Fozil Omonov
Open in Telegram
Yozganlarim - ko'rganlarim ©️ all rights reserved and deserved
Show more315
Subscribers
No data24 hours
+37 days
+1330 days
Posts Archive
315
Hayrlashmoq kerak sen bilan
Ko'ngillarni uzmoqlik kerak.
Kechmoq kerak g'arib umiddan
Dunyomizni buzmoqlik kerak.
Boshqalarga bermoqlik kerak
Kuzgi oqshom charchoqlarini.
Endi mayus termoqlik kerak
Sevgimizning aldoqlarini.
Bizga do'zax vadalar etib
Tepamizda jim boqar Xudo.
Seni saqlay, sevgidan ketib
Iqshda qolib, sen bo'lma ado.
Muncha shirin bu kuz oqshomi
Labimdagi charchoq kalomlar:
- Men do'zaxdan qo'rqmayman, jonim
Do'zaxdaman allaqachonlar.
©️
315
Repost from ULUL ALBAB - The People of Intellect
Xoxlamaydi emas, xohlaydi.
Niyat qilmaydi emas, niyat qiladi.
Lekin niyatlariga mos bo'lmagan ishlar qiladi:
➖ Alloh bizni isloh qilsin deydi-yu, osiylik qilib o'tiraveradi.
➖Bizga ham tavfiq bersin deydi-yu, dangasaligi tutib qolaveradi.
➖Bizdan ulamo, din xizmatchilari chiqsin deydi-yu, bir kursni ham tugatolmaydi.
Faqat niyat emas, duo qilib ham unga mos sabab tutish kerak:
➡️ foydali ilm so'radimi, shunday ilmning ketidan quvsin;
➡️ keng rizq so'radimi, buning sabablarini qilsin;
➡️ kunida baraka so'radimi, baraka omillarini kuniga kiritsin;
➡️ Allohning muhabbatini so'radimi, endi u muhabbatni paydo qiladigan amallar qilsin va hkz.
So'ragan, istagan, qasd qilganingiz tomon qadam tashlamas ekansiz, yo'q harakatdan mo'jizalar kutmang.
© ULUL ALBAB yozdi
315
Hayrli kech birodar va birodarkalar!
Ukamni biz anchadan beri kutib yurgan imtihoni bo’lyapti shu 2-3 kun ichida.
Duolaring orasida bir eslab ketsanglar juda xursand bo’lgan bo’lardim. Zero, ko’pchilikni duosi ijobat bo’ladi.
Alloh xayrli ishlarga va kishilarga boshlasin doim!
315
Repost from Fozil Omonov
When Allah tests you, it is never to destroy you. When He removes something in your possession, it is only in order to to empty your hands for an even greater gift.
Ibn al-Qayyim رحمه الله
@reminders_SK
315
Hope is a good thing
Tasavvur qil: umring oxirlab qolgan, so'nggi daqiqalarda yashayapsan. Azroil tepangda turibdi, ozmi ko'pmi Yaratganning aytganlarini bajargansan.
O'sha vaqti nima ishlaydi bilasanmi? - Umid. Sen Yaratgandan umid qilishni boshlaysan. Aniqrog'i, sog'lom fikrlaydigan odam bo'lsang shunday qilasan.
Robbing senga "Ey bandam menga ishongin, umid qilgin" deb turganda, sen boshqa tarafga ketib qolasanmi? Boshqa variantlarni ko'rib chiqasanmi?
Sen aslida nega umidsizlikka berilishing kerak? Nega hammasi yaxshi bo'lishiga umid qilmasliging, Yaratgandan shu haqida so'ramasliging kerak?
"Shawshankdan qochish" filmida ham bosh qahramon "umid - yaxshi narsa" deb aytganini eslaysanmi? Umid sen ega bo'lishing mumkin bo'lgan eng yaxshi narsa.
Yoki Lana del Rey'ning "hope is a dangerous thing" degan gaplarini qulog'ingga quyib olganmisan? Shu mantiqsizlikni ko'tarib yura olasanmi?
Sen duolaring ijobat bo'lmaganini vaj qilib ortga qayrilasan. Nega javob kelmayapti deb hamma o’ylagan, u bilan qilgan orzularingdan kechasan.
Lekin, Yaratganning: “Agar Mening bandalarim sendan Meni so‘rasalar, (ayt): albatta, Men yaqindaman. Menga duo qilgan kimsaning duosiga javob beraman” -
deganlariga umid qilmaysanmi?
Imkonim qolmadi, majbur qilishdi dersan, lekin o’sha maqsad va rejalarni qilganingda o’zing bo’lganliging haqida o’ylamaysanmi?
