cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

IMA Buxoro tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 🔹Murojaat uchun: 🔹Rasmiy Bot: @PTMABuxoroTuman_bot https://t.me/BuxtumanPM https://www.facebook.com/groups

Show more
Advertising posts
607
Subscribers
-124 hours
+207 days
+3730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

ҚАЙИҚ (Ибратли хикоя) Бир қайиқчининг кичик қайиғи бор экан. Қайиқнинг икки эшкаги бўлиб, уларнинг бирида “ният”, иккинчи эшкакда эса “ҳаракат” деб ёзилган. Қайиққа минган одамлар бу ёзувлар сабабини сўраса, қайиқчи шундай жавоб берар экан: “Агар мен фақат “ният” деб ёзилган эшкакни ҳаракатлантирсам, у ҳолда қайиқ бир жойда айланиб қолаверади. Агар фақат “ҳаракат” деб ёзилган эшкакни ҳаракатлантирсам ҳам, қайиқ бир жойда айланаверади. Агар иккаласини биргаликда айлантирсам қайиқ манзилга етади. Инсон ҳам фақат ният қилса-ю, ҳаракат қилмаса, бир жойда айланган қайиқ каби манзилга етолмайди. Мақсадга етиш учун “ният” ва “ҳаракат” бирдек харакатланиши лозим”.
Show all...
ИБРАТЛИ ДУНЁ

📚 Сиз телеграмнинг энг ибратли каналидасиз Бизда кун давомида:👇 📚 Ибратли ҳикоя ва ривоятлар 📚 Ибратли хикмат ва иқтибослар 📚 Ибратли аудио ва видеолар Биз ибрат улашамиз Реклама админи: @Saxiy_Sodiqjon Админ: @Muldashova

👍 5
Repost from LIDERLAR
​​"Муваффақият сирлари йўқ. Бу тайёргарлик, меҳнатсеварлик ва муваффақиятсизликдан ўрганиш натижасидир. ” ©Колин Пауэлл "Муваффақиятга кўпинча муваффақиятсизлик муқаррарлигини билмайдиганлар эришади." © Коко Шанел
Show all...

