Diyorbek’s Admissions
Open in Telegram
Lester B Scholar (full-ride) @ UofT‘28 Personal notes & opinions: life of Prospective Student at the University of Toronto!
Show more4 639
Subscribers
-524 hours
-407 days
-2230 days
Posts Archive
+2
Siz ko’rib turgan ushbu o’quvchilar roppa rosa bir yil oldin bunaqa natijalarga erishishi hayoliga ham kelmagandi
Lekin tinmsiz mehnat, bu ishni qilolishiga bo’lgan ichonch ularni shu natijaga olib keldi!
12-avgust, Vebinar — sizni nima kutmoqda? 👇
Vebinar davomida quyidagilarni birga ko'rib chiqamiz:
🎯 Top universitetlarga to'liq grant bilan kirish tizimi — 3 yil davomida o'quvchilarimni olib chiqqan aniq yo'l
🎯 100% grant va scholarship imkoniyatlarini qanday topish kerak
🎯 Kuchli profil qanday quriladi — universitetlar uchun nima muhim, nima ortiqcha
🎯 Ariza topshirishda eng ko'p uchraydigan xatolar
🎤 Spikerlarimiz — Diyorbek, Husniddin, Najmitdin — o'z tajribadan gapiradi: qanday tayyorlangan, qayerda qiynalgan, qanday yengib o'tgan
💬 Savol-javob — barcha savollaringizga jonli javob
🎁 Vebinarda jonli qatnashganlar uchun maxsus sovg'amiz bor!
Tanishing, bu — Husniddin.
Husniddin men bilan ishlashni boshlaganida 20 yoshda edi. Maktabni bitirib turli xil top universitetlarga o'zi hujjat topshirdi lekin birortasidan full ride scholarship ololmadi. Uni maqsadi top universitetda full ride scholarshipda o'qish edi.
Uning deyarli hamma narsasi juda ham kuchli edi lekin applicationning bir joyida har yili xato qilib kelayotgandi. Biz u bilan ishlash davomida o'sha xatosini to'g'rilab yana qaytadan universitetga topshirishni boshladik.
Natijada u Amerikaning top universiteti bo'lgan va har yili dunyo bo'yicha atiga 6-7 foiz talabani qabul qiladigan Colby Collegega full ride scholarship bilan qabul qilindi. U o'z maqsadiga erishdi, uning granti 4 yil davomida qilinishi kerak bo'lgan hamma xarajatni qoplaydi yani universitet kontrakti, yotoqxona, oziq-ovqat, sug'urta, visa to'lovlari, samalyot bilet to'lovlari va xattoki universitet unga kampyuter ham olib bermoqchi.
Agar sizam gap year bo'lsangiz va hali ham top universitetdan 100% grant yutolmagan bosez, bizda buni yechimi bor...
Najmitdin Muxitdinov — 12-avgustdagi vebinarimizning spikerlaridan biri 🎤
Najmitdin haqida qisqa info: 8-sinfni bitirib 9-sinfga o'tayotganda Toshkentga IELTS o'qishga keladi. Target maktabiga qo'shiladi, shu yerda chet elda o'qish haqida birinchi marta jiddiy o'ylay boshlaydi.
Birinchi IELTS — 6.5. Birinchi SAT — 1350. Ko'pchilik shu yerda to'xtaydi❗️
U qaytadan tayyorlandi. Ikkinchi safar — IELTS 7.5, SAT 1520 📈
10 ga yaqin universitetga hujjat topshirdi, 3-4 tasidan qabul keldi. Eng yaxshi variantni — University of Toronto'ni tanladi 🎓
Natija: $180,000 grant 💰
Ustiga El-Yurt Umidi yashash xarajatlarini ham yopib turibdi.
Hozir 2-kursga o'tdi.
12-avgust kuni Najmitdin biz bilan birga spiker sifatida qatnashadi — birinchi natijalari past bo'lganidan keyin nima qilgani, qanday qayta tayyorlangani haqida o'zi gapirib beradi 🎯
Agar siz ham birinchi urinishda past ball olib, umidsizlanib qolgan bo'lsangiz — vebinarimizda qatnashing👇
📌 Ro'yxatdan o'tish — https://forms.gle/qLvMW99LEDxKu1Kz9
Tanishing, bu — Jasur.
