en
Feedback
invictus

invictus

Open in Telegram

Disclaimer! Kanal diniy va siyosiy adovat qo'zg'atadigan postlardan yiroq holda qonunga zid bo'lmagan: kitoblar, shaxsiy qarashlar, hayotiy saboqlar, ilmiy (scientific research) maqolalardan olingan shaxsiy notlarni yozib borishni maqsad qildi.

Show more
1 371
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-7430 days
Posts Archive
”Oʻzingizni asrang“ deydilar... ”Oʻylamang“, deydilar... ”Hayajonlanmang“,deydilar... Oʻylamaslik mumkinmi?Oʻylamaslik uchun odam aql oʻrniga bir tovoq qatiq koʻtarib yurishi kerak-ku... Hayajonlanmaslikning iloji bormi?Hayajonlanmaydigan odam yurak oʻrniga koʻksiga mushtdek tosh solib yuradi-ku... ...Tafakkur degan nurli,hayajon degan mungli ne'matni ato etgani uchun Yaratganga shukronalar boʻlsin!
«Daftar hoshiyasidagi bitiklar»

Toshni maydalab, qumga aylantirish uchun bir daqiqa kifoya. Ammo qumni toshga aylanishi uchun ming yil kamlik qiladi.Do'stlik ham shunga o'xshaydi.
«Daftar hoshiyasidagi bitiklar»

Chumoli chumolini o‘ligini tashiydi. Biya qulunidan ko‘z uzmay o‘tlaydi. Oqibat faqat odamlarda yetishmaydi. Yer odamni boqadi. Kiyintiradi. Odam esa uni bir kunda sahroga aylantiradi. Suv odamning mardikori: hosil beradi, tegirmon yurgizadi. Odam uni o‘ylamaydi. Dunyodagi hamma narsa odamga yaqinlashishi bilan o‘zligini yo‘qotadi. 📖 "Osmonning oxiri" kitobidan @bukitobqancha

Zeigarnik effect
1920-yillarda, rus psixologi Bluma Zeigarnik (Kurt Levining shogirdi) Vena shahridagi kafeda o‘tirgandi. U ofitsiantlarning hali berilmagan buyurtmalarni juda yaxshi eslab qolishini payqadi. Ular bajarilayotgan har bir buyurtmaning tafsilotlarini aniq eslab qolishardi. Biroq, buyurtmalar bajarilib, berilgach, ofitsiantlar bu tafsilotlarni deyarli darhol unutib qo‘yishardi. Zeigarnik nima uchun bunday bo‘lishini tushunishga qiziqib qoldi. U shunday xulosaga keldi: tugallanmagan vazifalar ongda ma’lum bir ruhiy taranglik hosil qiladi va bu ularni xotirada saqlab turadi, tugallangan vazifalar esa bunday e’tiborni talab qilmaydi va tezda unutiladi. Buni sinab ko‘rish uchun Zeigarnik bir qator tajribalar o‘tkazdi. U ishtirokchilarga turli vazifalar berdi, lekin ba’zi vazifalarni bajarish jarayonida ularni to‘xtatdi, boshqalarini esa tugallashga ruxsat berdi. Keyin u ishtirokchilardan vazifalar tafsilotlarini eslashlarini so‘radi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ishtirokchilar tugallanmagan vazifalarni tugallangan vazifalarga qaraganda ikki baravar yaxshiroq eslab qolishgan.

19- raqam tanlandi. @Xakimzada ga karta raqam yuboring

18:00 da g‘ildirakni aylantiramiz

Bugungi kuningiz xayrli va barokatli bo'lsin do'stlar. Izohlarda kimgadir manfaatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan kinodan xayotdan yoki kitobdan parcha qoldiring. Tasodifiy tanlangan kishiga Qur'on qalblar shifosi kitobini #ulashamiz .

Xayrli kech azizlar. Odatimizga ko‘ra ertaga shanba kitob ulashamiz, avvalgi safar "Tafakkur qilmaysizmi" kitobini ulashgan edik. Bu safargi variantlar: 1.Qur'on qalblar shifosi 2.Turkiston qayg‘usi 3.Maxzun bo‘lma

