en
Feedback
Sardor Raximboyev

Sardor Raximboyev

Open in Telegram

Ta'limga oid yangiliklar, xabarlar va savol-javoblar. https://www.instagram.com/sardor.raximboyev Natijalar: @pedagoginfo_bot

Show more
2 084
Subscribers
-224 hours
-107 days
-6330 days

Data loading in progress...

Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+1
in 0 channels
August '26
+2
in 2 channels
Get PRO
July '26
+10
in 3 channels
Get PRO
June '26
+9
in 2 channels
Get PRO
May '26
+7
in 0 channels
Get PRO
April '26
+8
in 1 channels
Get PRO
March '26
+7
in 0 channels
Get PRO
February '26
+14
in 3 channels
Get PRO
January '26
+40
in 2 channels
Get PRO
December '25
+11
in 1 channels
Get PRO
November '25
+11
in 0 channels
Get PRO
October '25
+18
in 11 channels
Get PRO
September '25
+35
in 1 channels
Get PRO
August '25
+184
in 2 channels
Get PRO
July '25
+18
in 1 channels
Get PRO
June '25
+21
in 4 channels
Get PRO
May '25
+118
in 13 channels
Get PRO
April '25
+1 145
in 58 channels
Get PRO
March '25
+875
in 16 channels
Get PRO
February '25
+201
in 24 channels
Get PRO
January '25
+673
in 14 channels
Get PRO
December '24
+6
in 0 channels
Get PRO
November '24
+6
in 0 channels
Get PRO
October '24
+12
in 0 channels
Get PRO
September '24
+6
in 0 channels
Get PRO
August '24
+10
in 0 channels
Get PRO
July '24
+11
in 0 channels
Get PRO
June '24
+11
in 0 channels
Get PRO
May '24
+45
in 6 channels
Get PRO
April '24
+90
in 9 channels
Get PRO
March '24
+61
in 0 channels
Get PRO
February '24
+412
in 23 channels
Get PRO
January '24
+249
in 40 channels
Get PRO
December '23
+119
in 19 channels
Get PRO
November '23
+263
in 10 channels
Get PRO
October '23
+138
in 8 channels
Get PRO
September '23
+381
in 0 channels
Get PRO
August '23
+419
in 0 channels
Get PRO
July '23
+201
in 0 channels
Get PRO
June '23
+192
in 0 channels
Get PRO
May '23
+2 023
in 0 channels
Get PRO
April '23
+67
in 0 channels
Get PRO
March '23
+192
in 0 channels
Get PRO
February '23
+130
in 0 channels
Get PRO
January '23
+48
in 0 channels
Get PRO
December '22
+711
in 0 channels
Get PRO
November '22
+498
in 0 channels
Get PRO
October '22
+5
in 0 channels
Get PRO
September '22
+5
in 0 channels
Get PRO
August '22
+25
in 0 channels
Get PRO
July '22
+11
in 0 channels
Get PRO
June '22
+2 215
in 0 channels
Get PRO
May '22
+2 024
in 0 channels
Get PRO
April '22
+1 724
in 0 channels
Get PRO
March '22
+2 709
in 0 channels
Get PRO
February '22
+2 686
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
08 September0
07 September0
06 September0
05 September0
04 September+1
03 September0
02 September0
Channel Posts
Bir yil. Bir maqsad. Sifatli ta’lim sari bir qadam Bugun Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etilganiga 1 yil to‘ldi. Bir yil — vaqt nuqtayi nazaridan qisqa davr. Ammo shu vaqt ichida ta’lim sifatini ta’minlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida qator muhim ishlar amalga oshirildi. Raqamlashtirish, akkreditatsiya jarayonlarini takomillashtirish, ta’lim dasturlari sifatini baholash, bitiruvchilar natijalarini tahlil qilish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish — bularning barchasi sifatli ta’lim uchun yagona tizimni shakllantirish maqsadiga xizmat qilmoqda. Bu bir yil — erishilgan natijalar sarhisobi emas, balki katta maqsadlar sari yo‘lning boshlanishi. Oldimizda yana ko‘p vazifalar, yangi marralar va eng muhimi — ta’lim sifatini yanada oshirishdek katta maqsad turibdi. 1 yillik faoliyatimizning eng muhim lahzalarini videorolikda muhrladik. Bir yil birga bo'lganingiz uchun rahmat! ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

2
Ilmiy nashrlar soni 50,6 foizga oshdi. Yuqori reytingli jurnallardagi o‘sish sur’ati esa bundan ham yuqori Scopus xalqaro ilm
