuki, inson uyida yashasa ham Nabiy sallollohu alayhi va sallamning huzurlariga hijrat qilganning savobini olishi mumkin ekan. Kishining qayerda yashashi, kim bilan yashashi muhim emas. Muhimi uning nima qilishi, qanday ibodat qilishi va uning qalbining qanday bo‘lishidir!
Munofiq Ubay ibn Salulga Madinada yashashi, bomdodni masjidda Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning ortlarida o‘qishi foyda bermadi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallamni ko‘zi bilan ko‘rish dunyodagi eng buyuk xazina bo‘lsada, o‘sha paytda arab sahrolarida yashagan, Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga iymon keltirgan qariyalar va kampirlarga Madinada yashamaganligi zarar bermagan!
Inson o‘zining solihligi yoki buzuqligini o‘zi yashab turgan makonga bog‘lamasligi lozim. To‘g‘ri, atrof-muhit juda muhim. U insonni toatga yoki ma’siyatga undaydi. Ammo savob nafsga qarshi kurashishdadir!
Bu sayyorada shunaqangi vaqtlar bo‘ldiki, yer yuzida Allohga faqatgina Ibrohim alayhis salomning o‘zlari Allohga ibodat qildilar. Muso alayhis salomning vaqtlarida Fir’avnning a’yonlaridan bir kishi iymonini yashirib Muso alayhis salomni himoya qilgan edi!
Biz o‘zimizning solih yoki buzuq bo‘lishimizni birga yashaydigan kishilarga bog‘lamasligimiz kerak. Fir’avn “Men sizning oliy robbingizman!”, der edi. uning yonidagi xonada xotini Osiyo esa Allohga sajda qilib “Subhana Robbiyal a’lo”, der edi.
Aziz singlim! Turmush o‘rtog‘ingiz qanchalar ma’siyatga botgan bo‘lmasin, uning gunohlari Fir’avnning gunoh dengiz oldida bir tomchidir. To‘g‘ri, solih er xotiniga toatda yordamchi bo‘ladi, ammo sizning gunoh qilishingiz uchun osiy er sababchi deb biror kishi aytgan emas. Bahona qilmang!
Allohning payg‘ambari bo‘lmish Nuh alayhis salomning xonadonida kofira ayol bor edi. Allohning payg‘ambari bo‘lmish Lut alayhis salomning xonadonida ham kofira ayol bor edi. Bu ayollar ikki buyuk payg‘ambarni toatdan chalg‘ita olmagan edi. Hatto tarixdagi eng mashaqqatli vazifa bo‘lmish payg‘ambarlik va tablig‘ vazifasidan ham chalg‘ita olmagan edi!
Xotiningiz qanchalar yomon xulqli va osiy bo‘masin, Nuh va Lut alayhis salomlarning xotiniga yeta olmaydi. Kufrdan o‘tadigan gunoh yo‘q. Bahona qilmang!
To‘g‘ri, soliha xotin toatga yordamchi bo‘ladi. Ammo uning nuqsoni sizga ham nuqsonni muboh qiladi deb kim aytdi?!
Oxirgi nuqta:
Dunyodagi har-bir oilada solih va osiy bor. Osiyoning zolim eri bor edi. Nuh va Lut alayhis salomlarning kofira xotinlari bor edi. Ibrohim alayhis salomning kofir otalari bor edi. Nabiy sallollohu alayhi va sallamning Abu Lahab ismli amakilari bor edi. Alloh taolo uni Qur’oni karimda yomonlagan. Biz boshqalarni qarindoshlari bilan ayblamasligimiz lozim!
