en
Feedback
invictus

invictus

Open in Telegram

Disclaimer! Kanal diniy va siyosiy adovat qo'zg'atadigan postlardan yiroq holda qonunga zid bo'lmagan: kitoblar, shaxsiy qarashlar, hayotiy saboqlar, ilmiy (scientific research) maqolalardan olingan shaxsiy notlarni yozib borishni maqsad qildi.

Show more
1 371
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-7430 days
Posts Archive
Xammaga xayrli kech. Kanalda yetarlicha faol emasmiz.Taasubki buning boisi ayni dam kanal yuritish bizning prioritetlarimizdan biri emas bu shunchaki hobby. Shunday bo'lsada robbimiz qodir qilganicha bu kanal orqali ko'proq kitob ulashish rejalarimiz avvaldan mavjud.

"Hech qachon ketmaydi" deb o'ylagan insonimizni yo'qotib qo'yish judayam og'ir, lekin hali ham yonimizda bo'lgan insonlar uchun yashashda davom etishimiz kerak...

"Men hamisha o'zimni baxtiyor sezaman. Bilasanmi nega? Chunki men hech qachon hech kimdan hech narsa kutmayman. Kutish bu - azob. Hayot qisqa... Shunday ekan, o'z hayotingni sev... Hamisha kulib boq... Gapirishdan oldin tingla... Yozishdan oldin o'yla... Pulni sarflashdan oldin ishlab top... Arazlashdan oldin kechirishni bil... Og'ritishdan oldin his qil... Nafratlanishdan oldin sev... O'lishdan oldin yasha!
Shekspir

★ Odamlar yaxshiliklaringizning hammasini ham eslay olmasligi mumkin. Lekin Alloh ixlos bilan qilgan ishlaringizni ko'rib, hi
★ Odamlar yaxshiliklaringizning hammasini ham eslay olmasligi mumkin. Lekin Alloh ixlos bilan qilgan ishlaringizni ko'rib, hisoblab, (savobini)ko'paytirib turadi.

Ta’lim tizimining eng katta xatosi shundaki, u bolalarga biror narsani o‘rgatishda asosiy turtki sifatida qo‘rquvdan foydalan
Ta’lim tizimining eng katta xatosi shundaki, u bolalarga biror narsani o‘rgatishda asosiy turtki sifatida qo‘rquvdan foydalanishga intiladi. Past baho olish qo‘rquvi, sinfda qolib ketish qo‘rquvi va hokazo. Ta’lim masalasida qo‘rquvga nisbatan jonli qiziqish xuddi bayram xlopushkasiga nisbatan yadro portlashi kabidir.
Stenli Kubrik

★ Hech kim hech kimga hech narsa qarz emas - bu kattalar hayotining birinchi qoidasi. Ikkinchisi: har kim o‘zi uchun javobgar
★ Hech kim hech kimga hech narsa qarz emas - bu kattalar hayotining birinchi qoidasi. Ikkinchisi: har kim o‘zi uchun javobgar. Uchinchisi esa: sening baxt-saodating - yo‘q, qo‘lingda emas, - miyangda. Hayot ertak emas. U go‘zal va ajoyib, ammo haqiqiy jahannamga aylanishi ham mumkin. Hamma narsa insonga, uning istaklariga va maqsadlariga erishish yo‘liga bog‘liq.
Dana Delon «Uchayotgan yulduz»

★ Agar siz oʻz baxtingizga erishsangiz, unda doimo yodingizda tutingki, siz yaxshi yo'ldasiz va hech qachon bu yoʻldan toymagaysiz. Asosan, yolgʻondan qoching, har qanday yolgʻondan va ayniqsa, oʻz-oʻzingizga yolgʻondan. Oʻz yolgʻoningizga razm soling, uni har soat, har damda eʼtibordan qochirmang. Oʻzingizdan ham boshqalardan ham ranjish, hazar qilishdan saqlaning: ichingizda nimadir sizga nojoʻya koʻrinsa, siz shuni farqiga borganingizni oʻzi katta gap va koʻngil shu bilan tozalanadi.
"Aka-uka Karamazovlar"

