220
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-630 days
Posts Archive
220
"Mama’s boy"👼
Zalga borasan, terlaysan, parter tushasan 🤼, oyog‘ing shilinadi,bosim sezasan, charchoqlar chiqib ketadi. O‘zinga ishonch paydo bo‘ladi, bu sezilmasada.
Futbolga borasan, yiqilasan, gol urasan yoki topni qaytarasan. Aldab o‘tasan, ittdek charchaysan, tanamiz boshqacha kayf qiladi.
Har qanday jismoniy sport foydali: garmonlar normallashadi. (kam bo‘sa ko‘payadi)
ishtaha ochiladi (Sabzi bilan sholg‘om yemiyman demaysan)
Bor jahlni mushokdan, topni tepib chiqarvorasan.charchaysan va bu kichik fignya muommolarga eʼtibor bermay, focus yig‘ish uchun zarur.
Ha, buni self-centred guy hech qachon tushunmidi. Oq go‘sht yemiyman, ovqat sho‘r chiqibdi, nexia 2 legenda deydigan bollarga qarasak birortasi na GYM ga yo futbol tam luboy sport bilan shug‘ullanmaydi. Onasini,opasini erkatoyi...
220
Noldan ko‘tarilganman, aka!
Bugun ko‘pchilik “men hech kimning yordamisiz odam bo‘ldim” deb aytishni yaxshi ko‘radi.
Bu gap zamonaviy medalga o‘xshaydi — osib yurishadi.
Lekin orqasiga qarasang, har kimning yo‘lida nimadir bo‘lgan:
otasi yordam bergan, tanish topilgan, yo‘li ochilgan.
Bu yomon emas.
Yordam so‘rash — ojizlik emas.
Lekin yordam olgan bo‘la turib, o‘zingni “noldan chiqqan” qilib ko‘rsatish — o‘zini ham, boshqani ham aldash.
Haqiqiy “self-made” odamlar ko‘pincha jim.
Ular yutug‘ini ham, og‘rig‘ini ham ko‘z-ko‘z qilmaydi.
Ular tongda turib ishlaydi — bu haqda videolar emas, natijalar gapiradi.
Ular yo‘l topadi, ammo u yo‘lni reklamaga aylantirmaydi.
Bugun motivatsiya — mahsulotga aylangan.
“Har kim boy bo‘lishi mumkin” degan gap — shirin, lekin hammaga to‘g‘ri kelmaydi.
Chunki imkoniyat teng bo‘lmagan jamiyatda,
har kimning yo‘li bir xil emas.
Haqiqat shuki:
Kimdir uchinchi urinishda yutadi.
Kimdadir to‘rtinchi urinishda ham boshlashga imkon yo‘q.
Buni tan olish — zaiflik emas, real hayotni tushunishdir.
Self-made?
Ha, ular bor.
Lekin ular — trendda emas, amalda.
Ular kameraga emas, hayotga qaraydi.
Ular o‘zini emas, ishini gapirtiradi.
Haqiqiy yutuq — jim bo‘ladi.
Trend — shovqin.
220
“Sog‘liq birinchi o‘rinda” deydi.
Lekin muzday cola🥤 ichib, shaurma yeb, 3 soat xojatxonada telefon titkilaydi.
“Men haqiqat tarafidaman” deydi. Lekin burchakka qamab, yuziga faktlarni ko‘rsatsang ham, bu boshqa narsa deb turadi.
Keyingi safar shu moment kelsa nafsimni tiyaman deydi. Lekin kechasi kartasiga $50 tushsa, ertalab boshqa odam bo‘lib uyg‘onadi.
Ichida har safar ikki fikr urushadi.
Lekin u doim “men hakamman” deb yutadi.
Bu — cognitive dissonance.
Yoki qisqasi: “Men o‘zimga qarshi yashayapman, lekin o‘zimni aldab yashayapman.”
220
“Diplomni ol, keyin hammasi o‘z-o‘zidan bo‘ladi” degan yolg‘on
Bu dunyoda eng ko‘p aldangan odam — bu 23 yoshli diplomli, lekin sevimli ishsiz yigitdir.
U to‘rt yil davomida "qog‘oz" olish uchun vaqtini, asabini, orzularini yeb yubordi.
U o‘yladi: “Bitirsam, ish topaman. Ishlasam, boy bo‘laman.”
