cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Yetakchi kundaligi

Ushbu kanalda Yoshlar ishlari agentligining mahalla yetakchilari faoliyatiga oid yangiliklar va uslubiy qo’llanmalar berib boriladi

Show more
Uzbekistan9 078The language is not specifiedEducation18 847
Advertising posts
7 694
Subscribers
-624 hours
-497 days
-22530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailable
#yetakchi_tajribasi 🤝 Yoshlarning barchasi ish bilan band Shahzod Husenov 2022-yildan Buxoro shahridagi “Otbozor” mahallasi yoshlar yetakchisi. “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining respublika bosqichida “Yoshlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirish” yo‘nalishida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
– Barcha huquqbuzarlik va yomon illatlar bekorchilikdan kelib chiqadi, – deydi Shahzod Husenov. – Jamiyatning eng qudratli kuchi bu uning yoshlaridir. Shunday ekan, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishdan asrash, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida mahallamdagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni sevimli mashg‘uloti bilan band qilishni asosiy vazifa qilib belgilab olganman.
Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/yoshlarning-barchasi-ish-bilan-band Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Show all...
👍 15 2😱 2
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
Oromgohdagi bir haftalik seminar tafsilotlari 📑Xabar berganimizdek, yoshlar yetakchilari uchun 13-19-may kunlari Bo’stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da respublika o’quv-seminari tashkil etildi. O’quvning 1-mavsumida Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyati, 2-mavsumida Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatidagi yoshlar yetakchilari ishtirok etdi. Bir haftalik o‘quv davomida 400 dan ortiq mahalla yoshlar yetakchilariga Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatining tegishli masʼullari hamda bir qator loyiha koordinatorlari tomonidan seminarlar o’tkazildi. Shuningdek, oromgohda tashkil etilgan sport musobaqalari va intellektual o’yinlarda faol ishtirok etgan yoshlar yetakchilariga esdalik sovg’alari topshirildi. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Show all...
👍 16🔥 5
Photo unavailable
#men_yetakchiman ✨El xizmati – sharaf Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir masala – yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan – yoshlardir. Yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lgan holda o‘zligini ham unutmasligi lozim. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab turishi lozim. Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/el-xizmati-sharaf Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Show all...
👍 28
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
Yoshlar yetakchisi kutubxonasi uchun kitoblar sovg'a qilindi Xabaringiz bor, sektor rahbarlari hamda tashkilot va idoralarning homiyligi ostida har bir mahallada "Yoshlar yetakchisi kutubxonasi" burchagini tashkil etish ishlari an'anaga aylanib ulgurdi.
Bugun ham Samarqand viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i S.Boboyev yoshlarni kitobxonlikka bo'lgan mehrini yanada oshirish maqsadida Kattaqo'rg'on tumani Alisher Navoiy mahallasi kutubxonasi uchun 500 dona kitoblar jamlanmasini topshirdi. Shuningdek ushbu mahalla hududida joylashgan 3-umumta'lim maktabiga ham 100 dan oshiq kitoblar sovg'a qildi.
Eslatib o'tamiz, viloyatning olis qishloqlarida joylashgan maktablar uchun yil davomida ko'plar kitoblar sovg'a qilinishi rejalashtirilgan. #kitobkarvoni ✅ Yetakchi kundaligi: https://t.me/+xo6sqVSOHLFjMmNi
Show all...
👍 11
00:45
Video unavailable
Yoshlar yetakchilari uchun oromgoh, natijalar qanday? Xabar berganimizdek, 3 kun davomida mahalladagi yoshlar yetakchilariga aynan yoshlar uchun manfaatli bo‘lgan har bir yo‘nalish mas’ullari tomonidan seminarlar tashkil etildi. Jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, yer ajratish, migratsiyadagi yoshlar bilan ishlash, murojaatlarini tizimli hal etish va yetakchilarning media savodxonligini oshirish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalar berildi. Seminar yakunlari bo‘yicha yoshlar yetakchilari uchun test sinovlari o‘tkazildi. 📑Qayd etish joiz, seminarning yopilish marosimida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullaev yoshlar yetakchilari bilan uchrashib, bugungi kunda yoshlarni qiynayotgan muammolarni tizimli hal etish, insonlarni ishontira olish va yoshlarga haqiqiy yo‘lboshchi bo‘lish haqida ochiq muloqot qildi. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Show all...