O‘tkinchi effekti🧠 Kimsasiz ko‘chada ketyapsiz. Birdaniga ko‘chaning narigi boshida bir yigit yiqilib, tutuqanog‘i xuruj qila boshlaydi. Darrov yordamga shoshilasiz, shundaymi? 81 foiz holatda yordam berasiz. Ammo xuddi shu holatda ko‘chada sizdan boshqa o‘tkinchilar ham bo‘lsa, tutqanog‘i tutgan bemorga yordam berishingiz ehtimoli 35 foizga pasayadi. Bu psixologiyadagi “o‘tkinchi effekti” (bystander effect) bilan izohlanadi. Olomon ichida bo‘lganda odamning xatardagi boshqa odamga yordam ko‘rsatish ehtimoli tushib ketadi. Bunga uchta sababni ko‘rsatish mumkin: 🔵 Javobgarlik taqsimoti. Olomonning har bir a’zosi javobgarlikni o‘zidan soqit qiladi – men bemorga anavi erkak yordam ko‘rsatishi kerak, chunki u kuchliroq, deb o‘ylab turganimda, o‘sha erkak ham yordamni bu qiz ko‘rsatishi kerak, chunki u yoshroq, degan o‘y bilan o‘zini tinchlantirib turgan bo‘lishi ehtimoli yuqori. Natijada ikki tomon ham hech narsa qilmaydi. 🔵 Plyuralistik jaholat. Bu tushuncha individning boshqa individ o‘ylari haqida noto‘g‘ri fikrda bo‘lishini anglatadi. Ya’ni olomon a’zolari yuz ifodalari bilan xotirjamlik va befarqlikni ko‘rsatishga harakat qilishadi, bu bilan bir-birlarini noverbal tarzda tinchlantirishadi. 🔵 Uyat. Bu vaziyatda omma oldida chiqish qilishdan tortinish hissi ham o‘z rolini ko‘rsatadi. Bemorga yordam berish uchun ham to‘dadan ajralib chiqqan holda harakat qilish kerak. Ammo ko‘pchilikning qarshisida harakatlanishdan noqulaylik hissi bizni tortib turadi. To‘dada fikrlar o‘zgaradi Zigmund Freyd shaxs to‘da ichida bo‘lganda boshqacha fikrlashi va boshqacha his qilishini ta’kidlagan. To‘da a’zolari alohida ong va alohida sezgi orqali emas, balki to‘daning barcha a’zolarini birlashtirgan umumiy ong va umumiy sezgi asosida harakatlanadi. Misol, futbol. Bir jamoaning a’zolari bir-birlari bilan gaplashmasdan, imo-ishora qilmasdan, oldindan kelishmasdan turib muvofiq tarzda, bir-birining harakatlarini to‘ldirib ish ko‘radi. Chunki ular to‘da bo‘lib birlashadi, kollektiv organizm paydo bo‘ladi. Anonimlik To‘da ichida shaxslar anonim bo‘lgani (ya’ni qilingan harakat uchun bir kishi emas, to‘da javobgar bo‘lishi) uchun ham uning a’zolari har qanday javobgarlikdan xoli tarzda harakatlanadi. Lekin to‘da a’zolarining shaxsini aniqlashtirishga uringaningiz zahoti, to‘da kayfiyati ham, kollektiv organizm ham yo‘qoladi. Har kim inidvidual tarzda fikrlay va harakatlana boshlaydi. Deylik, fotoapparat taqqan yoki mikrafon ko‘targan odam to‘da ichiga kirib, odamlarning shaxsini so‘ray boshlasa, to‘da a’zolari to‘dadan ajralib chiqa boshlaydi. Yetakchiga ehtiyoj To‘da boshqarilishga ehtiyoj sezadi. O‘z ichidan yetakchi ajralib, yo‘l ko‘rsatishini istaydi. Yetakchi Siz yakka holda hech qachon qo‘llab-quvvatlamaydigan fikrni aytsa ham, bu fikrni to‘da tarkibida bo‘lganingizda bajonidil qabul qilishngiz mumkin. Chunki bu javobgarlikni yetakchiga to‘nkashga yordam beradi. Milgrem tajribasi Psixolog Stenli Milgrem to‘da/olomon qanday shakllanishini bilish maqsadida tajriba o‘tkazadi. U yollangan odamdan oddiy binoning oldida to‘xtab, binoga tikilib turishni so‘raydi (binoda g‘ayritabiiy hech narsa yo‘q edi). Ma’lum bo‘lishicha, bir kishi to‘xtab tikilib tursa, o‘tkinchilarning 4 foizi, 15 kishi tikilib tursa, o‘tkinchilarning 40 foizi ham to‘xtab, shu binoga tikilishni boshlagan. Binoga tikilib turganlar ko‘paygan sari, tikilib turishga qiziqib qo‘shilayotganlar soni ham oshib borgan. Qizig‘i, eng birinchi yollangan odamdan boshqa hech kim nega binoga tikilib turagnini bilmagan hatto. Bu to‘da kayfiyatini va o‘tkinchilarning bir-biriga qanchalik kuchli ta’sir ko‘rsatishini ifodalaydi.