Lekin endi u nimani biladi?
Eski nazariyani.
Yozilgan, o‘qitilmagan, amaliyotdan yiroq nazariyani.
Qanday mustaqil ish qilinadi?
Referat qanday yoziladi?
Qanday Googledan maʼlumot olib, uni Canvada prezintatsiya qilishni biladi.
U bilmaydi:
Qanday qilib pul ishlanadi.
Qanday qilib o‘zini sotish (brend qilish) kerak.
Qanday qilib odamlar bilan gaplashiladi.
Qanday qilib sustkashlikni yengish kerak.
Lekin u biladi:
Qaysi yili qaysi inqiroz bo‘lgan.
Qaysi tarixiy faylasuf nima degan.
Qanday qilib adabiyotdan sitata keltirish kerak.
Natija?
Diplomi bor.
Nimaga kerakligi noma’lum.
Jamiyat unga nima deydi?
> “O‘qigan bola. Ish topilmasa, sabr qil."
Bu bozor. Bu o‘yin. Bu sohadagi raqobat, bu urush.
Agar bu yerda yutqazmoqchi bo‘lmasang, o‘qishdan ham ko‘proq — o‘zingni yaratishing kerak.
Gaplashamiz 🫡
220
O‘zimni topolmayapman...
Men aslida kimman?
Bu savol ko‘pchilikni kechalari uxlatmaydi.
Diplom bor — lekin 3mln uchun ishlashga istak yo‘q.
Do‘stlar bor — lekin o‘zaro samimiyat yo‘q.
Hayot bor — lekin ma’no yo‘q.
Men bu yo‘lni tanlaganmanmi?
Yoki kimdir tanlab berganmi?
— Ota-onamni xursand qilish uchun o‘qidim.
— “Kursdoshlar nima deydi?” degan qo‘rquv bilan mutaxassislik tanladim.
— Diplomi bor odamlar “muvaffaqiyatli” bo‘lib ko‘rinishini xohlab yashadim.
Endi esa, o‘zimdan qolganimga qarab turibman.
Ichim bo‘sh...
Qadamlarim robotniki kabi avtomatik.
Yuzimda tabassum bor, ammo ichimda: “Bu men emas!” degan qichqiriq.
Yoshligimdagi men qayerda?
O‘sha orzu qilgan, o‘ylagan, kurashgan men — qayerda?
Jamiyat mendan natija kutdi.
Men esa o‘zimni yo‘qotdim.
Va hozir...
Men bir narsani tan olayapman:
Men o‘zimni topolmayapman....
220
“Uylangin, keyin bosilib qolasan” degan maslahatchilarni "bosib" qo‘yish kerak.
To‘ydan keyin hayot go‘yoki bir tekis bo‘lib qoladi, deydi ular.
“Xotin seni joyingga qo‘yadi” deydi.
“Mas’uliyatli bo‘lasan, boshqacha fikrlaysan” deydi.
Ey birodar, sen robot emassan.
To‘y bu — hayotiy o‘zgarish emas, huquqiy kelishuv.
Agar sen hayotingda yo‘nalish yo‘q, maqsad yo‘q, odatlaring tartibsiz bo‘lsa — xotin kelib seni tuzatmaydi.
Aksincha, ikki muammoli odam birga yashay boshlaydi. Ikki charchagan, tushkun, baxtga ishonchi qolmagan odam.
Va buni “oilaviy baxt” deb atashadi.
Keyin nima bo‘ladi?
Moliyaviy bosim ostida oilada erkaklik plankang tushib ketadi.
Bolalar tug‘iladi — sen hali o‘zingni topmagan bo‘lsang ham, ularning otasi bo‘lasan.
Va sen o‘zingdan so‘raysan: “Qayerda xatoga yo‘l qo‘ydim?”
Javob oddiy:
Hayotingni tartibga solmay turib, uni boshqasi bilan bo‘lishding.
220
-Eyy, opa siz 1 yildan keyin o‘lasiz, kafanlik olib qo‘ying o‘zizga 😊:)
-Iya, tovba qildim deb gapir, gapingni shamol uchirsin! Jinnimisan?
-Sizam aqlli podkastizda "qiz bola erga tegishidan oldin, uni shaxsiy uyi bo‘lishi kerak, ertaga eri bilan ajrashib ketsa shu yerda yashidi'' debsizu😁😁 Jinnimisiz? Ne yaxshi niyat qimesiz?
