cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

G'uzor tumani olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

G‘uzor tumani OvaMSTBDIMI matbuot xizmatinining rasmiy kanallari. Telegram.https://t.me/Guzorsportmaktab https://www.facebook.com/groups/391050896542614/?ref=share

Show more
Uzbekistan49 456The language is not specifiedSports30 458
Advertising posts
225
Subscribers
+124 hours
+17 days
-330 days
Posts Archive
Repost from Sport vazirligi
Photo unavailableShow in Telegram
⚽️🔥 Abdulla Azimov Parij-2024 yo’llanmasiga ega chiqib, o’zbek sport gimnastikasi tarixida yangi sahifa ochdi Toshkentda start olgan sport gimnastikasi boʻyicha Osiyo chempionatining birinchi kuniyoq Oʻzbekiston terma jamoasi ajoyib natijani qayd etdi. Hamyurtimiz Abdulla Azimov yakkalik yo’nalishining ko’pkurash dasturida 82.431 ball jamg’arib, Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlari yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Sport gimnastikasi bo’yicha O’zbekiston erkaklar terma jamoasi o’z tarixida birinchi bor Olimpiya o’yinlariga uchta yo’llanmani qo’lga kiritdi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#Молодец #Рекорд Ўзбекистонда 10 ёшли бола инглиз тилидан CEFR олди😳 Фарғона вилояти олис Сўх туманидаги 4 синф ўқувчиси Мусоев Комронбек Асроржон ўғли Multi level CEFR имтиҳонидан инглиз тили бўйича Б2 сертификатига эга бўлди. Эътиборлиси шундаки ҳатто кўп ўқитувчилар қийналадиган бу имтиҳонда у осонлик билан, ёш бўлишига қарамай уддалади! Gʻuzor tumani OMSTBDIMI Matbuot xizmati Kanalga obuna boʻlish: 👇👇👇 https://t.me/Guzorsportmaktab
Show all...
Repost from Sport vazirligi
#xalqaro_hamkorlik 🇺🇿O‘zbekiston sport ta’limini rivojlantirishda Xitoy tajribasi qo‘llaniladi
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori R.Matkarimov boshchiligidagi delegatsiya vakillari ayni kunlarda Xitoy davlatida xizmat safarida bo‘lib turishibdi.
✅O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Xitoyning Pekin sport universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, joriy yilning 14-may kuni Universitet rektori R.Matkarimov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Pekin sport universiteti rektor boshchiligidagi rahbariyat tarkibi bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazishdi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
G‘uzor tumanida pilla qabul qilish boshlandi G‘uzorlik pillakorlar joriy yilda 2089 quti ipak qurti urug‘larini parvarishlab, 141 tonna “kumush tola” yetishtirishni maqsad qilgan. Bugungi kunga kelib g‘uzorlik pillakorlarning mashaqqatli mehnati o‘z hosilini bera boshladi. Bugundan «G‘uzor Agropilla» MCHJ tumanda yetishtirilgan dastlabki pilla hosilni qabul qilishni boshladi. Jumladan, M.Rahmonov hududidagi “Qodirov Karim bobo” fermer xo‘jaligi pillakorlari tumanda birinchilardan bo‘lib, 3 quti uchun 225 kilogramm (102,5 %) pilla topshirdi. —Mavsum boshida 3 quti pilla qurti olib boqqandik, shartnoma rejamiz 215 kilogramm edi. Qurtlarni yaxshi parvarish qildik. Tut bargi bilan oziqlantirishni muntazam oshirib bordik. Natija esa kutilganidan ham ziyoda bo‘lib, rejani ortig‘i bilan bajardik. — deydi “Qodirov Karim bobo” fermer xo‘jaligi raisi Otanazar Qodirov. Kanalga ulanish👉@guzorpress
Show all...
Repost from Olamsportcom
Photo unavailableShow in Telegram
