cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

G'uzor tumani olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

G‘uzor tumani OvaMSTBDIMI matbuot xizmatinining rasmiy kanallari. Telegram.https://t.me/Guzorsportmaktab https://www.facebook.com/groups/391050896542614/?ref=share

Show more
Uzbekistan54 422The language is not specifiedSports32 558
Advertising posts
225
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
+130 days
Posts Archive
Repost from OlympicUz
Photo unavailableShow in Telegram
Parij-2024 Olimpiadasida qatnashadigan bokschilarimiz Xabarovsk turnirida jang qilishadi Bugun Qozogʻistonning Astana shahrida “Elorda kubogi”, ertaga esa Rossiyaning Xabarovsk shahrida “Konstantin Korotkov xotira turniri” start oladi. Oʻzbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi asosiy tarkib vakillarini Xabarovsk turniriga jalb qildi. Xususan, unda Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashadigan yigitlarimiz toʻliq tarkibda ishtirok etishadi. 18-mayga qadar davom etadigan musobaqada Rossiya, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Belarus, Serbiya, Ozarbayjon va Moʻgʻulistondan tashrif buyurgan 150 nafar charm qoʻlqop ustalari gʻoliblik uchun jang qilishadi. Toʻliq tarkib quyidagicha: — Лицензиаты Париж-2024 примут участие в Хабаровском турнире по боксу Сегодня в Астане (Казахстан) стартует "Кубок Элорда", а завтра в Хабаровске (Россия) начнётся турнир памяти "Константина Короткова". По решению тренерского штаба представители основного состава примут участие в Хабаровском турнире. В частности, на турнире памяти выступят все наши боксёры, которые удостоились права участия на Париж-2024. В соревнованиях, которые продолжатся до 18 мая, будут участвовать 150 представителей из России, Узбекистана, Таджикистана, Кыргызстана, Беларуси, Сербии, Азербайджана и Монголии. Полный список узбекских боксёров:
Show all...
G‘uzorlik yoshlar Respublika chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 💠Kuni kecha, Qarshi shahrida sportning "Kurash" turi bo‘yicha o‘g‘il va qizlar o'rtasida viloyat chempionati musobaqasi bo‘lib o'tdi. 🇺🇿Ushbu musobaqaga Gʻuzor tumani Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tarbiyalanayotgan yosh sportchilari munosib ishtirok etishdi. 🏅Musobaqa yakunida 5 ta oltin, 3 ta kumush, 2ta bronza medallarni qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egallashdi va Respublika bosqichiga yoʻllanmani qo'lga kiritishdi. Sportchilarimizga kelgusidagi faoliyatida ham ulkan marralar tilaymiz. Gʻuzor tumani OMSTBDIMI Matbuot xizmati Kanalga obuna boʻlish: 👇👇👇 https://t.me/Guzorsportmaktab
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Ойбек Касимов Осиё Олимпия кенгашининг “Буюк хизматлари учун” ордени билан тақдирланди Бангкокда Осиё Олимпия кенгашининг (ООК) 43-Бош Ассамблеяси ўз ишини бошлади. Узоқ йиллар қитъада Олимпия ҳаракати ривожига ҳисса қўшган мутасаддиларга ООКнинг энг нуфузли соврини – "Буюк хизматлари учун" ордени топширилди. Улардан бири Ўзбекистон Миллий Олимпия қўмитаси Бош котиби Ойбек Касимовга тантанали равишда тақдим этилди. 👉https://t.me/UZBEKISTANOFFICIAL
Show all...
Xalq deputatlari G‘uzor tumani Kengashining navbatdagi 75-sessiyasi bo‘lib o‘tdi Sessiya ishida tumanni ishsizlik va korrupsiyadan holi hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda sektor rahbarlari tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash bo‘yicha 2024 yilning I choragida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobotlari eshitildi. Tuman hokimi, 1-sektor rahbari B.Suyunov, tuman prokurori, 2-sektor rahbari R.Sayfiyev, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari S.Qalandarov va tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari S.Boboqulovlarning joriy yil yakuniga qadar aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha dasturlari taqdimot qilindi. Ushbu sessiya yig‘ilishida tumandagi kommunal soha (elektr ta’minoti, gaz, ichimlik suvi, yo‘l) tashkilotlari rahbarlarining ham hisobotlari eshitilib, aholi muammolari bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. Sessiya yig‘ilishida elektr, gaz, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va tuproq yo‘llarni shag‘allashtirish yuzasidan ushbu tashkilotlarning joriy yil yakuniga qadar har bir mahalla kesimida reja-jadvallari muhokama qilindi va tasdiqlandi. Yig‘ilishga tumandagi "Mahalla yettiligi" tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarilishi holati va aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida masalalar ham muhokama qilindi. Sessiya kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi hamda tasdiqlangan reja-jadvallarni tumandagi har bir mahalla binosida barcha ko‘rinarli joylarga ilib qo‘yish belgilandi. Kanalga ulanish 👉@guzorpress