Repost from Otabek Hasanov
03:24
Video unavailableShow in Telegram
#Buyuk_millat_tarixi Ma’naviyat va ma’rifat markazi “O’zbekiston tarixi” telekanali bilan buyuk tariximizni yosh avlodga yetkazishga qaratilgan qator loyihalarni boshladi. Shulardan biri -“Buyuk sarkardalarimiz” haqida. Ular tariximizda katta o’rin tutgan, biroq bu haqida yetarlicha bilmaysiz ham. Yoshlarga qiziqarli tasvirlar sun’iy intellekt yordamida yaratildi. Bugun maktabda O’zbekiston tarixi darsini o’qish bilan birga, bu kabi qo’shimcha ma’lumotlarni bilish ham foydali ham qiziqarli bo’lishiga ishonamiz. Tarix darsi o’qituvchilarimizga metodik yordamchi bo’lishi uchun loyiha maktab darsliklariga qo’shimcha tarzda ma’lumotlar bilan boyitilib, tizimli va ko’p sonli bo’lishi bilan ahamiyatlidir.
Show all...
IMG_2219.MP417.77 MB
👍 3
#imtihon_2024 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar ⚡️ Agentlik tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hududlardagi kirish imtihon jarayonlari yakunlandi. Bugun, 9-iyul kuni tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun kirish imtihonlarida Respublikamiz bo‘ylab jami 42 mingdan ziyod talabgor ishtirok etdi. 📶 Maʼlumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244 378 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, shundan 42 785 tasi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar hissasiga to‘g‘ri keladi. 🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Show all...
Фарзанди 1-синфга чиққан ота-оналар: — Устоз, болам биринчи партада  ўтирсин, илтимос  Биздан нима хизмат, устоз... Фарзанди 2-синфга ўтганда: — Устоз, боламнинг ўқишлари яхшими? Раҳмат, устоз, албатта, уй вазифаларини ўзим бирга бажаряпман. Раҳмат, сизга устоз Фарзанди 3-синфга ўтганда: — Менинг болам ҳам тадбирда қатнашсин, ўзим ёдлатаман, шеърини. Барака топинг, устоз Фарзанди 4-синфга ўтганда: — Устоз, боламни одоби яхшими, ўзингиз чарчамаяпсизми? Барака топинг, устоз. Фарзанди 5-синфга ўтганда: — Мани болам бошланғич синфда ҳамма фандан аъло баҳо оларди, нимага ўқитувчи она тилидан 4 баҳо қўяди, ўзингиз бир гаплашиб кўринг, устози Боласи 6-синфга ўтганда: — Мажлис дейсизми, ман ишдаман, адаси чет элдалар,  кейинги сафар борарман. Боласи 7-синфга ўтганда: — Менга уй вазифаларини тайёрлаяпман дедику, ўзи ўқитувчиларингиз битта мени боламни топиб олган. Мактабга боролмайман, вақтим йўқ! Фарзанди 8-синфга ўтганда: — Нима битта менинг боламда телефон бор эканми, тортиб олишга нима ҳақингиз бор. Устингиздан шикоят қиламан Фарзанди 9-синфга ўтганда: — Муштлашган бўлса тарбия беринг, ҳадеб мени безовта қилавермай, сиз билан гаплашгани вақтим йўқ. Фарзанди 10-синфга ўтганда: — Устоз, фарзандимнинг ўқишлари яхши бўлиши учун нима қилишим керак, у эртага бир столнинг эгаси бўлиши керак, ёрдам беринг... Муаллиф: Феруза Салходжаева @domlajon t.me/domlajon
Show all...
👍 3
Repost from Xushnudbek.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Nega Prezident maktablari imtihonida javoblar qalamda yoziladi, ruchkada emas?JAVOB: Kecha, 7-iyul kuni yurtimizdagi Prezident maktablarida imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Bir necha yildan buyon bo‘ladigan ushbu imtihon jarayonlarida har yili ota-onalar nima uchun o‘quvchilar javoblarni qalamda bo‘yayotganiga qiziqishadi va buni hattoki korrupsiya alomati deb o‘ylashadi. Garchi har yili bunga tushuntirish berilsada, o‘ylaymanki, yana bir bor izoh berish zarar qilmaydi. Gap shundaki, Prezident maktablariga kirish imtihonlarini Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment tashkiloti o‘tkazadi. O‘zlari savol tuzadi, javoblarni ham o‘zlari yig‘ib oladi, o‘zlari tekshirib, natijalarini saytida chiqaradi. Javoblarni qalamda belgilash talabi aynan Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan qo‘yilgan. Biznikilar oladigan imtihonlarning barchasida ruchka ishlatiladi. ❓Nega qalam talabi qo‘yilgan? Chunki bu psixologlarning talabi va tavsiyasi. Ruchka ishlatish yosh bolalarning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, sababi xato qilib qo‘ysa, ruchkani o‘chirib bo‘lmaydi, bu esa bolalarda stressni keltirib chiqaradi, xato qilishdan qo‘rqib qoladi. Shu sababli nafaqat Britaniya, balki dunyoning ko‘plab davlatlaridagi maktablarda qalamdan foydalanish qabul qilingan. Ayniqsa boshlang‘ich sinflarda. Chunki qalam bolalarga erkinlik va xotirjamlik beradi. Agar xorij filmlariga e’tibor bersangiz, talabalar va hattoki katta yoshli insonlar ham ko‘pincha qalamda yozayotganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Umuman olganda bizda ham, hech bo‘lmasa, boshlang‘ich sinflarda qalamdan foydalanishga o‘tish kerak. Shunaqa madaniyatni shakllantirishimiz lozim. Ruchkani butunlay taqiqlash kerak. Xullas, ushbu jumboqning javobi shunaqa. Qalam ishlatishda qanaqadir korrupsiya yoki qing‘irlik maqsadi yo‘q. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
👍 3🤔 3
Photo unavailableShow in Telegram
#Tafakkur_qiling #Rangli_manga
🔣NIMA EKSANG, SHUNI OʻRASAN
👉Kanalimizga ulaning va doʻstlaringizga ulashing: 👉https://t.me/RMMMTSHB
Show all...
👍 5👏 1
#imtihon_2024 #Prezident_maktablari ⚡️Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tdi. 📊 Ma'lumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga jami 62 062 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, hududlar kesimida: 📍Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 3218 ta; 📍Andijon viloyatiga 6 844 ta; 📍Buxoro viloyatiga 2 897 ta; 📍Farg‘ona viloyatiga 7 017 ta; 📍Jizzax viloyatiga 4 212 ta; 📍Namangan viloyatiga 5 406 ta; 📍Navoiy viloyatiga 1 949 ta; 📍Qashqadaryo viloyatiga 4 941 ta; 📍Samarqand viloyatiga 5 988 ta; 📍Sirdaryo viloyatiga 2 384 ta; 📍Surxondaryo viloyatiga 4 906 ta; 📍Toshkent shahriga 3 753 ta; 📍Toshkent viloyatiga 3 907 ta; 📍Xorazm viloyatiga 4 640 ta ariza to‘g‘ri kelmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Show all...
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #Prezident_maktablari ❓PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI? ✅Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi. 1-bosqich kirish imtihonlari — matematika fanidan jami 30 ta topshiriqdan iborat test shaklida o‘tkaziladi. Masalalar murakkablik darajasiga qarab uch toifaga bo‘linadi: 1) 10 ta yengil darajadagi savollar (A toifa); 2) 10 ta o‘rtacha darajadagi savollar (B toifa); 3) 10 ta murakkab darajadagi savollar (C toifa).
⏱Eslatma, 1-bosqich imtihonlarida talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi. ❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #prezident_maktabi 📣📣📣📣📣 🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR UCHUN ESLATMA! 📌 Imtihonga kirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi: ➖ shaxsni tasdiqlovchi hujjat – tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi; ➖ http://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnoma. 🗣Imtihonlar 2 smenada – 08:00, 12:00da bo‘lib o‘tadi. 🗺 Andijon va Sirdaryo viloyatlarida 08:00, 12:00, 17:00da bo‘lib o‘tadi. Quyidagi hollarda talabgor imtihonga kiritilmaydi: ➖tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va http://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomasiz kelgan talabgorlar; ➖imtihon boshlanishi belgilangan vaqtdan kechikib kelgan talabgorlar. ✔️ Talabgor imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelishi shart. 📍Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.