Ilmiy nashrlar soni 50,6 foizga oshdi. Yuqori reytingli jurnallardagi o‘sish sur’ati esa bundan ham yuqori Scopus xalqaro ilmiy bazasi, O‘zbekiston bilan affillangan va bazada indekslangan ilmiy nashrlar soni izchil oshgan: 2023-yil — 7 151 ta; 2024-yil — 8 822 ta; 2025-yil — 10 771 ta. Ikki yil ichida nashrlar soni 3 620 taga yoki 50,6 foizga ko‘paygan. Alohida e’tiborli jihat ‟Q1” jurnallarida chop etilgan nashrlar dinamikasi. ‟Q1” — o‘z sohasi bo‘yicha eng yuqori 25 foizlik guruhga kiruvchi jurnallar. Ulardagi nashrlar soni 2023-yildagi 975 tadan 2025-yilda 2 621 taga yetib, qariyb 2,7 baravarga oshgan. Scopus ma’lumotlariga ko‘ra, ‟Q1” jurnallaridagi nashrlarning umumiy nashrlardagi ulushi ham 13,6 foizdan 24,3 foizga ko‘tarilgan. Batafsil hisobot bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
210
3
Ish beruvchilar uchun muhim ko‘rsatkich: bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan TOP-20 oliygoh Bitiruvchilar sifati inde
Ish beruvchilar uchun muhim ko‘rsatkich: bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan TOP-20 oliygoh Bitiruvchilar sifati indeksi natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan 20 ta oliygoh aniqlandi. TOP-20 oliygoh ularning toifalari kesimida shakllantirilgan: 11 ta — ijtimoiy-gumanitar; 5 ta — amaliy; 2 ta — tibbiyot; 2 ta — ijod va sport. Mazkur oliygohlar to'liq ro'yxati yuqoridagi jadvalda keltirilgan. Bitiruvchilar sifati indeksi natijalari bilan platformada batafsil tanishishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
370
4
Ish beruvchilar uchun muhim ko‘rsatkich: bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan TOP-20 oliygoh Bitiruvchilar sifati inde
Ish beruvchilar uchun muhim ko‘rsatkich: bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan TOP-20 oliygoh Bitiruvchilar sifati indeksi natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan 20 ta oliygoh aniqlandi. TOP-20 oliygoh ularning toifalari kesimida shakllantirilgan: 11 ta — ijtimoiy-gumanitar; 5 ta — amaliy; 2 ta — tibbiyot; 2 ta — ijod va sport. Mazkur oliygohlar to'liq ro'yxati yuqoridagi jadvalda keltirilgan. Bitiruvchilar sifati indeksi natijalari bilan platformada batafsil tanishishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
17
5
Respublika bo‘yicha bitiruvchilarning ishga joylashish tezligi o‘rtacha 2 oy 27 kunni tashkil qilgan Ishga joylashish tezligi
Respublika bo‘yicha bitiruvchilarning ishga joylashish tezligi o‘rtacha 2 oy 27 kunni tashkil qilgan Ishga joylashish tezligi eng tez va past oliygohlar bilan tanishing. Bitiruvchilar sifati indeksining muhim ko‘rsatkichlaridan biri ishga joylashish tezligi sanaladi. U bitiruvchining diplom olgan kunidan boshlab ishga joylashguniga qadar qancha vaqt ketganini ko‘rsatadi. Shunday qilib Respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich – 2 oy 27 kunni tashkil qilgan. Mulkchilik shakliga ko‘ra: ▫️ Nodavlat oliygohlar – 2 oy 10 kun; ▫️ Davlat oliygohlar – 2 oy 29 kun; ▫️ Xorijiy universitetlar filiallari – 3 oy 20 kun. Ammo oliygohlar kesimida natijalar ancha farq qiladi. Bitiruvchilari eng tez ishga joylashgan oliygohlar: ➖ Qarshi xalqaro universiteti – 1 oy 4 kun; ➖Toshkent shahridagi Vebster universiteti – 1 oy 8 kun; ➖Nordik xalqaro universiteti – 1 oy 14 kun; ➖G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali – 1 oy 17 kun; ➖Andijon davlat universiteti – 1 oy 18 kun. Ishga joylashish muddati uzoqroq bo’lgan oliygohlar: ➖S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti Toshkent shahridagi filiali – 5 oy 21 kun; ➖O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali – 6 oy 1 kun; ➖I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filiali – 5 oy 21 kun; ➖ISFT instituti – 5 oy 13 kun; ➖Toshkent farmatsevtika instituti – 5 oy 10 kun. Eslatib o’tamiz, "Bitiruvchilar sifati indeksi"ni baholashda ma’lumotlar 10 ta davlat axborot tizimi, jumladan, HEMIS, soliq, mehnat, ijtimoiy himoya, bojxona va boshqa axborot tizimlaridagi ma’lumotlardan foydalanilgan holda avtomatik shakllantirilgan. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
