invictus
Open in Telegram
Disclaimer! Kanal diniy va siyosiy adovat qo'zg'atadigan postlardan yiroq holda qonunga zid bo'lmagan: kitoblar, shaxsiy qarashlar, hayotiy saboqlar, ilmiy (scientific research) maqolalardan olingan shaxsiy notlarni yozib borishni maqsad qildi.
Show more1 371
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-7430 days
Posts Archive
1 371
★
"O'lim hayotdagi eng katta yo'qotish emas. Eng katta yo'qotish – bu biz yashasagu, lekin ichimizda o'lgan bo'lsak"
1 371
★
Hamma gap — boshqarishni xohlamaslikda, javoblarga bog‘lanmaslikda, hech narsani kutmaslikda yoki umid qilmaslikda edi, shekilli. Shunchaki kuzatish, qadrlash — qo‘ldan kelganicha, yurakdan va imkon qadar tez-tez — mana shu edi aslida. Va shunchaki mavjud bo‘lishning o‘ziga rozi bo‘lishga harakat qilish… Faqat shu tufayli yashab qolganman, deb o‘ylayman. Yashashni istaganman, davom etishni xohlaganman, va ba’zida, shunchaki mavjud bo‘lishim ham menga yetarli bo‘lgan.
«The hidden story of every person»
1 371
10-raqamdagi komment egasi tasodifiy tanlandi xayrli qilsin.
@Xakimzada shu profilga karta raqam yuboring.
1 371
📒Anchadan buyon kanalda kitob kuponi bermabmiz.Vaqt va energiya inqirozi bu hammaning bugungi muammosi, hech birimizda yetarlicha vaqt yo‘q yoki vaqtga nazorat.
Bugun auditoriyamizda bir kishiga 100 000 so‘mgacha bo‘lgan istagan kitobi uchun kupon(pul) beriladi.
Komentda kanaldagi o‘zingiz yoqtirgan va foydali deb bilgan postni va o‘z izohingizni qoldiring.
@tafakkur_uzra
1 371
★
"Hammasidan qochib qutulishdan nima foyda? Go‘yoki g‘am-tashvishlarimiz bizni dengiz oshib quvib bormaydi! O‘lim qo‘rquvi kira olmaydigan qanday chekinish joyi bor? Eng yovvoyi tog‘larning bag‘rida qanday osoyishta maskan bor-ki, u yerdagi sukunatni og‘riq haqida o‘y buzmaydi? Qayerda yashirinsangiz ham, insoniy musibatlarning shovqin-suroni sizni qurshab oladi."
«Seneka»
1 371
★
Ikki holatda gapirish odat qil: yo nutqing mavzusini aniq mulohaza qilgan bo‘lsang, yoki biror narsa haqida gapirish zaruriyati tug‘ilganda; chunki faqat shu ikki holatda so‘zlash jim turishdan afzalroq, qolgan barcha hollarda esa gapirish o‘rniga sukut saqlash ancha ma’qul.
«Izokrat»
1 371
★
🌪 Ichki paradoks: nega odam o‘zini baxtli his qilsa-da, qandaydir norozilikni sezadi?
Bu holat ko‘pchilikda uchraydi va bu oddiy kayfiyat o‘zgarishidan ko‘ra chuqurroq psixologik va biologik asosga ega.
💡 Ilmiy tushuntirish: Dofamin va Serotonin o‘rtasidagi muvozanat
Odam miyasi ikki asosiy "baxt kimyoviy moddalari" orqali hissiyotlarni boshqaradi:
Serotonin – barqarorlik, xotirjamlik, ichki osoyishtalik bilan bog‘liq.
Dofamin – motivatsiya, yangilik izlash, maqsad sari intilish bilan bog‘liq.
Shunday holat bo‘lishi mumkin:
🧠 Serotonin darajasi baland – odam o‘zini baxtli, xotirjam his qiladi.
🔍 Dofamin darajasi esa past – natijada, odam ichida nimadandir norozilik paydo bo‘ladi. Go‘yoki “hammasi yaxshi, lekin nimadir yetishmayapti” degan tuyg‘u.
