OLIY TAʼLIM
Open in Telegram
✅ OLIY TAʼLIM 🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng yaxshi Taʼlim kanali! Trenddagi xabarlarni, sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz! ✨Reklama Xizmati: 👉 @Oliy_Talim_Reklamasi 📩 Xabar yuborish: @oliy_talim_asoschisi
Show more8 349
Subscribers
No data24 hours
-287 days
-8730 days
Posts Archive
8 349
❗️Qabul tugashiga 5 kun qoldi
Bugun, 20-iyun 10:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 385 ming 909 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🔹 o‘zbek tili — 338 ming 869 nafar;
🔹 rus tili — 38 ming 844 nafar;
🔹 qoraqalpoq tili — 7 ming 66 nafar;
🔹 boshqa tillar — 1 ming 130 nafar.
📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🙋🏻♂️ o‘g‘il bolalar — 174 ming 532 nafar
🙋🏻♀️ qizlar — 211 ming 377 nafar
Bizni kuzating👇
👉«OLIY TAʼLIM
8 349
#Муҳим #Тарқатинг
⚡️Сиртқи таълим тугатилиб ўрнига янги “Part time“ ўқув амалиёти ва Кечки таълим шакллари жорий қилинади.
⏳"Part time" шакли - бу келгусида ишловчиларга бир кунда ҳам ишлаб, ҳам ўқиш имконини беради.
⌛️Кечки таълимда эса анъанавий. Иш куни тугагач бемалол ўқиш мумкин бўлади!
Сиқртқи таълим шакли тугатилиши юзасидан фуқаролар ва жамоатчиликдан келиб тушаётган энг долзарб саволларга жавобларBizni kuzating👇 👉«OLIY TAʼLIM
8 349
❓Ikkinchi mutaxassislik uchun sirtqi ta’lim shakli saqlanib qolinadimi? Yoki unda ham yopildimi?
✅ JAVOB: Ha, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul to‘liq tugatilishi ta’limning barcha yo‘nalishlariga, shu jumladan, ikkinchi mutaxassislikka ham taalluqli.
❌ Shu munosabat bilan, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha ham sirtqi ta’lim shaklida yangi qabul amalga oshirilmaydi.
🔰 Ushbu yo‘nalishda ta’lim olishni istovchilar uchun kunduzgi, masofaviy yoki kechki ta’lim shakllarining mavjud ta’lim yo‘nalishlari tavsiya etiladi.
▶️ Shu bilan birga, avvalgi yillarda sirtqi ta’lim shaklida ikkinchi mutaxassislikka qabul qilinganlar tahsilni belgilangan tartibda davom ettiradi.
Bizni kuzating👇
👉«OLIY TAʼLIM
8 349
#Диққат #Расман
❗️Абитуриентлар учун қабул жараёнлари бошланди
Амалдаги қонунчиликка мувофиқ, нодавлат олий таълим муассасаларида 2025-2026 ўқув йили учун қабул жараёнлари июнь-сентябрь ойлари давомида амалга оширилади. Қабул расман бошланди!
Давлат ОТМларида эса қабул қуйидаги саналарда старт олади:
— Бакалавр: 5 июнь – 25 июнь
👉 my.uzbmb.uz;
— Магистратура: 1 июль – 30 июль
👉 magistr.edu.uz;
— Иккинчи мутахассислик: 10 июль – 10 август
👉 my.edu.uz;
— Ўқишни кўчириш:
▫️ 15 июль – 5 август (давлат ОТМларида) — transfer.edu.uz
▫️ Хорижий ва нодавлатдан давлат ОТМга — my.uzbmb.uz
Bizni kuzating👇
👉«OLIY TAʼLIM
8 349
❓Maktabda kitob yoʻqolsa kim toʻlaydi va qancha toʻlash kerak ?
“Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq darsliklar yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalardan foydalanish usulidan qatʼi nazar, ular yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki oʻqituvchilar zararni huddi shunday darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini toʻlashi shart.
Oʻquvchilarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki oʻqituvchilar zararni quyidagi miqdorlarda toʻlaydi:
👉 1 sinf oʻquvchilarining har bir darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun — uning bir baravari miqdorida;
👉 2 - 4 sinf oʻquvchilarining har bir darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun — uning ikki baravari miqdorida;
👉 5 - 11 sinf oʻquvchilarining har bir darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun — uning toʻrt baravari miqdorida.
Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar hisobining yuritilishi, ulardan foydalanilishi, ularning saqlanishi, ular boʻyicha toʻlov hujjatlarining mavjudligi va harakati, shuningdek oʻquvchilar orasida darsliklarni avaylab-asrash tuygʻusini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tarbiyaviy ishlar umumtaʼlim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi.
Bizni kuzating👇
👉«OLIY TAʼLIM
8 349
❗️Nega 56,7 ball davlat OTMlariga topshirganlar uchun ahamiyatli?
Sababi hatto ajratilgan kvota o'rinlariga balli yetsa ham, 56,7 dan kam ball to'plagan abituriyent talaba bo'lolmaydi.
✔️ Davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %);
To‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilangan.
Demak, 56,7 balldan kam to'plaganlarda fatatgina super-kontrak orqali talaba bo'lish imkoni bor.
Bizni kuzating👇
👉«OLIY TAʼLIM
8 349
⚡️Rasman: bugundan xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar qabuli boshlandi
◾️Bugun, 30-maydan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarni OTMga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish jarayoni boshlandi.
Ariza qanday topshiriladi?
Talabgorlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining axborot tizimi — https://tavsiyanoma.ijro.uz orqali 30-maydan 8-iyunga qadar onlayn ariza qoldirishlari lozim.
❓ Tavsiyanoma kimlarga beriladi?
✔️Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga;
✔️Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;
✔️Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;
✔️14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga;
✔️Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga;
✔️Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga.
Bizni kuzating👇
👉«OLIY TAʼLIM
8 349
O‘lgan inson tirik deb chiqyapti
Bir foydalanuvchi yozmoqda:
"Xullas tizim ishlamayapti. Arizachining vafot etgan dadasini tizim "tirik" deb chiqyapti. Ga‘lati holat, hozir men o‘quvchimga "sening arizangni qabul qilmas ekan, dadang tirik ekan" deb qanday aytaman?"Xolisona aytganda, bu yerda muammo tavsiyanoma tizimida emas. Chunki ushbu tizim boshqa davlat organlarining bazasida bor ma’lumotni olib keladi, xolos. Bunday vaziyatda asosiy muammo FHDY elektron bazasida, shekilli. Ochig‘i, qanday hal qilishni bilmayman, balki tumandagi Adliya bo‘limlariga yoki FHDYga murojaat qilish kerakdir. O‘zi aslida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tavsiyanoma.ijro.uz saytida eng ko‘p beriladigan savollarga javoblar sahifasini ham yaratishi kerak. Qanday ariza yuborish mumkinligi qadamma-qadam rasm yoki videolar bilan ko‘rsatilishi, turli muammolar yuzaga kelayotganda nimalar qilish kerakligi haqida batafsil instruksiya kerak. "Mana tizim, buyog‘iga bilganing qil", demaslik kerak. Chunki gap abituriyent yoshlar haqida ketmoqda, ularga yordam berish kerak. Mana bu post ostidagi izohlarda tizimdagi boshqa muammolar haqida ham yozishmoqda: https://t.me/xushnudbekuz/2824 👉 @xushnudbek 👈
8 349
Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga ariza berish tizimidagi xatolik to‘g‘rilanibdi
#abituriyent
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining ma’lum qilishicha, hozirda tavsiyanoma.ijro.uz saytida faqat ariza yuborish bo‘limi qolgan, boshqa hamma funksiyalarni vaqtincha o‘chirib qo‘yishibdi.
Shuningdek, mobil telefonlardan ham ariza yuborish imkoniyati yaratilgan.
Qo‘mita noqulaylik uchun uzr so‘ragan hamda mazkur platforma xotin-qizlar uchun bir qancha ma’lumotlarni hamda davlat xizmatlarini bitta joydan olish imkonini berish maqsadida yaratilganini ta’kidlagan.
P.S.: sayt lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilsa hamda imlo xatolaridan to‘g‘rilab qo‘yilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.👉 @xushnudbek 👈
8 349
+2
❗️Ehtiyojmand xotin-qizlar tavsiyanoma uchun ariza topshira olmayapti. Muammo nimada?