433
6
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik — Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей с
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik — Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
270
7
🇺🇿 Aziz yurtdoshlar! Bugun biz Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligini nishonlamoqdamiz. Bu sana O‘zbekiston tarixida yangi
🇺🇿 Aziz yurtdoshlar! Bugun biz Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligini nishonlamoqdamiz. Bu sana O‘zbekiston tarixida yangi davrning boshlanishi, mamlakatimizning mustaqil taraqqiyot, bunyodkorlik va ulkan imkoniyatlar sari dadil qadam qo‘ygan kun sifatida alohida ahamiyatga ega. Mustaqillik bu nafaqat o‘z kelajagimizni o‘zimiz belgilash huquqi. Bu, avvalo, ana shu kelajak uchun mas’uliyat hissidir. Bugun biz kelajagimizni birgalikda bilim, mehnat, taraqqiyotga intilish va mamlakatimiz imkoniyatlariga bo‘lgan ishonch bilan bunyod etmoqdamiz. Bu jarayonda, ayniqsa, sifatli ta’lim muhim o‘rin tutadi. Zero, aynan ta’lim erkin fikrlaydigan, professional va mas’uliyatli avlodni shakllantiradi. O‘zbekistonimiz bundan buyon ham izchil taraqqiyot yo‘lidan dadil borib, har bir inson uchun yanada keng imkoniyatlar yaratsin. Yurtimizga tinchlik va farovonlik, xalqimizga xotirjamlik va ertangi kunga ishonch, barchamizga esa O‘zbekiston kelajagi yo‘lida fidokorona mehnat qilish uchun kuch-g‘ayrat tilaymiz. Mustaqilligimizning 35 yilligi barchamizga muborak bo‘lsin! Mustaqilligimiz, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi abadiy bo‘lsin! English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
417
8
TATUning 13 ta ta’lim dasturi akkreditatsiyadan o‘tdi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universi
TATUning 13 ta ta’lim dasturi akkreditatsiyadan o‘tdi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 13 ta ta’lim dasturi turli akkreditatsiya jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi. Quyidagi 7 ta ta’lim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi: Bakalavriat — 5 ta: ➖Dizayn: kompyuter grafikasi va badiiy foto; ➖Kompyuter lingvistikasi; ➖Metrologiya va standartlashtirish; ➖Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish; ➖Ishlab chiqarish muhandisligi. Magistratura — 2 ta: ➖Amaliy matematika; ➖Robototexnika. Yana 6 ta ta’lim dasturi tan olingan xalqaro akkreditatsiya tashkiloti Accreditation, Certification and Quality Assurance Institute (ASIIN) tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan: Bakalavriat: ➖Kompyuter injiniringi; ➖Dasturiy injiniring; ➖Telekommunikatsiya texnologiyalari; ➖Televizion texnologiyalar; ➖Infokommunikatsiya injiniringi; ➖Sun’iy intellekt. Universitet faoliyatiga doir to'liq ma'lumotlar bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
664
9
Ish beruvchilar bitiruvchilar haqida qanday fikrda? Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi mamlakatimizning barcha hududlari
