Maryam Javlan.
Open in Telegram
Blogim oʻzingizni tanishga, savol berishga va tanqidiy fikrlashga oʻrgatadi. 🧠 Men Maryam Javlan — biopsixologiya va neyrobiologiya oʻrganuvchisiman. Hamkorlik (Zuhra): @manager_akk
Show more7 591
Subscribers
-1524 hours
-557 days
-12330 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+43
in 0 channels
August '26
+364
in 6 channels
Get PRO
July '26
+439
in 12 channels
Get PRO
June '26
+312
in 10 channels
Get PRO
May '26
+282
in 6 channels
Get PRO
April '26
+192
in 12 channels
Get PRO
March '26
+225
in 14 channels
Get PRO
February '26
+793
in 10 channels
Get PRO
January '26
+165
in 14 channels
Get PRO
December '25
+206
in 24 channels
Get PRO
November '25
+5 973
in 25 channels
Get PRO
October '25
+272
in 17 channels
Get PRO
September '25
+272
in 19 channels
Get PRO
August '25
+239
in 20 channels
Get PRO
July '25
+248
in 12 channels
Get PRO
June '25
+216
in 15 channels
Get PRO
May '25
+734
in 21 channels
Get PRO
April '25
+337
in 19 channels
Get PRO
March '25
+341
in 29 channels
Get PRO
February '25
+400
in 29 channels
Get PRO
January '25
+1 025
in 45 channels
Get PRO
December '24
+677
in 27 channels
Get PRO
November '24
+845
in 27 channels
Get PRO
October '24
+780
in 38 channels
Get PRO
September '24
+572
in 30 channels
Get PRO
August '24
+545
in 17 channels
Get PRO
July '24
+2 240
in 19 channels
Get PRO
June '240
in 15 channels
Get PRO
May '240
in 16 channels
Get PRO
April '240
in 21 channels
Get PRO
March '240
in 10 channels
Get PRO
February '240
in 6 channels
Get PRO
January '240
in 6 channels
Get PRO
December '230
in 0 channels
Get PRO
November '230
in 0 channels
Get PRO
October '23
+307
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 08 September | +2 | |||
| 07 September | +3 | |||
| 06 September | +9 | |||
| 05 September | +5 | |||
| 04 September | +4 | |||
| 03 September | +3 | |||
| 02 September | +5 | |||
| 01 September | +12 |
Channel Posts
+3
🔹🔹🔹🔹🔹🔹
🔹Quyidagi kurslarga qabul boshlandi:
☑️Darslar: Madrasa/Maʼhad/CEFR C1 sertifikatiga ega, bir qancha oʻquvchilari B2 va C1 sertifikatini qoʻlga kiritgan malakali ustoz tomonidan olib boriladi.
👑👑A2 CEFR/TANAL KURSI
Oʻqiladigan kitoblar ☺️:
✅Manhaj A2, B1 ✅Lisan A2, B1 ✅Muxtasar arab tili grammatikasi ✅Dalil kitoblari va istima materiallari orqali Tanal va Cefr imtihonlariga tayyorgarlik kursi.📆 Dars kunlari: Dushanba, Chorshanba, Juma 👑👑 B1 CEFR/TANAL INTENSIV KURSI Oʻqiladigan kitoblar ☺️:
✅Miftah B1 ✅Manhaj B2, C1 ✅Tanal ✅Taʼbir ✅Dalil ✅100 Surat kitoblari va istima materiallari orqali Tanal va Cefr imtihonlariga tayyorgarlik kursi. (Darslar talabalar holatiga qarab imkon qadar arab tilida olib boriladi, hamda MUHADASA, ISTIMA va KITABADAN alohida vazifalar berilib qabul qilinadi).📆 Dars kunlari: Dushanba, Chorshanba, Juma 👑👑Yuqori nahv kursi Oʻqiladigan kitoblar ☺️:
✅1. Avomil ✅2. Hidoyatun nahv ✅3. Izhorul asror ✅4. Vofiya (Kofiya sharhi)📆 Dars kunlari: Dushanba, Chorshanba, Juma ✔️Natijalar bu yerda 🆑🔠🔠🔠🔠🔠🔠🅰️ 9-sentyabr, chorshanbagacha 15% chegirma bilan yoziling. 💖 Murojaat uchun: @minal_alifi_ilal_yaa Bundan tashqari arabcha-oʼzbekcha subtitrli multfilm va darsliklardan ham kanalimizda bepul foydalanishingiz mumkin: 💖 @arabiycartoon
| 2 | Mos kelmaslik hissi
Qanchalik komfort boʻlmasin, yashayotgan reality’imiz maqsadimiz va ichki ehtiyojlarimizga toʻgʻri kelmasa, bizda “yetarlilik” hissi paydo boʻlmaydi.