Show all...
Repost from Sport vazirligi
O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasiga yangi rahbar saylandi Milliy Olimpiya qo‘mitasida mamlakatimiz Yengil atletika federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda mamlakatimiz yengil atletikachilarining “Parij-2024” yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi. Sport vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, mamlakat yengil atletika federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi a’zolari ishtirok etgan hisobot-saylov yig‘ilishida Yengil atletika federatsiyasi bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zimuhammedov terma jamoa a’zolarining yozgi Olimpiya o‘yinlariga olib borayotgan tayyorgarligi yuzasidan hisobot berdi. Shundan so‘ng kun tartibidagi asosiy masala ko‘rib chiqildi. Federatsiya raisi lavozimida ishlab kelgan Mehriddin Abdullaevning o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etishi haqida yozgan arizasi ishtirokchilar tomonidan qanoatlantirildi.
Ijroiya qo‘mitasi tavsiyasiga va delegatlarning ovoz berishi natijasida “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Bahodir Sidiqov O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining raisi etib saylandi.
Yig‘ilish yakunida Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikning borishi, o‘tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, kutilayotgan musobaqalardagi ishtirok ko‘rib chiqildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
Repost from Sport vazirligi
Mahallangizga sport maydonchasini sovgʻa qiling Bugun Sport vazirligida Respublikadagi har bir tuman-shaharida bittadan sport maydonchasini ovoz berish yoʻli bilan qurib berish boʻyicha tanlov loyihasi yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga mutasaddilar tomonidan batafsil javob berildi. Shuningdek, ushbu loyiha boʻyicha atroflicha maʼlumotlar berildi. Tashabbus.sport” platformasi Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi mablagʻlari hisobidan barpo etiladigan sport maydonchalarining kamida 30 foizi mazkur elektron tizim orqali ushbu hududda yashovchi aholi tomonidan ovoz berish yoʻli bilan haqiqiy ehtiyojini aniqlash maqsadida tashkil etilgan. Mazkur loyiha 2022-2023-yillarda vazirlik tomonidan mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarining yangi bosqichi demakdir. Batafsil: https://gov.uz/sport/news/view/11284/ Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#KUN_HIKMATI Sharoit qancha yomon bo‘lsa, harakatni shuncha kuchaytir.. © Lev Tolstoy. Gʻuzor tumani OMSTBDIMI Matbuot xizmati Kanalga obuna boʻlish: 👇👇👇 https://t.me/Guzorsportmaktab
Show all...
00:44
Video unavailableShow in Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Иккинчи жаҳон урушидаги Ғалабага бағишланган тантанали тадбирларда иштирок этиб, Москвага ташрифини якунлади Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
Repost from QASHQADARYO AHLI
Photo unavailableShow in Telegram
🎖Иккинчи жаҳон урушида қатнашган фахрийлар сони республика бўйича 112 нафар Фахрийларимизнинг Ватан озодлиги учун бағишлаган шарафли ҳаёт йўлини халқимиз ҳеч қачон унутмайди. Қуйидаги линкни босинг ва Қашқадарёликларга қўшилинг👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAEag43PSTC9kTJgRaQ
Show all...
01:16
Video unavailableShow in Telegram
Буюк Ғалабага беқиёс ҳисса қўшган, шу ёруғ кунларга етиб келолмаган азиз инсонларни ёд этамиз, уларнинг хотираси, пок руҳлари олдида таъзим қиламиз. Урушда, меҳнат фронтида иштирок этган мўътабар фахрийларимиз олдида чексиз қарздормиз. — Склоняем голову перед памятью наших отцов и дедов, внесших огромный вклад в великую Победу, которым не довелось увидеть нынешние светлые дни. Мы в неоплатном долгу перед ветеранами войны и трудового фронта. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Москва шаҳрида кузатувчи давлат раҳбари сифатида Олий Евроосиё иқтисодий кенгашининг юбилей йиғилишида иштирок этди. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в городе Москве принял участие в юбилейном заседании Высшего Евразийского экономического совета в качестве главы государства-наблюдателя. #Mirziyoyev #sammit #YOII #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Россия Федерацияси Президенти Владимир Путиннинг учрашуви бўлиб ўтди. — Состоялась встреча Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Российской Федерации Владимиром Путиным. #Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...