cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi

Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi rasmiy Telegram kanali https://www.facebook.com/uzchamber.sd/ https://instagram.com/uzchamber_sd/

Show more
Advertising posts
2 021
Subscribers
-1324 hours
-257 days
-11830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

01:09
Video unavailableShow in Telegram
Tadbirkorlar uchun “Eksport markazi” platformasi ishga tushdi Ushbu subsidiya.epauzb.uz elektron platformasi orqali siz bank-moliya va soliq, imtiyoz, subsidiya va preferensiyalar, bojxona va karantin, kommunal xizmatlar, sertifikat, ruxsatnomalar va kvotalar, transport-logistika va shu kabi boshqa masalalarda 5 daqiqada murojaat, shikoyat yoki taklifingizni yo’llab, ariza holatini 24/7 rejimda real vaqtda kuzatib borishingiz mumkin! Qulay raqamli tizim foydalanuvchilarning barcha so‘rovlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri malakali mutaxassislarga tez va maqsadli yetkazib berishni ta’minlaydi. Shuningdek, arizangizni "offline" tarzda Savdo-sanoat palatasi va "O'zbekspertiza" AJ hududiy bo'linmalarida tashkil etilgan "Eksport markazi shtab"lariga qoldirish imkoniyati mavjud. Ta'kidlash joiz, barcha murojaatlar hal etilishi tegishli davlat organlari nazoratida. 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
📊 Yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni ortmoqda “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” elektron onlayn platformasi ishga tushirilgandan beri kundan kunga reytingning eng yuqori pog‘onasidagi tadbirkorlar soni ortib bormoqda. 💬 Jumladan, reytingning eng yuqori «AAA» toifasidagi tadbirkorlik subyektlarining soni platforma ishga tushirilgan sana (1 fevral 2024 yil) da 38 tani tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 434 taga ko‘payib 502 taga yetdi. Shuningdek, «AA» toifadagi tadbirkorlik subyektlarining soni 1 244 taga oshib 1 476 tani, «A» toifada esa 1 774 taga oshib, 2 231 tani tashkil etdi. Umumiy yuqori reyting darajasidagi tadbirkorlar soni 727 tadan 3 482 taga oshib, jami 4 209 tani tashkil etmoqda. 🇺🇿 Hududlar kesimida eng yuqori «AAA» reytingiga ega tadbirkorlar soni bo‘yicha Toshkent shahar 162 ta, Toshkent viloyati 54 ta, Andijon viloyati 35 tani tashkil etib, peshqadamlik qilmoqda. Sohalar kesimida — sanoat sohasida 159 ta, ulgurji va chakana savdo sohasida 119 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida 103 ta eng yuqori reyting ko‘rsatkichlari qayd etildi.
Ta’kidlash joiz, Savdo-sanoat palatasi, Soliq qo‘mitasi va Biznes-Omdusman bilan birgalikda o‘rta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlarining reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha ularga tizimli ravishda amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda.
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Show all...
03:55
Video unavailableShow in Telegram
Axborot 24 | «Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasi faoliyatini yo'lga qo'yish va rivojlantirish bo'yicha Prezident qarori qabul qilindi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Show all...
Tadbirkorlik subyektlari diqqatiga! Joriy yilning 5-iyun kuni Toshkent shahrida O'zbekiston-Germaniya Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig'ilishi o'tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur tadbirda ishtirok etishni istaysizmi? Demak, shoshiling! Hoziroq Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat qiling! Biz sizga yordam berishdan mamnunmiz! Murojaat uchun: 94-165-27-21 Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati t.me/uzchamber_sd/ facebook.com/uzchamber.sd/ sd.chamber.uz
Show all...
Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi

Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi rasmiy Telegram kanali

https://www.facebook.com/uzchamber.sd/

https://instagram.com/uzchamber_sd/

Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥 Hurmatli tadbirkorlar! 🇺🇿🇸🇦 Sizni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi boshchiligidagi delegatsiyaning joriy yil iyun oyida Saudiya Arabistonining Makka, Madina va Jidda shaharlariga tashrifi doirasida tashkil etiladigan biznes-forumlarda ishtirok etishga taklif qilamiz! Ushbu tadbir doirasida Makka shahrida tekstil, mebel, oziq-ovqat mahsulotlari va quritilgan mevalar bo‘yicha keng ko‘lamli ko‘rgazma o‘tkaziladi. Sizni ushbu noyob imkoniyatdan foydalanib, biznes aloqalarini kengaytirish va yangi bozorlarga kirishga imkon yaratuvchi ko'rgazmada ishtirok etishga chorlaymiz ⬇️ 📃 Buning uchun tadbirkorlar http://surl.li/tukna orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. 📞 Qo‘shimcha ma'lumot uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: +998 97 736 24 85 +998 98 007 10 31 +998 93 233 62 33 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Show all...
00:51
Video unavailableShow in Telegram
O’zbekiston - Malayziya: hamkorlikning yangi bosqichi 💬💬💬 O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Malayziyaning tashqi savdoni rivojlantirish korporatsiyasi (MATRADE) o'rtasida imzolangan memorandum xususida Rais o’rinbosari Jamshid O’roqov intervyusi 🎤 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Show all...
01:52
Video unavailableShow in Telegram
"Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga koʻra Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi sifatida tashkil etilib, Kompaniyaga yangi vakolatlar berildi. Bu haqida ushbu videoda batafsil tanishishingiz mumkin. Xizmatlar ipotekasidan foydalanish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari Kompaniyaning hududiy bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin. Batafsil: (91) 576-57-74; (90) 520-00-72 Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati t.me/uzchamber_sd/ facebook.com/uzchamber.sd/ sd.chamber.uz
Show all...
👍 1
Endi xizmatlar uchun ham ipoteka kreditlari ajratiladi! "Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga koʻra Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi sifatida tashkil etilib, Kompaniyaga yangi vakolatlar berildi: ✅ oʻrta biznes vakillariga Xizmatlar ipotekasi ajratilish; ✅ oʻrta biznes kapitalga ulush kiritish; ✅ kredit uchun resurs ajratish; ✅ kompensatsiya; ✅ kafillik Yordam kimlarga taqdim etiladi? ✅ O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan; ✅ “yomon” kredit tarixiga ega bo‘lmagan; ✅ kredit (lizing, bank kafolati, akkreditiv) va soliqlardan muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan tadbirkorlarga taqdim etiladi. Xizmatlar ipotekasidan foydalanish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari Kompaniyaning hududiy bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin. Batafsil: (91) 576-57-74; (90) 520-00-72 t.me/uzchamber_sd/ facebook.com/uzchamber.sd/ sd.chamber.uz
Show all...
👍 1
07:39
Video unavailableShow in Telegram
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 193-son Farmoniga ko‘ra "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJga yangi vakolatlar taqdim etildi. 💠 Bu haqida O‘zbekiston 24 telekanalining "Axborot 24" yangiliklar sahifasida ma‘lum qilindi. Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati t.me/uzchamber_sd/ facebook.com/uzchamber.sd/ sd.chamber.uz
Show all...
👍 1
10:00
Video unavailableShow in Telegram
Tadbirkorlik faoliyati qo’llab-quvvatlanmoqda Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati t.me/uzchamber_sd/ facebook.com/uzchamber.sd/ sd.chamber.uz
Show all...