Ikkinchi marta “Odisseya”ga tushdim, nima uchun? Atigi bir sahna uchun. Odissey juda pragmatik strateg, urushdan soʻng maqsadi: uyga ayoli va oʻgʻli yoniga qaytish edi. Nimfa Kalipso unga abadiy yoshlik va oʻlmaslikni taklif qiladi, doimiy xotirasini oʻchirib turadi. Lekin Odisseyning xotirasi fizik oʻchsa ham, bir jihati hech qachon oʻchmasdi.
Inson voqea va faktlarni (ism-shariflar, aniq uylar, sanalar) unutsa ham, u bilan bog'liq hissiyot va emotsional bog'liqlikni unutmaydi. Odissey nimfaning yonida barcha qulaylik va komfortda bo'lsa-da, ich-ichidan qandaydir uzviylik yetishmayotganini, qayergadir intilishi kerakligini his qiladi. Bu — miyaning bodomsimon tanasi Amigdala saqlab qolgan hissiy xotira signalidir. Bizda hissiy xotira oʻchmaydi, shu sababli ham oʻlgan odamning 7 daqiqalik xotirasi toʻliq emotsional xotiralar bilan bogʻliq boʻladi. Siz oʻzingizni xohlamayotgan lekin yaxshi deb ishontirayotgan “maqsad”larga harakatlantirsangiz ham, oxir-oqibat kognitiv dissonans vujudga kelaveradi.
O'zligini va asl maqsadini yo'qotgan shaxsda komfortga qaramay kelib chiqadigan ichki bo'shliq va yotlashuv hissi boʻladi. Bu hammamizda bor. Miya doimiy ravishda "mos kelmaslik" signallarini beradi: hozirgi farovon muhit bilan ichki tub ehtiyoj o'rtasidagi uzilish uni qandaydir xotiralarni tiklashga va Odisseyni uyga intilishga majbur qiladi.
Shu qismi oʻylantirgandi. Kalipso ham oxiri Odisseyni oʻzligidan xotirasini oʻchirib qutila olmasligini, bunga uning sehr va va’dalari yordam bermasligini tushunadi. Xotira oʻchsa ham, odamni hissiy xotirasiga kuchi yetmaydi) | 2 313 |
| 3 | Kun iqtibosi:
Oʻzingga shunday bir choʻqqi (oliy himmat) tanlaginki, bu seni oxiri oʻldirishiga ham qoʻyib ber. | 2 808 |
| 4 | “Sizni oʻqib oʻzimizni koʻp analiz qila olamiz” deb yozishadi. Men sizlarga ruhiyatga oid, kanallariga manfaatli long-readlar ulashadigan, asosiysi aniq ilmiy-tadqiqotlarga suyanilgan — psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (Phd) Dildora Ulmasovani tanishtirmoqchiman!
Sizni nimalar kutmoqda:
- Ayollarga ruhiy tetiklik va ichki xotirjamlik beruvchi postlar;
- emotsiyalaringiz va xulq-atvoringiz zamirida nima yotganini tushunish imkoniyati;
-farzand ruhiyatiga zarar yetkazmay tarbiyalashda asqotuvchi tavsiyalar;
-atrofimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarning teran psixologik tahlili;
- javobsiz qolgan ichki savollaringizga yoʻnaltirilgan metodlar!
Marhamat: @farzandruhiyati | 1 620 |
| 5 | Long-readlar, psixologik ilmiy postlar yoziladigan kanal👆🏼 | 1 549 |
| 6 | Ichki tanqidchining ovozi
Pop psixologiyada ichki tanqidchini inson o'zini salbiy xususiyatlar bilan sifatlashi deb hisoblashadi.
- men xunukman;
- beso'naqayman;
- aqlli emasman.
Ichki tanqidchi bilan ishlashda ham o'zingiz haqingizda unga zid fikrlarni aytish lozimligini ta'kidlashadi.
Deylik, o'zini chiroyli his etishga harakat qilish, aqlli ekanligimizga ishonish v.h.
Lekin amaliyotda bu usullar natija bermaydi. Ichki tanqidchimizning ovozi balandlashsa, balandlashadiki, lekin o'chmaydi.
