en
Feedback
invictus

invictus

Open in Telegram

Disclaimer! Kanal diniy va siyosiy adovat qo'zg'atadigan postlardan yiroq holda qonunga zid bo'lmagan: kitoblar, shaxsiy qarashlar, hayotiy saboqlar, ilmiy (scientific research) maqolalardan olingan shaxsiy notlarni yozib borishni maqsad qildi.

Show more
1 371
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-7430 days
Posts Archive
O‘zingni ayama, Beshafqat bo‘lgin. Joningga solib tur gohida burov. Shunda Topiladi Xoin bo‘laging - Unga rahm qilma, Qatl et darrov. O‘zingni ayama, Beshafqat bo‘lgin. Jang qil Bila turib Mag‘lubiyatni. Shunda Chekinadi Sotqin bo‘laging - Mavh et sharmandani, Mavh et uyatni. Mayda-mayda bo‘lma, Mudom butun bo‘l, O‘zingni o‘zingga qilmagin talosh. Bir tan bo‘l, Bir so‘z bo‘l, Bitta tugun bo‘l - Faqat bitta yurak, Faqat bitta bosh. Ammo kurashlarda qurbonlik rasm, Seni tashlab ketsa, Sen sevgan hayot, Ming bitta tobutda taning yotmasin Do‘stlaring ko‘targan Bir tobutda yot.
Usmon Azim

Soyabonsiz kezaman... tunni, Bezagandir tomchilar raqsi. Shunday lahza bir tomchi yomg'ir, Boʻlib qolsang qanchalar yaxshi.
Soyabonsiz kezaman... tunni, Bezagandir tomchilar raqsi. Shunday lahza bir tomchi yomg'ir, Boʻlib qolsang qanchalar yaxshi.

“Inson boshiga osmon qulab tushsa ham, yashashga urinadi, lekin bu yashash emas — omon qolishdir. Bu hayotda esa insonlik asta-sekin so‘nadi...”
Falastin: Agar oʼlishim lozim boʼlsa...

Havolar qanday sizlarda? Bizda musson yomg'irlari boshlandi. Bir necha hafta davom etadi.🌧️
Havolar qanday sizlarda? Bizda musson yomg'irlari boshlandi. Bir necha hafta davom etadi.🌧️

Kimdadir anonim savol yoki takliflar bo'lsa bu yerda qoldirishingiz mumkin. https://t.me/anonimsavol_bot?start=e7e007f1607c40

O'tkan hafta Hazratimizni Iymon kitoblari uchun kupon ulashdik . Bu hafta qaysi kitob ulashishimizni taklif qilasizlar? https://t.me/tafakkur_uzra

O'tkan hafta Hazratimizni Iymon kitoblari uchun kupon ulashdik . Bu hafta qaysi kitob ulashishimizni taklif qilasizlar?

Sevmasa berganing gul befoyda do'st, Bilmasa Robbini qul befoyda do'st, Har kimsa turfa yo'l tanlab ketmoqda, Bormasa Allohga
Sevmasa berganing gul befoyda do'st, Bilmasa Robbini qul befoyda do'st, Har kimsa turfa yo'l tanlab ketmoqda, Bormasa Allohga yo'l befoyda do'st.

#mushohada Donishmanddan soʻrabdilar: — Nima uchun kambagʻal odam boydan koʻra samimiyroq-sahiyroq boʻladi? — Derazadan qara-kimni koʻryapsan? — Bolakaylar oʻynab yurishibdi. — Koʻzguga qara kimni koʻryapsan? — Oʻzimni. — Koʻrdingmi, ikkisi ham shishadan yasalgan. Ammo biriga ozgina kumush qoʻshilsa, faqat oʻzingni koʻra boshlaysan... Umar Xayyom "Koʻzgu haqida masal"

★ Hayotning 5 ta qiziq qonuni 1. Merfi qonuni. Nimadandir qo‘rqsangiz, o‘sha narsa sodir bo‘lish ehtimoli ko‘proq bo‘ladi. 2.
★ Hayotning 5 ta qiziq qonuni
1. Merfi qonuni.
Nimadandir qo‘rqsangiz, o‘sha narsa sodir bo‘lish ehtimoli ko‘proq bo‘ladi.
2. Kidlin qonuni.
Muammongizni aniq-tiniq yoza olsangiz, uni hal qilish yo‘liga allaqachon tushgan bo‘lasiz.
3. Gilbert qonuni.
Ishdagi eng katta muammo shuki, sizga hech kim nima qilish kerakligini aniq aytmaydi.
4. Uolson qonuni.
Doimo axborot va aqlni birinchi o‘ringa qo‘ysangiz, pul sizga o‘zi kelaveradi.
5. Foklend qonuni.
Qaror qabul qilish shart bo‘lmasa, qaror qabul qilmang.