🧬 Psixologik tarafdan: bu "egulik bo‘linish" holati
Psixologlar bu holatni “cognitive dissonance” yoki “fikrlar ziddiyati” deb atashadi. Odam:
Hayotidan minnatdor,
Lekin ichki orzu yoki maqsadlaridan uzoqlashgan.
Bu esa zohiriy baxt va ichki norozilik orasidagi tafovutni keltirib chiqaradi.
Bu holat go‘yo quyoshli kun, lekin yuragingda soyadek to‘siq bo‘lishiga o‘xshaydi. Yuzingda tabassum, ammo qalbingda savol bor: “Shu yetarlimi?”
P/S: Aynan shuning uchun Dostoyevskiyning so‘zlari ko‘pchilik qalbida aks-sado beradi. Chunki u inson ruhiy olamidagi murakkablikni oddiy, ammo chuqur ibora bilan ifodalaydi.
1 371
★
Qanday odam ekanligimga kelsak, o'zimni shunday ifodalagan bo'lardim: “Men baxtli odamman, lekin nimadandir noroziman”.
«Fyodor Dostoyevskiy»
1 371
★
"Ba'zi kichik amallarni niyat kattalashtiradi. Ba'zi katta amallarni niyat kichiklashtiradi."
— Abdulloh ibn Muborak
1 371
★
Bir vaqtlar sen bo‘lgan va hali ham ichingda yashayotgan bolaning ovoziga quloq tutishing kerak. Ichimizda yashayotgan bolaga quloq solsak, ko‘zlarimiz yana nurga to‘ladi. Agar shu bola bilan aloqamizni yo‘qotmasak, hayot bilan bog‘liqligimiz ham uzilmaydi.
Gabriel Garsia Markes «Yolg‘izlikning yuz yili»
1 371
Eski do‘stlarni bir zumda yaratib bo‘lmaydi. Shuncha umumiy xotiralar, birga boshdan kechirgan og‘ir damlar, janjal-u yarashuvlar, qalb tug‘yonlaridan qimmatroq xazina yo‘q. Bunday do‘stlik uzoq yillar davomida shakllanadi. Eman ekib, tez orada uning soyasida panoh topishni orzu qilish bema’nilik.
Antuan de Sent-Ekzyuperi «Odamlar sayyorasi»
1 371
★
"Gulbarg ko'lga qo'ngandek asta,
Isming aytsam jimirlar yurak."
🌳 "Musofir daraxt"
✍ Muhammad Siddiq
* * *
- O'zing ayt, ey bandam, qanday yashading?
Mayli nomangga men nazar solmayman.
- Xudojon, men uni bir bor ko'rdimu,
Qolgan umrimni hech eslay olmayman...
* * *
Biram qattiq yopding, yurak eshigin,
Bilmadim, qay so'zim kelgandi malol.
Qiya ochiq qolsa, bu yuragimga,
Boshqalar ham kirarmidi, ehtimol.
* * *
Kuylaring biram mahzun,
Kuylaring biram og'ir.
Shalabbo bo'lib ketding,
Kel, uyimga kir, yomg'ir.
* * *
Onam mohir edi, xo'p chevar edi,
O'xshatar edi, qo'llarin gulga.
Negadir non yopsa, termulib tursam,
Bir-bir to'kilardi, kulchalar kulga.
Bilmadim ne hikmat mujassam bunda,
Onam hech etmagan bu hikmatni fosh,
Shunchalar otashga chidagan nonlar,
Nega nigohimga bermasdi bardosh.
Yillar o't qaladi, ishq tandiriga.
Bir kulcha yuz dilda hislar uyg'otdi.
Qachon ko'zlariga bilmayin boqdim,
Taqdir ikkimizni cho'g'larga otdi.
Endi menga odat, ko'zimni tiymoq,
Balki bu holimdan kimlardir kular,
Rosti bo'ylamayman tunlari ko'kka,
Qo'rqaman, to'kilar boqsam yulduzlar.
1 371
★
"...Yozmaganingizga qaraganda, ahvolingiz yaxshi boʻlsa kerak, koʻpincha insonlar yaxshi yashayotganlarida beparvo boʻlishadi, shunday boʻlsa siz uchun juda xursandman."
F. Kafka
"Milenaga maktublar"idan