Ichki tanqidchi nima o'zi u qaysi daryodan suv ichadi? Keling shulardan boshlasak.
Shaxsiyatimizni qismlarga bo'lib tadqiq etadigan bo'lsak, u bir necha tuzilmalardan tashkit topgan.
Masalan, real menimiz - asl o'zligimiz.
Ideal menimiz - biz intiladigan mukammal obrazimiz.
Nartsisistik travmalarimiz sabab o'ylaymizki, qachondir mukammal bo'lsak, bizni sevishadi, e'tibor qaratishadi, qadrlashadi. Shuning uchun doim ideal menga talpinib yashaymiz. Lekin insonmiz, resurslarimiz cheklangan. Ba'zi xususiyatlarimiz, holatlarimiz oldida ojizmiz. Shuning uchun ham ideal menga erishib bo'lmaydi. Bu holat takror va takror hafsalamizni pir qilishni boshlaydi.
Ideal menimizga yeta olmagan pallada ichki tanqidchimiz bizga qattiqroq o'shqirishni boshlaydi.
Qizig'i, ichki tanqidchi bizga sen semizsan demaydi:
- "Hali ham o'zing istagan vaznga yetib kela olmading. Sen qanaqa odamsan o'zi?!" deya koyidi.
- Sening aqling yo'q demaydi. Shuncha o'qib nega bitta sohada o'zingni yo'lingni topib keta olmayapsan" deya kaltaklaydi.
Ichki tanqidchini qulog'imiz ostidagi jarangini pasaytirish uchun ideal menimizga qo'ygan talablarimizni ko'rib chiqishimiz kerak.
Bugun nartsisizm kursining "Ichki tanqidchi bilan ishlash" amaliy darsida shu kabi og'riqlarimizga malham bo'ladigan psixologik texnikalar haqida gaplashdik.
Keyingi postda dars modulidan lavhalar taqdim etaman. 😊
@farzandruhiyati | 1 643 |
| 7 | Vertikal tizim “Z” avlodga nisbatan ishlamaydi.
Nepal, Hindiston va Madagaskarda “Z” avlod isyon qilishdi. Eng siyosiylashmagan, hamma yuzaki va sayoz deb qabul qilayotgan avlod hozirda tadqiqot ustida. Hammani hayron qoldirmoqda.
“Z” avlod rahbarlarning faqat "unvoni" yoki "yoshi" uchun emas, balki bilimi va muomalasi uchun hurmat qiladi. Vertikal (tepadan pastga) buyruqlardan ko‘ra, gorizontal dialogga intilishadi. Ularning endi yangi prinsiplari va prioritetlari bor. Suhbatda “Z” avlod va yangi avlodlarning qayerga ketayotgani, avtoritetlari kim, qadriyatlari, umumiy dunyoqarashlari keltirilgan.
Ajoyib suhbat qiziqsangiz koʻring. | 5 096 |
| 8 | Oyna
Har bir insonda oʻzi tan olishni xohlamaydigan "soya" (illatlar, zaifliklar) bor. Lekin buni oʻzida koʻrish ogʻriqli. Shuning uchun inson oʻzidagi yashirin illat sifatlarini ham atrofidagilarga proyeksiyalaydi (koʻchiradi). Boshqa bir odamni kibrli yoki yomon deyishi — insonning oʻz ruhiy mas’uliyatidan qochishning eng oson yoʻli. Shunga odamlarda eng koʻp nima illatni tez payqaysiz, gʻazablantiradi, ensangizni qotiradi va koʻp muhokama qilasiz. Aynan shu sizning soya illatingiz boʻladi.
Eng koʻp oʻzingizni nimada oqlashingizga e’tiborli boʻling. Xato qilganingizda yoki nojoʻya harakat sodir etganingizda, miyangiz u harakatni darhol "oqlash" uchun bahona toʻqiydi. Vaziyatga tanqidiy baho berolmaslik uchun ham! Aynan qaysi holatlarda oʻzingizni oqlayotganingizni topsangiz, siz yashirishga urinayotgan illat shu nuqtada boʻladi.
Va feedback soʻrang yaqin odamlaringizdan. Inson eng kam yuzlashadigan tarafi — bu zaifliklarini tan olishi. Uni tan olmas ekan, doimiy atrofni xatolariga ayblab, doimiy bahona va illyuziya ichida yashayveradi. Kuchli ruhiyatni birinchi tarafi, kuchsiz taraf bilan yuzlashuv. | 4 529 |
| 9 | 📚Arab tili deganda hayolingizda qiyin qoidalar-u,harakatsiz matnlar jonlanadimi ?