★ Agar mendan necha marta hayolimga kelganingni so'rasang, "Bir marta" deb javob beraman. Chunki, bir marta keldingu hech qachon ketmading...
«Mahmud Darvish»

3-raqamdagi izoh egasi tasodifiy tanlandi @Xakimzada ga karta raqam yuboring.

​​"Inson ongini arxivlash(klonlash) - bu texnologik yutuq emas, balki ontologik halokat(mi?)!"
Dastlab ilmiy-fantastik "Sci-fi" sifatida inson ongi, xotira va hissiy yo'qotishlarni texnologik yutuqlar natijasida tiklashga urg'u berish asnosida gavdalansada, aslida film bu kabi urinishlarni inson ongiga ontologik tahdid ekanligini tushuntiradi. Jumladan, o'limni yengish istagi, hayotni anglash qobiliyatini yo'qotishga olib keladi. Quyida film savol ostiga qo'ygan mavzular haqida qisqacha:
1. Inson ongi va uning simulyatsiyasi: shaxsiyat murakkab, uni kodlar orqali klonlash imkonsiz.
Filmda yaratilgan uchta prototip - shunchaki texnik qurilmalargina emas. Ular - inson xotirasining, uning ongidagi tasvirlarning simulyatsiyasi. Biroq, bu xotiralar Hans Gadamer ta'kidlagani singari kontekstsiz ajralgan bo'lib, Heidegger'ga ko'ra, o'z "asl mavjudligi"dan uzilgan ongning soyasidir. Shu asnoda film bu kontekst yuzasidan bir savolni o'rtaga qo'yadi: agar ongni, asliyati singari prototipini tiklasak, haqiqat ham shu kontekstda mavjud bo'ladimi? Yoki bu shunchaki haqiqatni niqoblash uchun o'zimiz yaratgan yolg'on bo'lib qolaveradimi?
2. J2 - "yetarli bo'lmaslik" natijasida vujudga kelgan insoniy ko'rinish.
Shu paytgacha robotning o'limi ko'z yoshga sabab bo'ladi deb o'ylab ham ko'rmagandim. Biroq, J2 oddiy prototipgina emas, insoniy hislatga insondanda ko'proq ega bo'lgan va shu bilan birga inson bo'lmagan mavjudot. U hissiyotlarga ega va aynan shu uni o'limga yetaklaydi. Bu ontologik jihatdan o'zini yo'q qilish, ya'ni mavjudlikning o'zini o'zi rad etishidir. Buning sababi J2 hissiyotlarni his qila olishi va o'zini ham his qilishlarini xohlaydigan "shaxs"ga aylanganligida aks etadi.
3. Yakun - voqealikni butkul inkor etgan ongning sirtki shakli.
Yakun shunchaki voqealar zanjiri bilan tugamaydi(bu xuddi "Memento" kabi). Aksincha, film so'ngida umid bilan qurilgan yolg'on makon aks etadi. Qahramon o'z makonida o'ziga tasalli beradi, sevgan insonlarini saqlab qolgani va ongning tiklanishiga ishonch hosil qila boshlaydi. Lekin, bu ko'zgu ichidagi "ko'zgu" bo'lib chiqadi. Bu simulyatsiyada qanchalik g'alati bo'lmasin, ongning o'zi, o'zini unitishga uringanini kuzatish mumkin. Shu bois ham film - "twist" kabi emas, balki epistemologik portlash bilan yakun topadi. Bu qism bizga aynan usha ritorik tushuncha - "bilganing sayin haqiqatdan uzoqlashasan"ni uqtiradi.
4. Bilim va xavfsizlikka oid illuziya.
Voqealar mazmuni ochiqdan-ochiq ishora qiladi-ki, bilimga ega bo'lish nazorat qila olish imkonini bermaydi. Aksincha, bilim seni o'z ongingdagi turli simulyatsiyalarga bo'ysindiradi yoki ishontiradi. Xuddi shu kabi, texnologik nazorat ortishi xavfsizlikning zaiflashishiga olib keladi. "The conversation" haqidagi postda ta'kidlangani singari, bilim - bu kuch emas, ma'suliyat. Xavf - tashqi emas, ongning simulyatsiyasi.
5. Metafizik haqiqat.
"Archive" dagi asosiy g'oya - insonning o'z mavjudligini texnologik yutuq orqali saqlab qolishga bo'lgan umidsiz urinishidir. Shu asnoda, xotirani saqlab qolish - real hissiyot bilan asoslanadigan tuyg'uni, ongni tiklash esa mavjudlikni qaytarmaydi. Inson "qayta yaratishga" qanchalik urinmasin, aslida u "yo'qotish haqiqati"ni rad etadi. Va bu rad etish o'zining halokatiga yetaklaydi. Texnologik yutuqlar - insoniyatga o'lim ustidan g'alaba keltirmaydi, aksincha o'limni tan olishdan bosh tortishga olib keladi. Bu esa tom ma'noda insonning ontologik halokatiga sabab bo'ladi. Umumiy xulosaga binoan, "Archive" - ilmiy-fantastika emas, falsafiy san'at asari. Filmda real voqelikdan ko'ra, inson ruhining eng chuqur savollariga berilgan eng shavfqatsiz javoblar yashiringan. "Archive" shunchaki tomosha qilinmaydi, unda o'z ongini aldashga uringan insonning ichki diologlariga nafaqat quloq solinadi, balki uning hissiyotlari his qilinadi...

