Rizayev | History📒🖊️
Open in Telegram
Kаналда: ✅ мавжуд сиёсий янгиликлар ✅ тарихий манба ва китоблар ✅ тестлар ✅ матнли постлар ✅ видеороликлар (Каналдан озгина бÿлса хам илм олсангиз Аллохдан денг, биз сабабчи холос) Гурух: https://t.me/history_ig Канал админи: @rizayev_x
Show more235
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-630 days
Posts Archive
Repost from Xushnudbek.uz
Imtihon natijalari (mandat) ertaga, 15-avgust — shanba kuni soat 08:00 da e’lon qilinadi. Buni tekshirish maqsadida tegishli mas’ullar bilan bog’landim, ular ushbu ma’lumotni tasdiqlashdi.
👉 @xushnudbek 👈
Haqiqiy qo'l bilan ushlab, hisoblab ko'rsa bo'ladigan natija xohlasangiz haqiqiy harakat qilishingiz kerak.
Eng yomoni haqiqiy harakat doim yoqimsiz — nimanidir takrorlash kerak, nimanidir ko'rish kerak, o'qish kerak, o'ylash kerak.
Yotib orzu qilib, amalga oshirib bo'lmaydi.
Mana shu joyida odamlar o'zi bilan o'zi kelisha olmaydi.
Shuni hisobiga real natija ko'pchilikda yo'q.
Ingliz tili o'rganmoqchi bo'lganlar uchum ajoyib ustoz.
Shaxsan taklif qilaman.
Murojaat uchun:
@FirdavsPrime_Minder
📌 HAFTALIK DARS TIZIMI
🗓Boshlanish sanasi: 10-avgust, Dushanba
Taxminiy yakun : 31th September
Yangi haftalik dars tizimi quyidagi tartibda olib boriladi:
MONDAY — DUSHANBA
📘Grammar
🎧Listening tactics + exercises
✍️Writing
🔖Weekly Vocabulary
⚠️Dushanba kuni berilgan Writing — Seshanba kuni tekshiriladi.
TUESDAY — SESHANBA
🔵Grammar Review
📖Reading
🗣️Speaking Vocabulary / Useful Words
✍️Writing Check
WEDNESDAY — CHORSHANBA
🎧Listening Practice
🧠Listening Tactics Vocabulary
🗣️Full Speaking Practice
🔖Weekly Vocabulary
THURSDAY — PAYSHANBA
📘Grammar
🎧Listening Tactics + Exercises
✍️Writing
⚠️Payshanba kuni berilgan Writing — Juma kuni tekshiriladi.
FRIDAY — JUMA
🔵Grammar Review
📖Reading
🗣️Speaking Practice
✍️Writing Check
SUNDAY — YAKSHANBA
📊WEEKLY PROGRESS TEST
Time: 10:00
Location: 4th room, 2nd floor
Hafta davomida o‘tilgan:
• Grammar
• Vocabulary
• Reading
• Listening
• Writing
• Speaking
bo‘yicha umumiy haftalik nazorat olinadi.
⚠️Har bir dars keyingi dars bilan bog‘liq. Shuning uchun vazifalarni o‘z vaqtida bajarish, vocabulary’ni muntazam yodlash va dars qoldirmaslik majburiy.- Maqsad — shunchaki mavzu o‘tish emas, har hafta aniq progress qilish. 📘 @prime_minder Easy English and systematic learning process.
⚠️Bugun yo’nalish tanlashning oxirgi kuni!
👀Yo‘nalish tanlash uchun 12 soat-u 45 daqiqa vaqt qoldi. Bugun soat 23:59 ga qadar abituriyentlar o‘zlari tanlagan fanlar majmuasiga mos yo‘nalishni tanlashlari mumkin✔️
Ushbu muddat davomida yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi, ya’ni ular o‘qishga kira olmaydi. Necha ball olgan bo‘lishidan qat’i nazar.
To’g’ri, o’tgan yili yo’nalish tanlamaganlar uchun mandatdan keyin yana bir bora imkon berilgan, lekin unda istalgan yo’nalishni emas, balki faqat kvotasi to’lmay qolgan yo’nalishlarnigina tanlash mumkin bo’lgan edi.
Iltimos, yana bir bor yaxshilab qayta tekshirib ko‘ring. Yo‘nalish tanlaganingizga ishonchingiz komil bo‘lsin.
Shuningdek, bugun soat 23:59 ga qadar tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirish ham mumkin. Faqat imkoni bo‘lsa, o‘zgartirishni vaqt kam qolganda amalga oshirmang. Odam ko‘pligidan serverda texnik muammo chiqsa, siz uchun kutilmagan yoqimsiz holat bo‘lishi mumkin. Barchasini vaqtliroq hal qiling.