🎙Gapirish esa undanda qiyindek .
Assalamu alaykum !
Ismim Hadija,arab tili sohasida 11 yillik tajribaga egaman, alhamdulillah.
Hamma ham sizga bu tilning bor go'zalligini ochib bera olmaydi hamda eng oson uslublar bilan.
💻Agar tajribaga tayangan metodlarga ishonib,ustoz yordamida ushbu til mahoratlarini egallashni istasangiz,unda sizni sahifamizda kutamiz 🌸🌸🌸
https://t.me/+WosO0hInc0ViODU0
https://t.me/+WosO0hInc0ViODU0
https://t.me/+WosO0hInc0ViODU0 | 1 353 |
| 10 | 📢Qizlar, siz haliyam Topik olish uchun uzooq muddat o'qishim kerak deb yuribsizmi? So'z yodlash siz uchun katta muammomi?
Men Mashhura, 3 yildan beri koreys tili sohasidaman va hozirda Topik 5 daraja egasiman
Shuncha o'qiyapsizu natija yo'q, so'z yodlaysizu, esingizdan chiqib qolaveradi, oxirgi paytlarda "topik sertifikati men uchun emas" - deb o'ylab qolyapsizmi? yangi odatlarni shaklllantirolmay intizomsiz bo'lib qiynalib kettizmi ❓
Menda, bularning barchasiga yechim bor. Men bilan topik olish oson va qiziqarli jarayon ekanligini anglaysiz, natijaga 2x yaqinlashtiradigan yo'llarni bilasiz, yangi odatlarni osonlikda shakllantirasiz 📝
Agar bular sizga qiziq bo'lsa va titki (tinglash)ni 2x oshiradigan usul haqidagi videoqo'llanmani qo'lga kiritmoqchi bo'lsangiz blogimda sizni kutaman 🎀
https://t.me/+9CNl1t02XQA4OWEy | 1 367 |
| 11 | Bizning koʻr nuqtamiz
Hech e’tibor berganmisiz, biz illatlar xususida iqtibos yoki mavzu koʻtarilsa, bu illatni atrofimizdan qidiramiz. Masalan, deylik xasad haqida post oʻqidingiz. Miya tezda: “menga kim xasad qiladi? Yoki … shaxs menga rossa xasad qiladida” deydi. Nosogʻlom munosabat haqida ma’ruza eshitdingiz, birdaniga miya kim sizga chegaralaringizni aslida kim buzishi haqida oʻyga botadi.
Tangani ikkinchi tarafi esa biror ijobiy tarad, fazilat haqida eshitsak, bu qolipga oʻzimizni moslashtirib koʻramiz. Odam tabiatidagi bu dualizm — ya’ni yomonlikni boshqalarga, yaxshilikni esa oʻziga nisbatan tezroq qabul qilishi bor narsa. Inson miyasi oʻz ruhiyatini va "men"ini doimiy stress hamda aybdorlik hissidan himoya qilishga dasturlangan. Agar kishi oʻzida ogʻir bir illatni tan olsa, bu uning oʻz-oʻziga boʻlgan bahosini tushirib yuboradi. Insonlar oʻzlarining fikrlash va xatti-harakatlarini har doim xolis va toʻgʻri deb hisoblashadi, boshqalarning xatolarini esa osongina payqashadi. Illat haqida iqtibos oʻqilganda, miya darhol xotiradan boshqa odamlarning nojoʻya harakatlarini chiqarib beradi (chunki ularning tashqi xatosi yaqqol koʻrinadi). Ammo oʻzimizning xatolarimizni ichki bahonalarimiz bilan "yuvib" boʻlganimiz uchun, oʻz illatlarimiz oʻzimizga sezilmaydi.
Shunda savol tugʻiladi, unda odam qanday qilib oʻzidagi illatlarni, xatolarni xolis payqay oladi?
(Shu haqida yozaman) | 6 630 |
| 12 | No text... | 1 549 |
| 13 | Qoʻshilib oldingizmi?
