cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

G'uzor tumani olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

G‘uzor tumani OvaMSTBDIMI matbuot xizmatinining rasmiy kanallari. Telegram.https://t.me/Guzorsportmaktab https://www.facebook.com/groups/391050896542614/?ref=share

Show more
Uzbekistan48 938The language is not specifiedSports32 464
Advertising posts
224Subscribers
-124 hours
-47 days
-1030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

⚽️Ўзбекистон футзал бўйича Осиё кубогида 3-ўринни эгаллади Ўйиннинг асосий вақти 5-5 ҳисобида якунланди. Пенальтилар сериясида Ўзбекистон 5-3 ҳисобида устун келиб, кетма-кет 3- марта Осиё кубоги бронза медалини қўлга киритди. Gʻuzor tumani OMSTBDIMI Matbuot xizmati Kanalga obuna boʻlish: 👇👇👇 https://t.me/Guzorsportmaktab
Show all...
Repost from Sport vazirligi
Sport ustasi unvonini olish bo‘yicha  me’yorlarni o'zida jamlagan telegram bot ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-noyabrda "Sportchilarga sport unvonlari va sport razryadlarini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 588-son Qarori tasdiqdlangan. Mazkur qaror asosida sportchilarga sport unvonlarini berish yo‘lga qo‘yilgan. https://t.me/yast_sport_bot  telegram boti orqali  "O‘zbekiston sport ustasi" hamda "Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi" unvonini olish bo‘yicha  me’yorlar bilan tanishish mumkin. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
#sport_marafon 🏃G‘uzorda “Yangi nafas” shiori ostida ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi Tuman hokimligi, Sport vazirligi, Yoshlar agentligi tuman bo‘limi va tashabbuskor harbiylar hamkorligida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi. G‘uzordagi marafon bahslarida 1000 dan ortiq yoshlar, harbiylar sportga qiziquvchi yosh va keksa avlod vakillari ishtirok etishib, 3 km. masofani bosib o‘tishdi. G‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Musobaqa g‘oliblari👇 Erkaklar: 🥇–Xudoyberdiyev Shahzod, 🥈–Ravshanov Siroj, 🥉–Boltayev Shahobiddin. Ayollar: 🥇–Xolmuminova Marjona, 🥈–Sulaymonova Sevara, 🥉–Otamurodova Sevinch. Shuningdek, "Jismoniy imkoniyati cheklangan ishtirokchi"," Eng yosh ishtirokchi" va "Eng yoshi ulug’ ishtirokchi" nominatsiyalari bo'yicha sportchilar ham munosib taqdirlandi. Kanalga ulanish 👉@guzorpress
Show all...
Muhammad Yusuf 70 yilligiga bag‘ishlab "Xalq ardog‘idagi shoir" shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Muhammad Yusuf hayoti haqida qiziqarli ma'lumotlar, ijodidagi jozibalikka alohida e'tibor berildi. Bir qancha o‘quvchilar shoir she'rlarini yoddan aytishdi. Bu esa o‘quvchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi Gʻuzor tumani OMSTBDIMI Matbuot xizmati Kanalga obuna boʻlish: 👇👇👇 https://t.me/Guzorsportmaktab
Show all...
Repost from Sport vazirligi
Vazirlik ishchi guruhi Namangan viloyatida
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri maslahatchisi Sh. Moʻminjonov rahbarligidagi vazirlikning tegishli ishchi guruhi Namangan viloyatiga tashrif buyurdi
Dastlab ishchi guruh Pop tumanida boʻlib "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida futbol boʻyicha DXX kubogining sektor bosqichida ishtirok etdi. Shundan soʻng Chust tumani, Uychi tumani hamda Chortoq tumanida boʻlib, chekka hududlarda professional sportchilar sonini oshirish, zaxira sportchilarni elektron platformaga kiritish, sport normativlarni qabul qilish va ularni natijalarini kiritish, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilayotgan sport musobaqalarini oʻtkazish tartibi hamda hujjatlarni toʻgʻri tashkil etish masalalari koʻrildi. Oʻrganish jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
Вилоят ҳокими ва ИҲТ бош котиби иштирокида учрашув бўлиб ўтди Учрашувда Шаҳрисабз шаҳрига “Иқтисодий ҳамкорлик ташкилоти туризм пойтахти” мақоми берилишининг аҳамияти ва келажакда туризм соҳасида амалга ошириладиган лойиҳалар бўйича фикр алмашилди. Nasafnews расмий саҳифаси
Show all...
Repost from N/a
📌 U-23 Osiyo kubogi 🏆 O'ZBEKISTON YARIM FINALDA! 🇺🇿 Oʻzbekiston 2:0 Saudiya Arabistoni 🇸🇦
Show all...
Repost from Sport vazirligi
Badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi Bugun Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining to‘rtinchi bosqichi start oldi. Musobaqaning kechki dasturi davomida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, shuningdek, Xalqaro gimnastika federatsiyasi rasmiylari va O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
G‘UZORDA YOSHLAR UCHUN VATANPARVARLIK TADBIRLARI O‘TKAZIB KELINMOQDA Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ona vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish maqsadida Qarshi harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan Gʻuzor tumani "Qorako‘l" mahallasidagi 59-maktabda vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda maktab o‘quvchilari bilan birga mahalla yoshlari ham qamrab olinib, harbiylar tomonidan "Qo‘l jangi" ko‘rgazmali chiqishlar va qurol-aslahalar namoyishi yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, tadbir so‘ngida yoshlar va harbiylar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazilib, o‘quvchi yoshlar armiya hayoti haqida qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Kanalga ulanish 👉@guzorpress
Show all...
Go to the archive of posts