📚 @ilm_duri | 1 869 |
| 4 | 🎯✨ INGLIZ TILI — ENDI MUAMMO EMAS! ✨🇬🇧
💰 Atigi 170 000 so‘m 💸
⏳ BIZ BILAN ANIQ NATIJA! 🚀
📌 Yo‘nalishlar:
🔹 Beginner (1 oy) 📗
🔹 Elementary (3 oy) 📘
🔹 Intermediate (3 oy) 📙
🔹 Speaking Course (1 oy — faqat gapirish) 🗣️🔥
🔹 Multilevel tayyorlov (2 oy — imtihon uchun) 🎯📊
📚 Kurs davomida siz:
✔ Speaking 🗣️
✔ Writing ✍️
✔ Listening 🎧
✔ Reading 📖
✔ Grammar 📚
✔ Vocabulary 🧠
✔ Pronunciation 🔊
🔥 Amaliy mashg‘ulotlar + Speaking practice + doimiy nazorat + motivatsiya 💪
💯 Natija bo‘lmasa — pulingiz qaytariladi! 💵
📩 Hoziroq yozing:
👉 @Teacher_Ravshanova💬
📅 Darslar 7-sentabrdan boshlanadi! 🗓️ KUNDUZGI VA KECHKI GURUHLAR MAVJUD
🚀 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🌟 | 1 136 |
| 5 | #ilmiy_suhbat
🎧Siyrat suhbatlari (3-suhbat)
💖Mavzu: «Musulmonlarning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldlaridagi ummatlik vazifalari»
🎤 Abdul Azim Ziyouddin
Avvalgi qism:
🟠Siyrat suhbatlari (1-suhbat)
🟠Siyrat suhbatlari (2-suhbat)
📚 @ilm_duri | 1 723 |
| 6 | QALB KO‘ZINI OCHAYLIK
"Dunyo ahliga berilgan narsalarga hasad qilib u bilan qalbingni mashg‘ul qilishing johilligingga kifoyadir. Hatto sen ulardan ham johilroqsan. Chunki ular o‘zlariga berilgan narsa ila mashg‘uldirlar. Sen esa o‘zingga berilmagan narsa ila mashg‘ulsan.
Ko‘zing og‘risa uni muolaja qilasan. Chunki u bilan dunyo lazzatlarini ko‘rib rohatlanasan-da! Basirating qirq yildan beri ko‘r, uni davolamaysan!".
Ibn Atoulloh Sakandariy.
"Tojul arusil hoviy li tahzibin nufus" kitobidan tarjima qilingan
📚 @ilm_duri | 1 854 |
| 7 | 📌MAS’ULIYAT
Ibnul Asir rohimahullohning “Usdul g‘oba fiy ma’rifatis sahoba” nomli kitobida keladi:
“Xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Bishr ibn Osimni Havozindagi sadaqa va zakotlarga mas’ul qilib tayinladi. Ammo Bishr Havozinga borishga shoshilmadi. Umar roziyallohu unga uchrashib dedi:
-Nega Havozinga bormading?! Senga xalifaga itoat qilish vojib emasmi?!
Bishr dedi:
-Vojib, ammo men Rasululloh sallollohu alayhi va sallamdan shunday deganlarini eshitganman:
“Kim musulmonlar ishidan biror ishga bosh bo‘lsa uni qiyomat kuni sirot ko‘prigi oldiga olib kelishadi. Agar yaxshi ishlagan bo‘lsa najot topadi, agar yomon ishlagan bo‘lsa jahannamga yetmish yillik masofaga qulaydi!”.
Umar roziyallohu anhu uning oldidan xafa bo‘lib, mahzun holida qaytdi. Yo‘lda uni Abu Zarr roziyallhu anhu ko‘rib qolib dedi:
-Ey Umar! Nega xafasan?!
Umar roziyallohu anhu dedi:
-Nega xafa bo‘lmay?! Menga Bishr ibn Osim shunday-shunday dedi! Mendan bu xalifalikni oladigan biror kishi bormi?!”,
Insonlarga boshliq bo‘lish sharaf emas, majburiyatdir. Amaldor bo‘lish faxr emas, mas’uliyatdir.
Oila boshlig‘i, mahalla raisidan tortib mamlakat rahbarigacha barchaning gardanida katta mas’uliyat bordir. Mansab pora bilan sotib olinadigan narsa emas. Mansabdor qiyomatda qo‘l ostidagilarning har biridan shaxsan so‘raladi.
Agar biror ishga mas’ul bo‘lib qolsangiz Allohdan qo‘rqib Unga itoat qiling bo‘ldi, najot topasiz. Aks holda mas’uliyatdan qutiling, mansabdan chetlaning va o‘zingizni do‘zaxdan qutqaring!!!
📚 @ilm_duri | 3 176 |
| 8 | Logistika orqali oyiga $2,000 gacha daromad qilish mumkinligini bilarmidingiz?
Logistika sohasiga kirib kelganimga 2 yildan oshdi...
Bundan ikki yil oldin men ham 17–18 yoshlar atrofida edim. O'zim uchun shunday kasb qidirardimki, u universitetdagi o'qishimga xalaqit bermasin, daromad qilishimga imkon bersin va eng muhimi, kelajagim uchun foydali tajriba bersin.