Sevinch ingliz tili ta’limi ortidan oʻzlariga Spark sovgʻa qilganlar, hozirda esa Turkiyaga ketishga tayyorgarlik koʻrmoqdalar. Bola bilan ham tanaffus qilmay, oʻzlarini ustilarida ishlayaptilar. Ingliz tili oʻrganuvchilari juda koʻp namuna olsa boʻladigan taraflari bor! | 1 190 |
| 14 | IELTS’chilar bormi?
Sevinch ham ona, ham oʻqituvchi! Turmush oʻrtoqlariga ham IELTS’larini overall 7,5 qilishga yordam berganlar. Oʻzlari 6,5 dan 7,5 ga atiga 2 oyda erishganlar.
Bloglari orqali qanday qilib overallni koʻtarganlari, oʻqituvchilik metodlari, reading/writing oshirish sirlarini boʻlishadilar. Oʻquvchilari juda koʻp, sizga esa:
• qanday qilib 2 oyda 6,5-7,5 gacha ballarini koʻtarganliklari haqida tayyor study-plan tayyorlab qoʻyganlar (BEPUL)
Study-planni olish uchun:
https://t.me/+MoXowVwTMtcyYzcy | 2 014 |
| 15 | Reading'ni oshirishni eng samarali usuli bu Active Reading qilish.
📖 Passive Reading — matnni shunchaki o'qish. Lug'atsiz umumiy mazmunini tushunish.
📖 Active Reading'ni quyidagi tartibda bajaring:
1. Matnni ovoz chiqarib o'qing va asosiy g'oyani tushuning.
2. Bilmagan so'zlarni lug'atdan toping va ular ishtirokida gap tuzing.
3. Matnni yana bir marta ovoz chiqarib o'qing.
4. Har bir abzas uchun mos sarlavha (heading) tanlang. Bu IELTS'dagi Matching Headings savollarini ancha osonlashtiradi.
5. Matnga qaramasdan qisqacha summary yozing.
🔥 Agar har kuni 20–30 daqiqa Active Reading qilsangiz barcha skillaringiz uchun foydali bo'ladi.
Xo'sh, siz shu vaqtgacha Active Reading qilarmidiz yoki Passive Reading? 🌚
Sevinch | Your Friend | 1 811 |
| 16 | Suhbat haqida juda zoʻr taassurotlarim bor, keling birma-bir aytib beray:
• baxtli odamlarda umri boʻyi koʻp suhbatlar boʻlmasligi mumkin. Lekin ularda aniq chuqur suhbatlar boʻladi. Sababi chuqur suhbatlar bilan ular tekin terapiya, emotsional yaqinlik, tushunilish hissini olib ruhiyatlarini oziqlantirishadi.
• Yuzaki suhbatlar miyani bogʻlanish sistemasiga ta’sir oʻtqaza olmaydi. Siz kayfiyati yoʻq odamga yuzaki taskin berishingiz yoki yuzaki xol-ahvol soʻrashingiz 0% yordam beradi. U bir dunyo odamlar ichida ham yolgʻiz his qiladi oʻzini.
• tushunilish hissi ikki tarafga ishlaydi. Bilasizmi, ikki kishi chuqur suhbat qursa va ikkinchisi oʻz hislarini gapirib, tushunilish hissini olsa parallelno eshitayotgan odam ham tushunilish hissini oladi. Hech nima gapirmasa ham. Bu shuni isbotlaydiki, biz kimnidir toʻgʻri eshitsak ham huddi oʻzimiz eshitilgandek hisni olaveramiz.
• bitta dona chuqur suhbat = bir haftalik yuzaki suhbatlar. Hafta davomida atigi bir marta chuqur va mzmunli suhbat qilsak, bir hafta yuzaki suhbat qilmasak ham oʻrni toʻlib turaveradi.
• suhbatdoshingiz oʻzida yengillik, emotsional xavfsizlik va ishonch his qilsa, toʻgʻridan toʻgʻri bu yerda oyna neyronlari ishlaydi. Siz ham u nima his qilsa, shuni qaytarasiz. Bu degani, siz yoki suhbatdoshingiz boshlagan suhbat darajasi sizning neyronlaringiz va gormonlaringizga ta’sir qiladi.
• begonalar bilan chuqur va mazmunli suhbat qurish effektivroq ekan. Mana nega filmlarda, koʻpincha begonalar bilan uzoq suhbatda qolib ketishadi. Sababi, ulardan xavfli his olishmaydi. Ular sotmaydi, ikkiyuzlamachilik qilmaydi, sizga qurol sifatida ishlatmaydi. Kuchli ochiqlik yuzaga kelar ekan.
