Bookonomika📚
Open in Telegram
👨🎓 O'rganish - bu jarayon , bir martalik harakat emas!!!🏃♂ Kitoblar uchun: @undov_me Tijoriy maqsadlar uchun: @bookonomika_uz 👤admin: @shbakhodirov Siz himmat yo'lidasiz 💫
Show more325
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-730 days
Posts Archive
325
#bugundan
Ba'zan yiqildim deb o'ylaysan, lekin shu yiqilish ortidan senga juda katta muvaffaqiyat va yengillik kelgan bo'ladi
@bookonomika
325
Oqibat
Yetimxona tarbiyalanuvchisi 1 mlrd pul yutib oldi. Qarindoshlari o‘zida yo‘q xursand.
@bookonomika
325
Repost from Aziz Rahimov
Yomon xulq-atvor(xarakter)ni ko‘rish oson.
Yaxshisini ko‘rish qiyin.
Sababi, yaxshi xulq asosan qilinmagan ishlardan iborat.
Qilinmagan g‘iybat, xo‘mraymagan chehra, aytilmagan so‘kish, qaralmagan nazar…
Buning ustiga ular “mening fe’lim chiroyli” deb yurmaydi ham.
Demak, chiroyli fe’llik odamlar kamligidan tashqari, ularni sezib olish ham qiyin.
Bundan 2 ta xulosa shuki:
Yaxshi fe’llik deb o‘ylagan odamlarimiz, biz o‘ylagandan yaxshiroq bo‘lishi ehtimoli yuqori.
Shundaylarni topganlarning vazifasi – qo‘yib yubormaslik bo‘ladi.
325
Men yo‘qman. Yolg‘onlar meni yo‘qotdi... Men yo‘qman. Yolg‘onlar meni yo‘qotdi. Chin gaplar sevgimga qilmadi karam. Nega chorrahada tosh kabi qotding,— Endi sayr qilgin izg‘irin bilan. Qo‘ng‘iroq chalmagin. Ochmaydi hech kim, Eshik na jilmayar, na u so‘z bilsin. Azizlik taxtidan tushgan, azizim, Paltongni sukunat qoziqqa ilsin. O‘t jonidan o‘tar — bo‘zlaydi choynak, Deraza yig‘laydi — tashqari tuman. Teleekraningning og‘zini poylab, Endi qahva ichgin yolg‘izlik bilan. Soat bong uradi. Tun yarim... Yarim... Dil yarim — g‘ussadan to‘lmas hech qachon... Zulmatgoh xonaning ichida, yorim, Endi sezavergin o‘zingni tobon. Uxlaysan. Ne uchun titraydi nafas? Yana "kel" deysanmi?... Chorlama. Men yo‘q. Men yo‘q. Endi mening ko‘ksimga emas. Yostiqning yuziga yoshlaringni to‘k. Yo‘q, yo‘q, ishonmagin! Bu she’rdan tondim, Bu mening o‘zimga otganim — o‘qdir. Axir, bu dunyoda men sensiz qoldim, Hatto dardlashmoqqa yolg‘izlik yo‘qdir...
Usmon Azim
@bookonomika
325
Nega qalb o'lganda bo'lmaydi motam?
Nega sudlanmaydi xiyonatkorlar?
Menimcha qotildir jamiki odam,
Jabrlanuvchidir o'lgan ko'ngillar...
@bookonomika
325
#endida 😁
Bizdayam qalb bor, sevgimiz-sevilgimiz keladi. Oxirgi paytda shungayam vaqt topa olmaydigan darajaga kelib qolyapman. Yechim kerak...😐
325
Kitoblar og'ir bo'ladi.Chunki ular o'z ichida dunyolarni ko'tarib yurishadi.
©️Korneliya Funke
@bookonomika
325
#shunchaki
Sen kutgan qalblar ba'zan uzoq vaqtni talab qilarkan. Kelsang ham unutulmas bo'lib kel, shunda butun umr qo'yib yubormay 🙂
325
Yoshlikda Qur'on yodlashning osonligining bir sababi ham u qalbing eng pok bo'lgan pallasi ekanidir.
Qur'on nopok qalblarga jam bo'lmaydi!...)
@bookonomika
325
Biz krovat tagidan maxluqlarni izlamay qoʻydik, chunki ulgʻayib u ichimizda ekanini tushundik.
@bookonomika