Barchaga omad‼️
Repost from N/a
⚠️Abituriyentlar uchun maxsus💡
Barcha universitetlar kesimida TARIX yo'nalishi, kunduzgi va kechki ta'lim shakllari uchun 2025-yil kirish ballari‼️
Tarix yo'nalishiga topshirmoqchi bo'lgan abituriyentlar uchun maxsus tayyorlandi✔️
Yana qaysi yo'nalishlar bo'yicha o'tish ballarini joylashimizni xohlaysiz❓
👉 @rizayev_x
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube
❗️Abituriyentlarning to’liq ro’yxati va egallagan o’rnini ko’rish imkoniyati ochildi
Buning uchun mandat.uzbmb.uz saytiga kirib, “Kengaytirilgan qidiruv” sahifasida kerakli fanlar majmuasini tanlash kerak.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Тезкор Хабарлар
Ўзбекистонда зилзила содир бўлди.
Вақти: 31.07.2026, 16:13
Магнитуда: 2,8 | Чуқурлиги: 5 км
Эпицентр: Тошкент вилояти, Зангиота тумани (Тошкентдан 11 км шимоли-ғарбда)
Координаталари: 41,32° N, 69,11° E
Сезилиш кучи ва масофа:
- Учтепа тумани: 3 балл (6 км)
- Шайхонтоҳур, Чилонзор туманлари: 2–3 балл (8–9 км)
- Олмазор, Зангиота, Тошкент шаҳри, Яккасарой, Сергели, Миробод, Юнусобод туманлари: 2 балл (10–15 км)
👉 @TEZKORXABARLAR
Repost from N/a
📣 ZIYO EDUCATION o‘z jamoasiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qituvchilarini ishga taklif etadi:
Yo‘nalishlar:
🔬Biologiya
🧪Kimyo
➗Matematika
🇺🇿Ona tili
🇷🇺Rus tili
🇰🇷Koreys tili
🇩🇪Nemis tili
🇹🇷Turk tili
Biz sizdan kutamiz:
• Tegishli yo‘nalish bo‘yicha bilim va tajriba
• Dars o‘tish ko‘nikmasi va zamonaviy yondashuv
• O‘quvchilar bilan ishlashda sabr-toqat va mehr
• Kamida 1 yil ish tajribasi (afzal)
Biz taklif qilamiz:
🔂 Doimiy va barqaror ish o‘rni
🔂 Raqobatbardosh oylik maosh
🔂 Zamonaviy, shinam dars xonalari
🔂 Doimiy o‘sish va o‘qituvchilar uchun treninglar
Batafsil ma’lumot olish uchun:
☎️ 994755252
@ziyo_admin1
🏦 Manzil: Guliston shahar sayhun ko’chasi
📍LAKATSIYA
📱Telegram | 📱Instagram
Repost from Xushnudbek.uz
❗️O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi 2 yillik rekonstruksiyadan so‘ng qayta ochiladi
24-iyul kuni soat 10:00 da muzeyning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
1876-yilda tashkil etilgan muzey bu yil o‘zining 150 yillik yubileyini nishonlaydi. Muzey fondida 350 mingdan ortiq tarixiy eksponat saqlanadi.
Shuningdek, 24–26-iyul kunlari “Ochiq eshiklar kuni” doirasida O‘zbekiston fuqarolari muzeyga bepul kirishi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
#abituriyent
✅ 3 yildan buyon testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo‘ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.
Xo‘sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo‘nalish tanlaydi.
Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan ISTALGAN yo‘nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin.
2️⃣ Ikkinchidan, ta’lim shaklini tanlaydi.
Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo‘nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo‘ladi. Masalan, 1 va 2-yo‘nalishga kunduzgi, 3 va 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.
3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.
Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo‘nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa, unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.
Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/29032
❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-23-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o‘tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Mandat o’tgan yili 13-avgustda chiqqan edi, joriy yilda ham shu atrofda chiqsa kerak.
Oliygohlarning mandati chiqib bo‘lgach, o‘qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
🇸🇦 Umra vizasi endi 1 yil muddatga beriladi
Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi umra ziyoratchilari uchun 365 kun (1 yil) amal qiladigan ko‘p martalik umra vizasi tartibini joriy etdi.
Yangi tartibga ko‘ra, ziyoratchilar vizaning amal qilish muddati davomida Saudiya Arabistoniga bir necha bor kirishi mumkin. Biroq mamlakat hududida bo‘lishning umumiy muddati 90 kundan oshmasligi kerak.
Shuningdek, har bir safar oldidan Nusuk platformasi orqali mehmonxona, transport va boshqa xizmatlarni tanlab, umra uchun ruxsatnoma (Permit) rasmiylashtirish talab etiladi.
⚠️ Eslatma: mazkur ko‘p martalik umra vizasi Haj mavsumida umra amallarini bajarish huquqini bermaydi. Ushbu davrda Saudiya Arabistonida alohida tartib-qoidalar amal qiladi.
👉 @xushnudbek 👈