Chuqur va mazmunli suhbat qurish uchun esa insonga inson kerak. Suhbat ilmi, savodxonligi esa insoniylikka, axloqqa va ruhiy tarbiyaga muhtoj. Emotsional koʻnikmasi nol boʻlgan inson bilan suhbatlashib qolsangiz bormi… | 6 728 |
| 17 | Eng baholanadigan, lekin eng kuchli instrument
Biz bu mavzudan ancha chiqib ketyapmiz, lekin ruhiyatga ancha ozuqa beradigan, tekinga tinchlatib qoʻyib, hatto travmalarni ham yupatadigan instrument. Suhbat!
Suhbatlar ikki turga boʻlinadi: yuzaki va chuqur. Yuzaki suhbat, kunlik suhbatlarimiz hisoblanadi. Salomlashish, xol-ahvol soʻrash, kundalik hodisalar. Chuqur suhbat esa tuygʻular, tajribalar, orzular haqida boʻladi. Men aynan chuqur suhbat ta’siri haqida gapirib bermoqchiman.
Yuzaki suhbatda biz “nima ish qilyapsan?” deb savol beramiz, chuqur suhbatda esa “qilayotgan ishing senga ma’naviy qanoat beradimi yoki majburiyatmi?” deb gap boshlash. U esa tuygʻularini toʻkadi, tinglangani sari tushunilish hissini olishni boshlaydi. Ha, chuqur suhbatlar doim ham boʻlavermaydi, sababi odam topilmaydi deymiz. Ajoyib tadqiqotlar bor, baxtli odamlar kunini 46% suhbatlarida chuqur suhbatlar bor ekan. Norozi va hayotidan qoniqmaydiganlarda esa atigi 21%. Chuqur suhbat bu 4-5 soatlab gaplashish emas, balki ikki muhim qoida turadi:
• tushunilish va tinglanish •
Asosi esa psixologik xavfsizlik, ya’ni muhokama, haqorat, suhbatdan keyinchalik qurol sifatida foydalanmaslik. Zaiflikni ocha olishi, ya’ni tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, odamlar bir-biri bilan chuqur suhbatlasha olmasligini sababi ishonmasligi. Haqiqiy yaqinlikda qoʻrquvlar ochilishi, xatolar tan olinar ekan. | 5 401 |
| 18 | 🌹 Psixologiyani shunchaki o‘qibgina qolmay, insonning ichki dunyosini chuqurroq tushunishni xohlaysizmi?
Men Latofat O‘ktamovna, 8 yillik tajribaga ega ilmiy psixologman.
Nega inson o‘z hislarini anglay olmaydi?
Nega ba’zilar doim o‘zini ayblaydi?
Nega bir xil munosabatlar ssenariysini qayta-qayta takrorlaymiz?
Bu savollarning ortida psixologik ehtiyojlar, bolalik tajribalari, ichki e’tiqodlar va himoya mexanizmlari yotishi mumkin.
🌱 Blogimda psixologik tushunchalarni shunchaki ta’riflabgina qolmay, ularning inson hayotida qanday ishlashini tushuntiraman.
Agar siz ham o‘zingizni va insonlarni chuqurroq anglashni va "Hissiyotlarni toʻgʻri boshqarish" darsini qoʻlga kiritishni istasangiz — blogimda kutaman. 🤍
https://t.me/+6b9qwc-Mnag2YTEy
https://t.me/+6b9qwc-Mnag2YTEy | 1 646 |
| 19 | No text... | 1 798 |
| 20 | Kuniga 5 daqiqa oʻqisangiz = yangi tarixiy hodisani bilib olasiz.
Zakovatda tushadigan savollarga javoblar bor ekan oʻziyam. Azizani mutaxassisliklari tarix ekan, Milliyda aynan shu yoʻnalishni bitirgan ekanlar. Long readlar va qiziqarli ma’lumotlar boʻlishadilar.
Ustoz uchun oʻz fanini bilish yetarli emas. Ustoz oʻquvchini darsga jalb qila olishi, auditoriyani boshqarishi, oʻz bilimini oʻquvchiga toʻgʻri yetkaza olishi kerak. Bloglarida tarixdan tashqari pedagogik mahorat mavzusida ham kontentlar qilar ekanlar, turli metodlar ham bor.
Kitobli konkurs va milliy sertifikatga tayyorlash boʻyicha efirlar qiladilar.
Oʻqib chiqing. | 1 824 |
