cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Yetakchi kundaligi

Ushbu kanalda Yoshlar ishlari agentligining mahalla yetakchilari faoliyatiga oid yangiliklar va uslubiy qo’llanmalar berib boriladi

Show more
Uzbekistan9 171The language is not specifiedEducation19 346
Advertising posts
7 596
Subscribers
-1624 hours
-537 days
-21330 days
Posts Archive
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • 00:22
    Video unavailable
Yangihayot tumani yoshlariga yangi imkoniyatlar Toshkent shahar, Yangihayot tumani, “Yangi umid” mahallasi yoshlar yetakchisi Sardor Nishonov O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan bo’lgan suhbatda, zamonaviy tikuv mashinalarini ta’mirlash bo’yicha yetarli tajribaga ega ekanligi va shu kasbni mahalla yoshlariga bepul o’rgatish tashabbusini ilgari surgan edi. Yoshlar yetakchisi tashabbusini qo’llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan to’garak tashkil etish uchun zarur bo’lgan barcha turdagi jihozlari olib berildi. Shuningdek, Agentlik direktori o’rinbosari Feruz Ablayarov tumandagi 329-sonli maktab binosida, to’garak uchun ajratilgan xona imkoniyatlari bilan tanishdi.
Xullas, Yangihayot mahallasi yoshlari, yana bir hunarni bepul o’rganishlari va yozgi ta’tilni maroqli o’tkazishlari mumkin!
Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Show all...
IMG_3240.MP417.08 MB
👍 8🎉 2👌 1
00:11
Video unavailable
📣 Mahallada nima gaplar? Obod yoshlari jurnalining yoshlar oyligidagi 4-sonida batafsil tanishing! * Mahalla yettiligi * Intilsak imkon topiladi * "Obod ta'lim" oilasi nimalar bilan mashg'ul * Olimpiadada obodlik yoshlar * Bilimlik ayol yorug' kelajak asoschisi * Kitoblar dunyosi haqida * Qizingni o'qitibsan ummatga yaxshi qilibsan * Ziyo ulash Telegram orqali mutolaa 👇 https://t.me/Obodyoshlari_bot/sayt Sayt orqali mutolaa https://online.pubhtml5.com/zhvxp/rqri/ Maroqli hordiq, mahalla yangiliklari, eng asosiysi obuna bo'lish shart emas 😉Yetakchi kundaligi: https://t.me/+xo6sqVSOHLFjMmNi
Show all...
OBOD YOSHLARI.mp49.41 MB
👍 6🤩 2🔥 1
01:04
Video unavailable
E’tirofdagi samarqandlik ota-onalar! 📑TOP-100 reytingdan o‘rin olgan samarqandlik yoshlar yetakchilarining ota-onalari viloyat Yoshlar markazida jam bo‘lishdi. Samarqand viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i e’tirof etilgan yetakchilarning ota-onalariga maxsus tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alarini topshirdi. #etirof Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Show all...
Samarqand.mp416.82 MB
👍 15 1
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
E’tirofdagi ota-onalar!
Avval xabar berganimizdek, bugun viloyatimizdan TOP-100 mahallalardagi yoshlar yetakchilari reytingidan o'rin olgan bir qator yoshlar yetakchilarining ota-onalari ham e’tirof etildi. Xususan, bugun Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan Yangiyer shahar Fazilat mahallasi yoshlar yetakchisi Sanjar Rustamov xonadonida uning ota-onasiga Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika komissiyasi raisi va Yoshlar ishlari agentligi direktori nomidan tashakkurnoma topshirildi. Vatanga, ota-onaga sodiqlik va fidoiylik o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Bular zaminida yoshlarga oilada, ta’lim maskanlarida, mahallalarda beriladigan ta’lim tarbiya yotadi. Shuning bilan birgalikda farzand tarbiyasidagi eng muhim omil bu – ota-ona tarbiyasi, ularning farzandiga qilgan e’tiboridir. #etirof ✅ Yetakchi kundaligi: https://t.me/+xo6sqVSOHLFjMmNi
Show all...