#abituriyent
Ijtimoiy tarmoqlarda 2 kundan buyon ko‘plab ehtiyojmand xotin-qizlar tavsiyanoma olish uchun onlayn ariza topshira olmayotgani haqida e’tirozlarni yozishmoqda. Bir yoki ikki kishi bu gapni aytsa, “balki o‘zi nimanidir tushunmayotgandir” deb o‘ylash mumkindir, lekin e’tirozlar soni juda ko‘p bo‘lsa, demak, tizimda nimadir xatoligini anglatadi.
Muammo nimadaligini o‘rganishga harakat qilib ko‘rdim va juda qiziq holatga duch keldim.
Qiziq tomoni, tavsiyanoma.ijro.uz tizimi orqali ariza berish ishlab turibdi, lekin tanqid qilayotganlarning ham gapi to‘g‘ri. Iya, qanaqasiga deysizmi?
Shunchaki, bunga sabab — no‘noq dasturchilar hamda veb-dizaynerlar!
Gap shundaki, saytda ariza topshirish funksiyasi shunaqa rasvo joyga qo‘yilganki, foydalanuvchilar uni topish uchun faqat kompyuterdan va shunda ham keng ekrandan foydalanishi kerak.
Telefon orqali kirilganda ariza topshirish menyusi umuman ko‘rinmaydi (1-rasm).
Kompyuterdan kirganda yuqori menyular bo‘limi qatorida “Yangiliklar” menyusining oldida “Xotin-qizlar” degan menyu ochiladi va shuni bosgandan keyingina ariza berish sahifasiga kirish mumkin (2 va 3-rasmlar).
Lekin eng qizig‘i kompyuterdan kirganingizda ham agar asosiy oyna enini kichraytirsangiz, unda “Yangiliklar” hamda “Xotin-qizlar” menyusi yo‘qolib qoladi va keyin ularni hech qayerdan topib bo‘lmaydi (4-rasm).
Xullas, xotin-qizlarning dod deyayotgani to‘g‘ri. Mutasaddilar tuyaqushga o‘xshab boshini qum ichiga tiqib olmasdan, e’tirozlarni eshitishi va muammo ildizini allaqachon topib, bartaraf etishi kerak edi. Umid qilamizki, saytdagi xatolik tezda to‘g‘rilanadi.
👉 @xushnudbek 👈
8 349
Repost from Xushnudbek.uz
⚡️ 5 yil staji bor xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun ariza berish 31-maygacha (shu kuni ham) davom etadi
#abituriyent
Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.
Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo'lishlari lozim.
📝 Talabgorlar joriy yilning 31-mayiga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) xotin-qizlar bo‘limlariga murojaat qilishlari kerak.
✅ BU MUHIM: tavsiyanoma oldim, degani o‘qishga kirdim, degani emas. Buning uchun siz yetarli darajada balandroq ball to‘plashingiz ham kerak. Ushbu tavsiyanomani olgan xotin-qizlar mabodo o‘qishdan yiqilsa, yana bir marta imkoniyatga ega bo‘ladi va barcha yiqilgan tavsiyanomalilar orasida 500 ta o‘rindan biri orqali kontraktga o‘qishga kirishi mumkin.
Imtiyoz qo‘llanishi haqida batafsil bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/14477
Tasavvur hosil qilish uchun 2022-yilgi kvotalar va tartib haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/14934
❗️ESLATMA: 2023 hamda 2024-yillarda tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas. Oxirgi 2 yilda olingan tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin.
❗️2022-yilda berilgan tavsiyanomalar muddati tugadi, ular yangi tavsiyanoma olishi kerak.
‼️ESLATMA-2: O‘tgan yillarda tavsiyanoma olib, o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi esa o‘z kuchini yo‘qotgan, yaʼni kuygan bo‘ladi.
ℹ️ Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:
➖ o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
➖o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.
Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.
❗️Tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi.
👉 @xushnudbek 👈
8 349
Фан олимпиадаси ғолиблари энди 1 миллиард сўм нақд мукофат пули олишади
Бу яхши ўқийдиган ёшлар учун катта имконият. Энди ўқимишли ёшларнинг даври келди. Фарзандингизнинг таълимига катта эътибор беринг.
Бу видеони яқинларингизга юбориб қўйинг.