220
Ishlaydigan odam, harakat qilayotgan odam har doim zerikarli bo‘ladi.
U ishlayapti, o‘qiyapti, rivojlanyapti. Uni gaplari boshqacha, senikidan farqli,sen uchun zerikarli.
U senga doim do‘stim deb qong‘iroq qilmaydi, pul so‘ramaydi, gaplashmaydi, quruq vaʼda bermaydi. Romantika 0%, atrofda, internetdagi har xil gaplardan uzoq. Chunki u ishlayapti, o‘zini topgan, yo‘liga tushvogan.
Ishlayotgan odam, maqsadi bor odam doim zerikarli, u partylarda ko‘rinmaydi. Instada o‘tirmaydi, motivatsiya kerakmas. U juda zerikarli, gap-so‘zlari hammadan farqli.
Mahallada G‘ishmat aka Cobaltni qancha olibdi? Bu unga nafig qiziqmas.
Unga akfa romlari qiziq, ustalar uyini nech pulga hi-tech qilib remont qilishi qiziq.
Unga Iphone qiziqmas, 6oy oldinga qo‘ygan maqsadiga olib boradigan processda kayf olishi qiziq.
Ishlaydigan odam doim zerikarli bo‘ladi. Kulmaydi, qo‘shilmaydi, mahallada kam ko‘rasan uni. Gatheringda kam gapirib doim tinglaydi u.
Ishlayotgan odam doim zerikarli bo‘ladi..... Gaplashamiz 🫡🫂
220
Repost from 1% Bilim
1. Skrolling umrni isrof qiladi, hayotni sekin-asta yeb bitiradi.
2. Skrolling ongni charchatadi, lekin buni sezmaymiz.
3. Skrolling miyani chiritadi, fikrlash qobiliyatini pasaytiradi.
4. Skrolling qiziqishni o‘ldiradi, hech narsa yetarli bo‘lmay qoladi.
5. Skrolling uxlab qolishni kechiktiradi, uyquni buzadi.
6. Skrolling hayotdagi maqsadni unuttiradi, boshqalar hayoti bilan yashaysiz.
7. Skrolling depressiyani kuchaytiradi, boshida ko‘rinmaydi bu.
8. Skrolling ijtimoiy solishtirishni kuchaytiradi, o‘zligingdan uzoqlashasan.
9. Skrolling doimiy dopamin talabini yaratadi, odatga aylanadi.
10. Skrolling kitob o‘qish, o‘rganish va ijodni o‘ldiradi.
💡 @birfoizbilim — (Protokol 46)
220
Oldin tizzadan turib ol,
Jonga tegdi instada har ikkinchi qurbon.
Bechora bo‘lish yoqadigan shunaqa turi bor.
Mazaxistga qiynalishni huzuri bor.
Konsta топчик, bu temada keyinroq post yozamiz.!
220
Menam o‘zgarmoqchi edim…
Ha, menam atrofdagi "bot"lardek edim.
– “Menam kitob o‘qishni boshlamoqchiman” dedim.
– “Menam ingliz tilini o‘rganaman” dedim.
– “Menam har kuni ertalab yuguraman” dedim.
Dedim. Dedim. Faqat dedim.
Daftarlar to‘la reja, biroq hech biri amalga oshmagan edi.
Telegram to‘la motivatsion kanal (boshqa kanalar), lekin o‘zimda motiv yo‘q.
YouTube’da “How to start” degan videolar — lekin hali ham boshlamagan edim.
Keyin esa tushundim:
Men boshlamoqchi emas edim. Men o‘zimni chalg‘itmoqchi bo‘lgan ekanman.
Ha, o‘zimga yolg‘on gapirib, o‘zimni ovutayotgan edim.
Boshlash degani — e’lon qilish,hammaga aytish emas.
Bu blaknot sotib olish emas.
Bu rejani yozib, uni storiesga qo‘yish emas.
Boshlash — bu hozir boshlash.
Bahona yo‘q. Rejani mukammal qilish emas — ishni qilish.
Endi boshladim. Jim bo‘lib, shovqinsiz.
Men qilyapman. Gapirmayapman.Ko‘rinmayapman.
Hozir motivatsiya o‘qimayapman—Uni boshqalarga berayapman.