👍 11 2😱 1
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
E’tirofdagi ota-onalar! 📑Xabaringiz bor, TOP-100 mahallalardagi yoshlar yetakchilari reytingini e’lon qilgan edik. Bugun esa, mazkur yetakchilarning ota-onalari ham e’tirof etildi. Jizzax viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasida 7 nafar yoshlar yetakchilari ishtirokida ularning ota-onalariga Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika komissiyasi raisi va Yoshlar ishlari agentligi direktori nomidan tashakkurnomalar topshirildi. Vatanga, ota-onaga sodiqlik va fidoyilik o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Bular zaminida yoshlarga oilada, ta’lim maskanlarida, mahallalarda beriladigan ta’lim tarbiya yotadi. Shuning bilan birgalikda farzand tarbiyasidagi eng muhim omil bu – ota-ona tarbiyasi, ularning farzandiga qilgan e’tiboridir. #etirof Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Show all...
👍 12 9🔥 1🤩 1
Photo unavailable
🌱 Yoshlar oyligi doirasida Obod mahallasida amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan ma'lumot 📣 "Obod yoshlari" elektron jurnali taqdimoti - Mahallamiz yoshlarining ijtimoiy hayotidagi muhim voqeliklarni istalgan vaqtda, istalgan joyda oʻqish imkoniyati. "Obod yoshlari" elektron jurnali vaqt va makon tanlamaydi! 📝 "Yosh oilalarni nikoh to'ylari bilan tabriklash" (Toʻyga toʻyona) - Yoshlar oyligi davomida oʻz nikoh toʻylarini oʻtkazayotgan yoshlar uchun mahalla yettiligi tomonidan maxsus tabriknoma yuborish, yettilik xodimlari birgalikda to‘y marosimida ishtirok etish 🔹 "Xorijdagi mahalladosh" - Bugungi kunda xorijda yashab ma'lum yo‘nalishlarda natijalarga erishayotgan shijoatkor tengdoshlariga o‘z hayot tajribalarini o‘rgatishni maqsad qilgan "Xorijdagi mahalladosh"lar bilan suhbat quramiz. 🎮 CS2 - Uyushmagan yoshlar o’rtasida “cs2” o’yini bo’yicha kibersport musobaqasi o’tkaziladi. 🎨 "Dizayn battle" - yuragida o'ti bor grafik dizaynerlar uchun yakka tartibdagi maxsus musobaqa. 👍 "Yoshlar hashari" - Mahallaning faol yoshlari ishtirokida keksa, boquvchisini yo‘qotgan, alohida eʼtiborga muhtoj, yolg‘iz oilalarda hashar ishlari tashkil etish 🏆 "Futbol" - "Obod" mahallasi va unga qoʻshni boʻlgan mahallalar yoshlari oʻrtasida sportning futbol turi boʻyicha “Yoshlar qo'shma kubogi” musobaqasini oʻtkazish "Choyxonada qimor emas Shaxmat!" - Salbiy illatlarga qarshi kurashish, ijobiylarini ommalashtirish maqsadida "Obod" mahallasi hududida joylashgan choyxonalarda sportning shaxmat turi boʻyicha "Mahalla yoshlar yetakchisi kubogi" musobaqasini o’tkazish 🤝 "Sen ekologiyaga keraksan” - atrof-muhit muhofazasini taʼminlash maqsadida mahallaning koʻngilli yoshlaridan volontyorlik jamoasini shakllantirish 👏 “Yoshlar oqshomi" - "Yoshlar ovozi - Bo'zatov FEST" tanlovi ishtirokchilari tomonidan konsert dasturi hamda "Yoshlar oyligi"dagi loyihalarda faol ishtirok etgan mahalla yoshlarini taqdirlash #Obodyoshlari Yetakchi kundaligi: https://t.me/+xo6sqVSOHLFjMmNi
Show all...