Shogirdlarimning ko'pchiligi kursda o'qib kelishadi, $300–1500 to'lagan bo'lishiga qaramay, ish jarayonida ishlatiladigan dasturlarda ishlashni bilishmaydi, oddiy ish jarayoni haqida tushunchaga ega emas.
Natijada ularni yana boshidan amaliyotga tayyorlashga to'g'ri keladi.
Eng achinarlisi esa — odamlar nafaqat pulini, balki bir necha oy vaqtini ham yo'qotishadi.
Shu sababli ushbu blogni ochdim.
Bu sohada tajriba, diplom yoki tanish-bilishsiz ham faoliyatni boshlash mumkin. Ingliz tilini bilish va kerakli dasturlarda ishlashni bilishingiz kifoya.
Shu kunlarda manfaatli loyiha ustida ishlayapman.
Maqsadim — 1 oy ichida nazariy va amaliy ko’nikma orqali ish boshlashga tayyorlash va daromadga chiqarish.
Agar loyiha sizga qiziq bo'lsa, reaksiyalar bilan qo'llab quvvatlab tursangiz bo'lgani -“🔥”
👉 https://t.me/+2iOFMo5UQRozYjMy | 1 537 |
| 9 | EHTIYOT BO‘L!
Aliy ibn Husayn rahimahullohdan so‘rashdi:
-Siz onasiga yaxshilik qiladigan kishilardan sanalasiz. Ammo nega u kishi bilan ovqatlanmaysiz?
Aliy dedilar:
- U kishi yemoqchi bo‘lib qo‘l cho‘zgan narsalarini olib qo‘yib oq bo‘lmaslik uchun.
-----------------
Abul Muxashsh aytadi:
"Mening bir qizim bor edi. U men bilan dasturxonda o‘tirsa ko‘zi nima yaxshi narsaga tushsa uni men tomonga surib qo‘yar edi. Uni turmushga uzatdim. Endi men bilan o‘g‘lim birga o‘tiradigan bo‘ldi. Allohga qasamki, biror-bir yaxshi narsaga ko‘zim tushsa u mendan oldin unga qo‘l cho‘zar edi".
📚 @ilm_duri | 2 581 |
| 10 | "Inson to o‘zini o‘qimagunicha omi bo‘lib qolaveradi!".
Jaloliddin Rumiy
🥲 @ilm_duri | 2 882 |
| 11 | #suhbat
💳 Hazratni xotirlab (6-son) — Hazratdek dars beradigan ustoz yo’q edi!
🎤 Muhammad Nofe’ domla Mirkomilov
Ushbu ko‘rsatuvda fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning ibratli hayot yo‘li haqida hikoya qiluvchi suhbatlar berib boriladi.
Suhbatlarda shayx hazratlariga zamondosh bo‘lgan ulamolar, u zotning oila aʼzolari, shogirdlari va muxlislarining xotiralari bilan tanishib borasiz.
🎛Avvalgi sonlar:
➡️Hazratni xotirlab (1-son)
➡️Hazratni xotirlab (2-son)
➡️Hazratni xotirlab (3-son)
➡️Hazratni xotirlab (4-son)
➡️Hazratni xotirlab (5-son)
📚 @ilm_duri | 3 479 |
| 12 | #Tafakkur
"Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamdan boshqa har qanday insonning gapi olinishi ham mumkin, tark qilinishi ham mumkin".
Imom Molik
📚 @ilm_duri | 3 765 |
| 13 | 📌Qur'oni Karim suralari, oyatlari, gaplari, kalimalari va harflarining miqdori
Qur'oni Karimda 114 ta sura mavjud bo'lib, bulardan 82 tasi Makkai Mukarramada nozil bo'lgan bo'lib, 20 tasi esa Madinai Munavvarada nozil bo'lgan va qolgan 12 tasi ixtilof bor suralardir.
🔽Madinai Munavvarada nozil bo'lgan suralarning 20 tasi quyidagilardir:
1. Baqara surasi
2. Oli Imron surasi
3. Niso surasi
4. Moida surasi
5. Anfol surasi
6. Tavba surasi
7. Nur surasi
8. Ahzob surasi
9. Muhammad surasi
10. Fath surasi
11. Hujurot surasi
12. Hadid surasi
13. Mujodala surasi
14. Hashr surasi
15. Mumtahana surasi
16. Jumu'a surasi
17. Munofiqun surasi
18. Taloq surasi
19. Tahrim surasi
20. Nasr surasi
🔽12 tasida ixtilof bor suralar quyidagilardir: (Ba'zi mufassirlar Makkiy va ba'zilari Madaniy deydilar.)