Bizni kuzating👇
👉«OLIY TAʼLIM
8 349
#Диққат #Тарқатинг
⚡Абитуриентлар учун ўқишга хужжатлар 5 июндан 25 июнгача қабул қилинади
- Бакалавриат учун my.uzbmb.uz
- Магистратура учун magistr.edu.uz сайти орқали 1 июлдан 30 июлгача
- Ўқишни кўчирмоқчилар эса transfer.edu.uz сайти орқали 15 июлдан 5 августгача
Абитуриент танишларга юбориб қўямиз
Bizni kuzating👇
👉«OLIY TAʼLIM
8 349
⚡️ Eslatma: 5 yil stajga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar qabuli 1-iyungacha
▪️ Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.
Talabgorlardan ariza olish boshlandi. 1-iyungacha ariza bilan tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar bo‘limlari huzuridagi Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni berish kerak:
✔️ Fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi.
✔️ Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma.
✔️ O‘rta-maxsus yoki professional taʼlim bo‘yicha diplom.
❓ Kimlar tavsiyanoma ololadi?
➖o'rta ma'lumotli;
➖ OTMda o'qimagan;
➖5 yil staji borlar.
Bizni kuzating👇
👉«OLIY TAʼLIM
8 349
⚡️Qabul jarayonlari boshlanishiga 9 kun vaqt qoldi!
Amaldagi qonunchilikka ko'ra, nodavlat oliy ta'lim tashkilotlariga qabul jarayonlari har yili iyun-sentabr oylarida bo'lib o'tishi belgilangan. 1-iyun sanasidan rasman qabul jarayonlari boshlashga ruxsat berilgan.
Demak, 9 kundan so'ng nodavlat oliy ta'lim muassasalariga 2025/2026 o'quv yili uchun rasman qabul jarayonlari boshlanadi.
Bizni kuzating👇
👉«OLIY TAʼLIM
8 349
⚡️ Bu yil 11,5 ming bitiruvchi oltin medal bilan maktabni tugatdi — Prezident bitiruvchilarga tabrik yubordi
◾️ Prezident Shavkat Mirziyoyev tabrigiga ko'ra, yana 2 ming o'quvchi kumush medal bilan tugatyapti.
➡️ Jami bitiruvchilar esa 450 ming nafar.
Sizlardek o‘z kuchiga ishongan, qat’iyatli yoshlardan qadrdon maktabingiz, aziz ustozlaringiz va ota-onalaringiz, butun xalqimiz faqat ezgu ishlar va yorqin natijalar kutadi. Mustaqil hayot sari ilk qadamlaringiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz o‘g‘il-qizlarim!Bizni kuzating👇 👉«OLIY TAʼLIM
8 349
⚡️Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o'g'il-qizlarimizga O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti tabrigi
Qadrli farzandlarim! Avvalo, siz, azizlarni hayotingizdagi bugungi unutilmas quvonchli voqеa – maktab ta'limini muvaffaqiyatli tugatib, еtuklik shahodatnomasini qabul qilib olayotganingiz va mustaqil hayotga qadam qo'yayotganingiz bilan samimiy muborakbod etaman. Ushbu shukuhli ayyomda mamlakatimizdagi 10 mingdan ziyod maktabda mеhribon ustozlar, hurmatli ota-onalar ishtirokida “so'nggi qo'ng'iroq”lar jaranglab, 450 ming nafardan ortiq bitiruvchi yoshlarimiz sha'niga ezgu tilaklar bildirilmoqda. Barchamiz bu fikrlarga chin dildan qo'shilgan holda, katta orzu-umidlar bilan kеlajak rеjalarini tuzayotgan o'g'il-qizlarimizga ularni amalga oshirishda ulkan kuch-g'ayrat, omad va zafarlar tilaymiz. Ayniqsa, maktabni oltin mеdali bilan bitirayotgan 11 ming 500 nafardan ziyod farzandlarimizga, 2 mingdan ortiq kumush mеdali sohiblariga o'qish va izlanishda, jamoat ishlarida o'z tеngdoshlariga doimo o'rnak va namuna bo'lib kеlayotganlari uchun alohida tabrik va tilaklarimizni izhor etamiz. Aziz bitiruvchi yoshlar! Bugungi kunda biz o'z oldimizga qo'yayotgan buyuk maqsadlarni amalga oshirishda butun xalqimiz qatori, bilimli, hunarli, tadbirkor va vatanparvar, har tomonlama еtuk yoshlarimizga