👍 9🔥 4 1😱 1👌 1
Photo unavailable
#yetakchi_tajribasi ✨“Paxtakor”da hamma e'tiborda Har safar qishloqqa borganimda bobom: “Yigit kishi o‘ttizga kirganida yonida o‘tin teradigan o‘g‘li bo‘lishi kerak. Nega hali ham uylanmay yuribsan”, deb ko‘p dakki berardi. Oradan yillar o‘tdi. Kasbim taqozosi bilan turli soha vakillari bilan muloqotlarim jarayonlarida bobomning ko‘p nasihatlari o‘rinli ekanini anglayapman... 16 yoshida sportning kikboksing turi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘lgan Ismoil Boboyev bilan suhbat menga ko‘p xulosalar berdi.
Ismoil uch nafar pahlavonning otasi. Katta farzandi 15 yoshda. Kikboksing bo‘yicha 2 karra O‘zbekiston chempioni. Ikkinchi o‘g‘li 10 yoshda. Hozircha bir marta O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. Ismoil Boboyev Bekobod tumani “Paxtakor” mahallasi yoshlar yetakchisi. 30 yoshida yonida o‘tinni maydalab kabob pishiradigan, maydonda raqibini tizzaga tushiradigan o‘g‘li borligi unga faxr bag‘ishlagan.
U bilan gurungimiz yetakchilik faoliyati haqida bo‘ldi. Batafsil: https://yoshlarovozi.uz/oz/news/paxtakor
Show all...
👍 12
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
🎉 So'xlik yoshlar yetakchilari onalariga ehtirom ko'rsatildi 🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi So‘x tumani bo‘limi tashabbusi bilan “Onalarga ehtirom” festivali o‘tkazildi. Tumandagi "Shabboda" dam olish maskanida bo‘lib o‘tgan festivalda tuman hokimi va sektorlari rahbarlari, 27 nafar mahalla yoshlar yetakchilarining mo‘tabar onajonlari ishtirok etishdi. 🎊 Tadbir g‘oyatda maroqli va noan’anaviy tarzda tashkil etildi va onalarning haqiqiy bayramiga aylanib ketdi. Tuman hokimi barcha onaxonlarni bayram bilan tabrikladi va tuman sektorlari rahbarlari tomonidan har bir mahalladan kelgan onaxonlarga tuman hokimi va yoshlar ishlari agenligi tuman bo‘limining tashakkurnomalari va qimmatbaho sovg‘alari taqdim etildi. ✅ Yetakchi kundaligi: https://t.me/+xo6sqVSOHLFjMmNi
Show all...
👍 9
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
Mahalladagi yoshlar yetakchilarining malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvarda “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 92-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda, mahalladagi yoshlar yetakchilarini doimiy ravishda bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni zamon talablaridan kelib chiqib dunyoqarashini shakllantirib borish - ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yilgan. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash hamda yetakchilik lavozimida ishlayotgan xodimlarda yoshlar bilan ishlash tajribasini yanada oshirish, shaxsiy rivojlanishiga sharoit yaratib berish hamda fidoyi, sadoqatli va vatanparvar nomzodlar safini kengaytirish maqsadida, joriy yilning 29-may kuni Sariosiyo tumanidagi Yangi O‘zbekiston bog‘ida tumandagi mahallalar yoshlar yetakchilari ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi.Yetakchi kundaligi: https://t.me/+xo6sqVSOHLFjMmNi
Show all...
👍 7 2🔥 1
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
#seminar Mahalladagi yoshlar yetakchilari qisqa muddatli malaka oshirish o‘quv-seminarida ishtirok etmoqdalar Qibray tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi hamkorligida o'tkazilayotgan seminar davomida yoshlar yetakchilariga mutaxassislar tomonidan nazariy hamda amaliy mashg'ulotlar o'tilishi belgilangan. 👉Batafsil Yetakchi kundaligi: https://t.me/+xo6sqVSOHLFjMmNi
Show all...
3👍 2