Ish beruvchilar bitiruvchilar haqida qanday fikrda? Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi mamlakatimizning barcha hududlarida davom etmoqda. So‘rovnomada 132 ta oliygoh bitiruvchilarini ishga qabul qilgan 4 560 nafar ish beruvchini qamrab olish rejalashtirilgan bo‘lib, bugunga qadar ularning 1 837 nafari, ya'ni 40 foizi ishtirok etgan. Ish beruvchilar bitiruvchilarning bilimi, amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari haqida o‘z fikrlarini bildirmoqda. Ular yangi xodimlardan nimalarni kutayotgani va mehnat bozorida qanday ko‘nikmalar muhimligini ham baholamoqda. So‘rovnoma natijalari oliygoh va texnikumlarning Milliy reytingida muhim indikatorlardan biri sifatida foydalaniladi. Hurmatli ish beruvchilar! Befarq bo'lmang, so‘rovnomada ishtirok etib, bitiruvchilarning mehnat bozori ehtiyojlariga mosligi haqida o‘z fikringizni bildiring! English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
764
10
Bugun ish beruvchilarga qanday mutaxassislar kerak? Bugungi mehnat bozorida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmala
Bugun ish beruvchilarga qanday mutaxassislar kerak? Bugungi mehnat bozorida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan hamda zamon talablariga tez moslasha oladigan mutaxassislarga ehtiyoj yuqori. Xo‘sh, bugun oliygoh va texnikumlar bitiruvchilari bu talablarga qay darajada javob beradi? 27-iyuldan boshlab Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazadi. Mazkur so‘rovnoma orqali ish beruvchilarning: ➖bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi; ➖amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari; ➖mehnat bozori talablariga mosligi haqidagi fikrlari o‘rganiladi. Hurmatli ish beruvchilar! So‘rovnomani o‘tkazish davomida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining intervyuyerlari (volontyorlari) Siz bilan telefon orqali bog‘lanishadi. Sizdan so‘rovnomada ishtirok etish uchun bir necha daqiqa vaqtingizni ayamasligingizni so‘raymiz. Ertangi kadrlar sifati – bugun sizning fikringizdan boshlanadi! English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
735
11
#Hafta_raqami Oʻzbekistondagi har 10 nafar talabaning 7 nafari ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishda tahsil oladi Oliy taʼlim tashki
#Hafta_raqami Oʻzbekistondagi har 10 nafar talabaning 7 nafari ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishda tahsil oladi Oliy taʼlim tashkilotlari milliy reytingi tahlillariga koʻra, mamlakatdagi jami talabalarning 70,6 foizi yoki 1,1 milliondan ortigʻi ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishdagi taʼlim dasturlarida tahsil olmoqda. Shu bilan birga, ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishdagi taʼlim dasturlarini amalga oshirayotgan oliy taʼlim tashkilotlarida professor-oʻqituvchilarning oʻquv yuklamasi ham eng yuqori. Iltimoiy-gumanitar toifaga kiruvchi oliygohlarda bir nafar professor-oʻqituvchiga oʻrtacha 44,3 nafar talaba toʻgʻri keladi. Bu respublika boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan 14 nafarga koʻp. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
534
12
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi huzurida nufuzli xalqaro ekspertlardan iborat Xalqaro boshqaruv kengashi tuzildi+1
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi huzurida nufuzli xalqaro ekspertlardan iborat Xalqaro boshqaruv kengashi tuzildi Kuni kecha Xalqaro boshqaruv kengashining ilk yig‘ilishini o‘tkazildi. Kengash Milliy agentlikning oliy xalqaro strategik maslahat organi bo‘lib, uning asosiy vazifasi O‘zbekistonda ta’lim sifatini ta’minlash tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni milliy amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Kengash tarkibiga ta’lim sifati, akkreditatsiya, oliy va kasbiy ta’lim, ta’lim siyosati hamda boshqaruvi yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan 15 nafar xalqaro ekspert va nufuzli tashkilotlar rahbarlari kiritilgan. Yig‘ilish davomida: ➖ta’lim sifatini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish; ➖xalqaro standart va ilg‘or amaliyotlarni joriy etish; ➖sifatni ta’minlash hamda akkreditatsiya tizimlarini rivojlantirish; ➖xalqaro hamkorlikni kengaytirish; ➖O‘zbekiston ta’lim tizimining xalqaro raqobatbardoshligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Kengash a’zolari Milliy agentlikning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Mazkur strategiya xalqaro standartlarni izchil joriy etish, institutsional salohiyatni mustahkamlash hamda O‘zbekiston ta’lim sifatini ta’minlash tizimining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