Jasur men bilan 10-sinfni tugatib ishlashni boshlagan va o’shanda IELTS topshirgan va SAT yo’q edi.
Birinchi konsultatsiyamizdagi savoli esa juda oddiy edi:
“Menga endi kech emasmi?”
Biz 8 oy davomida birgalikda ishladik.
Profilini bosqichma-bosqich shakllantirdik, to‘g‘ri universitetlarni tanladik va ariza strategiyasini ishlab chiqdik.
Natijada Jasur 4 ta universitetdan qabul oldi, shulardan bittasi NYUSH unga 100% grant (full tuition) berdi.
Bu natija tasodif emas.
Jasur boshqalardan aqilliroq bo‘lgani uchun emas, to‘g‘ri strategiya asosida harakat qilgani uchun bunga erishdi.
"3 marta o'zim urinib ko'rdim. Hech biri o'xshamadi"
Husniddin Qironov — hozirda Colby College talabasi, $378,000 full ride grant egasi. 🎓
Lekin bu natija birinchi urinishda kelmagan!
U avval bir necha marta o'zi mustaqil harakat qilgan — profil tuzgan, esse yozgan, arizalar topshirgan. Natija u kutganidek bo'lmadi! ❌
Keyin u biz bilan birga ishlashni boshladi. Va birinchi urinishning o'zida — Colby College'dan to'liq stipendiya. "BOOOM" 🔥
Farq nimada edi? U IELTS yoki GPA ballari pastligidan yoki yetmasligidan emas edi. Muammo — aniq strategiya yo'qligida edi. Qayerdan boshlash, qanday profil qurish, esseni qanday yozish kerakligini bilmaslik — eng aqlli o'quvchilarni ham to'xtatib qo'yadi. 🧩
12-Avgust online vebinarimizda "Husniddin Qironov"ning o'zi ham biz bilan birga spikerlar qatoridan joy olgan! U qanday yo'llarni bosib o'tdi qanday xatolar qildi, hammasini vebinarda ochiq oydin so'zlab beradi ⚡️
📌 Vebinarga ro'yxatdan o'tish — https://forms.gle/qLvMW99LEDxKu1Kz9
Har yili O’zbekistondan minglab o’quvchilar Amerik va boshqa davlatlardagi top universitetlarga hujjat topshiradi.
Lekin ularning juda katta qismi rad javobini oladi.
Ko’pchilik sababni IELTS, SAT, GPA yoki essaylarni yaxshi yozmaslik deb o’ylaydi.
Aslida esa muammo ko’pincha bunda emas.
So’nggi yillarda yuzlab o’quvchilarning profilini ko’rib chiqdim.
Rad javob olganlarning aksariyatida aynan mana shu 3 ta xato takrorlanadi:
1. Noto’g’ri universitet tanlashKo’pchilik faqat Harvard, Stanford yoki MITni o’ylaydi. Lekin o’z profiliga mos, grant berish ehtimoli yuqori universitetlar haqida umuman o’ylab ham ko’rmaydi. Natijada kuchli profile bilan ham rad javobi oladi.
2. Profile emas, faqat ball yig’ishIELTS 8.0 va SAT 1500+ olsa bo’ldi hamma joy meni quchoq ochib kutib oladi, deb o’ylashadi. Aslida esa top universitetlar faqat ballni emas, sizning hikoyangiz, ta’siringiz va faoliyatingizni baholaydi.
3. Kech harakat qilishKo’pchilik 11-sinfda hujjat topshirishdan bir necha oy oldin tayyorgarlikni boshlaydi. Lekin eng katta grantlar uchun raqobat bunga ancha oldin boshlanadi. Shu sababli ko’p imkoniyatlarni qo’ldan boy beradi. Siz qanday xatolarni ko’rgansiz commentda qoldiring!
Tanishing, bu — Maftuna.
Maftuna 2024-yilda darslarimga qo‘shilganida unda IELTS 7.5 natijasi va bir nechta, lekin hali kuchli bo‘lmagan extracurricular activitylari bor edi.