Azroildan qo‘rqqan odam  Bir kuni Hazrati Sulaymon, alayhissalom, do‘stlari bilan birga o‘tirar edilar. Hazrati Azroil, alayhissalom, kirib o‘tirganlardan biriga diqqat bilan boqdilar. U odam Azroilning, alayhissalom, bunday boqishlaridan juda qo‘rqib ketdi. So‘ngra Hazrati Sulaymonga:  — Ey Payg‘ambarim, menga yordam qiling, haligina Azroil menga qattiq tikilib qaradi. Mening jonimni oladi chog'i, — dedi.  Sulaymon, alayhissalom, undan:  — Xo‘sh, nima qilayin? Mendan nima istaysan? — deb so‘radilar.  — Shamolga amr bering, meni Hindistonga eltib tashlasin. Shoyad Azroilning panjasidan qutulib qolsam... — dedi.  Sulaymon, alayhissalom, uning istagini bajo keltirdilar. Shamolga buyurib, uni Hindistonga jo‘natdilar. Ertasi kuni Azroil yana ko‘rishmoq uchun Sulaymon, alayhissalom, huzurlariga keldi. Suhbat davomida Hazrati Sulaymon:  — Kechagi odamga tikilib qaramoqning boisi nima edi? — deya so‘radi.  Azroil esa:  — Chunki Alloh taolo menga bu odamning jonini Hindistonda olishni amr etgan edi. Uni bu yerda ko‘rib, juda hayron qoldim. Allohning amrini yanglish anglamadimmikan, deya hayratlandim. Shu bois unga diqqat bilan boqqan edim. Buyruqni to‘g‘ri anglagan ekanman. Oradan biroz o‘tib, Hindistonga bordim. Uni o‘sha yurtdan topib, jonini oldim. 
"Masnaviy" Jaloliddin Rumiy

O’zimizning tarix siz uchun qiziqmi? 1. ''Yonayotgan Buxoro'' Yavuz Bahodiro'gli. 2. ''Alvido Buxoro'' Yavuz Bahodiro'gli. 3. ''O'tkan kunlar'' Abdulla Qodiriy. 4. ''Mehrobdan chayon'' Abdulla Qodiriy. 5. ''Alvido Vatan'' A'zam Hoshimiy. 6. ''Kafansiz ko'milganlar'' Shukrullo. 7. ''O'tmishdan ertaklar'' A. Qahhor. 8. ''Qutlug'qon'' Oybek. 9. ''Kecha va Kunduz'' Abdulhamid Cho'lpon. 10. ''Sarob'' A. Qahhor. 11. ''Sinchalak'' A.Qahhor. 12. ''Ikki eshik orasi'' O’. Hoshimov. 13. ''Dunyoning ishlari'' O'tkir Hoshimov. 14. ''Lolazor'' Murod Muhammad Do'st. 15. ''Otamdan qolgan dalalar'' Tog'ay Murod. 16. ''Ufq'' Said Ahmad. 17. ''Qasoskorning oltin boshi'' Xudoyberdi To'xtaboyev. 18. ''Tushda kechgan umrlar'' O'tkir Hoshimov. 19. ''Madaminbek qo'rboshi'' Baxtiyor Abdug'ofur. 20. ''Kazbek'' Baxtiyor Abdulg'ofur. 21. ''Oltin zanglamas'' Shuxrat. 22. ''Yoqotganlarim va topganim'' Said Ahmad. 23. “Turkiston qayg’usi” A. Sog’uniy O’zligini o’rganmaslik, o’qimaslik fojeadir!

Ularga faqat raqamlar qiziq... — Kattalarga: "Men juda chiroyli uy ko'rdim: qizil g'ishtli, derazalari atirshox bilan o'ralga
Ularga faqat raqamlar qiziq... — Kattalarga: "Men juda chiroyli uy ko'rdim: qizil g'ishtli, derazalari atirshox bilan o'ralgan, tomlari havorang, juda ajoyib uy...", - deb emas, "Men 100ming franklik uy ko'rdim", deyishning o'zi kifoya. Shunda ular hammasini tushunadi va "Naqadar ajoyib go'zallik, zo'r uy ekan", deyishadi. — Kattalar raqamlarni yaxshi ko'rishadi. Agar ularga yangi do'sting haqida gapirsang, do'stingning ovozi, uni qaysi o'yinni yaxshi ko'rishi, kapalak tutishni bilish-bilmasligi umuman qiziqtirmaydi. Ular darrov: "Do'sting necha yoshda? Aka-ukalari nechta? Og'irligi qancha? Otasining oyligi qancha?", deb so'rashadi. Savollarga javob olingach, do'stingni tanigandek bo'lishadi...
«Little Prince»