★ Xudoyim navbati bilan jazolar, Hosidni hasrati bilan jazolar. Zarra havolangan dono mardini Nodonning suhbati bilan jazolar.
Mansur Jumayev

Lek taslim bo‘lish yo‘q Tizzamiz yerga tegib,bo‘ynimiz uzilib tushsa ham oxirigacha boramiz.Chunki depressiya hech qachon erkakka yarashmaydi. Haqqimmiz xalol bo‘lsin.

Bazida asablaring buzilib yuraging shunday eziladiki baqirsang tog‘lar qulaydi go‘yo.Kimgadir aytib yengillaging keladiyu lekin anglaysanki bu jangda yolg‘izsan. Na puling na kuching xal qila oladi.

“Qancha yutuqlarga erishganingni o'zingga tez-tez eslatib tur. Oldinga o‘tib ketganlar ko‘pdek tuyulsa, orqangda qolganlar undan ham ko‘proq ekanini o‘yla.”
Seneka

Chuqur tafakkur fikr yuritishdan farq qiladi. Fikr yuritish muayyan ma’lumotlarni qoʻlga kiritishni nazarda tutadi. Chuqur tafakkur esa ruhimizni tayyor mebel bilan toʻldirish uchun emas, balki poʻlatni eritib, qayta quygan misoli yangi fikrlarni ishlab chiqarish uchun zarurdir.
“Iroda tarbiyasi” Doktor Adham Bakar

★ Nafsga hokim boʻlish uchun eng shoshilinch chora ruhiyatimizda ulkan muhabbat va kuchli nafrat paydo qilishdan iborat. “Iro
Nafsga hokim boʻlish uchun eng shoshilinch chora ruhiyatimizda ulkan muhabbat va kuchli nafrat paydo qilishdan iborat.
“Iroda tarbiyasi” Doktor Adham Bakar

★ Haykaltarosh shoh asar yaratayotgan marmar nimalarni o‘ylaydi? U: "Meni uryaptilar, meni xarob qilyaptilar, parchalayaptila
★ Haykaltarosh shoh asar yaratayotgan marmar nimalarni o‘ylaydi? U: "Meni uryaptilar, meni xarob qilyaptilar, parchalayaptilar, ustimdan mazax qilinmoqda, men halok bo‘lyapman," deb o‘ylaydi. Ammo marmar nodon. Hayot meni shakllantirmoqda, u mendan mo‘jiza yaratmoqda. Men tushunmasam-da, barcha zarbalarga chidashim kerak. Bardosh berishim lozim. Hamma narsani xotirjamlik bilan qabul qilishim, unga ko‘maklashishim, o‘z ishini yakunlay olishi uchun u bilan hamkorlik qilishim darkor.
«Jan Kokto»

Bugun 72 yoshga kirgan bobomni soʻnggi manzilga kuzatdik. Bobom 1 yildan beri jigar serrozi bilan ogʻrir edi. Umrining oxirgi
Bugun 72 yoshga kirgan bobomni soʻnggi manzilga kuzatdik. Bobom 1 yildan beri jigar serrozi bilan ogʻrir edi. Umrining oxirgi bir haftasi davomida alahsirab faqatgina bitta gapni tinmasdan qaytarar edilar. U ham boʻlsa " men uyimga ketaman" der edilar. Albatta biz Allohnikimiz va albatta unga qaytguvchilarmiz. ( Baqara surasi 156 oyat)

Rejangiz ish bermasa, o'sha rejani o'zgartiring, maqsadni emas

“Oson hayot bizni zaiflik bilan jazolaydi: biror narsani qilmaslikka o‘rganib qolganimizdan keyin, uni qilishga qodir bo‘lmay qolamiz.”
«Seneka»

🌿 Qoʻlga kiritilgan narsaning lazzati, qadri oʻsha narsaga yetishmoq uchun tortilgan yoʻl zahmati bilan oʻlchanadi. Choʻlning changni yutmagan til, quyoshda qurib qaqshamagan lablar Zamzamning lazzatini bilmaydi. Umr boʻyi Ka'ba xayolini qurmagan, Ka'ba qadrini his etolmaydi. U holda avval yongin-ki suv seni qondirsin. Sogʻingin-ki, topganingda haqiqatdan uni topgan boʻlgin... - Mavlono Rumiy

★ Xudodan so'radim: "Seni tanimagunimcha jonimni olma" U javob qildi: "Meni tanigan aslo o'lmaydi" «Jaloliddin Rumiy»
★ Xudodan so'radim: "Seni tanimagunimcha jonimni olma" U javob qildi: "Meni tanigan aslo o'lmaydi"
«Jaloliddin Rumiy»