👍 17
00:59
Video unavailable
Yoshlar yetakchilari — loyihamiz qanotlari! 👫 Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatining 220 nafar yetakchilari uchun Bo'stonliq tumanida joylashgan Yoshlar oromgohida 3 kunlik o'quv-seminar tashkil qilindi. 🖊 Seminar davomida “Ibrat farzandlari” loyihasi maqsad-vazifasi va yoshlar uchun yaratgan imkoniyati haqida tushuncha berildi. *Loyihaning har bir xonadonga kirib borishida yoshlar yetakchilarining o’rni beqiyos! 🔵 Telegram | 🟥 Instagram 🟦 Facebook | 🔴 YouTube
Show all...
👍 7🔥 6
Photo unavailable
🗞 "Yoshlar ovozi" gazetasining navbatdagi sonida hamkasbimiz Sharof Rashidov tumanidagi “Yoshlik” mahallasi yoshlar yetakchisi Shahboz Qo‘chqorov haqida maqola chop etildi. “Yoshlik”ning mas’uliyatli yetakchisi 🟢 O‘tgan davr mobaynida ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan tizimli ishlar olib borib, 83 nafar yoshning mummosini “Yoshlar daftari” jamg‘armasi orqali joyida hal qilgan. Davlatning himoyasiga muhtoj bo‘lgan 22 nafar yoshga homiylar tomonidan ko‘mak ko‘rsatgan. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida muntazam ravishda sport tadbirlari, kitobxonlik kechasi, “Zakovat” o‘yini va turli estafetalar tashkil qilib kelmoqda. Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish maqsadida yoshlar bilan individual va organ tashkilotlari bilan ishlar olib boryapti. Yoshlarning bandligini ta’minlash dasturi orqali yoshlarning bandligi ta’minlanib, alohida e’tiborga muhtoj bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlandi va ijobiy natijaga erishildi. Shahboz “TOP – 100” yetakchi safiga kiritilib, milliy kadrlar zaxirasiga olingan. 🗞 Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/yoshlikning-yetakchisi Yetakchi kundaligi: https://t.me/+xo6sqVSOHLFjMmNi
Show all...
👍 12🔥 4 2
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
#yoshlar_oqshomi Farg'ona shahridagi yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Yoshlar oqshomig start berildi. Bunda shou-dasturlar turli xil kuy-qo'shiqlar hamda qiziqarli o'yinlar yoshlarga yuqori kayfiyat ulashmoqda! ✅ Yetakchi kundaligi: https://t.me/+xo6sqVSOHLFjMmNi
Show all...
👍 14🔥 1🎉 1
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
Respublika o‘quv-seminari 2-kun tafsilotlari 📑Xabar berganimizdek, mahalladagi yoshlar yetakchilari uchun “Yoshlar oromgohi”da respublika o‘quv-seminari start olgan. O‘quvning 2-kunida, yoshlar yetakchilariga Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati hamda Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti mas’ullari tomonidan inson resurslaridan samarali foydalanish, boshqaruv omillari, otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash, jamoani shakllantirish, yetakchilarning ustuvor vazifalari va xotin-qizlar uchun liderlik qobiliyatini rivojlantirish yo‘nalishlarida seminar-treninglar davom etdi. Shuningdek, yoshlarga xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni onlayn o‘rganishlari uchun yaratilgan “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “Uzchess”, “Ustoz AI”, va “WikiStipendiya” loyihalar to‘g‘risida taqdimotlar qilindi. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Show all...
👍 14
Go to the archive of posts