★ Prust anketasi - bu shaxsning shaxsiyati va afzalliklarini ochib berishga mo'ljallangan savollar to'plami. Bu savollarga birinchi marta yoshligida javob bergan frantsuz yozuvchisi Marsel Prust nomi bilan atalgan.Keyinchalik u xuddi shu kundalik anketani do‘sti Antuanetta Farega beradi. Fare Prustning bo‘lajak biografi sifatida anketani saqlab qo‘yadi va Prust o‘limidan bir-necha yil o‘tib e’lon qiladi. Yevropa va jahonning bir qancha mashhur yozuvchilari mazkur anketaga javob yozishgan. Keyinchalik bu savollar jamlanmasi adabiyot tarixiga «Prust anketasi» nomi bilan kiradi. Quyida ushbu jamlanmadagi savollarni keltirib o‘tdik. 1. Sizni eng ko‘p nima xafa qiladi? 2. Qayerda yashashni istardingiz? 3. Hayotingizdagi eng baxtli lahzani ayta olasizmi? 4. Qanday xatolarni ikkilanmay kechirib yubora olasiz? 5. Siz yaxshi ko‘rgan ayol personaj? 6. Siz yaxshi ko‘rgan erkak personaj? 7. Tarixdagi siz yaxshi ko‘rgan qahramonlarni ayta olasizmi? 8. Real hayotda siz eng hurmat qilgan ayol? 9. Siz ijodini sevgan rassom kim? 10. Siz ijodini sevgan musiqachi yo bastakor kim? 11. Bir erkak sizningcha qanday bo‘lishi kerak? 12. Bir ayol sizningcha qanday bo‘lishi kerak? 13. Siz eng sevgan hislat? 14. Qaysi ishni bajarayotganda o‘zingizni baxtli his qilasiz? 15. Ayni dam kimning o‘rnida bo‘lib qolishni istardingiz? 16. Do‘stlaringizda qanday hislat va fazilatlar bo‘lishini xohlardingiz? 17. Eng katta nuqsoningizni ayta olasizmi? 18. Yaxshi ko‘rgan rangingiz qaysi? 19. Siz sevgan gul turi? 20. Siz sevgan qush turi? 21. Qaysi yozuvchining ijodini yaxshi ko‘rib o‘qiysiz? 22. Qaysi shoirning ijodini yaxshi ko‘rib o‘qiysiz? 23. O‘zingizda bo‘lib qolishini orzu qilgan g‘ayritabiiy iste’dod turi bormi? 24. Qanday o‘lishni istagan bo‘lardingiz? 25. Hayotdagi shioringiz? 26. Ayni hozir ruhiy holatingiz qanday? Manba: en.wikipedia.org/wiki/Proust_Questionnaire
Marhamat siz ham bu savollarni o‘qib ularga javob berishingiz mumkin

Hech kim etibor bermadi axir 4 raqami tanlandiku.

Kim qaysi oyda tugʻilgan?
Bunga koʻra, oylarning sof oʻzbekcha nomlari keltirilgan.Quyida oylarning oʻzbekcha nomlari: Oʻchoq - Yanvar Soba - Fevral Koʻklam - Mart Chechak - Aprel Yelvizak - May Kunqizar - Iyun Kunyonar - Iyul Domizliq - Avgust Kuzak - Sentyabr Oʻrim - Oktyabr Yigʻim - Noyabr Qozon - Dekabr
Xoʻsh, siz qaysi oyda tugʻilgansiz?

3-raqamdagi izoh egasi tasodifiy tanlandi @Xakimzada ga karta raqam yuboring.

Xammaga xayrli kech, Ruxingiz va qalbingiz sog' omonmi? Bugun shanba odatimizga ko'ra kitob ulashamiz, tanlagan kitobimiz Tafakkur qilmaysizlarmi? kitobi. Ega bo'lish uchun izohlarda o'zingiz yoqtirgan parchani keltiring kitobdan kinodan va hokazo. Tasodifiy tarzda bir kishi tanlanadi. @tafakkur_uzra

photo content

Ertaga qaysi kitobni ulashamiz? Iymon. Ulammolar nazdida vaqtning qadri. Tafakkur qilmaysizlarmi. Which one?

#xotiralar
Eh o‘sha yoshlik Svet o‘chiq Ko‘zlar ochiq Oila davrasida uzoq suxbatlar bo‘ladigan hamma bir birini eshitadigan hamma jam ajib davrlar edi.

Men shoir tabiat yoki adabiyotshunos emasman. Ammo baribir, hayotning ayrim onlarida qalb gohida bir kitobga, gohida bir maru
Men shoir tabiat yoki adabiyotshunos emasman. Ammo baribir, hayotning ayrim onlarida qalb gohida bir kitobga, gohida bir maruzaga, ba'zida esa she'rga yoki musiqaga intiladi. Ular ayni vaqtdagi xissiyotlarimizga qarab bizni o'ziga tortadi, ba'zan yuragimizdagi ogʻirliklarni yengillashtiradi. Ba'zan shunchaki bir satr, bir ohang yoki bir fikr insonni tinchlantiradi, ichimizdagi charchoqni forig‘ qiladi. Go‘zal so‘z qalbni iliqlik bilan to‘ldiradi, chuqur fikr esa ruhni yuksaltiradi
Konfutsiy