Teorema (Math with Oybek)
Open in Telegram
☺️ O'qituvchi: Oybek Xo'jamqulov @oybek_0202 👉 Muhokama guruh: https://t.me/mathematic_oybek
Show more329
Subscribers
-124 hours
-47 days
-1130 days
Posts Archive
😎Matematikadan "nol" guruhlarimiz qabuliga start beramiz 😎
😎Biz boshladik!!!!😎
Yangi ochilayotgan guruh kimlar uchun:
👉 Noldan boshlovchi 7,8,9,10, 11-sinf oʻquvchilari;
👉 Milliy sertifikatga tayyorlanmoqchi boʻlganlar;
💎💎Matematika biz bilan yanada oson, keling guruhlarga qoʻshiling, shunchaki darslarimizga oʻzingiz baho bering !
✅Darslarimiz 3-avgustdan boshlanadi!
( Toq kunlari Dushanba, chorshanba, juma kunlari soat 7:00 da)
✅Shoshiling joylar soni chegaralangan !
Murojaat uchun:
Matematika o'qituvchisi: Oybek Xo'jamqulov
📞Tel: +998919019992
✈️Telegram: @oybek_0202
Manzil: Shoʻrchi shahri, Amir Temur koʻchasi 131_uy "Experts Academy" oʻquv markazi
Moʻljal: Chinor choyxonasi yonida
✈️https://t.me/ShurchiExpertsAcademy
Ustozlardan dimlama qilish bo'yicha master klass🤣🤣🤣
https://www.instagram.com/reel/Da-7_KCNcAg/?igsh=ZjY5bnpiOHJyNDdm
Repost from Xushnudbek.uz
⚡️KVOTA-2026
BAKALAVR. KUNDUZGI
#abituriyent
Jami: 155 ming 852 ta.
2026/2027-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Sho’rchi tumani hokimligi Axborot xizmati
+5
Sho‘rchida "Zakovat" shukuhi — bilim egalari e'tirof etildi!
Bilim qadrlanadigan, tafakkur ustuvor bo‘lgan maydonda yana bir qiziqarli va murosasiz bellashuv bo‘lib o‘tdi!
“O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi kubogi” uchun o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining Sho‘rchi tuman bosqichi bilimdon yoshlar va mahalla faollarini bir maydonga jamladi. Ishtirokchilar o‘zlarining keng dunyoqarashi, mantiqiy fikrlashi, tezkorligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etib, har bir savol uchun keskin bahs olib bordilar.
Murosasiz kechgan bahslar yakunida:
1-o‘rin — “Tamaddun” jamoasi;
2-o‘rin — “Yoshg‘ayrat” jamoasi;
3-o‘rin — “Kushon” jamoasi.
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanib, navbatdagi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.
Zakovat — bu shunchaki o‘yin emas, balki bilimga intilish, yuksak tafakkur, intellekt va vatan taraqqiyotiga daxldorlik hissini mustahkamlaydigan ulkan maydondir.
G‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz!
🔎Web-site
📱Telegram ✅ Facebook 🎞Youtube 🌐Instagram 🕊Twitter
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2026 #Abituriyent2026
📣 DIQQAT, ABITURIYENTLAR!
Abituriyentlar ruxsatnomalari tayyor bo‘ldi🧾 2026-2027-o‘quv yilida oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda yuklab olishlari mumkin. 🆔🧾⏰ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. 📕 Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Xushnudbek.uz
❗️O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 7 foizga oshiriladi
Prezident farmoniga asosan, 1-iyuldan:
➖ pensiyalar, nafaqalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari 7 foizga oshiriladi;
➖ yoshga doir eng kam pensiya miqdori 983 ming so‘mga, nogironlik pensiyasining eng kam miqdori 1 mln 83 ming so‘mga yetkaziladi;
➖ pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 504 ming so‘m etib belgilanadi.
🗓 1-sentyabrdan:
➖ byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar 7 foizga oshiriladi;
➖ mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 mln 360 ming so‘m etib belgilanadi;
➖ bazaviy hisoblash miqdori 440 ming so‘mni tashkil etadi.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
Hozirgacha 13 ming 654 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi.
Bugun ariza topshirishning oxirgi kuni.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
❓Xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalar nega saytda ko’rinmayapti?
#abituriyent
Ko‘plab abituriyentlar xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanomalar my.uzbmb.uz saytida ko‘rinmayapti-ku, deb so’rashmoqda.
Chunki Oila va xotin-qizlar qo’mitasi hozircha tavsiyanoma berilganlar ro’yxatini tegishli reyestrga kiritmagan. Shu sababli saytda ko’rinmayapti.
Vazirlar Mahkamasining 402-sonli qaroriga ko‘ra, Qo‘mita 14-iyunga qadar tavsiyanomalarning yakuniy ro‘yxatini yetkazishi kerak.
❓Tavsiyanoma chiqmasa, o’zim qo’lda kiritsam bo’ladimi?
Yo’q, hech bir imtiyoz qo’lda kiritilmaydi. Hammasi avtomatik o’zi chiqadi. Faqat xorijiy sertifikatlargina qo’lda kiritiladi xolos, qolgan hammasi avtomatik ko’rinadi.
Agar sizda my.gov.uz sayti orqali berilgan xotin-qizlar uchun tavsiyanoma bo’lsa-yu, lekin u saytda ko’rinmayotgan bo’lsa, bundan xavotir olmang. Tavsiyanomalar qabul tugagungacha Bilimlarni baholash agentligi bazasiga kiritiladi.
Va imtiyoz ko’rinmayotgan bo’lsa ham, fanlar majmuasini tanlab qo’ysangiz bo’laveradi. Hozir tanlasam, keyin imtiyoz qo’shilmay qoladi, deb xavotir olmang.
✅ Taklif: joriy yildan tavsiyanomalarni berish to‘liq onlayn (avtomat) rejimga o‘tganini hisobga olib, Bilimlarni baholash agentligi bazasi bilan ham integratsiya qilib qo‘yilsa bo‘lar ekan. Shunda my.gov.uz orqali tavsiyanoma berilishi bilanoq, bu my.uzbmb.uz saytida ko‘rinadigan bo‘lardi. Xotin-qizlarda ham tushunmovchilik bo‘lmasdi.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Murojaatlar bilan ishlashdagi kamchiliklar sabab 19 nafar xodim ishdan olindi
Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan vazirlik, idora va hokimliklarning murojaatlar bilan ishlash faoliyati o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida 41 ta vazirlik, idora va hokimlik tomonidan 1070 ta holatda murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzilgani aniqlandi.
Natijada 36 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi, 19 nafar xodim esa lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini buzgan va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha choralar ko‘rmagan 13 ta vazirlik va idoraga oid materiallar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.
👉 @xushnudbek 👈