515
13
Har uchinchi 9-sinf bitiruvchisi o‘qishni texnikumda davom ettirishni tanlamoqda Kasbiy ta’lim tashkilotlari milliy reytingi
Har uchinchi 9-sinf bitiruvchisi o‘qishni texnikumda davom ettirishni tanlamoqda Kasbiy ta’lim tashkilotlari milliy reytingi doirasida texnikumlarda qabul natijalari va yoshlarning kasb tanlash tendensiyalari tahlil qilindi. Bunga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilida texnikumlarga 249 ming nafardan ortiq yosh qabul qilingan. Shundan 161 ming nafardan ziyodi 9-sinf bitiruvchilari bo‘lib, ularning kasbiy ta’lim bilan qamrovi 32,2 foizga yetgan. Shu bilan birga, yoshlar orasida eng ommabop kasb va mutaxassisliklar quyidagilar: ➖ avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish – 20%; ➖ tikuvchilik – 7%; ➖ hamshiralik – 6%; ➖ traktorchi-mashinistlik – 5%; ➖ davolash ishi – 4%; ➖ kompyuter grafikasi va qayta ishlash ustasi – 4%; ➖ raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi – 3%. Shuningdek, 41 ming nafardan ziyod o‘quvchi dual ta’lim shakliga qabul qilingan. Bunda har 6 nafar o‘quvchidan biri o‘qish bilan birga amaliy tajriba ham orttirmoqda. Yana bir muhim jihat: kontrakt asosida qabul qilinganlarning qariyb 65 foizi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot bilim sohasiga to‘g‘ri kelmoqda. Kasbiy ta’lim tashkilotlari milliy reytingining mazkur indikatori bo‘yicha eng yuqori natija qayd etgan TOP-10 texnikum: 1. Shofirkon tuman 1-son texnikumi; 2. G'ijduvon tuman 2-son texnikumi; 3. Yangiyo'l tuman 3-son texnikumi; 4. Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi; 5. Qo'rg'ontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi; 6. Pastdarg'om Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi; 7. Qo’qon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi; 8. Jondor tuman 2-son texnikumi; 9. Denov tuman1-son texnikumi; 10. Paxtaobod Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi. Ma’lumot uchun, milliy reytingda eng yuqori natija qayd etgan TOP-50 ta texnikum bazaviy hisoblash miqdorining 3 000 baravari, ya’ni 1 mlrd 320 mln so‘m miqdorida rag‘batlantiriladi. Batafsil tahlil bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. #MilliyReyting2026 #ReytingIndikatori #Bitiruvchi English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
2 872
14
Oliy ta’lim tashkilotlari milliy reytingining muhim indikatorlaridan biri professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik daraj+8
Oliy ta’lim tashkilotlari milliy reytingining muhim indikatorlaridan biri professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasi shakllantirildi Natijalarga ko‘ra, davlat oliygohlarida bir nafar professor-o‘qituvchiga o‘rtacha 19,1 nafar talaba to‘g‘ri kelsa, xorijiy oliygohlar filiallarida bu ko‘rsatkich 32,9 nafarni, nodavlat oliygohlarda esa 55,3 nafarni tashkil etadi. Oliygohlar toifalari kesimida eng yaxshi nisbat ijod (sport) fanlari oliygohlarida qayd etilgan bo‘lib, ularda bir nafar professor-o‘qituvchiga o‘rtacha 8,4 nafar talaba to‘g‘ri keladi. Tibbiyot fanlari oliygohlarida ushbu ko‘rsatkich 13,6 nafarni, amaliy fanlar oliygohlarida 26,8 nafarni, ijtimoiy-gumanitar fanlari oliygohlarida esa 44,3 nafarni tashkil etadi. Ayrim oliygohlarda professor-o‘qituvchi va