1. Fotiha surasi
2. Ra'd surasi
3. Ar-Rohman surasi
4. Soff surasi
5. Tag'obun surasi
6. Takvir surasi
7. Qadr surasi
8. Bayyina surasi
9. Zalzala surasi
10. Ixlos surasi
11. Falaq surasi
12. Naas surasi
🔽Qolgan 82 ta sura Makkiydir ya'ni Makkada nozil bo'lgandir.
Siroji Mahdoniya kitobida keltirilishicha Qur'oni Karimda 114 ta sura, 6666 ta oyat, 36002 ta gap, 66600 ta kalima va 216700 harf mavjud.
Qayumov Sofvatulloh
📚 @ilm_duri | 3 989 |
| 14 | Tepada Ko’pchilik o’z darajasini juda past baholabdi ayni muddao hozir yozda Mazza qilib ilmingizni mustahkamlab olish uchun. Bu 2oy yozda ham 0dan Quronga tushasiz va Quronni ham Hatm qilib yakunlaysiz mashaaAllohmi?
🌷Hozirgi vaqtda ishonchsiz va moddiy tomondan ham anchagina baland Muddati esa 6-8oy bo’lgan kurslar har qadamda mavjud.
Lekin sizga ishonchli , hamyonbop , Muddati ham nihoyatda kam va rezultat 100% bo’lgan «0dan Qurongacha » kursimga taklif qilaman
Kursdan otzivlar qiziq bo’lsa https://t.me/+cKEkeIRs-TgxMzUx
📖Siz kursni 20kun davomida mukammal intensiv tarzda o’rganasiz
📖Yosh 7-70yoshgacha qabul qilinadi
📖To’lov esa 20kun uchun bir marta
📖Rezultat 100% kafolatlangan
📖Darslar Jonli chatda bo’ladi
📖Darsda 2ta Ustoza Asosiy va takror
📖Darslikdan tashqari bonus qo’shimcha Darslar ham mavjud
👆Darsda Siz harflarni 0dan boshlab o’rganasiz,mustaqil qo’shib o’qiy oladigan bo’lasiz
👆Har bir darsni jonli tarzda amaliy o’rganasiz
👆Nafaqat harf , raqamlar, tajvid qoidasini ham chuqur o’rganasiz
🔅Ha ha adashmadingiz tajvid qoidasini ham (alohida 2-3oylab 50-60$dan oyma oy to’lab emas atigi 20kunda 0dan mustaqil Quron o’qiy oladigan darajada bo’lasiz
🛎aktiv va imtixondan o’tgan tolibalarga Shahodatnoma beriladi
👩🏫Quronni chiroyli,tajvid , tartil bilan o’qishni harflarni bir biriga qo’shib o’qishni Hohlasangiz bizning safimizga qo’shiling ikki dunyo savobi to’xtamaydigan ilm uchun hoziroq sarmoya qiling
Qabulga yozilish uchun @menejer_qoriahayot ga “501” so’zini yozib qoldiring | 1 439 |
| 15 | #ilmiy_suhbat
🎧Siyrat suhbatlari (2-suhbat)
💖Mavzu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbat»
🎤 Hasanxon Yahyo Abdulmajid
Avvalgi qism:
🟠Siyrat suhbatlari (1-suhbat)
📚 @ilm_duri | 2 792 |
| 16 | Imom Rabboniy aytadi:
"Islom — ilm, amal va ixlosdan iboratdir. Ilmni kitobi sunnatdan olamiz, amalni ustozdan o‘rganamiz, ixlosga tarbiya kerak".
📚 @ilm_duri | 3 427 |
| 17 | #suhbat
💳 Hazratni xotirlab (5-son)
🎤 Shayx Muhammad Amin Muhammad Yusuf
Ushbu ko‘rsatuvda fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning ibratli hayot yo‘li haqida hikoya qiluvchi suhbatlar berib boriladi.
Suhbatlarda shayx hazratlariga zamondosh bo‘lgan ulamolar, u zotning oila aʼzolari, shogirdlari va muxlislarining xotiralari bilan tanishib borasiz.