Gaplashamiz 🫡
220
Toshkenda o‘qiyotgan qizla va d*lb*yob akalar haqida
Qiz bolani yo‘qchilik, yigit kishini to‘qchilik buzadi.(Sadriddin Ayniy)
Ko‘pincha yo‘lda, ko‘chada yurganim sabab buni ko‘p guvohi bo‘lyapman. Siz bunga duch kelyapsizmi yoki yo‘qmi bilmayman, lekin...
Anu kuni Paxtakor metroda, Oybek krugda, ko‘chada qizlarni yiqilib, hushidan ketishiga ko‘p guvohi bo‘lyapman.
Bratim, gap bir qizni yiqilishi, palakat haqida emas, yo‘q.
Bu to‘yib ovqat yemaslik, uyidagi muammolar, pulsizlik, ijarada yashash,o‘qishdagi chiroyli kiyinishdagi competition vhkzo...
Ishonasanmi? aynan shu muammolar keyinchalik jamiyatda yengil yelpi qizlar ko‘payishi, foxishalik, tug‘ib qo‘yish va boshqa shunga o‘xshashlarini keltirib chiqadi.
Brat sen tug‘ilgan kuningni anu kuni barda o‘rtog‘laring bilan o‘tkizganding. A buyoqda singling kvartirasida rollton yeb dars qilyapti. Uyalmiysanmi?
Bechora qiz til kurslariga boradi, lekin to‘lov qilolmay ustozidan uyalib darsni tashab ketadi. Sen buyoqda dachaga ketyapsan,shashlikka bo‘kib. Qo‘lingda 15Pro max. Lekin singlinga qachon shashlik oberding? Qachon kartasiga pul tashab mana 1mln o‘zinga nimadir ol deding?
Bilasanmi nima? Oxiri odamni sabri tugaydi, va keyin singling bittasi bilan yurib ketganda boshingni o‘rtoqlaring oldida ko‘tarolmay yurasan.
Foxishalar, har xil qalangi-qasangi, yengiltak qizlar zerikanidan shu ishga kirib kemagan. Pulsizlik, ilojsizlikdan, akasidan olinmagan mehrni begona boladan olganligidan yurib ketadi.
Topgan pulingni yarmini shu singling uchun, akalik vazifangni bajarmasang erkakmassan. Chmo blaa..
Keyin kommentda ko‘zingni suvini oqizib, qizlaga faqat pul kerak deb komment yozasan. Aslida shunaqa qizlar sendaqa maraz, singlisiga befarq, mehrsiz akalardan kelib chiqyapti.
Qorni to‘q, usti but, baxtli qiz- ayol hiyonat, birov bilan yurib ketishni hayoliga ham keltirmaydi,quruq vaʼdalarga uchmaydi.Aka singlisi, uyidagi ayol qiz uchun javobgar, ishlab taʼminlab berishga.
Sen ilojsiz g‘ish quyib pul topishing mumkin. Kafeda ishlolasan. Tungi ishlarda bemalol ishlolasan (ilojing qomaganda) lekin qizlarchi,singlingchi? Ularga bu ishlar to‘g‘ri kemaydi, qurilishda ishlolmaydi, kafeda ishlasinmi kechasi?
O‘ylab ko‘r brat...
220
A third of the year is almost over and you haven’t achieved sh*t. Your motivational quotes on your profile are not helping, are they? Please, brother unleash your inner Andrew Tate😁😁
220
Ko‘ngling xohlagan ishni qilish haqida!
Men qabristonga(o‘rtog‘imni yoniga 🤲) 20km ga velikda bordim. Da taksi bor edi,pulimam bor lekin issiqda men velikni tanladim.
Men har doim ommaviy, hamma qiladigan ishni emas, aksincha extraordinary ishlarni qilishni yoqtiraman.
Borgim kelmagan joyga, yalinsayam bormayman, bu uchun turli bahonalar qilmayman. Prosta bormayman tamom.
Gaplashgim kelmayaptimi, gapirmayman. Borgim kelgan joyga oldindan, vaqtida borvolaman.
Men o‘sha kitobni qaysidir mativatir tavsiya qilgani uchun o‘qimayman. O‘qigim kegani uchun o‘qiyman, qiziqanim uchun o‘qiyman.
Bu kitobni o‘qisangiz aniq o‘zgarasiz degan gaplarga tupurdim.