talabalar nisbati keskin yuqori ko‘rsatkichni, ba’zi hollarda 200 nafardan ham ortiqni tashkil etgan: ➖IT Park universiteti – 244 nafar; ➖Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti – 236,6 nafar; ➖Singapur menejmentni rivojlantirish instituti – 140,1 nafar; ➖International School of Finance and Technology – 133,8 nafar; ➖“Millat umidi” universiteti – 127,3 nafar talabani tashkil etadi. Nisbatning yuqori bo‘lishi talabalar bilan individual ishlash, amaliy mashg‘ulotlar va ilmiy faoliyat imkoniyatlarini cheklaydi. Mazkur indikator ko‘rsatkichlari va ular bo‘yicha batafsil tahlil bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. Ma'lumot o'rnida: bugungi kunda mamlakat oliygohlarida 1,6 milliondan ortiq talabaga 61 mingdan ziyod professor-o‘qituvchi dars bermoqda. #MilliyReyting2026 #ReytingIndikatori #TalabaProfessorNisbati English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
715
15
INTERHOUSE akademik litseyining 2 ta ta’lim dasturi davlat akkreditatsiyasidan o‘tdi "INTERNATIONAL HOUSE LYCEUM" akademik li
INTERHOUSE akademik litseyining 2 ta ta’lim dasturi davlat akkreditatsiyasidan o‘tdi "INTERNATIONAL HOUSE LYCEUM" akademik litseyining 2 ta ta’lim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim dasturlari: ➖ Aniq fanlar (matematika, xorijiy til); ➖ Ijtimoiy-gumanitar fanlar (tarix, xorijiy til). Maxsus davlat akkreditatsiyasida ta’lim dasturining mazmuni, pedagogik salohiyat, o‘quv-metodik ta’minot, moddiy-texnik baza hamda ta’lim sifatini ta’minlash tizimi belgilangan mezonlar asosida baholandi. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
474
16
Ta’lim sifati sizning fikringiz bilan yanada yaxshiroq bo'lishi mumkin Aziz talabalar! Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agen
Ta’lim sifati sizning fikringiz bilan yanada yaxshiroq bo'lishi mumkin Aziz talabalar! Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi yuksak salohiyatli, tashabbuskor hamda mas’uliyatli talabalarni haq to'lanadigan ekspert sifatida davlat akkreditatsiyasi jarayonlarida ishtirok etishga taklif qiladi. Agar siz ta’lim sifatini oshirishga befarq bo‘lmasangiz bu imkoniyatidan foydalaning. Nomzodlarga qo'yiladigan talablar: ➖bakalavriat yoki magistratura bosqichida tahsil olayotgan bo'lish; ➖ta'lim jarayonlari va talabalar manfaatlariga befarq bo'lmaslik; ➖tahliliy fikrlash, muloqot va jamoada ishlash ko'nikmalariga ega bo'lish. Talaba-ekspert sifatida ishtirok etish sizga talabalar manfaatlarini ifodalash bilan birga o'zingizdagi liderlik ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi. Ekspertlar tarkibiga kirish uchun: O'zingiz haqingizda motivatsion xat (200 ta sozgacha) hamda “Ta’lim tizimida qanday o‘zgarishlar kiritish muhim deb hisoblaysiz?” degan savolga taklifingizni yozib, quyidagi elektron pochta manziliga yuborishingizni so'raymiz: experts@nqaae.uz Ta’lim sifatini ta’minlashga befarq bo'lmang! English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
656
17
#Hafta_raqami 41 ta oliygoh kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilmoqda Shundan: ➖23 ta oliygohning arizalari rasmiylas+2
#Hafta_raqami 41 ta oliygoh kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilmoqda Shundan: ➖23 ta oliygohning arizalari rasmiylashtirish jarayonida; ➖10 ta oliygoh ichki baholash jarayonida; ➖8 ta oliygoh tashqi baholash, jumladan ekspert komissiyalari tomonidan o‘rganish bosqichida. Kompleks davlat akkreditatsiyasi — ta’lim tashkilotlarini tashqi baholash natijalariga asoslangan jarayon hisoblanadi. Amaldagi tartibga muvofiq, ta’lim tashkilotlari har 5 yilda kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
763
18