🎛Avvalgi sonlar:
➡️Hazratni xotirlab (1-son)
➡️Hazratni xotirlab (2-son)
➡️Hazratni xotirlab (3-son)
➡️Hazratni xotirlab (4-son)
📚 @ilm_duri | 3 645 |
| 18 | "Qachon seni xalqidan yolg‘izlatayotgan bo‘lsa bilgilki, senga O‘zi bilan unslanish eshigini ochmoqni xohlaydi".
Ibn Atoulloh Sakandariy rohimahulloh
(Unslanish - ulfat va hamroh bo‘lish)
📚 @ilm_duri | 3 592 |
| 19 | #mutolaa
📖 Yodlash
Zehningizda siz yod olgan juda ko‘p ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Bir ish haqida gapirayotganingizda ma’lumotlar yodingizga kelishiga yordam beradi. Bir gapni gapirishdan avval uni yodlab olish juda muhim. Chunki bu idrokingizning dastlabki bosqichi uchun zaxira bo‘ladi.
Qur’oni karim yodlashingiz shart bo‘lgan eng muhim kitob. Qur’on (yodlash ibodat bo‘lishi, bir qismini yodlash diniy zarurat bo‘lishidan tashqari) zehnlarni tiniqlashtiradi. Undan eng pok tassavurlar va namuna olinadi. Qur’on sizdagi fasohat, balki gapga chechanlik va matonatni yuksaltiradi. Lug‘aviy uslublarni shakllantirish mazasini totishingizga yordam beradi. Foil (ega) va maf’ul (ikkinchi darajali bo‘lak)ni bilmay turib ham qiyinchiliksiz foilni raf’ (bosh kelishikda), maf’ulni nasb (tushum kelishigida) qila boshlaysiz. Bunga aziz Kitobni tinmay o‘qiyotganingiz va yodlashingiz sabab bo‘ladi.
Shuningdek Nabiy sallallohu alayhi vasallamning sunnatlarini yodlash. Siz imom Navaviyning “Riyozus solihin” kitobini mutolaa qilishingiz kerak. Uni aytishganidek, boshingizga yostiq qilib oling. Unga doim qarang. Biror kuningiz uni o‘qib, hadislarini fikr qilmasdan o‘tmasin.
Tolibi ilm o‘zi o‘qiyotgan narsadan xabardor bo‘lishi kerak. Men tolibi ilmlarga nimadan boshlashi kerakligi haqida maslahat beruvchi va ularni o‘qishga yo‘naltiruvchi inson emasman. O‘zlarining o‘rganish uslublari bor, albatta.
Xotirangiz yaxshi she’rni yod olishdan xoli bo‘lmasin. Uzundan-uzun she’rlarni yodlashdan aslo qochmang. Zero bu ishni uddalab rohat olgan boyligingizni hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi!
She’rlardan fasohatingiz va fahmingizni oshiradigan she’rlarga alohida e’tibor qarating. Ular bilan zehningiz charxlanadi.
Shundan so‘ng Alloh sizga fikrlaringizni aniq ifodalash, gapingizni bir maromga solish qobiliyatini bersa, alhamdulillah. Aksincha bo‘lsa bu jihatdan sizga yordam beradigan kitoblar va nutqlar bor. Garchi ma’ruzachi bo‘lishni niyat qilmagan bo‘lsangiz ham ular juda foydali. Chunki ma’lumotlarni chiroyli talaffuz qilish, qissalardan iqtibos olish, xabarlarni gapirib berish hayotingizning barcha qismida sizni ishonchli insonga aylantiradi.
Ali Jobir Fayfiy: Soyabon (Hayotning o‘n yetti qonuni)
📚 @ilm_duri | 4 067 |
| 20 | Solih va ilmli farzand — bir kunda tarbiyalanmaydi.
Har kuni farzandimizga bergan mehrimiz, o‘rgatgan odatlarimiz va ko‘rsatgan namunamiz uning kelajagini quradi. 🌱
📚 Bolani kitobga sevdirish
🧩 Foydali mashg‘ulotlar
🤲 Duo va go‘zal odatlar
👩👦👦 Farzand tarbiyasini hayotda amalda qo‘llash
Bu kanalda shunchaki maslahat emas — har kuni farzandlarim bilan qilayotgan ishlarimning jonli namunasini ko‘rasiz.
🌱 Keling, farzandlarimizni birga tarbiyalaymiz.
https://t.me/+OxqcohO8bgljMGE6 | 2 047 |