Keyingi 7 oy davomida uning profili ustida birgalikda ishladik. Natijada Maftuna dunyo reytingida Top-33 universitetlardan biri — HKUSTga (Hong Kong University of Science and Technology) Full Tuition Scholarship bilan qabul qilindi.
Qanday strategiya ishlatdik? Nimalarga e’tibor berdik? Va bunday natijaga qanday erishdik?
Shularning barchasi haqida 12-avgust, soat 20:00 da bo‘lib o‘tadigan bepul onlayn webinarda batafsil gaplashamiz.
👇 Pastdagi havola orqali hoziroq ro‘yxatdan o‘ting.
https://forms.gle/qLvMW99LEDxKu1Kz9
Juda ko‘pchilik mendan:
• Top universitetlarga qanday topshirish mumkin?
• 100% grantlarni qayerdan topish mumkin?
• Scholarship yutish uchun nimalar qilish kerak?
• Oddiy o‘zbek maktabidan turib ham bunga erishsa bo‘ladimi?
kabi savollarni so‘raydi.
Shu sababli 12-avgust kuni soat 20:00 da bepul onlayn webinar o’tkazishga qaror qildik.
Webinarda quyidagi mavzularni batafsil ko‘rib chiqamiz:
✅Bu webinarda men 3 yil davomida o'quvchilarimni to'liq stipendiyaga kirgizgan aniq tizimni ko'rsataman.
✅100% grant va scholarship imkoniyatlarini qanday topish.
✅Profilni qanday kuchli qilish.
✅Ariza topshirishda eng ko‘p uchraydigan xatolar.
✅O’zimni top universitetdan 100% grant olish nimalar qilganim.
Bu webinar, asosan, 10–11-sinf o‘quvchilari hamda maktabni bitirib gap yearda yurganlar uchun mo‘ljallangan.
Agar siz haliyam “Top universitetga kirsam ham o‘qishga pulim yetmaydi” deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, bu webinar sizning fikringizni butunlay o‘zgartirishi mumkin.
⚠️ Joylar soni cheklangan.
Quyidagi havola orqali hoziroq ro‘yxatdan o‘ting.
https://forms.gle/qLvMW99LEDxKu1Kz9
I need to write a reflection/or share what I already have.
https://www.instagram.com/reel/DbDGtFroedq/?igsh=ODBlc2hqN2h2ZDZz
Repost from Savdo-sanoat palatasi
Диёрбек Номозов, Торонто университети талабаси /Канада/
Канададаги талабалик ҳаёти, Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ёшлар куни муносабати билан ўтказилган учрашувдаги иштироки ҳамда хорижда таҳсил олаётган ўзбекистонлик талабаларни бирлаштириш мақсадида ташкил этилган янги ассоциация фаолияти ва келгуси режалари ҳақида сўзлаб берди.
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Repost from AIS Uzbekistan
Dear community,
We're excited to invite you to an upcoming offline tour of the State Assets Management Agency (SAMA) on Thursday, July 16, at 11:00 a.m.
You'll get a firsthand look at how the agency operates, meet the team, and learn about internship opportunities. It's also a great chance to explore potential career paths. SAMA offers one of the most competitive salaries in Uzbekistan, starting from 3–5k USD and more.
We have only 25 spots available! Register now and we'll send you an invitation with further details:
https://forms.gle/HgWqAvy7dUtNATw18
Deadline to register: Sunday, July 12, at 11:59 p.m.
We look forward to seeing you there!
Ingliz tilini 8-sinf oxirida o‘rganishni boshladim.
Ko‘pchilik singari men ham ingliz tilini qisqa muddatda o‘rganishning turli xil “shortcut”larini qidirganman. Lekin tez orada bunday yo‘llar umuman foydasizligini tushunib, tilni tizimli ravishda o‘rganishga kirishdim.
Taxminan 6–7 oy ichida noldan boshlab IELTS 6.0 natijasini oldim.
Ochig‘i, o‘sha paytda bu natijadan xursand bo‘lmaganman. Aksincha, ballim past chiqqandek tuyulgani uchun ota-onamning yuziga qarashga ham hijolat bo‘lganman.