Universitet, kollej, maktabda hech qachon yoqtirmagan mavzu yoki dars, tadbirga qatnashmadim bormadim. Yoqtirmayman, o‘zimni nega qiynayman?
Ish xonamga, manzilga yetishim 2bekat qolganda tushib, piyoda gazliyman. O‘ylash uchun, rejalash uchun, o‘zim bilan gaplashish uchun.
Biz, bizga yoqadigan, biz xohlagan ishlarni qilish orqali taskin topamiz, xotirjam bo‘lamiz. "nimaga shunday qilding? Hech kim qimaydiku buni" degan savollarga o‘rin yo‘q bu yerda. Hayot seniki va xohlaganday yasha brat.
Yana xohlaganday yashiyman endi deb gnida ishlarni qilib, hammani asabini yeb bosaverma. Bu boshqa tema brat 😁
Gaplashamiz,bosilnoradi bratim 🫡
220
Yigit: seni men Alloh uchun yaxshi ko‘raman ☝️☝️, kechirolsang kechir, meni.
Qiz: G‘ishmat aka mayli, men sizga 179-imkoniyatniyam beraman, faqat boshqa hiyonat qilmang 🥹. Axir, qiz bola bo‘lsam ham kreditingizni to‘lashga yordam beryapmanku.
Yigit: Rahmat, Bugun mejikka chiqamiz, yaxshi video yasash uchun. Tarog‘ingni ol o‘zing bilan, man o‘zimnikini yo‘qotib qo‘ydim. Alloh uchun yaxshi ko‘raman seni☝️, Poklar poklar uchun...... Vhkz
#trashlashamiz
220
Taxminan 50-100yillar oldin: -Ey, namuncha ko‘p kulding sen? Xezalakmisan? O‘zini kuladigan joyi bo‘ladi, o‘zingni yig‘ishtirib ogin....
Hozir: vixuxxaxahaha, Taysondan mativassa 😂😂😂..... O‘rto qara video tashab qo‘ydim, bitta ko‘rda kulib o‘lasan phaxxaxaxaxa.... Yomon yiqilibdi yuzi bilan ahahhahah🤣🤣🤣
Ne seryozsan voy? Sal ko‘ngilni kengro qilgin 😁😂😂😁
220
Haliginaqa: Qizim 2yillik sevgimizni unutib, boshqasini tanlab ketdi. Voyydood adolat qani o‘zi? Qizlaga ishonch yo‘q deb yuradiganlarni ko‘rsam piqqilab miyig‘ida kulib qo‘yaman 🤭😅
Nega? Nima uchun 2yil, 5yillab sevishib yurish kerak? Boshqa qiladigan ishlaram bor.
3oy yetadi keyin to‘yni bosvorish, menimcha.
O‘zi bir qiz bilan sevgi-sevgi o‘ynashdan oldin o‘ylab ko‘rish kerak: 3oydan keyin bunga uylanolamanmi yo‘qmi? Unda nima qilaman vaqtimni o‘g‘irlab, ungayam havo vaʼdalarni berib?
Yillab gaplashib, bir biriga qiziqisham qolmasa kerak.
Agar qizing boshqasiga tegib ketsa, o‘zingni aybla.
Yurormasdan,shart bir uzukni olib,unashtirib qo‘yish kerak edi.
Yana bilmadim, uzr albatta.
Osonroq yashaylik ✊🏻
220
Repost from Shaha Dolimov
"Mashinadagi odam paradoksi" haqida eshitganmisiz?
Ko'pchilik qimmat avtomobil sotib olib birovlardan hurmat qozonaman deb o'ylaydi. Lekin o'sha avtomobilingizni ko'rgan payt odamlar, "ichida kim o'tiribdi ekan?" deb emas, "qani endi menda ham shunday avtomobil bo'lsaydi" deydi.
O'lganingizdan keyin maraka'ga tanish-bilishlar kelishadi.
Ozgina siz haqingizda gaplashgandek bo'lishadi va hammasi o'z muammolari bilan har tomonga tarqalishadi.
Tamom...
Odamlar fikri bilan yashashni va ularga yaxshi ko'rinishga harakat qilishni bas qiling. Hammani muammosi o'ziga yetarli va birovlarni siz o'ylaganchalik siz bilan ishi yo'q.
Maqsad qo'ying va ayovsiz u tomonga intiling!
@shahadolimov