Urganch RANCH texnologiya universitetining 4 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiya natijalari asosida tan olindi Urganch R
Urganch RANCH texnologiya universitetining 4 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiya natijalari asosida tan olindi Urganch RANCH texnologiya universitetining Germaniyaning muhandislik, informatika, tabiiy fanlar va matematika yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlarini akkreditatsiya qilish agentligi (ASIIN) tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilgan 4 ta ta’lim dasturi O‘zbekiston Respublikasida tan olindi. Xalqaro akkreditatsiyadan o'tgan ta'lim dasturlari: Bakalavriat: ➖ Logistika (avtomobil transporti); ➖ Texnologik mashinalar va jihozlar; ➖ Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti bo‘yicha). Magistratura: ➖ Mashinasozlik texnologiyasi. Xalqaro akkreditatsiya natijalarining tan olinishi ta’lim dasturlarining xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqlaydi hamda ularning O‘zbekiston Respublikasida rasmiy e’tirof etilganligini anglatadi. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
388
19
Yana 6 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiya orqali o‘z sifatini tasdiqladi Navoiy davlat universitetining Germaniyaning A
Yana 6 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiya orqali o‘z sifatini tasdiqladi Navoiy davlat universitetining Germaniyaning Akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va sifatni ta’minlash instituti (ACQUIN) tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilgan 6 ta ta’lim dasturi O‘zbekiston Respublikasida tan olindi. Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari: Bakalavriat bosqichi – 3 ta ta’lim dasturi: ➖ Biologiya; ➖ Matematika; ➖ Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili). Magistratura bosqichi – 3 ta ta’lim dasturi: ➖ Biologiya; ➖ Matematika; ➖ Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili). Eslatib o'tamiz, O‘zbekiston Respublikasida xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya tashkilotlari reyestriga kiritilgan tashkilotlar tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan ta’lim dasturlari tan olinadi. English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
437
20
Samarqandda ilk bor malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida xalqaro ekspertlar ishtirokidagi akkreditatsiya jarayoni bos
Samarqandda ilk bor malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida xalqaro ekspertlar ishtirokidagi akkreditatsiya jarayoni boshlandi Samarqand shahridagi “Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi” muassasasida maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayoniga start berildi. Akkreditatsiya doirasida mehmonxona va turizm yo‘nalishlarida joriy etilishi rejalashtirilayotgan quyidagi 7 ta yangi ta’lim dasturi kompleks baholanmoqda. Ekspertlar tomonidan dasturlarning tashkilot strategiyasi bilan uyg‘unligi, mehnat bozori va ish beruvchilar ehtiyojlariga mosligi, tinglovchilarda shakllantirilishi kutilayotgan kompetensiyalar, moddiy-texnik baza hamda raqamli ta’lim imkoniyatlari atroflicha o‘rganilmoqda. Qayd etish joizki, malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimida ilk bor baholash jarayonida xalqaro ekspertlar Buyuk Britaniyaning nufuzli Plymouth Universiteti professori Huang Rong hamda rossiyalik ekspert Artyom Klikov ishtirok etmoqda. Akkreditatsiya jarayoni samarali tashkil etilsa, bu ish beruvchilar, ta'lim tashkilotlari va umummilliy rivojlanish maqsadlari o'rtasida mustahkam ko'prik vazifasini bajaradi, – deydi professor Huang Rong. Akkreditatsiya jarayoni video-lavhamizda. #DavlatAkkreditatsiyasi #XalqaroEkspertlar #MalakaOshirish English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
490