O‘sha paytlarda Toshkentga ko‘chib, mustaqil yashashni juda xohlardim. IELTS natijam chiqqach, bu istagim yanada kuchaydi. Chunki Toshkentga borib, chet el universitetlariga jiddiy tayyorlanishni rejalashtirgandim.
Shuningdek, Toshkentdagi ayrim xususiy maktablarning bitiruvchilari dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirayotgani haqida eshitgandim. Shundan keyin o‘zimga mos xususiy maktab izlashni boshladim.
Ochig‘i, men uchun xususiy maktabning eng katta afzalligi ta’lim sifati emas edi. Bu, avvalo, Toshkentga kelishim uchun shunchaki bir yo'l edi.
Internetdan qidirib bir nechta maktablarni topdim. Birinchi gaplashgan maktab grant bera olmasligini aytdi. Shundan keyin qidirishda davom etdim va o'sha paytlari endigina ochilgan Target International Schoolni topdim.
Ular bilan gaplashganimda, menda IELTS 6.0 borligi sababli agar suhbatdan o'tolsam, menga 100% grant berishlari mumkinligini aytishdi.
Bu haqida dadamga aytdim va anchagina gaplashganimizdan keyin ularni Toshkentga borib o‘qishimga ko‘ndira oldim.
Yo‘lga chiqishdan oldin hamma narsamni tayyorladim. Lekin hayajondan tun bo‘yi uxlay olmadim.
Ertasi kuni dadam bilan birga 10 soatga yaqin yo'l yurib Target International Schoolga keldik. O‘sha kuni men bu maktabda 100% grant asosida o‘qishim rasman tasdiqlandi.
Hayotimdagi eng muhim bosqichlardan biri aynan shu yerdan boshlandi…
Agar hikoyamning davomi sizga qiziq bo'lsa, ushbu post ostida 🔥 qoldiring!
Hammasi 2020-yilgi karantin davrida boshlandi.
Uyda zerikkanim uchun, ko‘pchilik singari, dasturlashni o‘rganishga qaror qildim. Uyda kompyuter bo‘lmagani sababli, kod yozishni telefonda o‘rganishni boshladim.
Internetdan bepul darslarni topib, kunlab mustaqil shug‘ullandim.
Bir kuni tasodifan Bobir Akilxanov ishtirok etayotgan Zoom meetingga qo‘shilib qoldim. U yerda savol berish imkoniyati tug‘ildi va undan:
“Aytishniklikni qaysi universitetda o‘qish kerak?”deb so‘radim. Uning javobi esa hayotimdagi eng muhim burilishlardan biriga yasadi. U shunday dedi:
“IT’ni universitetda o‘qish shart emas. Uni mustaqil ravishda ham chuqur o‘rganish mumkin. Agar imkoning bo‘lsa, xorijdagi kuchli universitetda boshqa yo‘nalishda o’qiganing ma’qul.”Shu suhbatdan keyin IT’ga bo‘lgan qarashim o‘zgardi. Dasturlashni butunlay tashlab yubormadim, lekin asosiy maqsadim xorijdagi top universitetlardan biriga kirish bo‘lib qoldi. Shundan so‘ng ingliz tilini o‘rganishni boshladim… Keyin nima bo’lgani sizga qiziq bo’lsa ushbu postga “🔥” qoldiring!
Figure out what you want. Ignore the opinions of others. Do so much work it would be unreasonable that you fail!
Follow AIS Uzbekistan
The official association connecting Uzbek students abroad — backed by the Youth Affairs Agency, Chamber of Commerce and Industry, and the Ministry of Higher Education, Science and Innovation. Events, mentorship, and opportunities for students studying abroad, all in one place.
Telegram: @ais_uzbekistan
Instagram: LINK
Oxirgi kunlarda kanalimizga juda ko‘p yangi obunachilar qo‘shildi. Ba’zilaringiz meni taniysiz, ba’zilaringiz esa hali yo‘q.
Shu sababli, oddiy maktab o‘quvchisidan dunyoning Top-29 universiteti va Kanadadagi birinchi raqamli universiteti University of Toronto talabasigacha bo‘lgan yo‘lim haqida batafsil gapirib berishni o‘ylayapman.
Agar bu sizga qiziq bo’lsa, ushbu post ostida 🔥 qoldiring!