Mening yaratuvchim | Arxiv Archive (2020)

Qoʻlga tushgan oʻgʻri aytadi: – Allohga qasamki, bungacha biror marta oʻgʻirlik qilmaganman. Umar ibn Xattob shunday deydi: – Yolgʻon gapiryapsan. Alloh hech bir bandasini birinchi gunohidayoq fosh qilmaydi.

Bugun kanalimizda haftaning kitob ulashish kuni.(shanba kuni qilmoqchi edim ulgirolmadim) O'zingiz o'qigan kitoblarning birortasidan parcha yozib qoldiring g'olib tasodifiy tanlanadi.

Kunlarimiz qisqara boshladi. Bu esa kuzdan nishon Kuz kelsa qishdan darak. Tong quyoshi juda sokin va kishiga zavq beradi bun
Kunlarimiz qisqara boshladi. Bu esa kuzdan nishon Kuz kelsa qishdan darak. Tong quyoshi juda sokin va kishiga zavq beradi buning xissi o'zgacha.
Quyoshdan avval turadiganlarga salom bo'lsin.

Koʻp gapirma... Kamroq soʻylaki, ishimiz oldinga siljisin. Oz soʻylaki, Haqqa qarshi yanglish kalom chiqmasin... Sukut koʻnglim. Bir alif miqdoricha sukut... Bahorga oz qoldi. Chida koʻnglim. Dengizdagi koʻrinmas toʻlqinlarga oʻxshaydi qalbing, bilaman. Kutishdan boshqa choramiz boʻlganida, seni toʻxtatmasdim, ishon menga. Lekin boshqa choramiz yoʻq... Unutmaki, dori ham kuttirib taʼsir qiladi, hatto gul ham vaqtidan avval ochilmaydi. Sukut koʻnglim... Bu qish bahorga doʻnguncha. Bu kecha kunduzga aylangunicha. Uzoq yoʻllar yaqinlashgunicha... Bu tashvishning ortidan farogʻat kelgunicha. Va yuzimiz diydor yoshlari bilan namlangunicha... Sukut koʻnglim... Seni sendan ham yaxshi bilgan Robbingning hukmi voqeʼ boʻlgunga qadar. Sening nasibing senga kelguni qadar... Erishmaganlaring sening nasibing emasligini bilganing qadar sukut qil...
Jaloliddin Rumiy

Haqiqiy erkaklarni soliha onalar yetishtiradi Imom Ahmad ibn Hanbal rahimahulloh onalari haqida bunday deganlar: «Onam menga Qur'onni o‘n yoshimda yodlatgan. U kishi meni bomdod namozidan oldin uyg‘otar, Bag'dodning sovuq kechalarida tahoratim uchun suvni isitib berar, kiyimlarimni kiydirib, so‘ngra masjid uyimizdan uzoqda joylashgani va yo‘l qorong‘i bo‘lgani uchun o‘zi masjidga olib borardi».
Xilol jurnalidan

Ertadan boshlab inshaalloh Har hafta shanba kunlari bittadan kitob tarqatishni yo'lga qo'yamiz. Hozircha bittadan nasib bo'lsa qodir bo'lsak yanada ko'paytiramiz. Albatta bundan asosiy maqsad qurbimiz yetganicha sadaqai joriya qilish-ki toki bu kitoblar yo'q bo'lib ketgunigacha bizga har bir o'qilgan misradan savob borib tursin. Shuningdek oz bo'lsada jamiyatning manaviy boyligiga xissa qo'shishdek kichik bir umidimiz ham yo'q emas.