tayanamiz. Kеlajagimiz egalari bo'lgan navqiron avlodimiz Yangi O'zbеkistonni barpo etishda katta bunyodkor kuch sifatida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni yaratib bеrmoqdamiz. Jumladan, sizlarning zamonaviy ilm va kasb-hunarlar, ona tili bilan birga xorijiy tillar, IT va innovasion tеxnologiyalarni, ijod va tadbirkorlik sohalarini puxta egallashingiz uchun hozirgi kunda 201 ta oliy o'quv yurti, 598 ta tеxnikum, ko'plab monomarkaz va tеxnoparklar, kutubxonalar, madaniyat, san'at va sport muassasalari samarali faoliyat ko'rsatmoqda. Ta'limning barcha bo'g'inlarida o'quv-tarbiya ishlarining sifati va natijadorligini oshirish, bitiruvchi yoshlarimizga tanlov imkoniyatlarini kеngaytirish uchun yangi-yangi tizim va dasturlar, elеktron platformalar ishga tushirilmoqda. Sizlar ana shunday bеqiyos imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yoshlik faslining oltinga tеng har bir daqiqasini qadrlab, kеlgusida Vatanimiz mustaqilligini, el-yurtimiz manfaatlarini barcha sohalarda dadil himoya qiladigan еtuk kadrlar, ongli va olijanob insonlar bo'lib, xalqimizga sidqidildan xizmat qilasiz, dеb ishonaman. Shuni aslo unutmang, odamzot hayotda munosib o'rin topishi, el-yurtning hurmati va e'tiboriga sazovor bo'lishi uchun milliy va umuminsoniy qadriyatlarni egallab, doimo oldinga intilib yashashi, izlanish va o'rganishdan aslo to'xtamasligi kеrak. Halol va mashaqqatli mеhnat, ilmga, kasbga, ota-ona va oilaga sadoqat, hеch shubhasiz, insonni yuksaltiradi, uning hayotini fayzli va charog'on etadi. Ayniqsa, sizlar kabi navqiron, azmu shijoatli yoshlarimizga shiddatli zamondan ibrat olib, har kuni bir natijaga erishib, irodangizni sinovlarda toblab, faqat va faqat oldinga qarab borish yarashadi. Aminman, sizlarning yangi g'oya va tashabbuslaringiz, turli sohalardagi yutuqlaringiz Yangi O'zbеkistonni yanada qudratli etadigan moddiy va ma'naviy asoslarni barpo etishga bеqiyos hissa bo'lib qo'shiladi. Sizlardеk o'z kuchiga ishongan, qat'iyatli yoshlardan qadrdon maktabingiz, aziz ustozlaringiz va ota-onalaringiz, butun xalqimiz faqat ezgu ishlar va yorqin natijalar kutadi. Ana shunday yuksak ishonchga doimo munosib bo'ling! Intilish, izlanish va yangilik yaratishdan aslo charchamang! Mustaqil hayot sari ilk qadamlaringiz qutlug' bo'lsin, aziz o'g'il-qizlarim!Shavkat Mirziyoyеv, O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Bizni kuzating👇 👉«OLIY TAʼLIM
8 349
⚡️Davlat OTMlarida qabul qachondan boshlanadi?
— Bakalavr uchun qabul (5-iyundan – 25-iyunga qadar)
👉 my.uzbmb.uz
— Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-iyuldan 30-iyulga qadar)
👉 magistr.edu.uz
— Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz
— O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustga qadar)
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
Amaldagi qonunchilikka ko'ra, nodavlat oliy ta'lim tashkilotlariga qabul jarayonlari har yili iyun-sentabr oylarida bo'lib o'tishi belgilangan.
Bizni kuzating👇
👉«OLIY TAʼLIM
8 349
#Qabul_2025
— Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul (5-iyundan 25-iyunga qadar)
👉 my.uzbmb.uz
— Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulga qadar)
👉 magistr.edu.uz
— Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz
— O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustga qadar)
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
Bizni kuzating👇
👉«OLIY TAʼLIM