Iltimos sendan, buni o’qiyotgan odam, umid qil. Umidsiz yashash noinsoniylikdir. Umidni kimdir beradi dema, sen - o’zing umidsan.
Yoki Yaratganning: “Albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir” - deganlariga shubhang bormi?
Orada bir sinov kelsa, ketib qolma. Qo’rqma. Sabr qil. Yana qayt. Umid qil. Ishon. Umid qil…
Kanal shu vaqtdan o’z faoliyatini noma'lum muddatga to’xtatdi.
25.06.2025
Toshkent, O'zbekiston
Fozil Omonov
315
- Biz faqat qish bo’yi dahshatli ravishda begonalashib qoldik, axir yana yaqinlashuvimiz mumkin edi-ku? Yana mehr nuqtasida uchrashib, yangi hayot boshlashimiz nahot, nahot mumkin emasdi?
©️F.M.Dostoyevskiy
315
- Biz faqat qish bo’yi dahshatli ravishda begonalashib qoldik, axir yana yaqinlashuvimiz mumkin edi-ku? Yana mehr nuqtasida uchrashib, yangi hayot boshlashimiz nahot, nahot mumkin emasdi?
©️F.M.Dostoyevskiy
315
Qanday go’zal😍
Nasib bo’lsa Dinamoning uy o’yiniga tushish niyat bor.
Stadion yonyapti. Yana qancha odam tashqarida qolib ketgan. Madaniyat shakllanib ulgurdi.
Diyor aka Imomxo’jayevga faoliyati uchun tashakkurlar aytish lozim va lobud.
315
Repost from N/a
Erkinlik rostan shunaqami?
Ko‘pchilik oila tomonidan bosimga uchramaydiganlarni "erkin" hayot kechirayotgan deb o‘ylaydi. Ular go‘yoki hech qanday siquvlarsiz, xohlaganidek yashayapti deb biladilar.
Lekin bu haqiqatmi?
Chunki har bir o‘zini bilgan inson atrofdagi gap-so‘zlarga, qarashlarga, ishonchga e’tibor beradi. U o‘ziga o‘zi chegaralar qo‘yadi. Bu chegaralar ko‘pincha ota-onaning ishonchiga va insonning o‘z sha’niga asoslanadi.
Tashqaridan nazorat qilinmayotgandek tuyulishi mumkin. Lekin bunda ichki nazorat kuchli bo‘ladi. Sababi:
— Boshqalar qo‘ygan chegarani buzsangiz — jazolanasiz. Ammo o‘zingiz qo‘ygan chegarani buzsangiz — ishonchni, hurmatni, mas’uliyatni yo‘qotasiz. Bu esa jazo emas, yo‘qotishdir.
Ko‘pchilik "erkin" deb atayotgan insonlar ham aslida unchalik erkin emas-ular chegarani qayerdaligini bilmaganidan qo‘rquv va ikkilanish bilan yashashadi.
Erkinlik ≠ bosimsiz hayot!
Erkin hayot — bu xohlagan ishingni jazolanishsiz qilish huquqi emas.
Erkin hayot — bu ongli tanlov, o‘zini nazorat qilish, mas’uliyatni his qilish va harakatlaring uchun javobgarlikni qabul qilish demakdir.
Erkin hayotdagi inson:
-Qoidalarsiz emas, u o‘z qoidalarini ongli ravishda o‘zi belgilagan;
-Boshqaruvsiz emas, o‘zini boshqara oladigan;
-Jazodan qochadigan emas, ishonchni yo‘qotmaslik uchun ehtiyotkor bo‘ladigan insondir.
Aslida erkinlik— imkoniyat emas, javobgarlikdir.
315
Yoshligida hamma harbiy bo’lishni orzu qilgan
Sinfdoshim-birodarim bugun O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarkibidagi Qurolli kuchlar akademiyasini leytenant unvoni bilan tamomladi.
U bilan 5-sinfda tanishganmiz va juda tez yaqin bo’lib ketganmiz. Maktabdagi «узкий» do’stlarimdan biri bo’lgan.
9-sinfda litseyga ketdi va hozirgacha aloqalarimizni juda yaxshi saqlanib qolganmiz.
U bilan ko’p suhbatlashamiz, sohalar o’xshash bo’lganligi uchun maslahatlashamiz, zerikmaymiz xullas.
Bitiruv marosimida ko’zimga yoshlar keldi. Chunki, men ham qachondir harbiy bo’lishni, forma kiyib Vatanni himoya qilishni orzu qilganman.
O’rtoq leytenant Raimov Diyorbek kelgusi kasb faoliyatingizda zafar va muvafaqqiyatlar tilab qolaman. Vatan yo’lida xizmatingizning bebahodir.
@omonoffozil
