cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo'limi

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Iqtidorli talabalari Rasmiy kanali • Loyihalar • Konferensiyalar • Forumlar • Tanlovlar • Grantlar • Maqolalar • Stipendiyalar • Ilmiy ishlar • Olimpiadalar

Show more
Uzbekistan30 525The language is not specifiedEducation68 132
Advertising posts
1 154
Subscribers
-224 hours
-87 days
-3930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

03:06
Video unavailableShow in Telegram
💻 | 📺📺 O'zDJTU Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini tashkil etish bo'limi hamkorligida tashkil etilgan "Talaba-fest" innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasidan videorolik. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Show all...
👍 1
✍️ “Talaba-fest” yakunida O’zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirokida taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. 💚 Ko'rgazma natijalariga ko'ra: ⚡️"Eng yaxshi innovatsion ishlanma" nominatsiyasida Ingliz filologiyasi fakulteti ⚡️"Eng yaxshi ilmiy ish" nominatsiyasi Ingliz tili 2-fakulteti va Ingliz tili 3-fakulteti ⚡️"Eng yaxshi ijodiy ish" nominatsiyasi Rus filologiyasi fakulteti, Sharq filologiyasi fakulteti va Xalqaro jurnalistika fakulteti ⚡️"Eng yaxshi loyiha" nominatsiyasi Roman-german filologiyasi fakulteti ⚡️"Milliy va zamonaviy uyg'unlik" nominatsiyasi Tarjimonlik fakulteti va Ingliz tili 1-fakulteti g'olib deb topildi. Shu bilan birga "Eng faol fakultet" nominatsiyasi bo'yicha" 🥇 1-o'rin - Ingliz filologiyasi fakulteti 🥈 2-o'rin - Tarjimonlik fakulteti 🥉 3-o'rin - Roman-german filologiyasi fakulteti deb topildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Show all...
📢🎉🎓 ▶️ Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida "Toshkent bitiruvchi va talaba yoshlar" loyihasi doirasida oliy ta'lim muassasalari orasida tashkil etilgan "Talaba-fest" innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasi O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini tashkil etish bo'limi hamkorligida o'tkazildi. Ushbu ko'rgazmani tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad ilmiy va innovatsion sohalarga qiziquvchi iqtidorli talaba yoshlarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish hisoblanadi. ✅ Ko'rgazma davomida har bir fakultetlardagi iqtidorli talabalar o'z ishlanmalari bilan ishtirok etishdi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥 📚O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan "Talaba bitiruvchi va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida 🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universityetida "Talaba-fest" innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasi tashkil etiladi. 💚Ushbu ko'rgazmadan asosiy maqsad, talabalarni innovatsion sohaga yanada ko'proq jalb etish hamda ularni qo'llab quvvatlash va rag'batlantirishdan iborat. 🗓16-may ⏰14:00 📍O'zDJTU asosiy bino, 1-qavat 😇Barcha talabalarni ushbu ko'rgazmada ishtirok etishga taklif etamiz!
Show all...
👍 1
Spring Erasmus+ week 13-18th May 2024 The National Erasmus+ Office has announced the upcoming Spring Erasmus+ Week, scheduled to take place from May 13th to May 18th. Events will be conducted in offline/online and are open to participants from Tashkent and all regions. We encourage active participation from all higher education institutions and students during Erasmus+ Week. Read more: https://erasmus.uz/en/publications/365-spring-erasmus-week-13-18th-may-2024 @erasmus_uz
Show all...
👍 1
⚖️👨‍💻👩‍💻💬 10-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Ingliz tili 1-fakulteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi tomonidan “XXI-asr intellektual salohiyat asri” mavzusida talabalar uchun ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Konferensiyadan koʻzlangan maqsadi bosh maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 avgustdagi “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash, universitetimizda yosh iqtidor sohiblarini ilm-fan sohasiga tizimli jalb qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, iqtidorli yoshlarni ishbilarmonlar va yetakchi olimlar bilan hamkorlikda ish yuritish malakalarini shakllantirish va shu asosda ilm-fan sohasida yosh kadrlarni yetishtirish tizimining uzviyligini taʼminlash hisoblanadi.
Konferensiya yalpi majlisida ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor O.Y.Yusupov, Ingliz tili 1-fakulteti dekani A.G. Yuldashev, ishtirok etdi. Ilmiy-amaliy konferensiya quyidagi toʻrtta yoʻnalishda: 1. Yangilanayotgan Oʻzbekiston taʼlim tizimida boshqaruv kadrlarini tanlash mexanizmini takomillashtirish. 2. Oliy taʼlim tizimi talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish muammolari. 3. Pedagogika va psixologiya fanlarining oʻqitilishida ilgʻor xalqaro tajribalardan foydalanish imkoniyatlari. 4. Oliy taʼlim bosqichida xorijiy tillarni oʻqitishda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish masalalari doirasida olib boriladi Konferensiya ishida talabalar tomonidan 90 ga yaqin maqola va tezislar qizgʻin muhokama qilindi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Show all...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥 🔺 "Made in Univer" innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasi 🫥 Joriy yilning 18-may kuni "Bitiruvchi va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida INNO innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida bo'lib o'tadigan Innovatsion texnologiyalar ko'rgazmasiga barcha talabalarni ishlanmalari bilan taklif etamiz. 🔵 Agar Siz Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasasining talabasi bo'lsangiz, o'z innovatsion ishlanmalaringiz bilan ko'rgazmada ishtirok eting! Ma’lumot uchun: Tadbir yakunida “Eng yaxshi ishlanmalar” saralab olinib, diplomlar va qimmatbaxo sovg’alar bilan taqdirlanadilar Qo'simcha ma'lumot uchun: +99890-140-50-04 💥Barcha talabalarni ko'rgazmada faol ishtirok etishga chorlaymiz! Bizni kuzating Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Show all...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥 “Toshkent: kecha, bugun, ertaga” mavzusida maqolalar tanlovi ! ✔️Maqolalar tanlovi "Bitiruvchi va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida tashkil etilmoqda. 🌐Ushbu tanlov 2 yo‘nalishda tashkil etiladi: Ilmiy va ommabop. 📣Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1-bosqich: OTM bosqichi. 10-maydan 15-maygacha. 1-bosqichda har bir yo’nalish bo’yicha 1-o‘rinni egallagan maqolalar 2-bosqichga tavsiya etiladi. OTM bosqichi g’oliblari to’g’risidagi ma’lumotlarni (bayonnoma va maqolalar) [email protected] elektron pochtasiga taqdim etish zarur. 2-bosqich: Toshkent shahar bosqichi. 15-maydan 20-maygacha. 21-may kuni yakuniy anjuman bo‘lib o‘tadi va unda g‘oliblar taqdirlanadi. 🎓Tanlovda Toshkent shahri oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin. Maqolalar quyidagi tillarda qabul qilinadi: 🇺🇿 o‘zbek 🇷🇺 rus 🇬🇧 ingliz  📄Tanlov nizomi 📄Axborot xati 🔗Murojaat uchun tel +998935205255 ⚡️Barcha talabalarni tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz !
Show all...
👍 2