🎁🎂Отабек Умаров 40 ёшга тўлди! 🇺🇿🇺🇿Бугун Осиё Олимпия кенгаши вице-президенти Отабек Умаров ўз таваллуд айёмини нишонламоқда. Отабек Муҳаммадалиевич 1984 йил 15 май куни туғилган. Узоқ йиллардан бери ўзбек спорти ривожи, олимпия ҳаракатига ҳисса қўшиб келяпти. Жумладан, Ўзбекистон триатлон федерацияси раиси, ММА ассоциацияси асосчиси ва биринчи раҳбари сифатида ушбу спорт турлари, хусусан, оммавий спорт тарғиботини янги босқичга олиб чиқди. Отабек Умаров 2020 йил Осиё Олимпия кенгаши Бош Ассамблеясида ташкилотнинг вице-президенти этиб сайланган эди. Ҳозирда Отабек Муҳаммадалиевич Янги Ўзбекистоннинг салоҳиятини бутун дунёга кўрсатишда, мамлакатимиз ва Марказий Осиёда Олимпия ҳаракати тарғиботининг янада кучайишида жонбозлик кўрсатмоқда. Фурсатдан фойдаланиб, сайтимиз ижодкорлари ва ўқувчилари номидан Отабек Умаровни бугунги таваллуд айёми билан самимий муборакбод этиб, у кишига узоқ умр, сиҳат-саломатлик тилаймиз... Oбуна бўлинг👉 Olamsportcom
Show all...
#xorij_safari 🇨🇳Xitoy safari davom etmoqda… Xabar berganimizdek, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida boʻlib turibdi. Vakillarimiz 13-may kuni Pekin sport universiteti talabalarining amaliy dars mashgʻulotlarini kuzatib, unda talabalar uchun jismoniy yuklamalarni me'yorlash metodlari o‘rganildi. Shu kuni delegatsiya aʼzolari Xitoy milliy olimpiya tayyorlash markazida ham  boʻlib, u yerda keyingi vaqtlarda rivojlanib kelayotgan katta tennis, gimnastika va yakkakurash sport turlarining moddiy texnik bazasi bilan tanishishdi. Shu bilan birga, 2008-yilda Yozgi va 2022-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtgan “Qush uyasi” stadioni faoliyatini ko‘zdan kechirishdi. ⏩Batafsil: https://jtsu.uz/uz/e/blog/3008-xitoy-safari-davom-etmoqda Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
Show all...
Repost from Sport vazirligi
Markaziy Osiyo ochiq chempionatida yengil atletikachilarimiz birinchi boʻlishdi Toshkentda yengil atletika boʻyicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqa yakunda 18 ta oltin, 28 ta kumush va 23 ta bronza medallarini jamgʻargan hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
#vazir_tashrifi QASHQADARYO VILOYATIDA SPORT VAZIRI ISHTIROKIDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI Ayni damda Sport vaziri A.Ikramov Qashqadaryo viloyatidagi sport ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganishi yuzasidan viloyatda bo‘lib turibdi. Sport vaziri Kitob, Shahrisabz shahar va Shahrisabz tumani, Yakkabog‘ va Qamashi tumanlaridagi sport ta’lim muassasalarida bo‘lib, yaratilgan shart-sharoit hamda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan yig‘ilishda tizimdagi hududiy boshqarmalar, sport ta’lim muassasalari rahbarlari hamda sport federatsiyalari ishtirok etdi. Tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tkazilgan yi‘gilishda hududlarda sport sinovlari topshirish jarayonlari holati, o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” bosqichlari tahlili, zahira guruhlari shakllantirish, Face ID tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish afzalliklari tahlil qilindi. Sport vazirining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davom etmoqda. Bizni kuzatib boring: 🌐Telegram I Instagram I Facebook I You tube
Show all...
G‘UZORDA GANDBOL BO'YICHA VILOYAT KUBOGI MUSOBAQASI O‘TKAZILDI. UNDA G‘UZORLIK YOSHLAR PESHQADAMLIK QILISHDI Bugun, G'uzor tumanidagi Sport maktabida "Gandbol" turi bo‘yicha 18 yoshli o'g'il va qizlar jamoalari o’rtasida Qashqadaryo viloyat Chempionati musobaqasi o'tkazildi. Unda 8 ta tumandan kelgan 200 dan ortiq yosh sportchilar ishtirok etishdi. Musobaqa yakunida G‘uzor tumani sport maktabida tarbiyalanayotgan G'uzorlik o‘g‘il va qiz bolalar boshqa tuman yoshlariga hech qanday imkoniyat bermasdan 1-o‘rinni egallashdi. G‘uzorlik yoshlarni natijalaridan ko‘rinib turibdiki, tumanda yoshlarni sportga jalb qilish va iqtidorlarini namoyon etish bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Tajribali murabbiylar Fazliddin Aralov, Dildora Yo'ldosheva, Husniya Safarova, Sanjar Axmedov, Jamila Nazarova, Zarnigor Panjieva, Shoira Xolmo'minovalar qo'l ostidagi yosh sportchilarni va yaqinlarini tuman hokimligi samimiy tabriklaydi. Kanalga ulanish👉@guzorpress
Show all...